Toshkent moliya instituti a. A. Omonov, T. M. Qoraliev pul va banklar



Download 3,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/292
Sana17.09.2021
Hajmi3,76 Mb.
#177106
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   292
Bog'liq
2 5370612658095525129

vositasi funksiyalarini bajaradi degan fikrga keldik. 
Pulning  qiymat  o‘lchovi  funksiyasi  asosan  tovarlar  qiymatini 
baho  shaklida  aks  ettirish  orqali  namoyon  bo‘ladi.  Pulning  qiymat 
o‘lchovi  barcha  tovarlar  uchun  umumekvivalent  vositasi  sifatida 
ularning qiymatini o‘lchaydi. Barcha tovarlarning qiymati pul o‘lchovi 
vositasi,  ya’ni  baho  masshtabi,  dastlabki  bosqichda  hukumat 
tomonidan  o‘rnatiladi.  Masalan,  metr  o‘lchovi  bilan  uzunlikni,  kilo-
gramm  o‘lchovi  bilan  og‘irlikni  o‘lchagan  kabi,  pulning  qiymat 
o‘lchovi funksiyasi bilan barcha tovarlarning qiymati o‘lchanadi.  
O‘zbekistonda  qiymat  o‘lchovi  bevosita  milliy  valyuta  «so‘m», 
AQShda  dollar,  Yevropa  ittifoqiga  a’zo  mamlakatlarda  evro,  Buyuk 
Britaniyada  funt  sterling,  Yaponiyada  iyena  qiymat  o‘lchovi  vositasi 
hisoblanadi. 
Pulning  inflyatsiya  darajasi  yuqori  bo‘lgan  paytda  uning  qiymat 
o‘lchovi funksiyasining amal qilishi bir qadar chegaralanadi. Masalan, 
1939  yildan  1949  yilgacha  Yaponiya  iyenasining  inflyatsiya  darajasi 
yuqori  bo‘lganligi  uchun  ko‘pchilik  yapon  savdogarlari  tovarlarning 
bahosini belgilashda, ayrim hollarda savdo sotiqni ham AQSh dollarida 
amalga oshirganlar. Chunki AQSh dollarining qiymat o‘lchovi iyenaga 
nisbatan  bir  necha  barobar  mustahkam  va  barqaror  bo‘lgan.  Shuning 
uchun, Yaponiyada 1939 – 1949 yillarda barcha tovarlar bahosi ikkita 
narxda,  dollar  va  iyenada  yuritilar  edi.  Ayni  paytda,  iyenada 
belgilangan  tovarlar  bahosi  oshib  borish  tendentsiyasiga  ega  edi, 
dollarda esa baholar dastlabki holatidan o‘zgarmasdan qolgan.  
Hukumat  mamlakatda  pul  islohotini  amalga  oshirish  orqali 
pulning  qiymat  o‘lchovini  o‘zgartirishi  mumkin.  Pul  islohoti  – 
muomaladagi  pul  massasini  kamaytirish  orqali,  uning  joriy  qiymat 
o‘lchovidan  boshqasiga  o‘tishdir.  1944–1952  yillarda  Yevropa 
mamlakatlarida 24 martadan ortiq pul islohotlari amalga oshirilgan.  
Sobiq  ittifoq  davrida  rubl  kuchli  inflyatsiyaga  uchramagan  va 
iqtisodiyot nisbatan barqaror darajaga ega bo‘lgan bo‘lsada, 1961 yilda 
mamlakatda  pul  islohoti  amalga  oshirilgan.  Hukumat  muomalada 
mavjud bo‘lgan rubllarni yangi chiqarilgan rubllarga 1/10 nisbatda pul 
islohotini  amalga  oshirgan.  O‘sha  davrda  o‘tkazilgan  pul  islohotining 


22 
asosiy  maqsadi  mamlakatdagi  hufyona  iqtisodiyotning  ulushini 
kamaytirish  va  baho  masshtabini  pasaytirishga  qaratilgan  bo‘lib, 
hufyona  iqtisodiyot  ishtirokchilari  eski  rubllarni  to‘lig‘icha  yangi 
banknotalarga almashtira olmaganligi natijasida iqtisodiy jihatdan zarar 
ko‘rgan va baho masshtabi 10 martaga kamaygan. 
Shuni  alohida  ta’kidlab  o‘tish  lozimki,  pul  qiymat  o‘lchovi 
funksiyasini  bajarishda  haqiqiy  real  pullarning  fizik  ishtirok  etishi 
lozim  bo‘lmaydi.  Bu  funksiyani  xayoliy  pullar  bajaradi.  Tovarlar 
qiymatini o‘lchashda unga ketgan ijtimoiy zaruriy mehnatni qoplash va 
real  pullarni  yaratishga  ketgan  mehnat  taqqoslanadi.  Albatta  tovar 
qiymati  va  uning  bahosi  o‘rtasida  farq  bo‘ladi.  Chunki,  baho  bilan 
tovar  qiymatining  puldagi  ifodasining  bahosiga  unga  bo‘lgan  talab 
ta’sir etadi. 
Pulning  muomala  vositasi  bozor  ishtirokchilari  o‘rtasida 
tovarlarni  oldi  –  sotdisi  va  xizmatlarni  ko‘rsatish  jarayonida  namoyon 
bo‘ladi. Ushbu jarayonda pul vositachi rolini bajaradi.  
Pulning  muomala  vositasi  funksiyasini  bajarishining  bir  sharti 
mavjudki, u ham bo‘lsa, tovarlarni sotib olish va xizmatlarni ko‘rsatish 
uchun  to‘lov  bir  vaqtda  amalga  oshiriladi.  Pulning  ushbu  funksiyasini 
bajarishda bevosita naqd pullar ishtirok etishi talab etiladi.  
Ayirboshlash  jarayonida  tovarlar  bir  marta  qatnashib  muomala 
maydonini tark etsa, pul muomala vositasi funksiyasi yordamida ushbu 
jarayonga  qayta  –  qayta  kelaveradi.  Iqtisodiyotda  pulning  banklar 
orqali  aylanish  tezligi  qancha  yuqori  bo‘lsa,  tovarlarni  sotib  olish 
uchun muomalaga zarur bo‘lgan pul massasiga talab shuncha pasayadi.  
Pulning 
muomala 
vositasi 
funksiyasi 
o‘zaro  iqtisodiy 
munosabatlarda  ishtirok  etayotgan  tomonlarning  faoliyati  ustidan 
nazorat  vositasi  sifatida  maydonga  chiqadi.  Markazdan  rejalashtirish 
davrida  pulning  muomala  vositasi  bir  muncha  chegaralangan  edi. 
Natijada,  odamlarning  qo‘lida  naqd  pullar  bo‘lishiga  qaramasdan 
o‘zlari istagan tovarlarni sotib ololmasdi yoki sotib olishga imkoniyat 
yo‘q edi.  
Pulning  muomala  vositasi  funksiyasida  pul  va  tovar  hamda 
xizmatlar  harakati  bir  zamon  va  makonda  amalga  oshiriladi.  Pulning 
muomala vositasini haqiqiy real pullar ularning muomaladagi belgilari 
(qog‘oz, kredit va elektron ko‘rinishidagi pullar) bajaradi.  
Tovarlar sotilganda va xizmatlar ko‘rsatilganda, ular uchun to‘lov 
kechiktirib  amalga  oshirilgan  barcha  holatlarda  pul  to‘lov  vositasi 


23 
funksiyasini  bajaradi.  Demak,  sotilgan  tovar  va  ko‘rsatilgan  xizmatlar 
to‘lov  jarayonida  uzilish  bo‘lmasa,  pul  muomala  vositasini  bajaradi, 
agar  ushbu  jarayon  ma’lum  davrga  uzilishi,  ya’ni  to‘lov  kechikkan 
holatlarning  barchasida,  pul  avtomatik  tarzda,  o‘zining  to‘lov  vositasi 
funksiyasini bajaradi.  
Pulning  to‘lov  vositasi  funksiyasi  asosan  quyidagi  holatlarda 
namoyon bo‘ladi; 
 –  jami  ijtimoiy  mahsulotni  yaratish,  taqsimlash  va  qayta 
taqsimlashda
 –  davlat  byudjeti  daromadlari  va  xarajatlarini  shakllantirish  va 
qayta taqsimlashda; 
 –  kredit  muassasalari  ssuda  va  investitsiya  operatsiyalarini 
bajarganda kredit va investitsiya pullarini qaytarish va foiz to‘lovlarini 
to‘lashda; 
 –  korxona  va  tashkilotlar  o‘z  xodimlariga  ish  haqi  va  unga 
tenglashtirilgan mablag‘larni to‘lashda va boshqa holatlarda. 
Pulning  to‘lov  vositasi  funksiyasi  amal  qilgan  sharoitda  naqd 
pullarning  ishtirokiga  zaruriyat  bo‘lmaydi,  barcha  operatsiyalar  bank 
hisobraqamlarida  biridan  ikkinchisiga  o‘tkazish  orqali  amalga 
oshiriladi.  
Ayrim  iqtisodiy  adabiyotlarda,  ayniqsa  rivojlangan  mamlakatlar-
da chop etilgan adabiyotlarda, pulning to‘lov vositasi funksiyasi, uning 
alohida  funksiyasi  sifatida  e’tirof  etilmaydi.  Pulning  ushbu  funksiyasi 
uning muomala vositasi funksiyasi bilan hamohang tarzda o‘rganiladi. 
Pulning ikkita funksiyasi bir – biriga qo‘shib o‘rganilganda.  
“…pul  tovarlar  va  xizmatlarning  to‘lovi  va  qarzlarning  to‘lov 
vositasi”
27
 tarzida ta’kidlanadi.  
Nazarimizda,  rivojlangan  mamlakatlar  iqtisodchilari  tomonidan 
pulning to‘lov vositasi va muomala vositasi funksiyalarini bir – biriga 
qo‘shib yuborilishi natijasida, uning to‘lov vositasi funksiyasini e’tirof 
etilmasliklari maqsadga muvofiq emas.  
Pul  o‘zining  muomala  va  to‘lov  vositasi  funksiyalarini  bajarma-
gan  vaqtda  jamg‘arma  funksiyasini  bajaradi.  Demak,  pullar  pul  obo-
roti jarayonida tovarlar va ko‘rsatilgan xizmatlarning muomala vositasi 
sifatida namoyon bo‘lmaganda, shuningdek, oldindan ko‘rsatilgan xiz-
matlar va sotib olingan tovarlar uchun to‘lov vositasi vazifasini bajar-
                                           
27
 Долан Э., Кэмпбелл., Кэмпбелл Р. Деньги банковское дело и денежно  – кредитная политика. 
М.: Профико, 1991. С. Shuningdek, Харриса Л. Денежная теория. М.: Прогресс, 1990. С.82.  


24 
magan paytlarda jamg‘arma funksiyasini bajaradi. Agar, jamiyatda yuz 
berayotgan  iqtisodiy  munosabatlar  va  aholining  ijtimoiy  –  iqtisodiy 
faoliyatiga  nazar  tashlaydigan  bo‘lsak,  pul  asosan  jamg‘arma  vositasi 
funksiyasini bajarayotganligining guvohi bo‘lishimiz mumkin. 
Pulning jamg‘arma vositasi funksiyasi aholining vaqtincha foyda-
lanmasdan  kishilar  o‘zi  bilan  olib  yurganda  yoki  uyda  saqlaganda, 
bankning  omonat  hisob  varaqlarida  saqlanishi,  shuningdek,  barcha 
turdagi xo‘jalik yurituvchi subyektlarning naqd pul ko‘rinishida kassa-
da saqlanadigan vaqtincha bo‘sh mablag‘lari va bank hisobvaraqlarida 
naqd pulsiz ko‘rinishda namoyon bo‘ladi.  
Qog‘oz  pullar  faqat  real  daromad  keltirgandagina  jamg‘armaligi 
tushuniladi.  Omonotga  qo‘yilgan  bu  pullar  real  daromad  keltirsagina 
jamg‘arma hisoblanadi. Uyda saqlangan pullar boylik orttirish vositasi 
bo‘ladi.  Pul  xazina  to‘plash  vositasi  bo‘lishi  uchun  ular  real  qiymatga 
ega  bo‘lishi  shart,  ya’ni  haqiqiy  oltin  pul  (tanga)lar  xazina  to‘plash 
vazifasini bajarishlari mumkin.  
Pulning  jamg‘arma  funksiyasi  kredit  muassasalarida  iqtisodiy 
jihatdan  muhim  vazifani  bajaradi.  Kredit  muassasalari  jamiyat  miq-
yosidagi vaqtincha bo‘sh pul mablag‘larni (naqd va naqdsiz pul ko‘ri-
nishida)  ma’lum  shartlar  asosida  o‘zida  jamlab,  ushbu  mablag‘larga 
ehtiyoji bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslarga to‘lovlilik, maqsadlilik 
va qaytarishlik asosida kredit berishda mamlakatda jami ijtimoiy mah-
sulotni ko‘paytirishda pulning jamg‘arma funksiyasidan foydalanadi. 
Iqtisodiyotda  yuqori  inflyatsiya  darajasi  pulning  aholi  qo‘lidagi 
va kredit muassasalarida jamg‘arma vositasi funksiyasini bir qadar che-
garalaydi.  Aholi  o‘zining  vaqtincha  pul  mablag‘larini  banklarda  va 
uyda  saqlashdan  ko‘radigan  iqtisodiy  samaradorligi  past  bo‘lishi, 
iqtisodiyotda tovarlarning bahosini kundan kunga  o‘sib borish tenden-
siyasiga ega bo‘lgan sharoitda, ushbu, pullarni qimmatbaho metallarni, 
ko‘chmas  mulk  va  xorijiy  valyutalarni  sotib  olishga  sarflaydi.  Buning 
natijasida,  mamlakat  Markaziy  banki  tomonidan  olib  borilayotgan  pul 
–  kredit  siyosatining  samarasi  ko‘zlangan  maqsadga  erishish 
imkoniyatini bermaydi. 
Pulning  jamg‘arma  funksiyasining  ahamiyatini  oshirish  uchun 
quyidagilarni ta’minlash lozim:  
 –  omonatchilarning  kredit  muassasalarda  saqlanayotgan  pul 
mablag‘laridan  iqtisodiy  manfaat  ko‘rish,  istagan  paytda  to‘liq  va 
zudlik bilan qaytarib olish imkoniyatini ta’minlanganligi; 


25 
 –  qo‘yilgan  mablag‘larning  kafolatlanganligi  (sir  saqlanishi, 
iqtisodiy barqarorligi, to‘liq qaytarilishi); 
 – risk darajasining pastligi. 
Pulning  funksiyalari  bir  –  biriga  bevosita  bog‘liq  bo‘lib,  ular 
doimo bir – birini to‘ldirgan holda iqtisodiyotda harakatda bo‘ladi. 
Ba’zi  iqtisodiy  adabiyotlarda  pulning  “jahon  puli”  funksiyasi 
to‘g‘risida  ta’kidlanadi.  Hozigi  davrda  erkin  almashuvga  ega  bo‘lgan 
pullargina  “jahon  puli”  bo‘lishi  mumkin.  Lekin  bugungi  kunda  ham 
oltin  zaxiralar  (quyma  shaklda)  jahon  pulining  xarid  qilish  uchun 
rezerv valyuta vazifasini bajaradi. 

Download 3,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   292




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish