Toshkent moliya instituti a. A. Omonov, T. M. Qoraliev pul va banklar



Download 3,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/292
Sana17.09.2021
Hajmi3,76 Mb.
#177106
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   292
Bog'liq
2 5370612658095525129

 



 
 
 
I BOB. PULNING PAYDO BO‘LISHI,  
ZARURLIGI VA FUNKSIYALARI 
 
1.1. Pulning mohiyati 
 
Pulning  iqtisodiy  mohiyati  xususida  iqtisodiy  adabiyotlarda  turli 
ta’riflar va talqinlar mavjud bo‘lib, uning mohiyatiga nisbatan yagona 
yondashuv  mavjud  emas.  Chunki,  jamiyatda  xo‘jalik  yuritish  tizimi-
ning  va  ijtimoiy  –  iqtisodiy  sharoitning  o‘zgarishi  pulning  mohiyatini 
turlicha talqin etilishini talab etmoqda. Jumladan, iqtisodchi olimlar va 
soha  mutaxassislari  pulni  –  iqtisodiy  kategoriya  sifatida  qiymat 
o‘lchovi  vositasi,  umumekvivalent  tovar,  maxsus  tovar,  ayirboshlash 
vositasi ekanligini e’tirof etadi. 
Pul  jamiyatda  sodir  bo‘layotgan  ijtimoiy  –  iqtisodiy  munosabat-
larda,  jami  ijtimoiy  mahsulotni  yaratish,  taqsimlash  va  qayta  taqsim-
lashda,  bozordagi  talab  va  taklif  asosida  tovarlar  bahosini  aniqlashda 
bevosita qatnashishi uning mohiyatini namoyon qiladi.  
Pulning  iqtisodiy  mohiyati  va  uning  zaruriyatiga  xorij  iqtisod-
chilari  alohida  e’tibor  qaratgan  bo‘lmasalarda
1
,  iqtisodiy  nazariyachi-
larning  asarlarida  unga  nisbatan  berilgan  fikrlarini  uchratish  mumkin. 
Masalan,  A.Smit  pulni  iqtisodiy  kategoriya  darajasiga  ko‘tarib,  unga 
“pul  –  bu  muomalaning  buyuk  g‘ildiragi“,  “savdo  sotiqning  yuksak 
quroli” sifatida ta’rif beradi
2
.  
D.Yum  A.Smitning  pul  xususidagi  qarashlariga  e’tiroz  bildirib, 
“Pul bu – savdo – sotiqning g‘ildiragi emas, balki u yog‘, shu savdo – 
sotiq  g‘ildiragini  erkin  va  yumshoq  yurishiga  imkoniyat  yaratadigan 
vositadir” degan fikrni bildiradi
3

Rossiyalik  iqtisodchi  olimlar  ham  pulning  iqtisodiy  mohiyatiga 
alohida e’tibor qaratishgan. Jumladan, iqtisod fanlari doktori, professor 
B.I.Sokolov  pulning  mohiyatiga  “pul  mehnat  taqsimoti  chuqurlashib 
borayotgan  ushbu  jamiyatda  tovarlarni  ayirboshlash  va  to‘lovlarni 
amalga oshirish ishlarini yengillashtiradi” deya ta’kidlaydi
4

                                           
1
 Abdullayeva Sh.Z. Pul, kredit va banklar.T.: Iqtisod – Moliya, 2007. 8 b.  
2
 Смит А. Исследовние о природе и причинах богатства народов. Т. 1. С.418 421.  
3
 Юм Д. Опыты. М.: К.Т.Солдатенкова, 1986. С.20.  
4
 Соколов Б.И. Деньги, кредит и банки:Учебник. М.: ТК Велби, Проспект, 2008. С.8. 



O‘zbekistonlik  iqtisodchi  olima  Sh.Z.Abdullaeva  pul,  kredit  va 
banklar  masalasiga  bag‘ishlangan  iqtisodiy  adabiyotlarda  pulning 
mohiyatini  ochishda  uchta  jihatiga  e’tibor  qaratish  lozimligini  ta’kid-
laydi.  “Birinchidan,  pulning  iste’mol  qiymatida  boshqa  tovarlarning 
qiymati o‘z aksini topadi. Ikkinchidan, pulda ifodalanadigan aniq meh-
nat  asosini  abstrakt  mehnat  tashkil  etadi.  Uchinchidan,  pulda 
ifodalanuvchi  xususiy  mehnat  ijtimoiy  mehnat  sifatida  namoyon 
bo‘ladi.  Shunga  asoslangan  holda,  pul  ham  tovar,  lekin  boshqa  tovar-
lardan  farq  qiluvchi  xususiyatlarga  ega  bo‘lgan  maxsus  tovar  degan 
xulosaga kelish mumkin”
5
.  
Iqtisod  fanlari  doktori,  professor  O.Yu.Rashidov  va  boshqalar 
ishtirokida nashrdan chiqarilgan darslikda “Pul – bu umumiy ekvivalent 
sifatida  qo‘llaniladigan  universal  tovarning  alohida  turi  bo‘lib,  boshqa 
barcha  tovarlarning  qiymati  u  orqali  ifodalanadi.  Pul  –  bu  boshqa 
ne’matlarning  qimmatini  o‘lchash  vositasi  (umumiy  ekvivalent)  yoki 
ayirboshlashda hisob – kitoblarni amalga oshirish vositasi (ayirboshlash 
vositasi) funksiyalarini bajaruvchi ne’matdir.  
Pul  –  bu  mutloq  likvidlilikka  ega  bo‘lgan  ne’matdir.  Pul  –  bu  iqti-
sodiy  kategoriya  bo‘lib,  odamlar  o‘rtasidagi  munosabatlar  unda  namo-
yon bo‘ladi va uning yordamida quriladi. Pulning maqsadi bozorga oid 
o‘zaro harakatlarning transaksion xarajatlarini tejashdan iborat”
6

Pulning  iqtisodiy  mohiyati  xususida  fikrlarni  eramizdan  oldingi 
davrda  yashagan  Aristotel  (er.oldingi  384  –  322  yy.),  keyinchalik 
sarkarda  Aleksandr  Makedonskiy  kabi  buyuk  shaxslar  tomonidan 
qoldirgan manbalarda ham ko‘rish mumkin
7
.  
Pul–iqtisodiy kategoriya bo‘lib, barcha tovarlar uchun umumek-
vivalent vazifasini bajaradigan maxsus tovardir. Pul faqat ayirboshlash 
jarayonida zarur bo‘ladigan, hukumat tomonidan o‘rnatilgan to‘lov vo-
sitasidir. Pul – qat’iy o‘rnatilgan kafolatlangan bahoni aniqlaydigan vo-
sita  emas.  U  oddiy  tovar,  faqat  boshqa  tovarlardan  unga  ehtiyojning 
yuqoriligi  va  qolgan  barcha  tovarlar  uchun  ayirboshlash  vositasi 
sifatida foydalanganligi bilan ajralib turadi. Boshqa tovarlar singari pul 
ham  kishilar  tomonidan  jamg‘ariladi.  Kishilar  tovarlarni  sotish  va 
xizmatlarni  ko‘rsatish  orqali  uni  «sotib»  oladi  yoki  jamg‘aradi. 
Tovarlarni sotib olish va turli xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojini qondirish 
natijasida uni «sotadi». 
                                           
5
 Abdullayeva Sh.Z. Pul, kredit va banklar.T.: Iqtisod – Moliya, 2007. 8 b. 
6
 Rashidov O.Yu. va bosh.Pul, kredit va banklar: Darslik. T.: TDIU, 2008. 11, 432 b. 
7
 Аристотель. Сочинения: Т.4. М., 1983. С. 325.  



Pulning  mohiyati  uning  turlarida  va  funksiyalarida  yanada 
aniqroq  namoyon  bo‘ladi,  keyingi  paragraf  va  boblarda  ushbu 
masalalarga atroflicha o‘rin beriladi. 

Download 3,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   292




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish