Toshkent moliya instituti "buxgalteriya hisobi" kafedrasi buxgalteriya hisobi



Download 107,38 Kb.
bet5/6
Sana21.07.2022
Hajmi107,38 Kb.
#832690
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mustaqil ta\'lim buxgalteriya hisobi

Oldingi tahrirga qarang.
Korxona, muassasa, tashkilot (bundan buyon korxona)lar tomonidan ish joyida budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi mablag‘larining ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha nafaqalar uchun maqsadga muvofiq sarflanishi ustidan nazorat qilish Davlat soliq xizmati organlari tomonidan qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
(8-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
§ 2. Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi
9. Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi quyidagi hollarda beriladi:
a) vaqtincha mehnat qobiliyatini yo‘qotish bilan bog‘liq kasallikda (shikastlanishda);
b) sanatoriy-kurortlarda davolanganda;
v) kasallangan oila a’zosini parvarishlash zarur bo‘lganda;
g) karantinda;
d) sil yoki kasb kasalligi tufayli vaqtincha boshqa ishga o‘tkazilganda;
e) mehnat qobiliyatini tiklash yoki yasama a’zo (protez) qo‘ydirish uchun reabilitatsiya muassasalariga yotqizilganda.
10. Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasini tayinlash uchun faqat belgilangan tartibda berilgan vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi (kasallik varaqasi) asos bo‘ladi.
Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi yo‘qolgan hollarda, nafaqa, uning o‘rniga takroriy berilgan vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi (dublikat) asosida beriladi.
11. Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik bo‘yicha nafaqa mehnat qobiliyati yo‘qolgan birinchi kundan to u tiklangunga qadar yoki tibbiy-mehnat ekspertiza komissiyasi (TMEK) tomonidan nogironlik belgilangunga qadar, hatto bu davrda xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan hollarda ham beriladi.
Uzoq vaqt kasal bo‘lganlarni TMEK ko‘rigiga yuborish muddatlari Mehnatga layoqatsizlik varaqalari va ma’lumotnomalar berish tartibi to‘g‘risidagi Yo‘riqnomaga (ro‘yxat raqami 873, 2000-yil 19-yanvar) binoan belgilanadi.
12. Oliy, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarini, magistratura, aspirantura, klinik ordinatura, doktoranturani tamomlagan va belgilangan tartibda ishga yuborilgan shaxslarga nafaqa ular ishga chiqishi lozim bo‘lgan kundan boshlab beriladi.
13. Ish haqi, sutkalik va ko‘chish bo‘yicha xarajatlarni olish huquqiga ega bo‘lgan xodimga ish joyiga borayotgan davrda boshlangan mehnatga qobiliyatsizlik kunlari uchun nafaqa to‘lanadi.
14. Xodimning mehnatga qobiliyatsizlik kunlari yillik (asosiy va qo‘shimcha) ta’til davriga to‘g‘ri kelgan hollarda, vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasida ko‘rsatilgan barcha kunlar uchun nafaqa to‘lanadi.
15. Sanatoriy-kurortda davolanishda, agar asosiy va qo‘shimcha ta’til xodimning sanatoriyda davolanishi uchun yetarli bo‘lmasa, nafaqa beriladi. Bunday holda sanatoriy-kurortda davolanishning barcha davri uchun (yo‘llanma, davolanish muddati) sanatoriyga borish-kelish vaqtini qo‘shib, ammo xodimning yillik ta’tilini chiqarib tashlagan holda nafaqa beriladi.



Download 107,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish