Toshkent moliya instituti hamdamov baxrom kasimovich ilxomov shavkat islomovich



Download 2,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/136
Sana17.07.2022
Hajmi2,59 Mb.
#817673
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   136
Bog'liq
Амалий аудит Дарслик

ISBN: 978-9943-7284-7-9
©Издательство ООО “LESSON PRESS” , 2021г 



K I R I SH 
Bugungi kunda amalga oshirilayotgan islohotlar auditni zamonaviy 
talablar asosida tashkil etish, bu sohada auditning xalqaro standartlarini 
tadbiq qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Darslikda hozirgi ilmiy 
jabhalarda nazoratning audit va taftish turlari o‘rtasidagi farqlarni 
izohlashdagi turli fikrlar mavjudligini inobatga olgan amaliy auditni 
tashkil qilish masalalariga e’tibor qaratildi. 
Bozor 
iqtisodiyoti 
talablaridagi 
nazorat 
tizimi 
hamda
infratuzilmalar faoliyati yo‘lga qo‘yilganligi xorijiy mamlakatlar 
sarmoyalarining kirib kelishiga zamin bo‘lib, ko‘plab yangi mahsulotlar 
ishlab chiqarishga va ish joylarining tashkil etilishiga asos bo‘lmoqda. 
Shu 
bilan 
birga, 
bu 
kapitalini 
O‘zbekiston 
iqtisodiyotiga 
joylashtirmoqchi bo‘layotgan xorijiy investorlar oldida ishonchli sherik 
tanlash va ularning moliyaviy holatini aniq baholash kabi jihatlar
muammoli bo‘lib turibdi.
Iqtisodiyoti yuqori darajada rivojlangan mamlakatlar tajribasi shuni 
ko‘rsatadiki, moliyaviy nazorat tizimida auditning o‘rni, auditor va 
mijoz o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar kengayib bormoqda. Xo‘jalik 
yurituvchi subyektning ishlab chiqarish-moliyaviy faoliyati doirasida 
amalga oshiriladigan turli muomalalarning auditorlik tekshiruvini 
o‘tkazish uslubiyoti ma’lum jihatlari bo‘yicha xalqaro amaliyot bilan 
aksariyat bir xil hisoblanadi. Shu sababli tashkilotlarida mablag‘larning 
hisobi, saqlanishi va majburiyatlarning qoplanishi audit o‘tkazish 
usullari asosida amalga oshirilishi maqsadga muvofiqdir. Audit 
o‘tkazish 
jarayonida 
bunday 
mablag‘larning 
shakllantirilish 
manbalarining o‘rganilishi muhimdir.
Tashkilotlarda ichki nazorat tizimini tekshirish va unga baho berish 
bu tashkilotlarda mustaqil auditorlik riskini paysaytirishini inobatga 
olinib nazorat savolnomalari, auditning namunaviy rejalari va 
dasturlarini yaratish zaruriyati alohida ahamiyat kasb etadi.
Iqtisodiyotni 
boshqarishdagi 
o‘zgarishlar auditorlardan o‘z 
malakalarini muntazam oshirib borishni talab qilmoqda, aks holda, 
auditor tavakkalchilik darajasining yuqori bo‘lishiga olib kelishi 
mumkin. Bu, o‘z navbatida, auditorlik firmalari zimmasiga noto‘g‘ri 
ma’lumot berganligi sababli moddiy javobgarlikni qo‘yadi. Rivojlangan 
davlatlarda auditning hozirgi bosqichi yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan 
tavakkalchilikka asoslangan bo‘lib, iloji boricha kamchiliklarga yo‘l 
qo‘ymaslik va ularning oldini olishni o‘z ichiga oldi. 



Yuqorida keltirilgan masalalarning yyechimi, avvalo xalqaro hisob 
va auditorlik standartlarini O‘zbekistonda qo‘llash, xalqaro auditorlik 
standartlari asosida amaliy auditni tashkil qilishga qaratilgan. 
Navbatdagi vazifa – auditorlik mezon va standartlarini amaliyotga keng 
tatbiq etish orqali ularni takomillashtirish borasida izlanishlar olib 
borishdan iborat.
O‘zbekiston 
iqtisodiyoti 
tuzilmalarida 
moliyaviy 
nazorat 
munosabatlarini rivojlantirish, auditorlik tekshirishlarini kengaytirish va 
ularni bozor iqtisodiyoti qoidalariga muvofiq tashkil etish iqtisodiy 
islohotlarning samaradorligini oshirishda muhim omillardan biri bo‘lib 
xizmat qiladi. 
Darslikning konseptual asoslari bo‘limida «Amaliy audit» o‘quv 
fanini o‘qitishning dolzarbligi yoritilgan, mazkur fanning tuzilmasi 
keltirilgan hamda fan bo‘yicha o‘qitishning mazmuni ochib berilgan. 
Fanning o‘quv dasturi ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarning mazmunlari 
va rejasi hamda foydalaniladigan adabiyotlarning ro‘yxati ham 
keltirilgan. Bu bo‘limda nazariy va amaliy mashg‘ulotlar, mustaqil 
ishlarni bajarish bo‘yicha o‘zlashtirishni nazorat qilish hamda 
baholashning ko‘rsatkich va mezonlari berilgan. 
Shuningdek darslikda har bir mavzu bo‘yicha reja topshiriqlar va 
o‘quv-uslubiy hujjatlar keltirilgan. Talabalarda mustaqil fikrlash, o‘z 
fikrlarini asosli ravishda himoya qilish, bahslashish ko‘nikmalarini hosil 
qilish uchun bahs-munozara darslariga alohida e’tibor qaratilgan. 
Shuningdek, 
darslik 
AM-FZ-20190813110 
“O‘zbekistonda 
auditning xalqaro standartlari asosida innovatsion audit xizmatlarini 
yaratish” mavzusidagi amaliy granti doirasida yaratilgan bo‘lib, xo‘jalik 
yurituvchi subyektlar moliya – xo‘jalik faoliyatidagi ba’zi masalalarni 
amaliy darslarda muhokama qilishga mo‘ljallangan. Bunday darslarni 
olib borishda hozirgi paytda katta ahamiyat kasb etib borayotgan ilg‘or 
pedagogik texnologiyalardan foydalanish, jumladan kichik guruhlarda 
ishlash, guruhlarning ma’lum pozitsiyani egallashi, barchaning bir-birini 
o‘qitishi, «aqliy hujum» kabi usullarni keng qo‘llash darslarni samarali 
bo‘lishi, ularning qiziqarli kechishini ta’minlagan. 
Darslik asosan oliy ta’limning magistratura mutaxassisliklarida 
talabalarga dars berish jarayonini samarali tashkil etish maqsadida 
yaratilgan. Shu bilan birga albatta ba’zi bir kamchiliklardan holi emas
shuning uchun matnda uchragan kamchiliklar, fikr-mulohaza va 
takliflarni lutfan qabul qilamiz hamda sizlarga oldindan minnatdorchilik 
bildiramiz.




Download 2,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish