Toshkent moliya instituti hamdamov baxrom kasimovich ilxomov shavkat islomovich



Download 2,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/136
Sana17.07.2022
Hajmi2,59 Mb.
#817673
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   136
Bog'liq
Амалий аудит Дарслик

1.2.
 
Davlat
moliyaviy
nazoratining
turlari
va
uning
umumiy
asosiy
faoliyati 
Budjet ijrosi jarayoni xaqida axborotlar budjet hisobini tashkil 
qilish va yuritish orqali shakllantiriladi. Bunda, belgilangan budjet 
tasnifi bo‘yicha budjet daromadlari shakllantiriladi va xarajatlar amalga 
oshiriladi. Budjet hisobini alohida xususiyatlaridan biri – budjet ijrosini 
to‘g‘ri tashkil etish, moliya budjet intizomiga rioya qilish va nazorat 
funksiyasini amalga oshirilishidir. 
Nazorat funksiyasi orqali budjet mablag‘laridan maqsadli 
foydalanish, mulklarni saqlanishi va tayinlanishi bo‘yicha sarflanishi 
tizimi yo‘lga qo‘yiladi. 
Budjet hisobida ham yuqorida qayd etilganidek, nazoratning uch 
turi qo‘llaniladi: 

dastlabki nazorat; 

joriy nazorat; 

keyingi nazorat. 
Dastlabki nazorat
– smetalarni tuzish va tasdiqlash jarayonida 
amalga oshiriladi. Unda budjet intizomiga rioya qilinishi, shuningdek, 
qonunchilik talablari buzilishi oldi olinadi. 
Joriy nazorat
– budjet ijrosi jarayonida amalga oshirilib, sodir 
bo‘lgan muomalalarni qonuniyligi, pul mablag‘larini oqilona sarflanishi, 
mulkiy qiymatliklar bo‘yicha hisob ma’lumotlarini xaqiqiy holatga 
mosligi, hisoblashuvlar holati va boshqa lar nazorati amalga oshiriladi. 
Keyingi nazorat
– umumlashtirish bosqichi uchun zarur bo‘lib, 
hisob va hisobot axborotlarini qonuniyligini aniqlash uchun amalga 
oshiriladi. 
Budjet ijrosi jarayonida nazorat va taftishning obyektlari moliya 
organi, davlat maqsadli jamg‘armalari va budjet tashkilotlari hisoblanib, 
nazorat borasida ular quyidagilarga bo‘linadi: 
1.
budjet daromadlari va xarajatlari; 
2.
budjet pul mablag‘lari, budjet ssudalari; 
3.
hisoblashuvlar bo‘yicha mablag‘lar, aylanma kassa mablag‘lari; 


13 
4.
budjet tashkilotlarining daromadlari va xarajatlari; 
5.
moliyaviy va nomoliyaviy aktivlar; 
6.
majburiyatlar va moliyaviy natijalar. 
Yuqorida keltirilgan obyektlarning 1-3 moliya organlari va davlat 
maqsadli jag‘armalariga taalluqli bo‘lib, 4-6 budjet tashkilotlriga 
taalluqlidir. 
Budjet ijrosi jarayonida nazorat va taftishning subyektlari bo‘lib: 
1.
Hisob palatasi; 
2.
Moliya vazirligi; 
3.
Davlat Soliq qo‘mitasi; 
4.
Mustaqil auditorlik firmalari (shartnoma asosida). 
Davlat budjeti ijrosini nazorat qilish vakolati O‘zbekiston 
Respublikasi Moliya vazirligiga yuklatilgan bo‘lib, nazoratning asosiy 
subyekti hisoblanadi. 
Budjet ijrosi jarayonida nazoratning maqsadi – budjet ijrosini 
amalga oshirish va natijalarini shakllantirishni haqqoniyligini aniqlash 
va tahliliy axborotlarni shakllantirishdan iborat bo‘lib quyidagi 
vazfilarni o‘z ichiga oladi: 
1.
Budjet daromadlari va xarajatlarining rejalashtirish hamda 
uning ma’lumotlari xaqqoniyligini aniqlash;
2.
Budjet ijrosi jarayonida muomalalarni to‘liq va to‘g‘ri 
xujjatlashtirilishini aniqlash; 
3.
Davlat maqsadli jamg‘armalari budjeti daromadlari va 
xarajtlarini rejalashtirish hamda uni ma’lumotlarini haqqoniyligini 
aniqlash 
4.
Budjet ijrosi jarayonida buxgalteriya hisob varaqlarini yuritilish 
holati va harakatining to‘g‘riligini aniqlash; 
5.
Budjet tashkilotlarida daromadlar va xarajatlar smetalari ijrosini 
amalga oshirilishi va natijalarni shakllantirilishi to‘g‘riligini tekshirish; 
6.
Mulkiy qiymatliklar va majburiyatlarning holati hamda 
moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi to‘liq hamda aniq ma’lumotlarni 
shakllantirilishini tekshirish; 
7.
Budjet ijrosiga oid buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini to‘g‘ri 
umumlashtirilishi va hisobtlarni xaqqoniyligini tekshirish; 
8.
Tekshiruv natijalarini umumlashtirish. 
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va hududiy moliya 
organlari yuqoridagi vazifalarni amalga oshirish chog‘ida davlat 
budjetining ijrosini nazorat qiladi va quyidagilarga e’tibor qaratadi: 
1.
Budjetlar ijrosi yakunlarini ko‘rib chiqadi; 


14 
2.
Budjetlarga mablag‘lar tushumi to‘g‘risida soliq va bojxona 
organlaridan, davlat maqsadli jamg‘armalari organlaridan axborotlar 
oladi; 
3.
Budjet 
tashkilotlaridan 
budjet 
va 
budjetdan 
tashqari 
mablag‘larning tushumi va sarflanishi to‘g‘risida ma’lumotlar talab qilib 
oladi; 
4.
Qonun xujjatlariga muvofiq banklardan budjet mablag‘lari 
harakati to‘g‘risida ma’lumotlar oladi; 
5.
Budjet 
mablag‘larini 
oluvchilarning 
moliyaviy 
xo‘jalik 
faoliyatini auditdan o‘tkazadi. 
Keltirilgan vazifalarni bajarilishi umumiy maqsad, ya’ni budjet 
ijrosi jarayoni ustidan nazoratni ta’minlab beradi. 
Tekshirish tasdiqlangan dasturga muvofiq amalga oshiriladi. 
Tekshirishlarni o‘tkazishda quyidagilarga e’tibor qaratish zarur:

smeta-moliya 
hujjatlarini, 
bunda 
budjet 
mablag‘laridan 
qonunchilikka va budjet mablag‘larining tejamli yo‘naltirilishiga qat’iy 
rioya etilishiga erishgan holda, chuqur tahlil qilishni va har tomonlama 
o‘rganishni amalga oshirish; 

O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi 
vazirliklari, idoralari, hokimiyatlarning tegishli boshqarmalari va 
bo‘limlarida xarajatlar smetasini ko‘rib chiqish, tasdiqlash va o‘z 
vaqtida 
tashkilotlarga 
etkazish 
bo‘yicha 
ishlarni 
to‘g‘ri 
tashkillashtirishga erishish; 

daromadlarning to‘liq hisobi, pul mablag‘larining o‘tuvchi 
qoldiqlari, bu mablag‘lardan tejamli va samarali foydalanishni inobatga 
olgan holda, budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha daromadlar va 
xarajatlar smetasining tuzilishining qonuniyligi va rejalashtirishning 
asoslanganligini e’tiborga olish; 

smetani rejalashtirishda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf 
etishda tezkor holda chora-tadbirlarni qo‘llash, smeta xarajatlari 
bo‘yicha aniqlangan ortiqcha ajratilgan mablag‘lar summasini bu haqda 
tashkilot rahbariga xabar bergan holda o‘z vaqtida budjetdan 
moliyalashtirish miqdorini qisqartirish. 
O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi 
vazirliklari va idoralari, hokimiyatning boshqarmalari va bo‘limlarida 
smetani rejalashtirish holatini tekshirish natijalari bo‘yicha zarur 
hollarda 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Vazirlar 
Mahkamasiga, 
Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi 
Vazirlar 
Kengashiga, 
tegishli 


15 
hokimiyatlarga axborot berilishi, qoida buzilishlarni yo‘qotish bo‘yicha 
takliflar berilishi va aniqlangan ortiqcha ajratilgan mablag‘lar 
summasini xarajatlar smetasi bo‘yicha tayinlash kamaytirilishi mumkin. 
Tashkilotlarning smeta xarajatlarining to‘g‘ri tuzilishi, tasdiqlanishi 
va o‘z vaqtida etkazilishi bo‘yicha tekshirish natijalari O‘zbekiston 
Respublikasi Moliya vazirligi va hududiy moliya organlarida muntazam 
umumlashtiradi va ko‘rib chiqiladi hamda ushbu ishlarni yanada 
takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar qabul qilinadi. 
Davlat moliyaviy nazorati quyidagicha guruhlashtiriladi: 
Nazoratni amalga oshiruvchi organning bog‘liqligiga qarab, ichki 
va tashqi davlat moliyaviy nazoratiga bo‘linadi; 
budjetning tegishli darajasiga bog‘liq holda, davlat boshqaruvi 
darajasiga ko‘ra Respublika va mahalliy darajada amalga oshiriladi. 
Davlat moliyaviy nazorati organlari tizimiga quyidagilar kiradi:
O‘zbekiston Respublikasi hisob palatasi; 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
moliya 
vazirligi 
nazorat-taftish 
boshqarmasi va uning hududiy bo‘linmalari; 
Davlat boshqaruvi respublika va mahalliy organlarining ichki 
nazorat xizmati. 
Rejadan tashqari nazorat O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, 
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati, shunga vakil davlat organlari va 
deputatlik so‘rovlari asosida amalga oshiriladi. 

Download 2,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish