Toshkent moliya instituti "iqtisodiyot" kafedrasi "iqtisodiyot nazariyasi" fanidan



Download 20,95 Kb.
Sana02.04.2022
Hajmi20,95 Kb.
#525064
Bog'liq
Абдуғаффаров Акром




TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI “IQTISODIYOT” KAFEDRASI “IQTISODIYOT NAZARIYASI” FANIDAN
Yakuniy nazorat
2 – variant
1. Ehtiyojlarning qondirilish darajasiga ta’sir etuvchi omillar.
2. Tadbirkorlarning tashkiliy - huquqiy shakllari va ularning iqtisodiy mohiyati

Kafedra mudiri: X.Asatullayev




Ehtiyojlarning qondirilish darajasiga ta’sir etuvchi omillar.



  1. Mamlakatlarning iqtisodiy taraqqiyot darajasi.

  2. Jamiyatdagi mavjud ijtimoiy-iqtisodiy tizim.

  3. Tabiiy-geografik va iqlim sharoitlari.

  4. Tarixiy, milliy an'analar va urf-odatlar.

  5. Aholi sonining  sish i va uning ijtim o iy tarkibining o'zgarishi.

  6. Hududiy, m illiy va xalqaro iqtisodiy m unosabatlarning rivojlanish darajasi.

  7. Xalqaro aloqa va kommunikatsiya tizimlarining rivojlanish holati.

Ehtiyojlarning o'sib borish qonuni - Jamiyat ehtiyojlarining miqdoran ortib va sifat jihatdan takomillashib borishini bildiradi.
Ehtiyojlarning o'sib borishini taqozo qiluvchi omillar: • aholining tabiiy o'sishi - buning natijasida ehtiyojlar miqdoran ortib boradi; • fan-texnika taraqqiyoti va reklama. Uning ta'sirida kishilarda yangi tovarlarga ehtiyoj paydo bo'lib, u sifat jihatdan takomillashib boradi.
Ehtiyojlarning o'sib borish qonuni ishlab chiqarish bilan ehtiyojlar o'rtasidagi uzviy va o'zaro bog'liqlikni aks ettiradi. Ishlab chiqarish ehtiyojlarni qondirishga qaratiladi, o'z navbatida uning rivojlanishi yangi ehtiyojlami vujudga keltiradi.
Tadbirkorlarning tashkiliy - huquqiy shakllari va ularning iqtisodiy mohiyati.
Tadbirkorlikni shakllari bo'yicha: tashkiliy-huquqiy va tashkiliy iqtisodiy turlarga boʻlish mumkin. Tashkiliy-huquqiy shakldagi tadbirkorlik jumlasiga shirkatlar, jamiyatlar, kooperativlar kiradi.
Shirkatlar - tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun tashkil etilgan shaxslar uyushmasidir. Shirkatlar korxonani tashkil etilishida ikki yoki undan ortiq shaxslar ishtirok etgan taqdirda tuziladi. Shirkat uyushmalarining afzalligi shundaki, ularda qo'shimcha kapitalni jalb etish imkoniyati mavjuddir.
Bundan tashqari, mulk egasining bir nechta ekanligi, korxona ichida, egadorlaming biliml, tajribasiga qarab, bir necha ixtisoslashgan sohani tashkil. etish imkonini beradi. Lekin tadbirkorlikning bunday tashkiliy-huquqiy shakli kamchiliklarga ega bo'lib, ular quyidagilarda namoyon bo'ladi: har bir shirkat ishtirokchisi o'zining qo'shgan hissasidan qatiy nazar. bir xil javobgarlikka ega. Bundan tashqari bir sherikning harakati qolgan sheriklar uchun, agar ular bunga qarshi bo'lsalarda, majburiy bo'lishi mumkin.
Shirkatlar mas'uliyati cheklanmagan va mas'uliyati cheklangan ikki guruhga boʻlinadi. Jamiyatlar, kamida ikki fuqaro yoki huquqiy shaxs tomonidan, ularning mablag'larini birlashtirish orqali (pul yoki natura ko'rinishida) xo'jalik yuritish faoliyatini amalga oshirish maqsadida tuziladi. Mas'uliyati cheklangan Jamiyat a'zolari uning majburiyatlari boʻyicha javobgar hisoblanmaydi. Ular faqat o'zlari qo'shgan hissalari qiymati doirasida javobgardirlar. Bulardan farqli o'laroq, qo'shimcha masuliyatli jamiyat a'zolari o'zlarining barcha mulklari bo'yicha Javobgar hisoblanadilar.
Tadbirkorlikning eng ko'p tarqalgan ko'rinishi aksiyadorlik ja-miyatidir. Ularning farqi shundaki, ularga qimmatli qog'oz - aksiya chiqarish yo'li bilan zarur mablag'ni ishlab chiqarishga jalb etish huquqi berilgan. Bu borada aksiyadorlik Jamiyati a'zolari jamiyat faoliyati yakunlari bo'yicha, o'zlari egalik qilayotgan aksiyalar qiymati chegarasida javobgar hisoblanadilar.
Ishlab chiqarish yokl boshqa xo'jalik yuritish faoliyatini yo'lga qo'yish maqsadida shaxslar guruhi tomonidan tuzilgan korxona kooperativ korxona deb ataladi.
Kooperativ a'zolari uchun, ulaming shaxsan mehnat qilishlari yoki kooperativ faoliyatida qatnashishpari, shuningdek ular tomonidan badallarni birlashtirishi majburiydir.
Tadbirkorlikning asosiy tashkiliy-iqtisodiy shakllariga kon-sernlarni, assotsiatsiyalami, konsorsiumlarni, sindikatlami, kartellami, moliyaviy-sanoat guruhlami kiritish mumkin. IV Konser - ko'p tarmoqli aksiyadorlik jamiyati boʻlib, korxona-lari qatnashishi tizimi orqali nazorat qiladi. Konsern tarmoqlanib chiqqan sho'ba kompaniyalarning aksiyalari nazorat paketlariga egalik qiladi. O'z navbatida sho'ba kompaniyalar ham boshqa aksiyadorlik kompaniyalar (jumladan chet ellardagi) aksiyalari nazorat paketlariga egalik qilishi mumkin. Assotsiatsiya — Iqtisodiy jihatdan mustaqil boʻlgan korxonalar, tashkilotlarning ixtiyoriy birlashmasidir. Assotsiatsiyaga birlashgan korxona va tashkilotlar ayni paytda boshqa tuzilmalar tarkibiga ham kirishi mumkin. Odatda, assotsiatsiya tarkibiga bir hududda joylashgan, bir sohaga ixtisoslashgan korxona va tashkilotlar kiradi. Assotsiatsiyaga birlashishdan asosiy maqsad - ilmiy-texnika, ishlabchiqarish, iqtisodiy-ijtimoiy va boshqa muammolarni birgalikda hal etishdir. Konsorsium - yirik moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish maqsadida tuzilgan tadbirkorlarning uyushmasidir. Tadbirkorlarning bunday uyushmasi yirik loyihalarga mablag' sarflash imkoniga ega bo'lib, bunda tavakkalchilik bir muncha kamayadi, chunki javobgarlik ko'plab qatnashchilar o'rtasida taqsimlanadi. Sindikat - ortiqcha raqobatchilikni cheklash maqsadida, mahsulot sotish uchun tuzilgan bir tarmoqdagi korxonalar birlashmasidir. Kartel – bir sohadagi korxonalaming mahsulot, xizmat narxlari, bozorni taqsimlanishi, umumiy ishlab chiqarish hajmidagi qissasi va boshqalar bo'yicha kelishuvidir. Tadbirkorlikning yangi tashkiliy - iqtisodiy shakli moliya-sanoat guruhidir
Download 20,95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish