Toshkent moliya instituti iqtisodiyot nazariyasi


Er rentasining aniqlanishi



Download 2,68 Mb.
bet133/141
Sana31.12.2021
Hajmi2,68 Mb.
#215227
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   141
Bog'liq
Iqtisodiyot nazariyasi Ma'ruzalar TFI @mustaqilishlar

Er rentasining aniqlanishi.

Er taklifining doimiy xarakteri shuni bildiradiki, talab er rentasini belgilovchi yagona omil bo’lib chiqadi, taklif passiv rol o’ynaydi. Erga bo’lgan talabni o’z navbatida ikkita asosiy omil belgilab beradi.. Bular shu erda etishtirilgan mahsulot narxi va erning unumdorligi. Agar erga bo’lgan talab D2 dan D1 ga ortsa yoki D2 dan D3 ga pasaysa, er rentasi R2 dan R1 ga yoki R3 ga o’zgarishi zarur, erga talab miqdorining o’zgarishi mavjud er miqdoriga hech qanday ta’sir ko’rsatmadi. Agar erga talab faqat D4 ga teng bo’lsa, er rentasi nolga teng bo’ladi, ya’ni er «tekin tovar» hisoblanadi.

Turli er uchastkalari o’zlarining unumdorligi bo’yicha keskin farq-lanishi sababli bu erlarda rentaning vujudga kelishida ham farq bo’lishiga olib keladi. Erning unumdorligidagi farqlar yomg’ir va harorat (temperatura) kabi tabiiy iqlim omillar tufayli ham ro’y beradi. Er unumdorligidagi bu farqlar, unga bo’lgan talabda o’z aksini topadi. Narxning raqobatli bozor sharoitida tashkil topishi juda unumdor erlarga yuqori rentaning, past unumdor erlarga bir muncha kamroq rentaning o’rnatilishiga olib keladi. Erning o’rnashgan o’rni (bozorlarga, temir yo’llarga, suv manbalariga va shu kabilarga) ham er rentasidagi farqlarni tushuntirishda muhim omil hisoblanadi. Boshqa sharoitlar bir xil bo’lganda ijarachi mehnat va moddiy resurslarga nisbatan qulay joylashgan er birligi uchun, bozordan uzoq joylashgan erlarga qaraganda ko’proq ijara haqi to’laydi.

Shunday qilib erga bo’lgan talab va renta miqdoriga ta’sir qiluvchi omillar quydagilar:



  • Erlarning unumdorligi. Bir turdagi ekinlar ekilganda unumdorligi yuqori bo’lgan erlarga talab katta bo’ladi va bu rentaning ham yuqori bo’lishiga olib keladi.

  • Foydalanishda bo’lgan erlarda etishtiriladigan qishloq xo’jalik maxsulotlarining bozor narxi qaysi mahsulotning bozor narxi yuqori bo’lsa, shu ekin ekiladigan erlarda renta ham yuqori bo’ladi.

  • Birgalikda foydalaniladigan boshqa resurslarning narxlari va unumdorligi. Masalan, qishloq, xo’jalik mashina va uskuna-larining narxi hamda unumdorligi renta miqdoriga ta’sir ko’rsatadi.

  • Er maydonlarining shahar markazlari, bozorlar, yo’llar va suv manbalariga joylashishining uzoq-yaqinligi.

  • Erlardan sanoat usulida, qurilish va boshqa maqsadlarda foydalanish imkoniyatining mavjudligi.

  • Erlarda ekin turlarini joylashtirish imkoniyatlari darajasi.

Sifati (unumdorligi) bir xil bo’lmagan erlarda vujudga keladigan renta miqdoridagi farqlarni yuqoridagi grafikda, faqat bir muncha boshqa nuqtai nazaridan oson kuzatish mumkin. Bunda har xil unumdorlikka ega bo’lgan er uchastkasida oldingidek faqat bitta qishloq xo’jalik mahsuloti, aytalik don etishtiriladi, har bir er uchastkasining hajmi doimiy va SS ga teng deb faraz qilinadi. Kapital, mehnat va o’zaro bog’liq boshqa resurslar miqdorini barcha uchastkalarga bir xil sarflaganda ularning unumdorligi yoki yanada aniqroq, pulda ifodalangan keyingi unumdorligi har bir uchastka uchun D1, D2, D3, D4 talab egri chizig’ining holatidan ko’rinadi. 1-, 2-, 3- er uchastkalariga mos keluvchi iqtisodiy renta R1, R2 va R3 bo’ladi, bunda rentalardagi farq uchta er uchastkasining sifati, (unumdorligi) bir xil emasligi ko’rsatadi, 4-er uchastkasining unumdorligi shunchalik pastki, ijarachilar uchun uni to’liq qishloq xo’jalik oborotiga kiritish foydasiz. Rentaning vujudga kelishini tahlil qilishda erdan foydalanishning muqobil variantlari mavjud bo’lishini ham hisobga olish lozim. Ma’lum er uchastkasidan nafaqat don, balki boshqa qishloq xo’jalik mahsulotlari etishtirish, mol boqish, uy yoki boshqa ob’ektlar qurish uchun foydalanish mumkin. Erdan foydalanishning bu muqobil variantlari ham renta miqdorida farqlar bo’lishiga olib keladi.


Download 2,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish