Toshkent moliya instituti iqtisodiyot nazariyasi


Tadbirkorlik kapitalining harakati va uning bosqichlari



Download 2,68 Mb.
bet92/141
Sana31.12.2021
Hajmi2,68 Mb.
#215227
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   141
Bog'liq
Iqtisodiyot nazariyasi Ma'ruzalar TFI @mustaqilishlar

3. Tadbirkorlik kapitalining harakati va uning bosqichlari

Ma’lumki, tadbirkorlik faoliyati kapital sarfini talab qiladi. Kapital lotincha so’z bo’lib, mablag’, boylik degan ma’noni anglatadi. Iqtisodiyotda iqtisodiy ne’mat yaratish omili sifatida namoyon bo’ladigan moddiylashgan qismi ishlab chiqarish vositalari deb ataladi. Bunday yondashuv dastlab klassik maktab vakillari tomonidan ilgari surilgan. Masalan, A.Smit kapitalni jamg’arilgan mehnat mahsuli, D.Rikardo ishlab chiqarish vositalari deb hisoblashgan.

Hozirgi paytda jahon miqyosida iqtisodiy fanlarda kapitalni talqin etishda yagona fikr yo’q.

Masalan, J.Robinson kapital, hali investitsiyaga aylanmagan ma’lum miqdordagi pul, degan fikrini bildirsa, P.Xeyne esa kapital bu – kelajakda ne’matlar ishlab chiqarish uchun ya’ni ishlab chiqarish maqsadida foydalansa bo’ladigan ishlab chiqarish vositalaridan iborat deb hisoblaydi.

Nisbatan tor buxgalteriya hisobi bo’yicha yondashilsa firmaning barcha aktivlari (mablag’lari) kapital deb yuritiladi.

Kapital tushunchasini qanday talqin qilinishidan qat’iy nazar, hamma qarashlarda umumiy bo’lgan narsa bu daromad keltirishdir. Shunday qilib daromad topish maqsadida ishlab chiqarish resurslari va ularga sarflangan pul kapital bo’ladi. Demak tadbirkorlikning har qanday shakli o’z faoliyatini amalga oshirish uchun ma’lum miqdordagi ishlab chiqarish vositalariga va moliyaviy mablag’lariga ega bo’lishi zarur. Bu vosita va mablag’lar foyda olish maqsadida ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatish jarayoni uchun zarur bo’ladi.



Tadbirkor ixtiyoridagi barcha moddiy vositalar, tovarlar va pul mablag’lari birgalikda tadbirkorlik kapitali deb ataladi. Uzoq yillar davomida bizning xo’jalik amaliyotimizda va iqtisodiy atamashunosligimizda u korxona mablag’lari (ishlab chiqarish fondlari) deb qabul qilindi va shu tushuncha bilan yuritildi. Bozor iqtisodiyoti shakllanayotgan hozirgi davrda barcha mulkchilikka asoslangan korxonalar (shu jumladan, davlat korxonalari va muassasalar) o’zlarini tadbirkorlikning u yoki bu shakli sifatida namoyon qiladi. Shu sababli, biz ham, ular ixtiyoridagi ishlab chiqarish vositalari, tovarlar va pul mablag’larini tadbirkorlik kapitali yoki qisqacha kapital deb aytamiz. Tadbirkorlik kapitali ishlab chiqarish va muomala jarayonida doimo harakatda bo’ladi va bu harakat jarayonida bir qator bosqichlarni bosib o’tadi.

Pul kapitalning iqtisodiy faoliyat omillariga sarflanishi, ularning ishlab chiqarishda qo’llanilishi, ishlab chiqarilgan tovarlarning sotilishi va mablag’larning dastlabki shakliga qaytishi kabi bosqichlarni o’z ichiga olgan harakati uning doiraviy aylanishini tashkil qiladi.

Ishlab chiqarishga sarflanadigan har qanday sarmoya o’z harakatini pul shaklidan boshlaydi. Pul (P) tegishli resurslar bozoridan zarur tovarlar, ya’ni ishlab chiqarish vositalari (Iv) va ishchi kuchi (Ik) sotib olishga sarflanadi (avanslanadi). Bu holda pul shunchaki tovarlar sotib olishgagina emas, balki ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan iqtisodiy faoliyat omillarini sotib olishga sarflanadi. Ushbu muomala sohasida pul kapitali o’z harakatining birinchi bosqichidan o’tadi.

Iv

PTb


Iq

Mazkur jarayon natijasida pul shaklidagi mablag’lar unumli kapital shakliga aylanadi va ular ishlab chiqarish jarayonining potentsial omillari hisoblanadi. Kapital harakatida ikkinchi bosqich ishlab chiqarish (Ich) jarayoni hisoblanib uning natijasida unumli tovar (T) shaklini oladi. Bu erda hosil qilingan tovarlar qiymati ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchiga sarflangan qiymatdan ortiq bo’ladi, ya’ni



Iv

T . ..Ich... T’

Ik

Chunki hosil qilingan tovarlar qiymatida ishlab chiqarish vositalarining ko’chgan qiymati, ishchi kuchi qiymatining ekvivalenti va ular tomonidan vujudga keltirilgan qo’shimcha mahsulot qiymati ham mavjud bo’ladi.



Uchinchi bosqichda ishlab chiqarilgan tovarlarni sotish sodir bo’ladi T’P’ ushbu bosqichda tovarlar pulga aylanadi va o’zining dastlabki shakliga qaytib keladi. Dastlab, pul shaklida sarflangan mablag’ yana pul shaklida, ammo miqdor jihatidan ko’proq bo’lib qaytadi.

Shu sababli uni P’= P+p yoki P=P+p ko’rinishida ifodalash mumkin.

Tovarlarni sotishdan tushgan pul kapitali yana ishlab chiqarish omillari sotib olish uchun sarflanadi va shu tariqa yuqoridagi harakat to’xtovsiz takrorlanaveradi.

Tadbirkorlik kapitalining o’z harakatida uch bosqichni izchil bosib o’tib, muntazam ravishda bir shaklidan boshqa bir shalkiga aylanib, yana dastlabki shakliga qaytib kelishi uning doiraviy aylanishi deyiladi.

Tadbirkorlik kapitali doiraviy aylanishining yaxlit ko’rinishi



Iv

quyidagicha bo’ladi: PT ...Ich...T’ P’

Ik

Doiraviy aylanishning birinchi va uchinchi bosqichlari muomala sohasida ya’ni resurslar va tovarlar bozorida ikkinchi bosqichi ishlab chiqarishda ro’y beradi.



Har bir bosqichda kapital muayyan harakat shakliga kiradi. Birinchi bosqichda u pul shaklida, ikkinchi bosqichda unumli yoki ishlab chiqarish omillari va uchinchi bosqichda tovar shaklida yuzaga chiqadi. Kapital doiraviy aylanish jarayonida, uning har bir shakli alohida vazifani bajaradi va shunga ko’ra ular kapitalning harakat shakllari deyiladi.

Kapital pul shaklining harakati iqtisodiy faoliyat uchun zarur shart—sharoitlarni yaratishdan iborat. Bunga pulni ishlab chiqarish vositalari va ish kuchi sotib olishga avanslash orqali erishiladi. Kapital unumli shaklining harakati tovarlar ishlab chiqarish va xuddi shu jarayonda qiymatning o’sishiga erishishni ta’minlash vazifasiga qaratiladi.

Kapital tovar shaklining harakati orqali ishlab chiqarilgan tovarlar qiymatining narx shaklida ro’yobga chiqishi sodir bo’ladi va o’sgan qiymatning pulga aylanishi bilan tadbirkorning foyda olish maqsadi ta’minlanadi.

Ishlab chiqarish uzluksiz davom etishi uchun tadbirkorlik kapitali o’zining bir shaklidan boshqa bir shakliga aylanib turishi va ayni paytda har uchala shaklda ham mavjud bo’lmogi lozim. Agar tadbirkorlik kapitali bu shakllarning birortasida to’xtab qolgudek bo’lsa, uning harakatidagi uzluksizlik buziladi.

Tadbirkorlik kapitali uning xar uchala shakli bir vaqtda o’z doiraviy aylanishiga ega bo’ladi. Tadbirkorlik kapitali pul shaklining doiraviy aylanishi:

Iv

P Tb ...I...T’P’

Ich
Unumli kapitalning doiraviy aylanishi:

Iv

...I...T’ P’T ...I...

Ik
Tadbirkorlik kapitali tovar shaklining doiraviy aylanishi:



Iv

T P ...I...T’

Ik

Mablag’larning pul shaklining doiraviy aylanishi uchun bosqichlarning shunday izchillikda (bozor–ishlab chiqarishda bozor) bo’lishi xoski, bunda ishlab chiqarish va muomala bir-birini to’ldirib turadigan ikki bosqichi (PT va TP) o’rtasida bo’ladi, shuningdek, doiraviy aylanish boshlarida pul shaklida avanslangan mablag’ uning oxirida yana o’sha shaklga qaytadi.



Tadbirkorlik kapitali unumli shaklining doiraviy aylanishi ishlab chiqarishning muommalaga nisbatan etakchi rol o’ynashini ochib beradi: ishlab chiqarish birinchi o’ringa qo’yiladi, ishlab chiqarish jarayonida iste’mol qiymatlari tashkil topadi.

Kapital o’z harakatini qanday ijtimoy-iqtisodiy shakllarda amalga oshirmasin, ular uchun yuqorida ta’kidlaganimizdek, doiraviy aylanish va uning bosqichlarining harakat ko’rinishi umumiy. Shu bilan birga xo’jalik yuritishning ayrim shakllarida tadbirkorlik kapitalining doiraviy aylanishi, ularning bosqichlari va harakat shakllari o’zlarining iqtisodiy mazmuni jihatidan farqlanadi.




Download 2,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish