Toshkent moliya instituti moliya-iqtisod


O’zbekiston Respublikasi Davlat



Download 1,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/48
Sana05.09.2021
Hajmi1,41 Mb.
#165935
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   48
Bog'liq
iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida davlat budjeti daromadlarini shakllantirishning hozirgi davr muammolari

O’zbekiston Respublikasi Davlat 

byudjeti 

Respublika byudjeti

 

Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti, 



Toshkent shahar  va viloyatlar mahalliy  

 

 byudjetlari

 

Qoraqalpog’iston 



Respublikasi 

umumrespublika byudjeti 

Qoraqalpog’iston 

Respublikasi tarkibidagi 

tumanlar va shaharlar

 

byudjeti



 

Toshkent shahri 

umumshahar byudjeti 

 

Toshkent shahri 



tarkibidagi tumanlar

 

byudjeti 



umumviloyat 

byudjetlari 

 

Viloyatlar 



tarkibidagi tumanlar 

va shaharlar byudjeti 




 

foydalanish  borasidagi  iqtisodiy  (moliyaviy)  munosabatlar  majmuiga  Davlat 



byudjeti deyiladi

18

.  



Davlat  byudjeti  ijtimoiy  va  ishlab  chiqarish  munosabatlarining  bir  qismini 

ifoda  etib, davlatning  ixtiyoriga  mamlakatda  yaratilgan  yalpi  ichki  mahsulot  yoki 

milliy daromadning bir qismini  to’plash va uni jamiyat taraqqiyoti turli sohalari, 

jumladan iqtisodiyot, maorif, sog’liqni saqlash, fan, madaniyat, ijtimoiy ta’minot, 

boshqaruv  va    mudofaaning  rivojlanishiga  yo’naltirish  imkonini  beradigan  

taqsimlash vositasidir.  

Haqiqatdan  ham  har  bir  mamlakatda  davlat  (hukumat)  barcha  moliyaviy 

munosabatlarning  tashkilotchisi  bo’lsada,  uning  bu  xislati,  ya’ni  mamlakatning 

moddiy  va  moliyaviy  resurslarini  asosiy  taqsimlovchisi  sifatidagi  roli  faqat 

byudjetda katta kuch bilan namoyon bo’ladi.  

Turli  ma’muriy-hududiy  byudjetlarning  ko’pligiga  qaramasdan  ularning 

barchasi  quyi  bo’g’inlarning  yuqori  bo’linmalarga  bo’ysunishiga  ketma-ket  rioya 

qilgan holda yagona davlat byudjetiga birlashadi.  

Bir  vaqtning  o’zida  byudjet  resurslarini  shakllantirish  va  ulardan 

foydalanishda  demokratizm  ham  ta’minlanadi.  Chunki  davlat  hokimiyatining 

barcha  organlari  o’zlarining  byudjet  mablag’lariga  ega  bo’lib,  bu  borada  ular 

o’zlariga tegishli bo’lgan byudjet huquqlaridan foydalanadilar.  

Yalpi  ichki  (milliy)  mahsulotni  taqsimlashning  moliyaviy  instrumenti 

(vositasi)  sifatida  Davlat  byudjeti  boshqa  xususiyatlarga  ham  ega.  Agar  moliya 

yordamida  taqsimlash  qiymatning  shakllari  o’zgargan  sharoitda  va  ko’plab  oldi-

sotdilar  natijasida  amalga  oshirilsa,  yalpi  ichki  (milliy)  mahsulotning  Davlat 

byudjeti  orqali  taqsimlanishi,  ma’lum  darajada,  har  doim  almashuvdan  ajralgan 

holda  sodir  bo’ladi.  Qiymatning  Davlat  byudjeti  orqali  harakatlanishi  moddiy 

mahsulotning harakatidan to’liq uziladi va sof qiymat xarakterini kasb etadi. Faqat 

                                                           

18

 



Malikov T., Haydarov N., Davlat byudjeti, o’quv qo’llanma, TMI, T: “Iqtisod moliya”, 2007 

yil


 


 

Davlat byudjetidan tashqarida, byudjet resurslari sarflanayotganda yana taqsimlash 



va almashuv operatsiyalarining qo’shilib ketishi sodir bo’ladi

19

.  



Davlat  byudjeti  orqali  yalpi  ichki    mahsulotni  taqsimlashning  bu  uch 

bosqichlari  bir  vaqtning  o’zida  va  uzluksiz  sodir  bo’lsada,  bu  narsa  ularning 

nisbatan alohidaligini ham inkor etmaydi.  

Birinchi  bosqichda  yuridik  va  jismoniy  shaxslarga  tegishli  bo’lgan  pul 

mablag’larining  bir  qismini  davlatning  qo’lida  jamlash  sodir  bo’ladi.  Ana  shu 

asosda  mablag’larni  oluvchi  sifatida  davlat  bilan  mablag’larni  to’lovchilar 

o’rtasida  moliyaviy  munosabatlar  vujudga  keladi.  Bu  munosabatlar,  asosan, 

majburiylik  xarakteriga  egadir.  Bu  bosqichdagi  taqsimlash  jarayonlari-ning 

xarakterli  xususiyati  shundan  iboratki,  byudjetga  tushuvchi  mablag’lar 

alohidalashgan    bo’lib,  hali  ular  qat’iy  aniq  cheklanmagan.  Ularning  barchasi 

hozircha  yagona  maqsadga  –  umumdavlat  ehtiyojlarini  qondirishga  – 

yo’naltirilgan.  Davlat pul fondining alohidaligiga aniq maqsadlarga mo’ljallangan 

fondlarni kristallizatsiya qilish boshlanganda bar-ham beriladi.  

Ikkinchi  bosqichda,  yuqorida  qayd  etilganidek,  hududiy  va  ma’lum 

maqsadlarga  mo’ljallangan  ko’psonli  fondlarning  shakllanishi  yuz  beradi,  ya’ni 

umumdavlat  pul  fondini  bo’lishning  murakkab  taqsimlanish  jarayoni  amalga 

oshiriladi.  Tashqi  tomondan  u  barcha  ijtimoiy  bo’linmalardan  ajralgan  ichki 

byudjet  jarayonidek  ko’rinadi.  Haqiqatda  esa  bu  taqsimlash  ijtimoiy 

munosabatlarning  barcha  sohalarini  qamrab  oladi.  Bu  bosqichda  jamiyatdagi 

barcha  sub’ektlarning  manfaatlari  o’zaro  to’qnash  keladi.  Mamlakatdagi  har  bir 

ma’muriy-hududiy  birlik  o’z  byudjetiga  ega  bo’lganligi  uchun  bu  bosqichda  ana 

shu byudjetlarning  umumiy hajmini to’g’ri aniqlash alohida ahamiyat kasb etadi. 

U yoki bu byudjetning xarajatlari joylarda olingan daromadlarning hajmi bilan mos 

kelmasligi  oqibatida  ularni  qo’shimcha  mablag’lar  bilan  ta’minlash  zaruriyati 

vujudga keladi, barcha quyi byudjetlarni balanslash-tirish zarurdir. Shunday qilib, 

murakkab taqsimlash jarayoni sodir bo’ladiki, unda mamlakat  ma’muriy-hududiy 

                                                           

19

 



Malikov T., Haydarov N., Davlat byudjeti, o’quv qo’llanma, TMI, T: “Iqtisod moliya”, 2007yil

 



10 

 

bo’linmalarining  barchasi  ishtirok  etib,  ularning  ayrimlari  o’z  mablag’larini 



berishsa, boshqalari esa byudjet mexanizmi orqali bu mablag’larni oladi.  

Uchinchi 

bosqichda 

byudjet 


fondlari 

hududlar 

va 

maqsadga 



mo’ljallanganligi  bo’yicha  xarajat  qilinadi,  ya’ni  ko’pchilik  hollarda,  bir 

mulkchilik  shakli  doirasida  byudjet  mablag’larini  qaytarilmaslik  tarzida  berish 

sodir bo’ladi. Ularning haqiqatda sarflanishi esa byudjetli taqsimlash jarayonining 

oxirgi bosqichida byudjet mablag’larini olganlar tomonidan amalga oshiriladi.  

O’zbekiston respublikasi byudjet tizimining o’ziga xos xususiyati shundaki, 

moliyaviy  muassasalar  byudjetni  boshqarish  tizimining  yagona  moliya  organi 

sharoitida amal qiladi. 

Har  qaysi  byudjetning  bo’ginlari  o’ziga  xos  daromad  vakolati  va  xarajat 

majburiyatlariga  ega  bo’lib  ular  bir  butun  davlat  byudjeti  vazifalarini  bajarishga 

asoslanadi. 

Keyingi  yillarda  davlat  byudjeti  tarkibida  mahalliy  byudjetlarning 

islohotlarni  amalga  oshirishdagi  ahamiyatini  oshib  borish  tendentsiyasini 

kuzatishimiz  mumkin.  Mahalliy  byudjetlar  O’zbekiston  Respublikasi  byudjet 

tizimining 

asosiy 

kismi 


sifatida 

o’zida  14  ta  mustaqil  byudjetni 

mujassamlashtiradi. 

Moliyaviy  resurslarni  byudjet  orqali  birlashtirish  davlat  moliya  siyosatini 

muvaffaqiyatli amalga oshirish imkonini beradi. Byudjet orqali markazlashgan pul 

resurslarini  to’plash  va  davlat  organlari  tomonidan  belgilangan  maqsadlarga 

xarajatlar  amalga  oshiriladi.  Bu  byudjet  orqali  daromadning  ma’lum  qismini 

to’plash  va  uni  qayta  taqsimlashni  bildiradi.  Shuning  bilan  moliya  tizimining 

taqsimlash funktsiyasi amalga oshiriladi. 

Respublika  va  mahalliy  davlat  organlari  byudjet  munosabatlari  orqali 

taqsimlangan  daromadni  o’z  ixtiyorga  oladi  va  aniq  belgilangan  maqsadlarga 

yo’naltiradi. 

Byudjet  moliya  resurslarini  kerakli  soha  va  byudjet  moliya  resurslarini 

kerakli soha va yo’nalishlarda jamlab davlatni iqtisodiyotni boshqarish va ijtimoiy 

siyosatni amalga oshirishga imkoniyat beradi. 



11 

 

Bunda  byudjet  resurslarining  daromad  qismi  bo’yicha  shakllanishi,  undan 



samarali  foydalanish  nazorat  qilinadi.  Taqsimlash  va  nazorat  funktsiyalari  orqali 

byudjetning iqtisodiy kategoriya sifatidagi mohiyati yuzaga chiqadi. Shu yul bilan 

byudjet 

davlat 


daromadlari 

va 


xarajatlarini 

rejalashtiruvchi 

moliyaviy 

munosabatlarni bildiradi. 

Byudjet-soliq  siyosatini  oqilona  yo’nalish  ishlab  chiqish  va  uning  samarali 

ijrosini ta’minlash, eng avvalo, byudjet daromadlarini aniq va sifatli rejalashtirish 

bilan  bog’liq.  Byudjet  daromadlarini  rejalashtirishning  ahamiyati  to’g’risida 

kengroq to’xtaladigan bo’lsak, quyidagilarni ko’rsatib o’tish maqsadga muvofiq

20

:  


  XX  asrning  yetuk  iqtisodchilaridan  biri  D.  Keyns  nazariyasiga 

muvofiq, iqtisodiyotda davlatning rejalashtirilgan xarajatlari mamlakat yalpi ichki 

mahsulotini oshirishdagi asosiy manbalardan biridir. Davlat xarajatlarining rejasi 

esa byudjet daromadlarini rejalashtirish bilan chambarchas bog’liq;  

  soliq  va  bojxona  siyosati  yo’nalishlarini  ishlab  chiqish,  shuningdek, 

ularni asoslash byudjet daromadlarini rejalashtirish orqali amalga oshiriladi;  

  davlatning  uzoq  muddatli  xarajatlarini  (jumladan,  investitsiyalarni) 

samarali  va  oqilona  amalga  oshirish  davlat  ixtiyoriga  moliyaviy  mablag’larning 

barqaror  ravishda  kelib  tushishini  talab  etadi.  Bu  esa  o’z  navbatida  byudjet 

daromadlarini rejalashtirishga alohida e’tibor qaratishni talab etadi;  

  byudjet  daromadlarini  rejalashtirish  rivojlanayotgan  mamlakatlarda 

soliq ma’murchiligini yaxshilashdagi asosiy vositalardan biri hisoblanadip.  

Bu  boradagi  adabiyotlar  sharhi  shuni  ko’rsatadiki,  xorijiy  olimlar  va 

mutaxassislar  ham  byudjet  daromadlarini  rejalashtirish  moliyaviy  siyosat 

yuritishda  asosiy  omillardan biri  ekanligini  ta’kidlab  o’tishgan.  Xususan,  Xalqaro 

valyuta jamg’armasi mutaxassislari Stefan Danninger, Marko Kangiano va Annette 

Kyobelarning  qayd  etishicha,  byudjet  daromadlari  rejasini  qayta  ko’rib  chiqish 

byudjet  xarajatlari  va  boshqaruvda  jiddiy  muammolarni  keltirib  chiqaradi, 

moliyaviy siyosatga ishonchni yo’qotadi. Shuningdek, S.G. Ayupova  iqtisodiyotni 

                                                           

20

  Usmonov  Q.A,  Byudjet  daromadlarini  rejalashtirish  jarayoni,  usullari  va  ularni 



takomillashtirish  yo’nalishlari,    “Iqtisodiyot  va  innovatsion  texnologiyalar”  ilmiy  elektron 

jurnali. № 4, iyul-avgust, 2014 yil

 



12 

 

samarali boshqarishda byudjet daromadlari rejasining roli katta ekanligi to’g’risida 



xulosaga  kelgan.Umuman  olganda,  iqtisodiy  adabiyotlar  mazkur  masalaga 

bag’ishlangan  ko’plab  ilmiy  ishlar  va  maqolalar  mavjud  bo’lib,  ularda  byudjet 

daromadlarini  rejalashtirish  atroflicha  o’rganilgan  va  muhim  ahamiyatga 

ekanligiga 

baho 

berilgan. 



Joriy 

yilda 


byudjet 

daromadlari 

to’g’ri 

rejalashtirilmaganligi  oqibatida  Bolgariyada  va  Ukrainada  tasdiqlangan  byudjet 

qayta  ko’rib  chiqilayotganligi  va  bu  bilan  bog’liq  qator  muammolar  yuzaga 

kelayotganligi ushbu fikrimizning yana bir tasdig’idir

21

.  


Byudjet 

daromadlarini 

rejalashtirishni 

nazariy 


jihatdan 

iqtisodiy 

modellashtirish  deb  atash  mumkin.  Taniqli  iqtisodchi  olim  N.G.  Menkyu 

tomonidan  tayyorlangan  iqtisodiy  modelning  umumiy  ko’rinishi  asosida  muallif 

tomonidan  ishlab  chiqilgan    2-rasm  orqali  byudjet  daromadlarini  rejalashtirish 

modelining umumiy ko’rinishini kuzatishimiz mumkin.  




Download 1,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish