Bunday ko‘p qirrali va hozirda dolzarb bo‘lgan marketing mavzusiga bo‘lgan qiziqish nafaqat, alohida bir mamlakat, balki, butun dunyoda ham ko‘paymoqda, ta’kidlash joizki ushbu qiziqish kundan-kunga ortib globallashmoqda. Bu marketing har birimizni qiziqishlarimizga taalluqliligi bilan tushuntiriladi. Avtomashinani sotayotganimizda, ish joyini qidirayotganimizda, hayriya ishlari uchun mablag‘ to‘playotganimizda yoki g‘oyani ilgari surayotganimizda biz marketing bilan shug‘ullanamiz. Biz bozor o‘zi bilan nimani aks ettirishini, unda kimlar ish yuritishini, u qanday ishlashini, uning talablari qandayligini bilishimiz lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |