Toshkent Tibbiyot Akademiyasi 2-Davolash ishi fakulteti 105-a guruh talabasi Tursunova Farangizning Mustaqil ishi



Download 0,61 Mb.
Sana06.07.2022
Hajmi0,61 Mb.
#746730
Bog'liq
T.Farangiz (Ar Roziy)

Toshkent Tibbiyot Akademiyasi 2-Davolash ishi fakulteti 105-A Guruh talabasi Tursunova Farangizning Mustaqil ishi

Mavzu:Abu Bakr Ar Roziy


Abu Bakr Ar Roziy 28 avgust 865 yil Ray (Eron) shahrida savdogar oilasida tug`ilgan. Yoshligidan Ar Roziy musiqa, adabiyot, astronomiya, matematika bilan shug`ullangan. Keyinchalik falsafa, ximiya va tibbiyot bilan qiziqqan. U juda ko`p safarda bo`lib, Kohira, Buxoro, Bog`dod, Kordova va boshqa shaharlarda bo`lgan.

Bog`dod va Ray shaharlaridagi shifoxonalarida ishlagan. Bog`dod shahridagi shifoxonaning qurilishida ishtirok etgan va keyinchalik 20 ta shifokordan iborat shifoxonani boshqargan. Shifoxona qurilishi uchun joy topish maqsadida juda qiziqarli usul topgan: u har bir shahar chetiga go`sht bo`laklarini osib qo`ygan va qaysi joylarda go`sht bo`laklar ko`p saqlanishini va buzilmasligini kuzatgan. Ushbu joy eng toza va shifoxona qurilishiga to`g`ri keladigan joy deb topilgan.

  • Bog`dod va Ray shaharlaridagi shifoxonalarida ishlagan. Bog`dod shahridagi shifoxonaning qurilishida ishtirok etgan va keyinchalik 20 ta shifokordan iborat shifoxonani boshqargan. Shifoxona qurilishi uchun joy topish maqsadida juda qiziqarli usul topgan: u har bir shahar chetiga go`sht bo`laklarini osib qo`ygan va qaysi joylarda go`sht bo`laklar ko`p saqlanishini va buzilmasligini kuzatgan. Ushbu joy eng toza va shifoxona qurilishiga to`g`ri keladigan joy deb topilgan.

Ar Roziy shifoxonasi bir necha bo`limdan iborat bo`lgan, bularning ichiga: ko`z kasalliklari, terapiya,jarrohiya va shifokorlarni tayyorlash maktablari kirgan. Tibbiyot maktabining talabalari amaliyotni shifoxonada o`tkazishar edi. Shifoxana shtati kichik va katta shifokorlardan iborat bo`lgan.
Roziyning tabobatga oid yana bir yirik asari — „Al-Kunnosh al-Mansuriy“ („Mansurga bagʻishlangan toʻplam“)i. Bu asari ham juda koʻp nazariy va amaliy masalalarni oʻz ichiga olgan (qoʻlyozma nusxalari Rossiya Fanlar Akademiyasi sharqshunoslik institutining Sankt-Peterburg fondida, shuningdek, Parij va Tehron kutubxonalarida saqlanmoqda). Asar 16-asrgacha Sharq tabiblari va Yevropa shifokorlarining asosiy qoʻllanmalaridan biri boʻlib, unga koʻp sharxlar yozilgan. 

 Roziy „Kitob aljudariy valhasba“ („Chechak va qizamiq haqida kitob“) asarida tibbiyot tarixida birinchi boʻlib, chechak va qizamiq kasalliklarining boshqa yuqumli kasalliklardan farqi va tarifi berilgan. Roziy chechak bilan bir marta kasal boʻlgan kishi ikkinchi marta bu kasallikka duchor boʻlmasligini aniqlagan va chechakka qarshi emlash kerak degan fikrga kelib, uni amalga oshirgan. Roziy oʻz davri tabobatini diagnostika va davolashning yangi usullari bilan boyitgan, jarroxlikda birinchi boʻlib ketgut (qoʻy ichagidan tayyorlangan ip) ishlatgan.

Roziy mashhur kimyogar boʻlib, kimyo faniga oid 26 ta asar yozgan, biroq, bizgacha ularning 4 tasigina yetib kelgan. Bular orasida „Kitob ulasror“ („Sirlar kitobi“) va [[„Kitob sirr ilasror“ („Sirlar siri kitobi“) asarlari alohida oʻrin tutadi. „Kitob ulasror“da oʻrta asr Sharq kimyosi oʻzining toʻla ifodasini topgan. Roziyning bu asarlari uning nazariy jihatdan bir metallni ikkinchi metallga kimyoviy yoʻl bilan aylantirish mumkinligiga ishonganini koʻrsatadi. Garchi amaliy jihatdan uning nazariyasi utopik boʻlsada, oltin va kumush hosil qilish yoʻlidagi urinishlari tufayli Roziy hozirgi kimyoni bir qancha yangi moddalar, asboblar va kimyoviy amallar bilan boyitgan. Roziyning tibbiyot va kimyo sohalariga oid asarlari oʻrta asrlarda Sharq va Gʻarbda shu sohalarning rivojlanishiga katta taʼsir koʻrsatgan.

Roziy oʻrta asr Yaqin va Oʻrta Sharq xalqlari falsafasida mavjud boʻlgan taʼlimotlarning birortasiga bogʻliq boʻlmagan holda borliq va uning mohiyati haqida oʻz mustaqil taʼlimotini yaratgan. Uningcha, borliq — yagona bir-biriga boʻysunmagan 5 mustaqil boshlangʻich mohiyat (yaratuvchi, jon, vaqt, makon, materiya)dan vujudga kelgan. Bularning har biri borliqning vujudga kelishi va mavjud boʻlib qolishida „zaroʻriy vujud“larni Roziy materiya, makon, zamonni yaratuvchi va jon bilan bir xil zaruriy mohiyat deb hisoblab, moddiylikni ilohiylikka, ilohiylikni moddiylikka boʻysundirmadi. U oʻz davrining yirik tabiatshunosi sifatida moddiy olam hodisalari va jarayonlarini materiya va uning xususiyatlari bilan izoxlashga harakat qildi, oʻz naturfalsafiy qarashlarida maʼlum darajada ilmiy nuqtai nazarga yaqinlashdi. 

Oʻrta asr falsafasi uchun erishgan eng katta yutuqlaridan biri — Roziyning narsalar moddiy atom zarralaridan tuzilgani haqidagi taʼlimoti. Roziy Demokrit va Epikur atomistik taʼlimotini oʻrta asrlarda birinchi marta qayta tikladi. Uningcha, materiya dastlab „boʻlinmas zarralar (atom) holatida boʻladi“, ular „ogʻirlik va tanaga ega“, „moddiy zarralarning boʻshliq zarralari bilan qoʻshilishi“ natijasida 4 unsur: tuproq, suv, xavo va olov paydo boʻladi. Atomlarning moddiyligi, abadiyligi va obʼyektivligi tufayli ulardan vujudga kelgan moddiy olam ham obʼyektiv va abadiydir. Roziy zarralarning oʻz-oʻzidan harakati masalasini tushunmadi va muayyan narsalarning vujudga kelish jarayoni asosida materiya yotsa ham, bu jarayon jonning materiyaga intilishi va u bilan birikishi tufayli yuz berishi haqidagi dualistik nuqtai nazarda turadi.

Roziyning ilmiy merosini birinchi marta oʻrgangan olim Abu Rayhon Beruniydir. Beruniy Roziyning tarjimai holi, dunyoqarashi va asarlarini tadqiq etib„Fehrist kugub Muhammad ibn Zakariyo al-Roziy“ („Muhammad ibn Zakariyo al-Roziy kitoblarining roʻyxati“) asarini yozgan. Roziyning asosiy asarlari oʻrta asrlardayoq Gʻarbiy Yevropada mashxur boʻlgan, baʼzilari lotin va boshqa Yevropa tillariga tarjima qilinib, keng oʻrganilgan. Keyingi davr olimlarining, jumladan, oʻzbekistonlik olimlarning tadqiqotlarida Roziy asarlarining ilmiy jamoatchilikka maʼlum boʻlmagan qoʻlyozma nusxalari va ularning tarjimalari aniqlanmoqda, ayrim asarlari nashr etilmoqda.


E’tiboringiz uchun rahmat!
Download 0,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish