Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi harbiy-tibbiyot fakulteti


Sa'y-harakatlarning jang natijasi uzil-kesil hal bo„ladigan fursatda



Download 11,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/377
Sana09.02.2022
Hajmi11,08 Mb.
#438952
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   377
Bog'liq
fayl 1636 20210826

Sa'y-harakatlarning jang natijasi uzil-kesil hal bo„ladigan fursatda
asosiy yo„nalishga jamlanishi
kuch va son jihatdan ustun kelayotgan dushmanga 
muvaffaqiyatli qarshilik ko„rsatish va g„alaba qozonish imkonini beradi. Ushbu 
maqsadda, aksariyat jangovar qobiliyati yuqori bo„linmalar va eng samarali shikast 
yetkazish vositalarini asosiy yo„nalishda qo„llab, ularning xatti-harakatlari bilan 
dadil manyovr bajarish zarur. 
Bo„linmalar harakati, zarbalar va o„t ochish amallari bilan manyovr 
qilinishi
tashabbusni qo„lga kiritib, saqlab qolish, dushman g„oyasini barbod etish 
va shiddat-la o„zgarib borayotgan vaziyatda jangni (jangovar harakatlarni) 
muvaffaqiyatli olib borish imkonini beradi. 
Manyovr 
– qo„shinlarning dushmandan ustun keladigan holatga ega bo„lish, 
kuch va vositalarning zaruriy turkumini yaratish maqsadida jang davomida bir 
joydan boshqa joyga uyushqoqlik bilan ko„chib o„tishi, shuningdek, dushmanga 
yanada samarali talafot yetkazish uchun zarbalar va o„t ochish amallarini bir 
joydan boshqa joyga ko„chirish yoki boshqa nishonga qaratish (yopirilma o„t 
ochish yoki aksincha, ushbu amallarni tarqoq holatda bajarishni) anglatadi.
Bo„linmalar harakati bilan amalga oshiriladigan manyovr (o„rab olish, aylanib 
o„tish va chekinish amallari), ushbu bo„linmalar quruqlikda ham, havo yo„li orqali 
ham (taktik havo desanti tushirilishi, aylanib o„tadigan manyovrchan otryadlar va 
vertolyot-hujumkor vzvodlar qo„llanishi shaklida) dushmanning jangovar tartibi 
ichiga jadal kirib borgan tarzda, shuningdek, bo„linmalar qo„shin ichkarisida 
joylashgan yangi marralarga (hududlarga) o„tishi orqali amalga oshiriladi. 
Manyovrning g„oyasi sodda, ijrosi tez, dushman uchun pinhona va daf'atan 
kechadigan bo„lishi lozim. Manyovr zamirida dushmanga qarata o„t ochilib, 
shikast yetkazilgan natijalardan o„z vaqtida, imkon qadar to„liq foydalanish g„oyasi 
bo„lishi lozim. 
O„rab olish
– bo„linmalar dushman qarorgohiga yetib borib, qanotiga qarata 
zarba berishi uchun o„tkaziladigan manyovr turi. Bunday manyovr mavjud 


20 
kuchlarning muayyan qismi yoki asosiy kuchlar tomonidan, front bo„ylab 
harakatlanayotgan bo„linmalar bilan hamkorlikda jangovar yoki jang oldi tartibida 
amalga oshiriladi. O„rab olish usuli aylanib o„tish usuli bilan uyg„unlashtirilishi 
mumkin. 
Aylanib o„tish
– bo„linmalar dushman qarorgohining ichkarisiga kirib borib, 
ortdan zarba berish maqsadida o„tkaziladigan manyovr. Ushbu manyovr dushman 
qanoti ochiq qolgan yoki jangovar tartiblari o„rtasida ochiq oraliq hosil bo„lgan 
holatda, front bo„ylab harakatlanayotgan bo„linmalar yoxud taktik havo desanti 
bilan hamkorlikda amalga oshiriladi. Aylanib o„tish manyovri, odatda, o„rab olish 
manyovri bilan uyg„unlashtiriladi. 

Download 11,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   377




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish