Toshkent tibbiyot akademiyasi termiz filliali



Download 0,74 Mb.
Sana31.12.2021
Hajmi0,74 Mb.
#206956
Bog'liq
XUDAYNAZAROVA SHAXRIZODA FUQAROLIK JAMIYATI 12- mavzu ppt

Toshkent tibbiyot akademiyasi termiz filliali

Fan: Fuqorolik jamiyati

Talaba : Xudaynazarova Shaxrizoda

O’qituvchi: Xusanova Nilufar

Mavzu:ko’ppartiyaviylik- fuqarolik jamiyatini barpo etishni muhim sharti

reja

FUQAROLIK JAMIYATI INSTITUTLARI TUSHUNCHASI, UNING MA’NO VA MAZMUNI.

KO‘PPARTIYAVIYLIK – DEMOKRATIK JAMIYAT BARPO ETISHNING MUHIM SHARTI.

MAMLAKATIMIZNI DEMOKRATIK YANGILASH JARAYONIDA FUQAROLIK INSTITUTLARINING ROLI VA AHAMIYATINING KUCHAYTIRILISHI.

AXBOROT ERKINLIGINI TA’MINLASH TUSHUNCHASI, MAZMUN-MOXIYATI, AXBOROT RESURSLARIDAN FOYDALANISH MEHANIZIMLARINI RIVOJLANTIRISH.


. Ko‘ppartiyaviylik – demokratik jamiyat barpo etishning muhim sharti

O‘zbekistonda erkin bozor munosabatlariga asoslangan ochiq, huquqiy demokratik davlat va adolatli fuqarolik jamiyatini barpo etishda, fuqarolarning siyosiy jarayonlarda, davlatni boshqarishda qatnashuvini ta’minlashda siyosiy partiyalar faoliyati va mamlakatda ko‘ppartiyaviylikning amal qilishi muhim rol o‘ynaydi. O‘zbekistonda ushbu tamoyilning amal qilishiga milliy mustaqilligimizning dastlabki yillaridanoq jiddiy e’tibor berildi.

Xususan, 1992 yilning 8 dekabrida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 12 moddasida: “O‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy hayot siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlarning xilma-xilligi asosida rivojlanadi” – deb, ko‘rsatib qo‘yilgan. Bosh Qomusimizning “Jamoat birlashmalari” deb nomlangan XIII bobining 60 moddasida esa: “Siyosiy partiyalar turli tabaqa va guruhlarning siyosiy irodasini ifodalaydilar va o‘zlarining demokratik yo‘l bilan saylab qo‘yilgan vakillari orqali davlat hokimiyatini tuzishda ishtirok etadilar. Siyosiy partiyalar o‘z faoliyatlarini moliyaviy ta’minlanish manbalari haqida Oliy Majlisga yoki u vakil qilgan organga belgilangan tartibda oshkora hisobotlar berib turadilar” – deb, belgilab qo‘yilgan.

Hozirda, O‘zbekiston ijtimoiy-siyosiy hayotida siyosiy partiyalarning roli tobora ortib bormoqda. Mamlakatimizda huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatining shakllanib borishida mavjud siyosiy partiyalarning faoliyati yanada ortib bormoqda. “Ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy taraqqiyotning aniq ustuvor yo‘nalishlarini belgilab olishda, - deb ta’kidladi muhtaram Yurtboshimiz Islom Karimov, - siyosiy partiyalarning rolini keskin kuchaytirish, mamlakatimizni isloh etish va modernizatsiya qilish bo‘yicha strategik vazifalarni hal etishda ularning ishtirokini kengaytirish demokratik islohotlarni izchil amalga oshirishning eng muhim omiliga aylanmog‘i zarur.

2008 yil 1 yanvardan e’tiboran kuchga kirgan “Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish, mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalar rolini kuchaytirish to‘g‘risida”gi konstitutsiyaviy qonun, hech shubhasiz, vakillik va ijro hokimiyati organlarini shakllantirish, ular organlarini nazorat qilishda partiyalar roli va ahamiyatini tubdan kuchaytirish orqali siyosiy partiyalar mafkurasining hayotga tatbiqini tezlashtirdi.

Prezidentimiz tashabbusi bilan ishlab chiqilgan “Davlat boshqaruvining yangilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish to‘g‘risida”gi “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ayrim moddalariga tuzatishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonunlarning qabul qilinishi mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotida muhim tarixiy qadam bo‘ldi.

Yurtboshimiz Islom Karimov ta’kidlaganidek: “Hozirgi paytda mamlakatimiz aholisining siyosiy-huquqiy madaniyati va ijtimoiy ong darajasining o‘sib borishi, jamiyatni demokratlashtirish va liberallashtirish jarayonlarining jadal rivojlanishi, yurtimizda ko‘ppartiyaviylik tizimining tobora mustahkamlanishi davlat hokimiyatining uchta sub’ekti, ya’ni davlat boshlig‘i bo‘lgan Prezident, qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlar o‘rtasidagi vakolatlarning yanada mutanosib taqsimlanishini ta’minlash uchun zarur shart-sharoitlarni yuzaga keltirmoqda” .

 

Keyingi yillarda O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan siyosiy partiyalarning mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy jarayonlaridagi faoliyati oshib borayotganligini kuzatish mumkin. Shuningdek, joylarda siyosiy partiyalarning boshlang‘ich partiya tashkilotlari sonining ortib borishi va ularning faollashuvi, o‘z navbatida, fuqarolik jamiyati tamoyillarining amal qilishi uchun zamin yaratadi.



Masalan, hozirda O'zLiDePning 7583ta boshlang‘ich tashkiloti faoliyat yuritmoqda. O‘zbekiston parlamentida muxolifat partiya sifatida faoliyat ko‘rsatayotgan O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi mamlakatimizning 14 ta mintaqasida, 200 ta tuman va shaharlarida o‘zining boshlang‘ich partiya tashkilotlariga ega bo‘lib, ularning soni 10608taga yetgan. Partiya a’zolari soni 2010 yilning 1 yanvariga qadar 368,2 ming kishidan iborat bo‘ldi. 2010 yil iyul oyi oxiriga kelib ularning soni 372,7 ming kishidan oshib ketdi. O‘z tarkibiga ko‘ra ushbu siyosiy partiya ko‘p millatli bo‘lib, respublikamizda istiqomat qilayotgan 53 millat vakillaridan iborat a’zosiga ega.

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi O‘zbekistonning mustaqilligini asrash va mustahkamlash, Vatanimizning gullab-yashnashini ta’minlash, mamlakatda fuqarolik va millatlararo totuvlik, ijtimoiy barqarorlik, har bir oila va butun xalq farovonligiga erishish kabi umummilliy manfaatlarni o‘z mafkurasi va siyosiy faoliyatining poydevori, deb biladi. Shuningdek, O‘zbekiston XDPning ijtimoiy adolat va ijtimoiy himoyaga muhtoj kishilar manfaatlarini himoya qilishga bel bog‘lagani uning mamlakat siyosiy kuchlari so‘l qanoti bo‘lishligini belgilaydi.

O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining ham respublika ijtimoiy-siyosiy hayotidagi faolligi o‘ziga xos jihatlari bilan ajralib turadi. Hozirda ushbu partiya a’zolarining soni 115711 kishidan iborat bo‘lib, 49875 nafarini yoshlar takshil etadi (partiya a’zolari umumiy sonining 43,1 foiziga to‘g‘ri keladi).

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi dasturida esa ishga joylanishda qiyinchiliklarga uchrayotgan va tegishli ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga muhtoj yoshlar manfaatlarini himoya qilishi ta’kidlangan. Iqtisodiyot va noishlab chiqarish jabhalarining mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyojlarini hisobga olgan holda, oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari kasb va mutaxassisliklari ro‘yxatini qaytadan ko‘rib chiqish ko‘zda tutilgan. O‘quv yurtini bitirgan yoshlarning ishsiz qolmasligiga kafolat yaratish, mustaqil hayotga qadam qo‘yayotgan yoshlar uchun kasb tanlash, ta’lim olishda adolatli, hamma uchun teng va ijtimoiy maqbul sharoitlar yaratish, ta’limni boshqaruvchi tegishli davlat organlarining yoshlarni olib o‘quv yurtlarida to‘lov-shartnoma shaklida o‘qitishni tashkil etishga yondashuvlarini qayta ko‘rib chiqishi kabi masalalarga e’tibor qaratilgan.

O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasi nizomida yoshlarni milliy g‘oyaga hurmat, Vatanga muhabbat va sadoqat, “o‘z elim, o‘z yurtim, jon O‘zbekistonim” deb g‘ururlanib yashash ruhida tarbiyalashga munosib hissa qo‘shish ustuvor vazifa sifatida belgilangan. Nizomning “Partiyaning iqtisodiyotni liberallashtirish va bozor islohotlarini chuqurlashtirish sohasidagi vazifalari” bo‘limida yangi ishchi o‘rinlarini yaratish, ishsizlikka qarshi kurashish, avvalambor, yoshlarni ish bilan ta’minlash nihoyatda zarur va kechiktirib bo‘lmaydigan vazifadir, deb qayd etilgan.

O‘zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasining saylovoldi harakat dasturlarida ham yoshlar mavzusi o‘z aksini topgan. Dasturning “Barkamol yoshlarni shakllantirish” bandida partiya yoshlar o‘rtasida ishsizlikni yo‘qotish, yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, ular o‘rtasida sport, turli milliy o‘yinlar, badiiy-ma’rifiy tadbirlar uyushtirish, shu maqsadlarni amalga oshirish uchun partiyaning yoshlar qanoti – “Milliy uyg‘onish” tashkilotini tuzish, yoshlarning huquqiy va siyosiy madaniyatlarini yuksaltirish, ularning jamiyatni boshqarishdagi faol siyosiy ishtirokini ta’minlash chora-tadbirlarini ko‘radi hamda yoshlarning ilmiy-texnikaviy ijod erkinligi davlat tomonidan kafolatlanib, ularni ilmiy-texnikaviy rivojlanishdagi ijodiy ishtiroklarini rag‘batlantirishga muhim e’tibor qaratiladi”, deb ta’kidlangan.



Prezident Islom Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining2010 yil 12 noyabrda bo‘lib o‘tgan qo‘shma majlisidagi “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi”ga bag‘ishlangan ma’ruzasining beshinchi bobi “fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirish va rivojlantirish”ga bag‘ishlangan. Ushbu konsepsiyaning beshinchi bobi bevosita fuqarolik jamiyati institutlarining shakllanishi va rivojlanishiga bag‘ishlangan bo‘lib, unda O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini barpo etishda ushbu tuzilmalarning nechog‘liq ahamiyat kasb etishi, bu borada kelgusida qilinadigan ishlar, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisida yaqin yillarda qabul qilinadigan muhim qonunlar, amaldagi qonunlarga kiritilishi lozim bo‘lgan o‘zgartirishlar xususida fikrlar bayon qilingan.
  • Hokimiyat tuzilmalari faoliyati ustidan ta’sirchan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish.
  • Ombudsman, Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz, “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik markazi, Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti faoliyat ko‘rsatmoqda.
  • Fuqarolik jamiyati institutlari tizimida nodavlat notijorat tashkilotlarini tobora rivojlantirish maqsadida “Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi.

Download 0,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish