Toshkent tibbiyot akademiyasi urganch filiali fakultet va gospital terapiya kafedrasi tibbiyot kasbiga kirish fanining



Download 10,74 Mb.
bet15/139
Sana20.04.2022
Hajmi10,74 Mb.
#566450
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   139
Bog'liq
Мажмуа ТКК 2020 lat

SHifokor so‘zining "K" xarfi kamtarlikni bildiradi. Kamtarlik shifokorga xos xislatdir.Kamtar shaxs boshkalardan o‘zini ustun qo‘ymaydi, o‘ziga bino qo‘yib, soxta shuxrat ketidan kuvmaydi, maktanchoklik kilmaydi, yutuklaridan esankiramaydi, maglubiyatidan esa o‘zini yo‘qotmaydi.
Bir donishmanddan: "Kanday qilib ilmning eng yuqori cho‘qqisiga chikding?” deb so‘rasalar u: «Bilmagan, tushunmagan narsamni olimdan xam, oddiy kishidann xam, kattadan xam, kichikdan xam so‘radim. Bu to‘g‘rida uyalmadim, nomus qilmadim, o‘zimi yuqori tutib, takabburlik kilmadim” degan ekan.
Insonning kamtarligi pinxona bo‘ladi, tilda aytilmaydi, balki insonlar bilan muomalada, xatti-xarkatda namoyon bo‘ladi. Kamtarlikni o‘ziga pesha kilgan odam xalq xurmatiga sazovor, baxt-saodat unga doim yor bo‘ladi. Kamtarlikni o‘ziga “libos” kilib olgan insonlar xayotdagi eng yaxshi sof vijdonli kishilar bulib, xar kanday sharoitda, xar kanday lavozimda to‘g‘ri va xaqqoniy yo‘l tutadilar, to‘g‘ri so‘zlab, to‘g‘ri yuradilar, oliyjanob, raxm-shafkatli bo‘ladilar, xamma ishni saranjom - sarishta bajaradilar, yolgon-yashirikka yo‘l kuymadilar.
SHifokor so‘zining “O” xarfi orastalikni, ozodalikni bildiradi. Bemorni o‘rab turgan muxit - shinam va osoyishta bo‘lshi kerak. SHifokor egnidaga ozoda, dazmollangan xalat va kalpokcha, orasta kiyinish bemorda yaxshi kayfiyat paydo qildiradi va o‘zi davolanayotgan joyga nisbatan xurmati oshadi.
SHifokor o‘z vazifasini bajarayotgan paytda xech kanday sun’iylikka va yasan-tusanga zeb berishi kerak emas. Zero bemor shifokordan zebu ziynat emas, balki dardiga davo kutadi, xolos. Erkak xam, ayol xam o‘ziga xos kiyingani ma’kul.
Biz kiyinish borasidagi tarakkiyotga aslo karshi emasmiz. Lekin kiyinish xam milliy mafkuramizning ajralmas bir bo‘lagi ekanligini unutishga xaqqimiz yo‘q.
Oxirgi paytlarda yigit-kizlarimizning kiyinish erkinligi, ma’suliyati va madaniyati xarda ko‘p gapirilmokda. CHunki kundan-kunga ayrim yarim yalongoch, dokadanda mayin, tor, yirtik kiyimlarda yurish, xullas kiyinish madaniyatini ayanchli tus olayotganining guvoxi bulayapmiz. Agar inson o‘z uyida yurgan bulsa, uning kanday kiyinishi shaxsiy ishi, kucha-kuyda kanday kiyinib yurishi esa-bu ijtimoiy, ma’naviy masaladir.
Ammo donolarimiz: "Kiyinish erkinligi- bu oliy kadriyat, birok axlok doirasidan chetga chikadigan xar kanday erkinlik- axloksizlikdir", deyishadi. SHaxs libosi orqali atrofdagilarga o‘zi xaqida ma’lumot tarkatadi.Bunga ba’zilar e’tibor bermasalar xam kerak. Kiz-ayolning badanlarini yopib yurishi bir ma’noni, ochik-sochik yurish esa boshka bir ma’noni anglatadi.O‘zbek millatida o‘ziga xos "Xayo" tushunchasi bor. "Xayo - bu odamiylikning o‘zagi" deyishgan. Kizlarimizning ochiq-sochiq kiyinib yurishlari nafakat ma’naviyat masalasi, balki millat genofoniga ta’siri bor masala xamdir.
Jinslararo munosabatlarni o‘rganuvchi mutaxassislar (seksopatologlar) fikricha, qizlarimizning bunday kiyinib yurishlari ularga nigox solgan yigitlarimizning jismoniy salomatligiga, ta’sirchanliklariga zarar etkazar ekan. Natijada yangi turmush qurgan ayrim oilalarda noxush xollar yuzaga kelib, ularning turmushlari erta buzilib ketish xollari ko‘zatilar ekan.Engil-elpi, ta’bir joiz bulsa yarim-yalangoch libos (tor, tizzasi yirtik shimlar, kalta yubkalar va kandaydir "antika" kiyimlar - turli suratlar, ajnabiy yozuvlar aks etgan futbolka va x.k lar) kiyib olganlar xar bir xatti xarakatida kimning avlodlari ekanligini, ajdodlari madaniyat borasida jaxon tamadduniga kanday xissa kushganini unutmasliklari kerak. Bugun xorijdan kelayotgan sayyoxlar, fakat mo‘zeylardagi dinniy liboslarimizni kurishga emas, balki kadimiy urf-odatlar, asrlar sinovidan uttan kiyinish madaniyatimiz bugungi yoshlarimizda kay darajada davom etayotganligiga xam aloxida e’tibor karatayotganliklarini guvoxi bulmokdamiz.
O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A. Karimov: "YOshpik" talabalar shaxarchasida yoshpar xayoti, ma’naviyati, jumladan kiyinish madaniyati xakida so‘zlab: "Kiyim tanlash va kiyinishda yoshlarimiz milliy turmush tarzimizga, O‘zbekiston sharoitiga, iklimiga mos jixatlarini inobatga olishsa, foydadan xoli bulmaydi" degan edilar. Kiyinishga befark karash - bu madaniyatsizlikdir.
SHu bois, necha asrlar davomida xar kanday tayziklar ostida bulsa xam asrab kelingan milliy kadriyatlarimiz, axlok-odobimiz, sharmu-xayomizni sofligi uchun kurashishga barchamiz:ota-onalar xam, yoshu-karilar xam, ustoz, tarbiyachilar xam, maxalla faollari xam mas’ulmiz. Xammamiz o‘z burchimizni to‘g‘ri anglagan xolda xarakat kilishimiz lozim. Bu masalaga lokaydlik kilib bulmaydi.
SHifoxonadagi xar xil yozuvlar, alvonlar, xikmatli so‘zlar bemor ruxiyatiga katga ta’sir kilishini xam unutmaslik kerak. Bu borada bir vokeani eslatishni lozim topdik. Xamadon shaxrida Abu Ali ibn Sino tashabbusi bilan bemorlar davolanadigan joy kuriladi.U kurilib bulgach, Xamadon shaxri xokimi SHams al-Davl. uni "Kasalxona" deb nomlaymiz, debdi. SHunda Abu Ali Ibn Sino muloyimlik bilan e’tiroz bildirib; "Kasalxona" so‘zi bemorlarni bu erda yotib, to‘zalishiga salbiy ta’sir kursatadi, Uni "SHifoxona" deb atasak, bemorlarda shu erdan shifo topib ketaman degan ishonch paydo bo‘ladi, bu xol bemorlarni tezda davolanishiga imkon yaratadi", deb o‘z taklifiga xokimni ishontira olgan ekan va shundan keyin bu qurilishga "SHifoxona" nomi berilgan ekan. Ko‘rdingizmi, necha ming yillar avval xam bemorlar qalbiga ozor bermaslikka, uning ruxiyatini kutarishta xarakat kilingan ekan.

Download 10,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   139




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish