Toshkent tibbiyot akademiyasi urganch filiali fakultet va gospital terapiya kafedrasi tibbiyot kasbiga kirish fanining



Download 10,74 Mb.
bet3/139
Sana20.04.2022
Hajmi10,74 Mb.
#566450
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   139
Bog'liq
Мажмуа ТКК 2020 lat

Tarbiyaviy maqsadlari Tibbiyot kasbiga kirish mavzusi bo‘lajak mutaxassisni tayyorlashning ilk bosqichidan talabalarga xalq tabobati usullarni davolash va profilaktika jarayonidagi roli, kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishni boshlaydi, talabalar tomonidan bemor bilan bo‘layotgan muammolarni aniq tasavvur qila olish, muloqot qilish, tibbiyot muassasalarida o‘zini tutish, bemorlarni parvarish qilishni o‘rgatadi.
Ma’ruza vazifalari: Talabalarni “Tibbiyot kasbiga kirish” moduli bilan tanishtirish. Xalq tabobati bilan davolashning an’anaviy va noan’anaviy usullari xaqida umumiy tushunchalar berish..
Muammoning dolzarbligi: So‘ngi yillarda ichki kasalliklarni davolashda xalq tabobati usullarining axamiyati ortib borayotganligidadir.
MA’RUZA REJASI.
Ma’ruzaning maqsad va vazifalari -5 min
Mavzuni dolzarbligini yoritish -15 min
SHifokor deontologiyasi, etikasi -20 min
Xayotiy misollar keltirish -10 min
Muloqot turlari -10 min
xalq tabobati usullari -5 min
Davolash va profilaktikada xalq tabobati usullari -10 min
Xulosa. Savollarga javob -5 min


Tibbiyotga kirishning umumiy asoslari. Talabalarni “Tibbiyot kasbiga kirish” moduli bilan tanishtirish. Xalq tabobati bilan davolashning an’anaviy va noan’anaviy usullari xaqida umumiy tushunchalar berish. 2 s.


Insonga berilgan ne’matlar ichida eng qimmati salomatlik desak, adashmaymiz. Fuqarolarining salomatligi mustahkam davlat esa, albatta qudratli sanaladi. Salomatlik inson hayotining mustahkam poydevori, asosi hisoblanadi. O‘qish, kasb egallash, baxtli oila qurish, sog‘lom farzandlarni dunyoga keltirish, ularni komil inson etib tarbiyalash, oilada, shuningdek jamiyat hayotida o‘z o‘rniga ega bo‘lish kabi maqsadlarga erishishning asosiy shartlaridan biri salomat bo‘lishdir.
Dunyoda mutaxassisliklar kup. SHulardan biri shifokorlikdir. Xozirgi sharoit sotsial—iktisodiy tarakkiyotni yanada jadallashtirishni talab kilmokda. Bu esa inson omiliga bevosita boglikdir. Inson omili kishilarning axloki, odobi, madaniyati, ongliligi, intizomi, mexnatsevarligi kabi fazilatlari bilan uzviy boglikdir.Tibbiyot kasbi o‘ta murakkab va shu bilan birga oliyjanob kasbdir. Uni egallayman degan inson bir kancha odamiylik fazilatlarini uzida mujassamlashtirgan bo‘lishi lozim.
SHifokorda mavjud bo‘lish kerak bo‘lgan xislatlar

SH – shirinso‘z, shijoatli, shavqatli


I – irodali, ilimli, insonparvar, intizomli
F – faxm-farosatli, fidoiy
O – oliy janob, oqillilik
K – kamtar, kuzatuvchan, kurashuvchan
O – orasta, ozoda
R – raxmdil, rosgo‘y
Mutafakkir shoir Alisher Navoiy: "SHifokor, muloyim suzli va bemor kunglini kutaruvchi, andishali, xushfe’l bulmogi kerak", degan. U shijoatli, shafkatli tabibni Iso paygambarga uxshatadi."Isoning ishi jonni davo bilan tanga kiritish bulsa, tabibning ishi tandan chikmokchi bulgan jonni davo bilan chikarmaslikdir.Bunda shifokorning yuzi xasta kungilda sevimlidir, suzi esa, xastalarga shifodir", deydi.
Suz bilan chindan xam jonga oro kirishi, lekin beixtiyor ogizdan chikkan kupol, bema’ni suz tuzatib bulmaydigan darajada insonga ziyon keltirishi mumkin.
YUrak xastaligadan ulib kolaman shekilli, deb kurkayotgan, juda serxadik odamni bir tasavvur kiling. Agar shifokor shu bemorning yuragini eshitib, bir bor xursinib kuysa, bas, shundan keyin usha bemorga xech kanday dori darmon naf bermasligi mumkin. SHuni unutmaslik kerakki, shifokor bemorni urgana boshlagan birinchi paytlardayok, bemor xam shifokorni urgana boshlaydi.SHifokorning suzlagan suzidan, unshg odobidan, uni kanday inson ekanligini, martabasini bilib olsa buladi. Agar shifokor, bemor kalbidan joy ololsa, unda bemor shifokorga ixlos kuyadi va kasallikka karish kurashishda uning ittifokchisiga aylanadi. Suxbat chogida shifokor bemorning xar bir suzini, dikkat bilan tinglashi, undan uzi uchun kerakli xulosalar chikara bilishi lozim. Bemor suzlariga e’tiborsizlik, o‘zini alaxsitib, turli qog‘ozlarni yozib utirish shifokor obrusini tushiradi va bemorning unga bulgan ishonchini yo‘kotadi. Bu narsa bemorda shifokorga nisbatan xurmatsizlik va achchiglanish kayfiyatini tugdiradi.
Bemorlar kurigida ularga "bemor-bemor" demay, aya, opa, aka, uka, amaki, ota, kabi suzlar bilan murojaat kilgan ma’kul.
Sinchkovlik va ziyraklik xar kanday soxadagi shifokor uchun ayirib bulmas fazilatdir.
ETIKA
«Etika» so‘zi yunoncha – «aethos» degan so‘zdan kelib chiqqan bo‘lib, yurish-turish, axloq degan ma’nolarni bildiradi.
Axloq deganda, kishilarning bir-biriga munosabati, shuningdek, jaimiyatga, muayyan sinfga, davlatga, vatanga, oilaga va hokazolarga bo‘lgan munosabatini tartibga solib turadigan va shaxsiy e’tiqodini, an’analari, tarbiyasi, hamda xulq-atvor normalari majmui tushuniladi.
Axloqiy tushunchalarga ming yillik tarixga ega bo‘lgan «burch», «javobgarlik», «qadr-qimmat», «vijdon», «nomus» ,«sharaf» va «baxt» tushunchalari kiradi.
DEONTOLOGIYA
Deontologiya -yunoncha so‘z bo‘lib deon- burch va logos-ta’limot degan ma’noni bildirib, xar bir insonning kasbiy burchi xakidagi fan sifatida kirib kelgan.
SHifokor deontologiyasi-shifokorning burchi va odobi xakidagi fan bulib, vrachlar, xamshiralar va kichik tibbiyot xodimlarkning xatti -xarakatini belgilaydigan mafkuraviy dasturlar amaliyotidir.
DEONTOLOGIYA VAZIFASI
SHifokor deontologiyasi keng falsafiy tushuncha bo‘lib, tibbiyot xodimlarining faoliyatni va quyidagi munosabatlarni tartibga solib turishdan iborat:

-Vrachning burchi va odobi;


-Vrach va bemor urtasidagi munosabat;


-Vrach va bemorning karindoshlari, do‘stlari o‘rtasidagi munosabat;


-Vrachning xamkasblari, urta va kichik tibbiyot xodimlarining o‘zaro munosabati;


-SHifokorlik sirlarini saklash;


-Ustoz va shogard munosabatlari.


YATROGENIYA KASALLIKLARI


YAtrogeniya kasalliklari shifokor, xamshira va sanitarlar xatti-xarakatlari va gap-so‘zlarining yoki bemorga kilingan boshka salbiy ta’sirdan kelib chiqadigan xastalikdir.

Birinchi daraja yatrogeniyalar - noto‘g‘ri xatti xarakatlar bevosita o‘lim sababi bo‘lgan patologik xolatlar, kasalliklar va g‘ayri tabiiy o‘limlar.


Bunga gemotransfuzion va anafilaktik shoklar, kovak a’zolar va yirik kon tomirlarni tibbiy asboblar yordamida jaroxatlash, operatsiya davomida o‘limga olib keluvchi qon ketshilar, tibbiy aralashuv natijasida sun’iy vujudga kelgan xavo emboliyalari katetr natijasida vujudga keladigan sersis, narkozdan sodir bo‘lgan o‘lim va x.k. kiritiladi. (0.41%)


Ikkinchi daraja yatrogeniyalar – mutaxasssisning to‘g‘ri diagnozi va ko‘rsatmalar asosida puxta bajarilgan tibbiy aralashuvlar oqibatida kelib chikadi. Bu turdagi yatrogeniyalar asosiy kasallik bilan patogenetik bog‘lik emas, lekin ularni asosiy kasallikning asoratlari va bemornig individual xususiyatlaridan farklab bo‘lmaydi.

Bunga turli kushimcha va fon kasalliklari mavjud bo‘lgan, asosan karilik, immunodefitsit xollar bilan izoxlangan bemorlarga nisbatan ko‘rsatilgan "kaltis" orerativ aralashuv va tibbiy muolajalar ko‘rsatilgan bemorlarning o‘limi kiritiladi. (0.62%)


MULOQOT

Muloqot – so‘z va so‘zsiz ma’lumotlar yordamida amalga oshadigan insonlar o‘rtasida o‘zaro tushunishning murakkab ijtimoiy-psixologik jarayonidir.


1. Ichki shaxsiy muloqot (monolog) - insonning o‘z-o‘zi bilan fikran muloqoti. Masalan, fikran rejalar tuzish, rivojlantirish, boshqa inson bilan muloqotga tayyorlanish, o‘z-o‘ziga eslatish.


2. O‘zaro shaxsiy muloqot (dialog) - ikkita insonning suhbati. Masalan, hamshira o‘z hamkasblari bilan fikr-tajriba almashinuvi.
3. Jamoatchilik muloqoti (polilog) - bir insonning kishilar guruhi bilan suhbati. Masalan, majlis, yig‘ilish o‘tqazish, davralarda tilak bildirish.
Verbal muloqot – so‘zlar yordamida muloqot qilishga aytiladi.

Talablari:
So‘zlar aniq va qisqa bo‘lishi.
Ilmiy atamalarni kam ishlatish.
Suxbatdoshga faqat ismi bilan murojat qilish.
CHalg‘ituvchi omillar oldini olish.
Ochiq, yopiq va yo‘naltiruvchi savollar bilan suxbatni boshqarib borish.
Faol tinglash san’tiga ega bo‘lish.
Suxbatdoshning to‘g‘ri tushunayotganligiga ishonch xosil qilish.
VERBAL MULOQOT:

NOVERBAL MULOQOT


Noverbal muloqot- so‘zlarsiz muloqot qilishga aytidadi. Ayrim xollarda, ayniqsa tibbiyotda verbal muloqatdan ko‘ra, noverbal muloqotdan ko‘proq informatsiya olinadi.

Tarkiy qismlari:


Ovoz balandligi
Ovoz tembri
Intonatsiya (oxang)
YUz-ko‘z ifodasi
Qo‘llar xarakati
Gavda holati
Terapevtik muloqotda qo‘llanilishi lozim.
1.Ism-sharifingizni, lavozimingiz va suxbat maќsadini aytishdan boshlang. Patsientga ismi sharifi va sizlab murojat ќiling.
2.Bemorni yuziga, ko‘ziga qarab suxbatlashing, tabassum qilib, so‘zlarini quvvatlab bosh qimirlatib turing.
3.Ochiq chexra bilan suxbatlashing.
4.Ovozingizda faqat ijobiy oxang bo‘lsin.
5.So‘zlarni aniq talaffuz eting, bemor tushunadigan tilda so‘zlashing, tez gapirmang.
6.Patsientni savol berishini qo‘llab-quvvatlang.
7.Suxbatni osoyishta vaziyatda o‘tishini ta’minlang xamda konfidensialligini kafolatlang. Patsientni diqqat bilan tinglang.
8.Suxbatda patsient muammolariga qiziqish bildiring, xamdard bo‘ling, muomalangiz soxta bo‘lmasin.
9.Patsient suxbat jarayonida o‘zini ruxan erkin tutishi uchun qulay muxit yarating.
10.Suxbat jarayonida patsientni verbal va noverbal muloqot ko‘nikmalari bilan qo‘llab-quvvatlab turing.

Kasb tanlash o‘zingga bog‘liq, Odam bo‘lish so‘zingga bog‘liq.




Dunyo yaralibdiki, turli tuman kasallik, hastaliklar inson bilan yonma-yon yashaydi. SHuning uchun ham tabobat eng qadim rivojlangan ilmlardan bo‘lib, qadimgi dunyo olimlari uni tabobat san’ati deb ataganlar. Xalq tabobatining bizga ma’lum muddati 5 ming yildan oshadi. Qadim Turon zaminda tabobat eng yuqori cho‘qqilarni zabt etib, bu el tabiblarining dovrug‘i butun olamga yoyilgan. Barcha mamlakatlarda tabiblar otasi deb tan olingan Ibn Sino tomonidan yozib qoldirilgan to‘rt yuz ellikdan ortiq kitoblarda xalq tabobati, o‘simliklar dunyosi va ularning qaday kasalliklarga shifo bo‘lishi haqidagi aniq ma’lumotlar bugungi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan.
Xalq madaniyatining o‘ziga xos jihatidan biri salomatlik bilan bog‘liq, ya’ni salomatlikni saqlash, to‘g‘ri ovqatlanish, tan salomatligi bilan ruh salomatligining uzviy bog‘liqligini ta’minlashdir. Bu bilimlar majmuasi tabobat ilmining asosini tashkil etadi.
Afsuski, yurtimizda 1926 yilda sovet hukumati tomonidan tabiblik faoliyati ta’qiqlandi. Tabiblar, tabobat ilmi qatag‘on qilindi. Dunyo miqyosida o‘ziga xos tibbiy maktablari va yo‘nalishlariga ega bo‘lgan davlatlarda zamonaviy tibbiyot bilan birga xalq tabobati ham huquqiy maqomi hamda qonuniy asosiga egadir. Rivojlangan davlatlarda aholiga salomatligini asrash va tiklashda xalq tabobatidan samarali foydalanib kelmoqda. Masalan, Xitoy, YAponiya, Koreya kabi o‘nlab mamlakatlarda xalq tabobatiga davlat maqomi berilgan. Xitoyda tibbiy xizmatning 40 foizidan ortig‘i tabiblar tomonidan ko‘rsatiladi.
Qanchalik ta’qiqlarga uchramasin xalqimiz orasida haqiqiy tabiblaring obro‘si, ularga bo‘lgan xalq ishonchi saqlanib qolgan. CHunki tabobatda g‘arb meditsinasidan farqli o‘laroq ma’lum bir organni emas, balki yaxlit insonni davolashga e’tibor beriladi. SHuningdek, kasalliklar va insonlarning mijozlariga mos ravishda dorilar va muolajalar tanlanadi. SHuning uchun ham, xalq tabobati yutuqlari asosida arzon, bezarar tibbiy xizmatni joriy qilish va sog‘liqni saqlash tizimida muqobil davolash mezonlarini yaratish jahon hamjamiyati oldida turgan dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.
Mamlakatimizda aholi salomatligini mustahkamlash, sog‘lom turmush qoidalarini keng joriy qilish davlatning muhim vazifalaridan hisoblanadi. SHuning uchun ham Prezidentimizning “O‘zbekiston Respublikasida xalq tabobatini rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorga asosan, 2021-2025 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekistonda xalq tabobatini rivojlantirish konsepsiyasi ishlab chiqiladi. Xalq tabobati aholiga tibbiy yordam ko‘rsatishning qo‘shimcha usuli sifatida tan olinib, davlat tibbiy mussasalarida tabobat xonalari faoliyat ko‘rsatadigan bo‘ldi.
Qarorga muvofiq, 2020 yil 1 maydan davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs maqomiga ega Respublika xalq tabobati ilmiy-amaliy markazi (Respublika markazi) va yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan Xalq tabobatini rivojlantirish markazlari (Hududiy markazlar) tashkil etildi.
Xalq tabobati markazining asosiy vazifasi qilib o‘zbek xalq tabobatining tarixiy an’ana va o‘ziga xos merosidan foydalangan holda kasalliklarning oldini olish, va davolash, bemorlarga kasallik sabablarini tushuntirish va sog‘lom hayot kechiroish asoslarini targ‘ib qilish kabi bir qator asosiy vazifalari belgilab berilgan.
Umuman, qarorda xalq tabobati rivoji bilan bog‘liq yana ko‘plab muhim vazifalar ularning ijrosi bo‘yicha tegishli vazirlik va idoralarga topshiriqlar berildi, uning ijrosi bo‘yicha aniq muddatlar belgilandi. Aholi salomatligini ta’minlash, tibbiy-sanitar yordam ko‘rsatish, turli xil, ayniqsa surunkali kasalliklar profilaktikasida va ularni davolashda sifat, xavfsizlik va samaradorlik jihatidan amalda sinalgan xalq tabobati muhim o‘rin tutadi.
Xalq tabobatining mamlakatimiz tibbiyot tizimida rasman tan olinishi va tabiblarimizning huquqiy maqomi belgilanishi bizning bugungi dunyoqarashimiz, o‘zligimizni anglashimiz, tarixiy merosimizdan samarali foydalanishimiz uchun qonunuiy asos bo‘ldi.
 Nuroniylarimiz “Tabiat bergan kasalliklarning davosi tabiatning o‘zida” deya uqtirardilar. Tabiblar esa kasalliklarning taxminan 70 foiziga davo giyohlarda, qolgan 30 foizi mineral toshlarda, deb aytishadi. Asrlar osha qadr-qimmatini yo‘qotmay kelayotgan bu purma’no hikmat zamirida ona tabiatning ajralmas qismi bo‘lgan inson yo‘liqadigan kasalliklarga davo atrofimizni o‘rab turgan borliqda mujassam, degan hayotiy haqiqat yotibdi. Faqat uni ilg‘ab, anglab o‘z o‘rnida foydalanish kerak.
Bu borada uzoq tarixga ega xalq tabobati eng yaqin ko‘makchi bo‘lib kelgan. Biroq ushbu sohaga etarli darajada e’tibor qaratilmasligi oqibatida yurtimizda an’anaviy davolash usullari unutilib ketayozgan edi. Ana shunday bir paytda shu yil 10 aprelda Prezidentimizning “O‘zbekiston Respublikasida xalq tabobatini rivoj­lantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingani ayni muddao bo‘ldi.
L. Morgan, E. Teylor, R. Soleski singari ibti­doiy madaniyat tadqiqotchilari xalq tabobatining shakllanishi Er yuzida insoniyatning paydo bo‘lishiga ­borib taqalishiga urg‘u beradi. CHindan ham, davolashning bu usuli o‘ta qadimiy.
Uning sirlari avloddan-avlodga o‘tib, xalqning necha ming yillik tajribalari natijasida sayqallanib, bizgacha etib kelgan. Buni zardushtiylik ta’limotining muqaddas kitobi “Avesto” ham tasdiqlaydi. Uning barcha qismida, xususan, “Vendidod”da tabiblar tayyorlash, tabobat amaliyoti, kasalliklar tasnifi, ularning paydo bo‘lish sababi va omillari, noyob dorivor giyohlar haqida qimmatli ma’lumotlar keltirilgan. SHuning­dek, tabib madaniyati, axloqi, uning kasbiga fidoyiligi kabi masalalar bayoniga alohida sahifalar ajratilganki, bu zaminimiz xalq tabobatida nihoyatda boy tajribaga ega ekanligidan dalolat beradi.
Buyuk bobokalonimiz Abu Ali ibn Sino nafaqat qadim an’analarni davom ettirdi, balki davolashning yangi usullarini yaratib, tibbiyot ilmiga asos soldi. Ayniqsa, dunyo xalqlarining sevimli asariga, tibbiyot sohasi xodimlari faoliyatida dasturil­amalga aylangan “Tib qonunlari” atalmish nodir kitobda yozib qoldirilgan ma’lumotlar o‘z ahamiyatini zarracha yo‘qotmagan, aksincha, qadr-qimmati yanada oshgan. Ulardan yanada kengroq foydalanish hayotiy zaruratdir. Binobarin, xalq tabobati, uning o‘ziga xos an’analari aholi salomatligini ta’minlash, tibbiy-sanitar yordam ko‘rsatish, xususan, surunkali kasalliklar profilaktikasi, ularni davolashda sifat, xavfsizlik va samaradorlik borasida amalda ko‘p sinovlardan o‘tgan. YUrtimizda xalq tabobati rivojiga yuksak darajada e’tibor qaratilayotganining boisi ham shunda. O‘zbekiston xalq tabobati assotsiatsiyasi, “Tabobat” akademiya­si tashkil etilib, jabhada olib borilayotgan izchil sa’y-harakatlar samarasi o‘laroq, u taraqqiyotga yuz tuta boshladi.
Biroq qaysi soha bo‘lmasin, vaqt o‘tishi bilan mustahkam ilmiy asos va zamonaviy ilmga ehtiyoj sezganidek, xalq tabobatini ham sog‘liqni saqlash tizimiga izchil integratsiyalash, o‘zaro uyg‘unlashtirish, malakali mutaxassislar tayyorlashni hayotning o‘zi taqozo qilayotgan edi. SHu ma’noda, yuqorida nomi keltirilgan qarorda shu kabi masalalarni tizimli hal etishning aniq mexanizmi belgilab berilgani diqqatga sazovor.
Hujjatga ko‘ra, Respublika xalq tabobati ilmiy-amaliy markazi va uning hududiy tuzilmalari tashkil etilmoqda. O‘zbek xalq tabobatining tarixiy an’analari va o‘ziga xos merosidan foydalangan holda, kasalliklarni profilaktika qilish, tashxis qo‘yish va davolash, shuningdek, boshqa tibbiy xizmatlar ko‘rsatishning samaradorligini tahlil qilish va o‘rganish uning asosiy vazifasi etib belgilanmoqda. Buning uchun fitoterapiya, akupunktura, ayurveda, gomeopatiya, yoga, moksoterapiya, naturopatiya, osteopatiya, termal tib­biyot, xiro-amaliyot, sigun kabi xalq tabobatining asosiy yo‘nalishlarini rivojlantirish, ularni amaliyotda keng qo‘llash, aholining sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha o‘quv-metodik adabiyotlar tayyorlash ishlarida bosh-qosh bo‘ladi. Bundan tashqari, dorivor o‘simliklar o‘stirish, ular asosida xom ashyo tayyorlash, ilmiy tadqiqotlar o‘tkazishni tashkil etish, noyob shifobaxsh giyohlarni mahalliylashtirish bo‘yicha tashabbuskor bo‘ladi.
YAna bir e’tiborli jihati shundaki, Respublika xalq tabobati ilmiy-amaliy markazi soha uchun malakali mutaxassislar tayyorlash bilan ham shug‘ullanadi. Uning hududiy markazlarida xalq tabobati bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan tibbiy ma’lumotga ega bo‘lmaganlarga tegishli yo‘nalishlarda faoliyat olib borish huquqini beruvchi guvohnoma beriladi. Hududiy markazlarda ilg‘or ilmiy izlanishlar va ­tadqiqot ishlarini olib borish uchun barcha qulaylik, zarur moddiy-texnika bazaga ega zamonaviy laboratoriyalar tashkil etiladi.
Bularning barchasi kasalliklarni profilaktika qilish, tashxis qo‘yish va davolashda g‘oyatda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan xalq tabobatini rivojlantirishda katta imkoniyatlar eshigini ochadi, albatta. Ammo sohani sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishda xorijning ilg‘or tajribasini o‘rganish har tomonlama foydalidir. SHuning uchun bu jabhada etakchilik qilayotgan Xitoy, YAponiya, Hindiston, Vetnam, Fransiya, Rossiya davlatlari bilan hamkorlik, jumladan, joyiga borib keng o‘rganish uchun barcha shart-sharoit yaratib berilmoqda. Bu borada dardlarni davolashda mo‘‘jizalarga qodir bo‘lgan Xitoy tabobatiga ko‘proq murojaat qilinishi ko‘zda tutilayotgani quvonarlidir.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga qaraganda, CHin yurtida 1949 yildan 2009 yilgacha bo‘lgan davr mobaynida aholining umr ko‘rish darajasi 2 barobardan ko‘pga uzayib, o‘rtacha yashash davomiyligi 35 yoshdan 73 yoshga etgan. Tabiiy savol tug‘iladi: buning siri nimada? Insonparvar ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar qatorida, xalq tabobatining ommalashtirilishi samarasi hamdir.Gap shundaki, o‘tgan asrning 50-yillarida Xitoyda bemorni davolash borasida tabiblar tajribasi va yutuqlariga bo‘lgan qiziqish tufayli xalq tabobati davolash usuli ­sifatida qayta tiklandi. 1972 yildan esa uning an’analari ilmiy asoslangan fan, ta’bir joiz bo‘lsa, Xitoy ramzi, millat mulki sifatida jamiyat tomonidan tan olinadi.
Aytishlaricha, eramizdan avvalgi 259 — 210 yillarda Xitoyda yashab o‘tgan imperator Sin SHixuan juda badjahl, qaysar va johil bo‘lsa-da, tibbiyotga oid kitoblarni asrab-avaylagan ekan. Ana shu manba qadimiy tabobatni nafaqat qayta tiklash, balki uning yutuqlarini zamonaviy tib­biyotga tatbiq etish va ularni o‘zaro uyg‘unlashtirish imkonini beradi. ­Bugungi kunda sog‘liqni saqlash sohasida erishilayotgan yutuqlar negizi ayni shunda, deb qaraladi. Buning amaliy isbotini dunyoning eng badavlat va mashhur kishilari dam olib, sog‘lig‘ini tiklaydigan Gavayi orollariga qiyoslanadigan Xaynan oroli misolida ham ko‘rish mumkin.
Bundan atigi 30 yil muqaddam — 1990 yillarda bu erda qadimgi baliqchilar qishlog‘idan boshqa hech vaqo bo‘lmagan. Xitoyliklar bir avlod ko‘z o‘ngida aholisi qashshoq, erlari botqoq bo‘lgan orolni ham dam oladigan, ham davolanadigan dunyoning eng mashhur kurort maskanlaridan biriga ­aylantirishga muvaffaq bo‘lishdi. Dengiz bo‘yida zamonaviy bandargohlar, ko‘p qavatli binolar, shifoxonalar, ­kurort va sanatoriylar barpo etilgan bu manzil yil davomida sayyohlar bilan gavjum. Inson salomatligini tiklash va davolashning qadimiy usuli ana shunday imkoniyatlarni tortiq qildi. Ayni paytda bu erda sog‘lomlashtirish dasturlariga qo‘shimcha ravishda inson organizmini yoshartirish ustida olib borilgan ilmiy-­amaliy ishlar natijalariga asoslangan yangi yo‘nalishlar kiritilgani qiziqishni yanada oshi­rayotgani bor gap.
O‘zbekistonda xalq tabobatini ana shunday yuqori darajaga olib chiqish uchun imkoniyat ham, salohiyat ham etarli. Jonajon Vatanimiz betakror tabiati, o‘ziga xos o‘simlik va hayvonot dunyosiga ega, Allohning nazari tushgan noyob manzil hisoblanadi. Eng muhimi, tib ilmining ustuni bo‘lmish Abu Ali ibn Sino bobomiz qoldirgan benazir ­merosga egamiz. Ularni amaliyotda keng qo‘llash ko‘zda tutilgan 2021 — 2025 yillarda O‘zbekistonda xalq tabobatini rivojlantirish konsepsiyasi hamda uning maqsadli ko‘rsatkichlarni amalga oshirishga doir “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqilmoqda. Mazkur konsepsiya tasdiqlanib, amalga joriy etilishi sohadagi ko‘plab muammolarni hal qiladi. Masalan, xalq tabobatining o‘zagi bo‘lgan asosiy yo‘nalishlarni rivojlantirish va zamonaviy tibbiyotda ularni qo‘llash bo‘yicha o‘quv-metodik qo‘llanmalar, adabiyotlar juda-juda kam. Qadimda keng foydalanilgan va yuqori samarali davolash usullari bo‘yicha adabiyotlar yaratilishi, tar­g‘ibot ishlarining kuchaytirilishi, o‘z navbatida, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi tamoyillarini joriy etishda qo‘l keladi. Eng katta boyligimiz bo‘lgan sog‘lig‘imizni mus­tahkamlashga xizmat qiladi.
Ilm-fan taraqqiy etgan hozirgi davrimizda tibbiyot rivoji ham tezlashib ketdi. Ammo kimyoviy preparatlar kasalliklarni davolashning yagona vositasi emas. Bu usulda tayyorlangan dori-darmonlardan ko‘ra, shifobaxsh tabiiy giyoh va damlamalar asosida davolashning foydasi yuqori ekanligi butun dunyoda tan olinmoqda. Aniqrog‘i, xalq tabobati xavfsizlik va samaradorlik jihatidan amalda o‘zini oqlamoqda. SHu bois unga murojaat qiluvchilar tobora ortib boryapti. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan Xalq tabobati sohasidagi 2014 — 2023 yillarga mo‘ljallangan strategiya amalga oshirilayotgani ana shu hayotiy ehtiyoj mevasi, desak, mubolag‘a bo‘lmaydi.
Qarorning o‘ziga xos yana bir ­jihati shundaki, unda oliy ta’lim muassasalari oldiga hozirgi zamon ­talablariga javob beradigan yuqori salohiyatli, raqobatdosh va malakali kadrlar tayyorlash vazifasi qo‘yilmoqda. SHundan kelib chiqib, ko‘p asrlik tarixga ega ­Samarqand davlat universitetida talabalar, izlanuvchilar, aspirant­larga ushbu yo‘nalishda ilmiy tadqiqotlar olib borish, amaliy tajribalar o‘tkazish uchun zarur barcha shart-sharoitlar yaratib berilyapti. Xususan, SamDU biologiya fakulteti qoshida Hindis­tonning Dehli universiteti bilan hamkorlikda “Abu Ali Ibn Sino merosi” ilmiy laboratoriyasi tashkil qilingani nabotot namunalarining dorivorlik xususiyatlarini o‘rganish barobarida, mutaxassis va olimlar bilan hamkorlikda ularni amaliyotga joriy qilish bo‘yicha innovatsion ishlanmalar yaratishda qo‘l kelyapti.
SHu bilan birga, mazkur sohadagi ta’lim, ilmiy jarayonlarga innovatsion ruh berish maqsadida universitetimiz bilan Amerika Qo‘shma SHtatlarining “Vet Vittlts” kompaniyasi o‘rtasida shartnoma imzolangan. Unga binoan boshqa sohalar qatorida, dorivor o‘simliklarning jonivorlar organizmiga ta’sirini birgalikda o‘rganish, ­ilmiy ishlar olib borish ko‘zda ­tutilgan.
Bugun yurtimizda xalq tabobatini zamonaviy sog‘liqni saqlash ­tizimiga izchil integratsiyalash borasida olib borilayotgan ­bunday keng ko‘lamli islohotlar qadim davolash sirlaridan voqif bo‘lish, bizga ma’lum bo‘lmagan dorivor o‘simliklarni aniqlash, ulardan aholi salomatligi yo‘lida samarali foydalanishdek ezgu ­maqsadga ­qaratilgani bilan nihoyatda ahamiyatlidir. Binobarin, inson va ­tabiat bir-biri bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, o‘zaro vobastalikni ta’minlagan holda, inson salomatligini ­mustahkamlash xalq ­tabobatini taraqqiy ettirishdan ko‘zlangan pirovard maqsaddir.
Xalq tabobatining bir qancha an’anaviy va noan’anaviy usullari mavjud bo‘lib, ular sirasiga quyidagilar kiradi:

  • Igna sanchib davolash – akupunktura yoki refleksoterapiya.

  • CHjen-szyu terapiya – igna sanchish (chjen) va kuydirish (szyu) terapiyasi teri qoplamining chuqur bo‘limlaridagi reflekoterapiya hisoblanadi

- Dorivor o‘simliklar bilan davolash – fitoterapiya.
- Girudoterapiya – zuluklar bilan davolash
- Manual terapiya – qo‘l xarakatlari bilan davolash
-. Aurikuloterapiya- quloq suprasidagi nuqtalarga ta’sir
- Akupressura – nuqtali massaj

Download 10,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   139




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish