Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat instituti mavzu: Soliqlar va ularning vazifalari Guruh: 13-21 Tayyorladi


O‘zbekiston respublikasining soliq tizimi hamda soliq siyosati



Download 0,97 Mb.
bet18/25
Sana13.06.2022
Hajmi0,97 Mb.
#661141
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   25
Bog'liq
Kurs ishi - Umarov A

2.2. O‘zbekiston respublikasining soliq tizimi hamda soliq siyosati
O‘zbekiston Respublikasi soliq tizimining o‘ziga xosligi.
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi qabul qilingunga qadar O‘zbekiston Respublikasi hududida ikki pog‘onali soliqqa tortish tizimi amal qilib kelgan edi:
– davlat soliqlari;
– mahalliy soliqlar va yig‘imlar
2020-yil 1-yanvardan e’tiboran soliq va yig‘imlar bevosita soliqning yangi kodeksi normalari asosida undirilishi belgilangan.
Davlat soliqlari va yig‘imlari – bu Soliq kodeksida belgilangan va respublika hududida to‘lashga majburiy hisoblangan to‘lovlardir.
Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi hududida quyidagi davlat soliqlari amal qiladi:
– qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS);
– aksiz solig‘i
– yuridik shakxslarning foyda solig‘i;
– jismoniy shaxslarning daromad solig‘i;
– yer qa’ridan fordalanganlik uchun soliq;
– suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;
– mol mulk solig‘i
– yer solig‘i;
– ijtimoiy soliq.
Mahalliy soliqlar – bu Soliq kodeksi va mahalliy hokimiyat organlarining soliqlar to‘g‘risidagi me’yoriy hujjatlari bilan belgilangan soliqlar bo‘lib, muayyan hudud (tuman, viloyat) da amal qiladi.
Bugungi kunda quyidagi turdagi mahalliy soliqlar undirilishi mumkin:
– jismoniy shaxslarning mol-mulk solig‘i;
– yer solig‘i;
– ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish va ayrim
turdagi xizmatlarni ko‘rsatish huquqi uchun yig‘im;
– boshqalar.
Soliq mexanizmi – davlat tomonidan soliq munosabatlarini tashkil etish uchun qo‘llaniladigan (huquqiy baza asosida) soliqqa tortish jarayonining elementlari va ularni boshqarishning yig‘indisini ifodalaydi. Boshqacha qilib aytganda, soliq mexanizmi – bu soliq munosabatlarini tashkil qilish usullari yig‘indisi bo‘lib, u iqtisodiy, ijtimoiy rivojlanishda qulay shart-sharoitlar ta’minlash uchun davlat tomonidan qo‘llaniladi.
Soliq mexanizmi moliya mexanizmi tarkibiga kiradi. Soliq mexanizmi deganda soliqqa tortish bilan bog‘liq bo‘lgan soliqlarni
tashkil qilishning barcha elementlari yig‘indisi tushuniladi. Bunday elementlarga soliq obyekti, subyekti, manbai, soliq stavkasi, to‘lov muddatlari, soliq huquqi va hujjatlari kiradi. Soliq mexanizmi amaldagi soliqlarni hayotga tatbiq etishni ifoda etilishini ifodalaydi.
Soliq mexanizmidan foydalanish soliq elementlarining yig‘indisidan samarali foydalanish maqsadida ishlab chiqilgan tushunchadir.
Soliq mexanizmi, iqtisodiy kategoriya bo‘lgan soliqlardan farqli o‘laroq, kishilar ongli faoliyatining natijasi sifatida ustqurmaga tegishli bo‘lib, uni amalga oshirish shakli subyektiv xarakterga egadir. Soliq mexanizmi haqida kengroq tushuncha hosil qilish uchun, soliq va soliqqa tortish jarayonining tarkibiy elementlarini eslab o‘tish o‘rinlidir.
Soliq obyekti, soliq subyekti, soliq bazasi, soliq stavkasi, soliqni to‘lash muddatlari, soliq bo‘yicha imtiyozlar va jarimalar, soliqlarni hisob-kitob qilish va byudjetga o‘tkazish tartibi, soliq to‘lovchilarning mas’uliyatlari, soliq idoralari tomonidan nazorat olib borish tartibi va boshqalar soliq mexanizmining muhim tarkibiy elementlari hisoblanadi.
Makrodarajada soliq mexanizmi davlat soliq ma’murchilikgi va uni tartibga solish orqali amalga oshiriladi.

Download 0,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish