Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti gumanitar fanlar fakulteti "tarix" kafedrasi


XX asrning 20-30-yillarida O`zbekistonda o`tkazilgan sanoatlashtirish va jamoalashtirish siyosati, uning salbiy oqibatlari



Download 73,33 Kb.
bet7/11
Sana06.02.2022
Hajmi73,33 Kb.
#434327
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Xasanov Baxtiyor KURS ISHI

1.3 XX asrning 20-30-yillarida O`zbekistonda o`tkazilgan sanoatlashtirish va jamoalashtirish siyosati, uning salbiy oqibatlari.
Qadimda va XX asr boshlarida ham Turkiston xalqlari Rossiya, Volgabo`yi, Qrim, Kavkazorti, Kichik Osiyo, xorijiy Sharq, Misr, G`arbiy Yevropa mamlakatlari bilan savdo va madaniy aloqalarda bo`lganlar. Bu aloqalar ayniqsa, XX asrning boshlarida katta ahamiyat kasb etdi. 30-yillarda qatag`on etilgan milliy ziyolilarimiz ham ayni chog`da xorijiy aloqalarni yaxshi yo`lga qo`yish, ko`proq talabalarni chet ellarda ta`lim olish uchun chiqarish tarafdorlari edilar. Biroq, davr siyosati bunga yo`l qo`ymadi. F. Xo`jayev, T. Risqulov, A. Rahimboyev, Fitrat singari davlat arboblari, olimlar, xorijda o`qib qaytgan A.Murodiy, S. Jabbor, S.Muhammad, F.Sherahmedov, R.Rasuliy singari agronom, genetik, tibbiy olimlar, jurnalistlar, pedagoglar assosiz ravishda nemis josuslari, u yerdagi allaqanday millatchilik tashkilotini a`zolari sifatida ayblanib, repressiya qurbonlari bo`ldilar.
Qatag`on davrini qonli qatag`onlari natijasida o`zbek xalqi o`zining ming - minglab dono, mustaqil fikrli, ko`zi ochiq, taffakuri tiniq, insoniy qadr - qimmatlarini bilgan kishilarni yo`qotdi. Natijada, xalqimizni kelajagi markazga bo`ysinuvchi kishilar qo`lida qolish bilan birga, bu holat sobiq imperiya «dohiy»lari uchun O`zbekistonni boshqarishda ancha qulayliklar tug`dirdi.
XX asrning buyuk burilishlar davrida o`zbek xalqi oldida bir necha asrlik inqirozdan chiqish imkoniyatlari paydo bo`ldi. Bu bevosita jadidlar faoliyati bilan bog`liq edi. Sovet zamonasida ham milliy taraqqiyparvarlarimiz o`lka xalqlari mustaqilligi uchun goh oshkora, goh yashirin faoliyat yuritdilar. Biroq, mustabid tuzumning mash`um qatag`onlik siyosati XX asrning 30-yillarida Vatan va millat istiqboli uchun kurashuvchi barcha fidoyi insonlarni deyarli qatag`on qildi. Ularni «Vatan xoini», «Xalq dushmani», «Panturkist», «Panislomist», «Angliya josusi» kabi o`ylab topilgan sohta nomlar bilan badnom qilindi.
II-jaxon urushidan so`ng qatag`onlarning yangi oqimi boshlandi. Bu davrda asosan, shoir va yozuvchilar, fan va madaniyat xodimlari ayblov ishlariga tortildilar. Atoqli shoir va yozuvchilarimizdan M.Shayxzoda, Mirtemir, Sayyid Ahmad va boshqalarni misol qilib keltirishimiz mumkin. Stalinning o`limidan so`nggina nohaq qatag`on qilinganlarni oqlash jaryoni o`z ishini boshladi. 1980 yillarga kelib «paxta ishi», «o`zbeklar ishi» deb nom olgan sohta atamalar bilan qatag`onlarning navbatdagi to`lqini mamlakatimiz siyosiy hayotida amalga oshirildi. Bu o`rinda shuni ta`kidlash joizki, ushbu o`ylab topilgan jinoiy ishlar ortidan xalqimiz nomini butun dunyoga yomonotliq qilib ko`rsatish, milliy g`urur va sha`nimizni yerga urish maqsad qilingan edi. Shu bahonada xalqimiz ichidan yetishib chiqqan minglab ilg`or paxtakorlar, zahmatkash insonlar siyosiy tizimning qurboniga aylantirildilar. Faqat O`zbekiston mustaqillikka erishganidan keyingina ularning nomlarini xaqiqiy ma`noda xalqqa qaytarishni, tarix haqiqatini ochib berishni, imkoniyati tug`ildi. Afsuski, bu insonlarning barchasi O`zbekistonimizning bugungi istiqloli, mustaqilligini ko`ra olmay bevaqt nobud bo`lishdi. Shu mstaqillik davrida qatag`on qilingan yurtdoshlarimizni pok nomlarini tiklash, ularning asarlarini izlab topish, kitob holida chop etish ancha yo`lga qo`yildi. Bugun Respublikamizda shu maqsad yo`lida tashkil etilgan «Shahidlar xotirasi» xayriya jamg`armasi ishlab turibdi. Prezidentimiz I.A.Karimov tashabbusi bilan Toshkentda qatag`on qurbonlari xotirasini abadiylashtirish uchun «Shahidlar hiyoboni» majmuasi tashkil etildi.

Sho`rolar tomonidan «Bo`lib tashla, hokimlik qil» siyosatiga asoslanib o`tkazilgan milliy - hududiy chegaralanish natijasida 1925 yil O`zbekiston SSR tashqil etildi va u mustabid sovet davlati tarkibiga kiritildi.


1925 yildan keyingi O`zbekiston SSR ning taraqqiyot yo`liga lenincha komfirqaning O`zbekistondagi qo`g`irchoq bo`limi sifatida O`zbekiston kommunistik firqa tashqiloti rahbarlik qildi. Bu firqa faoliyatining asosini Lenin ishlab chiqqan va «asoslab bergan» soxta «sosializm» qurish rejasi tashkil etardi.
Lenin ishlab chiqqan «sosializm qurish rejasi»da mamlakatni «sanoatlashtirish» va «jamoalashtirish» kabi bo`g`inlar markaziy o`rinni egallaydi.
20-30 - yillar davomida iqtisodiyotda xususiy sektor deyarli butunlay tugatildi. Sanoat, transport, qishloq xo`jaligi va boshqa tarmoqlardagi ko`plab ishlab chiqarish vositalari davlat yoki kolxoz-kooperativ mulkiga aylantirildi. Natijada davlat xalq xo`jaligini istalgancha boshqarish imkoniyatiga ega bo`ldi. Ma`muriyatchilik, buyruqbozlik iqtisodiyotni rivojlantirishning asosiy usuliga aylandi.
Bolshevoylar dohiysi Sho`ro Rossiyasini sanoati rivoj topgan ilg`or mamlakatlar qatoriga olib chiqish vazifasini qo`ydi. Ammo O`zbekiston singari mustamlaka mamlakatlarga nisbatan bu siyosat mutlaqo boshqacha maqsadlarda - Markaz manfaati asosida amalga oshirildi. 1925 yil dekabrda VKP (b) XIV s`yezdi «sosialistik industrlashtirish» yo`lini avj oldirishni e`lon qildi. Stalin rahnamoligidagi o`ta sanoatlashtirish tarafdorlari uning sur`atini keskin tezlashtirish maqsadida mablag`larni qishloq xo`jaligi hisobidan sanoatga olish rejasini ilgari surdilar. Ularning muholiflari sanoatlashtirish siyosatini yoqlagan holda, uni aholining moddiy ahvolini, turmush sharoitlarini yaxshilash va qishloq xo`jaligida kooperasiyani asta-sekin ixtiyoriy ravishda amalga oshirish bilan birgalikda olib borishni taklif qildilar. Biroq, bu yo`l keskin rad etildi.
Oqibatda sanoatlashtirishning sub`yektivlashtirishga asoslangan stalincha usuli butun mamlakatda, jumladan, O`zbekistonda ham bosh yo`nalish bo`lib qoldi.
Shu bilan birga Respublikamizda uning salbiy ko`rinishlari ulkaning o`ziga xos iqtisodiy ahvoli tufayli yanadi ortdi. Eng asosiysi - SSSR ning xalq xo`jalik majmuida O`zbekistonnnig roli va o`rni ittifoq hukumati tomonidan majburan belgilab berildi.
Lekin O`zbekiston uchun sanoati qurilishining keng sur`atda jadallashtirish nihoyatda zarur edi. Chunki, Respublika iqtisodiyoti 20-30 yillar chegarasida ham agrar xususiyatga egaligicha qolayotgan edi. 1927 yilda O`zbekiston xalq xo`jaligida qishloq xo`jaligining salmog`i 61,6 % , sanoatning salmog`i 38,4 % tashqil etar, shu bilan sanoat ishlab chiqarishning 90 % qishloq xo`jaligi xom ashyosini qayta ishlashga asoslangan edi.

Garchi hayot muammolar bilan to`lib-toshib ketgan bo`lsada, besh yillik rejalarda xalq yelkasiga asossiz va amaliy jihatdan bajarib bo`lmaydigan vazifalar yuklangan bo`lsa-da, O`zbekiston xalqi o`z kuch-qudratini, idroki va mahoratini to`liq namoyon qildi. Birinchi besh yillik (1928-1932) davrida O`zbekistonda 289 ta sanoat korxonasi qurildi va ishga tushirildi, 79 ta korxona qayta tashqil etildi, sanoatning ishlab chiqarish fondlari uch barobar, neft qazib chiqarish 2,5 barobar, metal ishlab chiqarish sanoati mahsulotlari 6 barobar, sement ishlab chiqarish uch yarim barobar ortdi. Ikkinchi besh yillik (1933-1937) davrida 189 ta turli sanoat korxonalari va elektr stansiyalari barpo etildi. Urushdan oldingi uchinchi besh yillikda sanoat rivojlanishida yangi qadam qo`yildi. Urushning boshlanishiga kelib 134 ta sanoat korxonasi ishga tushirildi. Urushdan oldingi besh yilliklar davrida sanoatning xalq xo`jaligida egallagan salmog`i 1928 yildagi 43 % dan 1940 yilda 70% ga yetdi. Urush arafasiga kelib sanoat potensiali 1445 ta yirik va o`rtacha sanoat korxonalarini o`z ichiga olar edi. 1925 -1940 yillarda qurilib ishga tushirilgan bunday korxonalar jumlasiga Bo`zsuv GESi, Samarqand, Buxoro, Qo`qon, Termiz, Asaka shaharlarida issiqlik elektrostansiyalari, Toshkent, Samarqand, Buxorodagi to`qimachilik fabrikalari, Toshkent qishloq xo`jaligi mashinasozlik zavodi, Farg`ona konserva, Quvasoy sement va oxaq zavodlari, Toshkent «O`rtoq« tamaki fabrikasi, ko`plab paxta tozalash, sut-yog` tayyorlash, sovun pishirish kabi zavodlarni kiritish mumkin. Sanoatlashtirish natijasida respublikamizda ishchilar sinfining soni keskin oshdi. «1937 yilga kelib sanoat ishchilarining umumiy miqdori 181 ming kishidan iborat bo`ldi».


Biroq, sanoatlashtirish siyosatini amalga oshirish chog`ida jiddiy xatoliklarga yo`l qo`yildi. Birinchidan, ixtisoslashtirish bahonasida respublikamizda asosan paxtachilikni rivojlanishi bilan bog`liq bo`lgan sanoat tarmoqlari hamda yengil va oziq-ovqat sanoati korxonalari vujudga keltirildi. Og`ir sanoat, mashinasozlik va boshqa yetakchi tarmoqlarni rivojlantirishga e`tibor berilmadi.
Ikkinchidan, sanoatni kadrlar bilan ta`minlash jarayoni ziddiyatli xususiyatga ega bo`ldi. Sanoat korxonalari uchun zarur bo`lgan kadrlar asosan Rossiyadan keltirilgan. Ular orasida mahalliy millat vakillari ozchilikni tashqil qilar edi.
Uchinchidan, sanoatlashtirish ma`muriy-buyruqbozlik asosida amalga oshirildi. Sanoat korxonalari qurilish uchun qo`shimcha mablag`larni izlab topish maqsadida aholi o`rtasida majburiy yo`l bilan zayomlar tarqatildi. Sanoat qurilishlariga odamlar majburiy tarzda yuborildi. 1940 yil 20 iyundagi mehnat intizomini yaxshilashga qaratilgan farmonga ko`ra ishga kechikib kelganligi uchun jinoiy javobgarlik joriy qilindi. Natijada minglab ishchilar va texnik xodimlar turmalarga tashlanib, mahbuslarga aylantirildi.
Xullas, 20-30 yillarda O`zbekistonda amalga oshirilgan sanoatlashtirish siyosatini bosh maqsadi respublikani istiqbolda mustaqil taraqqiyot yo`lidan borishini ta`minlaydigan iqtisodiy poydevordan mahrum qilish va uni sho`rolar xo`jalik mexanizmining bir buyrug`iga aylantirishdan iborat edi.



Download 73,33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish