Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti pedagogika fakulteti



Download 69,88 Kb.
bet2/9
Sana08.04.2022
Hajmi69,88 Kb.
#537581
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Tog\'onova Mohira kurs ishi .docx111

Kurs ishining maqsadi: O`smirlarning ijtimoiy dezataptatsiyasi.Ijtimoiy pedagogik relabilatsiyani o’rganish va tahlil qilish.
Kurs ishining vazifalari:

  • Mavzuga oid tarixiy, ilmiy-falsafiy, pedagogik – psixologik manbalarni taxlil qilish va umumlashtirish;

  • O`smirlarning ijtimoiy dezataptatsiyasini tavsifi;

  • Ijtimoiy pedagogik relabilatsiyani o’rganish va tahlil qilish.

Kurs ishining tuzilishi:Kurs ishi kirish, asosiy qism, 4 reja, xulosa va adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
II.Asosiy qism
II.1.Tarbiyasi og`ir o`smirlarda olib boriladigan ijtimoiy pedagogik faoliyatlar.
O'smir yetarlicha voyaga yetgan shaxs emas. U insonning eng muhim xislatlari va jihatlari shakllanishi bosqichida bo'lgan shaxsdir. Bu bosqich bolalik va kattalik o'rtasidagi davrdir.
Shaxs hali o'zini katta deb hisoblashi uchun yetarli rivojlanmagan bo'lmasa-da, atrofdagilar bilan munosabatga kirishish jarayonida o'z harakatlarida ijtimoiy me'yor va qoidalar talablariga amal qilishi uchun yetarli rivojlangan.
O'smir aqlli qarorlar qabul kdlishga, ongli harakatlar sodir etish uchun axloqiy va huquqiy jihatdan mas'ul bo'lishga qodir. Shuni ta'kidlash joizki, o'smir o'z xatti-harakatlari uchun huquqiy javobgarlikka tortiladigan shaxsdir. Garchi qonun voyaga yetmaganlarning ijtimoiy psixologik rivojlanishini inobatga olib, ular uchun cheklangan javobgarlikni belgilasa ham, katta o'smirlik va o'spirinlik davrini ‘"shaxsiy javobgarlik bilan tavsiflanadigan yosh” deb qabul qilsak bo`ladi.
Tarbiyasi ogar o'smirlar jismoniy jihatdan sog'lom bo'lsalarda, ularning ta'lim-tarbiyasi buzilgan bo'ladi. Ular o`z tengdoshlaridan o'qishda ortda qoladilar, chunki ularda xotira, tafakkur va tasavvur \islari yetarlicha yaxshi rivojlanmagan.
Garchi ular o'zlari uchun qiziqarli narsani bajarishsa ham, mehnat qilishni yoqtirishmaydi, o'zlarini biror ishni bajarishga majbur qila olmaydilar, muntazam shug'ullanish ular uchun nihoyatda ogir yumush bo'lishi mumkin. Tarbiyasi og`ir o'smirlar maktab intizomi va tartibini buzishadi, o'qishni xohlashmaydi, o'qituvchilar, tengdoshlar, ota-ona bilan nizolashadilar, maktabni tashlab ketadilar, o'zlarini “omadsiz" deb bilishadi, daydilik qilishadi, spirtli ichimlik va giyohvand moddalar iste'mol qilishadi, huquqbuzarliklar sodir etishadi. Ba'zan o'smirlar jismoniy yoki jinsiy zo'rlik oqibatida o'z jonlariga qasd qilishadi.
O'smirlarning pedagogik jihatdan tarbiyalanmaganliklari ijtimoiy pedagogik hodisa bo'lib, oilaviy va maktab tarbiyasining kamchiligi, maktabdan tashqari tarbiya ishning qoniqarsiz yo'lga qo'yilganligi natijasidir. Amaliyotda isbotlanganidek, atrof-muhitning ijtimoiy pedagogik darajasi, yo'nalishlari o'smirga ta'sir qilish jihatidan turlicha bo'ladi. Oila, maktab, maktabdan tashqari ta'lim muassasalarda bola tarbiyasiga ta'sir etuvchi omillar nazorat qilinsa-da, ko'cha-ko'yda ularni boshqarish ancha murakkab bo'ladi. Bu tarbiya jarayonida aks etmasligi mumkin emas. Chunki o'smirlar bo'sh vaqtlarining aksariyatini aynan ko'chada o'tkazishadi. U yerda ularda muloqot, ya'ni eng muhim ijtimoiy ehtiyojlardan biri shakllanadi. O'quvchilar uchun asosiy faoliyat o'qishdir. Biroq tarbiyasi og'ir o'smirlar uchun o'qish o'qituvchilar va tengqurlarining hurmatini qozona olish vositasi emas.
Shuning uchun ular o'zlariga muhim bo'lgan faoliyatni maktabdan tashqarida izlashadi. Aynan shu yerda, o'zi kabi o'smirlar davrasida, ularga yomon xislatlar va qo'polliklari uchun tanbeh berishmaydi, aksincha, bu kamchiliklarni '‘kattalik alomati" deb bilishadi.
Biroq hozirgi kunda, bolalar bilan birgalikda ijtimoiy ish olib borish amaliyoti maktabda, yashash joylarida va mahallalarda paydo bo'lmokda. Bu faoliyat tuman, mahalla hamda maktabda ta'lim-tarbiya ishlarini olib borishning yagona rejasi bo'yicha barcha ijtimoiy xizmatlarni bolalar tarbiyasi va himoyasi muammosini yechish uchun birlashtiradi. Yagona reja bo'yicha ish yuritish maktab pedagogik jamoasining faoliyatini tubdan o'zgartiradi. Pedagoglar maktabdan tashqari bolalar muassasasi, sinf rahbarlari, guruhtarbiyachilari faoliyatiga qo'shilishadi va ular bilan yaqin hamkorlikda ish olib boradilar.
Bu faoliyatda asosiy e'tibor bolaga qaratiladi, shuning uchun ham pedagoglar jamoasi faoliyati maktab devorlari ichida qolib ketmaydi. Ular bolaga, oilasiga, bolalar birlashmalariga va tengdoshlar muhitiga murojaat qilishadi.
Tarbiyasi og'ir bolalar bilan ishlashda ijtimoiy pedagog maktab va maktabdan tashqari jamoaning ular xulq-atvoriga ta'sirini o'rganadi. Ijtimoiy pedagog bunday bolalar bilan ish olib borishda yaxshi natijalarga erishish uchun bir qator shartlarni bajarishi lozim:
— o'smir bilan aloqa o'rnatish;
— o'smir bilan o'zaro yaxshi munosabatlarni o'rnatish;
— uning reaktsiyasi, fikri, intilishlari, qiziqishlari, kelajakdagi rejalarini o`rganish.
Bu borada psixolog A. B. Filonov tomonidan ishlab chiqilgan pedagogik texnologiya hdm samarali hisoblanadi. Unda ijtimoiy pedagogning o'smir bilan aloqasining bir nechta bosqichlari ko'rsatilgan:
— qarashlarida mamnunliklarning to'planishi;
— uning qiziqishlarini bilib olish;
— xarakteridagi salbiy xususiyatlarning sabablarini tushunish;
— uning shaxsiyatidagi salbiy xislatlarini o'rganish;
— yurish-turish va o'zaro munosabatning umumiy me'yorlarini ishlab chiqish.
YU.V.Vasilkova tarbiyasi og`ir o'smirning tarbiyasiga bosqichma-bosqich yondashuvni ilgari suradi2:
Birinchi bosqich: o'smir va uning atrofidagilar bilan yaxshi munosabatlarni o'rnatish.
Ikkinchi bosqich: o'smirning shaxsiy ish jildi bilan tanishib chiqish.
Uchinchi bosqich: o'smirlarning pedagogik tarbiyasi ogirligi sabablarini aniqlash.
To'rtinchi bosqich: ijtimoiy pedagogik xaritalarini tuzish.
Beshinchi bosqich: o'smir shaxsiyatiga ijobiy ta'sir qiluvchi faoliyat turini tanlash.
Oltinchi bosqich: tarbiya va o'z-o'zini tarbiyalash jarayonining birlashishi, o'smir faoliyatini o'z-o'zini mukammallashtirishga qaratish.
Tarbiya jarayoniga kompleks yondashuv o'smirlar guruqlari paydo bo'ladigan mikro muqitlarga faol ta'sir qilishni talab qiladi. Kriminologlarning ma'lumotiga ko'ra, voyaga yetmaganlarning aksariyati jinoyatlarini guruh bo'lib sodir etishadi. Biroq voyaga yetmaganlar orasida huquqbuzarlikni bartaraf etish bo'yicha ko'pgina tavsiyalar individual profilaktika tavsiyalari hisoblanadi. Amaliyotda isbotlanganidek, alohida qilib ajratib olingan o'smirning huquqbuzarliklarini bartaraf etishga qaratilgan pedagogik faoliyat har doim ham kutilgan natijalarga olib kelavermaydi.
Bu holat huquqbuzar o'smirning yashash joyidagi guruhning a'zosi bo'lganligi va uning xatti-harakatlari guruh kayfiyati, ularning hayot tarzi, fikrlashi guruhning boshqa a'zolariga bog'liq bo'lishi bilan izohlanadi. Demak, biz tarbiyasi og'ir bolalar bilan individual faoliyat olib borishning muhimligini e'tirof etgan holda, o'smirlarni o'rab turgan mikromuhit bilan o'zaro aloqalarini o'rganish zarurligini ham ta'kidlab o'tamiz.
Pedagogik ta'sirlarning kompleks tizimi tarbiya vositalari, shakl va mazmunini bildirib, bu faoliyatning maqsadi tarbiyasi og'ir bolalarni sinf jamoasi, o'qituvchilar, sinfdoshlar bilan munosabatlarining normallashuvi natijasida o'smir guruhlarini rejali qayta korrektsiyalash, deb hisoblanadi. Bu munosabatlarning me'yorga kelishi o'smir shaxsining shakllanishiga hal qiluvchi ta'sir ko'rsatadi.
Tarbiyasi og'ir o'smirlar bilan ish olib borish ommaviy so'rovnoma va anketa to'ldirish bilan amalga oshiriladi. Bu usullar pedagogik qarovsiz o'smirlar guruhlarining qaerda paydo bo'lganligi haqida ma'lumot olish imkonini beradi.
Tarbiyasi og'ir o'smirlar bilan ish olib borishda pedagog quyidagilarni inobatga olishi lozim: guruhhajmi, ularning yosh va ijtimoiy tarkibi, uchrashuv joylari va vaqti, guruh faoliyatining mazmuni va yo'nalishi. Muloqotning bu tomonlarini bilish tarbiyachiga tuman va shaharda o'smir guruhlari bilan ishlashning eng samarali shakl hamda vositalarini qo'llashga imkon beradi. Ijtimoiy pedagog o'smirlar guruhining ijtimoiy tarkibini bilishi ham muhim.
Ijtimoiy tarkibi turlicha bo'lgan o'smirlar guru>utarida o'zaro axborot almashuv va muloqot qilish qiziqarli bo'ladi.
Biroq bu guruudarda hayot haqida yolg'on tasavvurlarga ega ma'lumotlar ham tarqatilishi mumkin.
Tarbiyachining vazifasi:
1) guruhdagi muomalaning mazmunini bilish;
2) tarbiyaviy ta'sirni to'g'ri tashkil qilib, ma'lumotni to'g'ri tomonga yo'naltirish.
Guruhlarning o'rganilishi va taxdil qilinishi lozim bo'lgan mashg'ulotlarini quyidagi turlarga ajratish mumkin: vaqt bo'yicha doimiy va vaqtinchalik, yo'nalishi bo'yicha ijobiy (mehnat, sport, san'at bilan mashg'ul bo'lish) va salbiy (chekish, alkogol mahsulotlarini iste'mol qilish, qimor o'ynash).
Tarbiyasi og'ir o'smirlar guruhlari bilan ijtimoiy-pedagogik ish olib borishning metodlari va texnologiyalari quyidagilardan iborat:
— maktab va maktabdan tashqari o'smirlar jamoasi yordamida tarbiyaviy ta'sir (sektsiya, klub, to'garaklar);
— intizomli, a'lochi o'quvchilarning pedagogik qarovsiz sinfdoshlariga ta'siri. Bu yo'nalish bir-biri bilan do'stlashish xohishi, o'zaro muomalaga ehtiyoj bo'lganida juda muvafaqqiyatli amalga oshib, uning asosida qiziqishlar umumiyligi (sevimli sport turi, texnika, musiqa va boshqalar bilan shug'ullanish) yotadi. Bu yo'nalishni amalga oshirishning muvaffaqiyati, ko'pincha, o'qituvchi va sinf rahbarining mohir rahbarligiga bog'liq;
— sinf jamoasining pedagogik qarovsiz o'smirlarga ta'siri.
Bu birgalikdagi faoliyat sayohatga chiqish, san'at festivallari, ko'rgazmalar, jamoaviy harakatlar kabilardan iborat. Sinfda jamoaviy ishlarga jalb qilingan pedagogik qarovsiz bolalar nafaqat o'zlari uchun, balki jamoa uchun ham mehnat qilayotganlarini va ularning ishtirokiga ko`ra narsa bog'liqligini anglab yetishadi. Bunday faoliyatlarda og'aynichilik aloqalari vujudga keladi, boshqalarga nisbatan to`g`ri munosabat shakllanadi va yuklatilgan vazifa uchun mas'uliyat hissi ortadi.
Pedagogik qarovsiz bolalarga tarbiyaviy ta'sirning muvaffaqiyatini ta'minlanishi mikromuhitning tarbiyaviy ishlari maktab jamoasi bilan hamkorlikda va bir vaqtning o'zida amalga oshirilishiga bogliq.
Maktabdan tashqari o'smirlar jamoasi yordamida tarbiyaviy ta'sirni tashkil qilishda quyidagi holatlarni inobatga olish lozim:
1. To'garak, sektsiya, klubda o'smirlarda anikdangan bitta qiziqish bilan cheklanmaslik kerak. Pedagog o'smirlarni mehnat, turli o'yinlar, ijodiy faoliyat orqali atrofdagilar bilan normal munosabatlarga tayyorlashga intilishi lozim.
2. Norasmiy guruhga yoki uning aksariyat a'zolariga ta'sir ko'rsata turib, ularni rasmiy guruhga o'tishlariga erishish mumkin. Bu jarayonni, shartli ravishda, “rasmiylashtirish” deyiladi. Chunki bu jarayon, o'smirlar uchun sezdirilmagan holda tarbiyachi tomonidan norasmiy guruhning rasmiy guruhga aylanishidir.
Pedagogik qarovsiz bolalar bilan tarbiyaviy ish olib borishning yana bir xususiyati o'smirlarni o`zi tanlagan, uning bajarilishidan qoniqish sezadigan faoliyatni tanlashdir. Asta- sekin faoliyatdagi bunday ehtiyojni qondirish va rivojlantirish, keyinchalik o`zi bajarayotgan ishlari uchun o'smirlarda mas'uliyat hissini oshiruvchi faoliyat turlari bilan to`ldirib borlishi lozim.
Tarbiyasi og'ir bolalar yoki o'smirlar bilan ish olib borish pedagogik qayta tarbiyalash jarayonini kuzda tutadi. Qayta tarbiyalash bola yoki o'smir yurish -turish idagi turli ogish ishlarni yengib o'gish yoki bartaraf etishdir. Qayta tarbiyalash ham tarbiyachi,
ham tarbiyalanuvchilar uchun ham og'ir jarayondir. Tarbiyalanuvchi yangi yo'lning istiqboli bilan qiziqishi, tarbiyachi esa tarbiyalanuvchining o'tmishi, bugungi kunini tahlil qilib, uning kelajagini tasavvur qila olishi lozim.
O'smirni qayta tarbiyalashga yoki uz-uzini tarbiyalashga tayyorlash jarayoni bir necha bosqichdan iborat:
1. Tarbiyalanuvchi ni o'rganib chiqish;
2. O'smirning yurish-turishini o'zgartirish uchun uni ruhiy tayyorlash;
3. Ijobiy axloqiy xislatlarni to'plash;
4. Inqirozdan chiqish, o'z-o'zini tarbiyalashga o'tish.
Shuni ham inobatga olish kerakki, bu jarayonga tarbiyachidan tashqari o'smir mansub bo'lgan tarbiyalanuvchilar jamoasi ham qo'shiladi. Bunda tarbiyachi koordinator vazifasini bajarib, jamoani o'z o'rtoqlarini qayta tarbiyalashga yo'naltirishi lozim.
O'smirlar bilan reabilitatsion markazda ishlayotgan ijtimoiy pedagog maxsus metodlardan foydalanib, tarbiyalanuvchi oldida o'z idealiga o'xshashga intilish maqsadini qo'yadi. Bu o'smirning ijobiy tomonga o'zgarishiga yordam beradi.

Download 69,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish