Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti tabiiy fanlar fakulteti


O‘rgimchaksimonlar (Arachnida) sinfi



Download 0,85 Mb.
bet2/8
Sana31.12.2021
Hajmi0,85 Mb.
#246293
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
orgimchaklar

O‘rgimchaksimonlar (Arachnida) sinfi

O‘rgimchaksimonlar - quruqlik muhitiga moslashgan, xilma-xil tuzilgan. Mo`ylovlari bo‘lmaydi, faqat oddiy ko‘zlari rivojlangan. Boshko‘krak bo‘limida olti juft o‘simtalardan ikki jufti xelitsera va pedipalpalar, qolgan to‘rt jufti yurish oyoqlari hisoblanadi. O‘pka yoki traxeyalar yordamida nafas oladi. Ayirish funksiyasini koksal bezlarva malpigi naychalari bajaradi.





Tashqi tuzilishi. O‘rgimchaksimonlarning tana bo‘limlari va bo‘g‘imlari turli darajada rivojlangan. Chayonlar va solpugalar tanasi ko‘p sonli bo‘g‘imlardan iborat. Ularda ko‘krak oldingi bo‘g‘imlari yoki hamma ko‘krak bo‘g‘imlari bosh bilan birikib, yaxlit boshko‘krak hosil qiladi. Ko‘pchilik o‘rgimchaksimonlarda qorin bo‘g‘imlari ham qo‘shilib, tanasi yaxlit boshko‘krak va qorin bo‘limini hosil qiladi. Kanalarda hamma tana bo‘limlari va bo‘g‘imlari birga qo‘shilib ketgan.O‘rgimchaksimonlar tanasining tuzilishi bo‘g‘imlar soniga bog‘liq. Ko‘p bo‘g‘imli o‘rgimchaksimonlar (solpugalar, chayonlar) tanasi cho‘ziq bo‘ladi. Bo‘g‘imlar sonini kamayishi bilan tana ham qisqarib boradi. Bo‘g‘imlarga bo‘linmagan kanalarning tanasi yumaloq bo‘ladi. O‘rgimchaksimonlar kattaligi 0,2 mm dan (kanalar) 20 sm gacha (ayrim chayonlar, o‘rgimchaklar) bo‘ladi. O‘rgimchaksimonlarning xelitsera va pedipalpalari oziqni ushlab turish va maydalashda ishtirok etadi. Ko‘pchilik o‘rgimchaksimonlar (solpuga, chayon, soxtachayon, pichano‘rar, ayrim kanalar) xelitserasi kalta, og‘iz teshigi oldida joylashgan. Xelitseralar uchta bo‘g‘imdan iborat. Uning ustki bo‘g‘imi harakatchan o‘tkir tirnoqni hosil qiladi. Kanalar xelitserasi o‘tkir uchli ikki bo‘g‘imli o‘simtalardan iborat. Pedipalpalar bir nechta bo‘g‘imdan iborat. Asosiy bo‘g‘imidagi chaynovchi o‘simtasi oziqni maydalaydi, boshqa bo‘g‘imlari paypaslagich hisoblanadi. Chayonlar, soxtachayonlar pedipalpasi qisqichga aylangan. O‘rgimchaklar va solpugalar pedipalpasi yurish oyoqlariga o‘xshash tuzilgan sezgi organi hisoblanadi. O‘rgimchaksimonlarning to‘rt juft yurish oyoqlari bir xilda tuzilgan. 6-7 bo‘g‘imli oyoqlarning uchki qismida tirnoqlari bor. Qorin bo‘limida oyoqlar rivojlanmagan. Chayonlar va soxta chayonlarning o‘pka xaltasi, o‘rgimchaklarning o‘rgimchak bezlari shakli o‘zgargan qorinoyoqlardan iborat. Tana qoplag‘ichi uch qavatli kutikula va uning ostida joylashgan gipoderma va bazal membranadan iborat. Kutikula yupqa, uning ekzokutikula qavati suv o‘tkazmaydigan mumsimon modda lipoproteinli epikutikula bilan qoplangan. Shu sababdan o‘rgimchaksimonlar eng quruq joylarda ham yashay oladi. Chayon va o‘rgimchaklarning zahar bezlari, o‘rgimchaklar, soxta chayonlar va ayrim kanalarning o‘rgimchak bezlari teri epiteliysidan hosil bo‘ladi.




Download 0,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish