Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti
“Tabiiy fanlar” fakulteti Geografiya kafedrasining
17-sonli majlisi bayonnomasidan
K O‘ C H I R M A
2022 yil 27 aprel
|
|
Chirchiq shahri
|
Qatnashdilar:
|
Kafedra mudiri g.f.f.d. dots. F.T.Rajabov, g.f.d. prof v.b. A.K.Urazbayev, g.f.n. dots. X.T.Tursunov, g.f.f.d. Sh.G`.Shomuradova, g.f.f.d. J.A.Namozov. o`qituvchilar: O.U. Abdimurotov, Sh.I.Ibroimov, L.V.Djurayeva, S.K. Djumaboyeva, Ch.I.Maxmudov, N.A.Urinova va Sh. Z. Djalilova.
|
KUN TARTIBI:
2. Bakalavr bitiruvchilarining dastlabki himoyasi haqida.
2-masala yuzasidan so‘zga chiqdi: Geografiya kafedrasi mudiri F.T.Rajabov assalomu alaykum hurmatli ustozlar va talabalar. Mana bugun bakalavr bitiruv malakaviy oldi himoyasini rejalashtirgandik. Bakalavrlarga bitiruv malakaviy ishi mavzulariga oid masalalar, maqsad vazifasi, tadqiqod ishi, bajarilganlik holati haqida fikr bildirishi uchun 10 minutgacha vaqt beriladi, bu vaqt mobaynida talabalar o’zlarining prizentatsiyalari orqali ma’ruza qilishadi. Demak boshlasak ham bo‘ladi. Marhamat so‘z A.Davlatovaga.
Eshitildi: 5110500-Geografiya o‘qitish metodikasi yo‘nalishi 4-kurs talabasi Davlatova Asal Shayislam qizining “O‘rta Chirchiq tumani yer fondi va undan foydalanish muammolari” mavzusidagi bitiruv malakaviy ishi.
Ilmiy rahbar: g.f.f.n.(PhD) J.A.Namozov
A.Davlatova bitiruv ishining dolzarbligi, yangiligi, amaliy ahamiyati va taqdimot so‘ngida ishning xulosasini gapirib berdi.
Kafedra mudiri F.T.Rajabov raxmat bitiruv malakaviy ishining ma’ruzasi tugadi, marhamat kimda savollar bor?
Savol: g.f.f.d dots. F.T.Rajabov. Yer fondi kategoriyalari deganda nimani tushunasiz?
Javob: Yer fondi kategoriyalari yer resurslaridan qaysi maqsadda foydalanishga qarab, ma‘lum bir toifalarga bo‘linishidir,
Savol: g.f.f.d dots. F.T.Rajabov. Yer resurslaridan foydalanishdagi qanday muammolarni aniqladingiz?
Javob: Tumanda asosan yer resurslaridan nooqilona foydalanishga aloqador muammolar kuchayib bormoqda. Bunga misol qilib, qishloq xo‘jaligiga yaroqli yerlarning boshqa sohalarga berilayotganligini keltirish mumkin.
Savol: g.f.n. dots. X.T.Tursunov. O‘rta Chirchiq tumanida qaysi yer toifalarini ayni vaqtda muhofazaga muhtoj deb hisoblaysiz?
Javob: Deyarli barcha yerlar qaysidir ma’noda muhofaza muhtojdir.
So‘zga chiqdi: Kafedra mudiri F.T.Rajabov talabaga bitiruv malakaviy ishining ba’zi kamchiliklarni tezroq yakunlash kerakligini so‘ngra yana bir bor tahrirdan o‘tkazish lozimligini aytib o‘tdi.
Yuqoridagi fikr-mulohazalarni e’tiborga olgan holda kafedra qaror qiladi.
Qaror qilindi:
5110500-Geografiya o‘qitish metodikasi yo‘nalishi 4-kurs talabasi A.Sh.Davlatovaning “O`rta Chirchiq tumani yer fondi va undan foydalanish muammolari” mavzudagi bitiruv malakaviy ishi axborot uchun qabul qilinsin.
Bitiruv malakaviy ishini tayyorlash bo‘yicha bajarilgan ishlar mavjud rejaga mos kelishi qayd etilsin, himoya uchun tavsiya qilinsin.
Kafedra mudiri: F.T.Rajabov
Kotiba: Sh.Z.Djalilova
Do'stlaringiz bilan baham: |