Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti “texnologik ta’lim” kafedrasi


O’zbekistonda «dizayn» so’zi ishlatilmagan «nafis san’at» so’zi bo’lgan



Download 10,39 Mb.
bet6/103
Sana01.01.2022
Hajmi10,39 Mb.
#294013
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   103
Bog'liq
ChDPI T-D Word

O’zbekistonda «dizayn» so’zi ishlatilmagan «nafis san’at» so’zi bo’lgan.

100 yillik boshlarida arxitektura shakllanib, Amerika va qator evropa mamlakatlarida yangi uslubiy yo’nalish «funksionalizm» o’z qatorida nazariy ustqurma bo’lib qoldi. Dizaynni shakllantirish qoidalari rivoji uchu uning yo’lboshchilari badiiy shakllar go’zalligini ko’rib va uning funksional maqsadga muvofiqligini ko’rib, dizaynning mashinada shakl hosil qilinishi manbaida turdilar. Ular orasida nomi mashhur bo’lgan Luis Salliven-CHikago me’morlik maktabi asoschilaridan biri, o’zining binolari bilan mashhur bo’lgan «mashina davri zamonida»da; Frank Lloyd Rayt-amerika me’morligi va dizayini otaxoni; Peter Berens-nemis me’mori va rassom, shundaylarning nomlari bilan dizayn rivojining butun davrini bog’laydilar va qisman «firma uslubini» paydo bo’lishini ham; Mis van der Roe-mashhur germaniya ishlab chiqarish uyushmasi Verkbund yo’lboshchilaridan biri va Germaniyadagi aql va idrokka asoslangan dizayn va me’morlik asoschilaridan; Valter Gropius-«Bauxauz» asoschisi-zamonaviy arxitektura va dizayn sohasida butun jahonga mashhur bo’lgan; Gerit Tomas Ritveld-golland arxitektori, uning konseptual «qizil-ko’k ranglar bilan jilo bergan kreslosi» zamonaviy dizaynning xaykaltaroshlik timsoliga aylandi. CHunki, bu o’sha zamon kishilari ko’ziga yangicha shakl bo’lgan edi. Dizayn o’smir (pioner)lari orasida sanoatga kirib kelgan arxitektor va assom modernistlar bo’lgan. Modern namoyondalarining o’tgan davr uslubiga taqlid qilishi joniga tegib boshi berk ko’chadan chiqish yo’llarini izladilar, eklektikani tan olmasdan, bezatishni keskin tanqid qildilar va oqilona sohada izlanish olib borib, o’ymakorlik va naqqoshlik geometrik shakl, badiyati chiroyli bunda asosiy diqqat boshlang’ich material (buyum) go’zalligiga qaratilib, uning badiiy uslubiga munosabatni aniqlashtirdilar. Bunday qarashlar badiiy va falsafiy sanoat shakllanishida o’ziga xos qadam bo’ldi. Ular orasida mashhur ustalardan Toshpo’lat Arslonqulov, Usta SHirin Abdulla Boltaev, CHingiz Axmarov uslubining paydo bo’lishi ular nomi bilan bog’liq bo’lgan. Evropada Mixael Tonet va uning butun jaxonga mashxur bo’lgan «venskiy stuli»; CHarlz Makintosh-shotland arxitektori, «Artnuvo» uslubi rahbari, u dizayn sohasida evropa moderni cho’qqisidan biri hissoblanadi, uning mebeli esa asr boshidan to shunga qadar ishlab chiqarilmoqda; Reymond Loui-AqSH kasbiy dizayni asoschilaridan biri, ba’zan uni sanoat dizayni otaxoni deb ham ataydilar; Kamillo Olivetti va Ervin va Artur Braunlar, ular nomi bilan dizayn tarixi butun uslubini bog’laydilar; Jovanni Ponti-italyan arxitektori-dizayn bo’yicha mashhur jurnal «Domus» asoschisi; Alvar Aalto-zamonaviy fin arxitektori va dizayn asoschisi; shuningdek Rossiyada nomlari mashhur-K. Malevich, A. Rodchenko, V. Tatlin, L. Lisitskiy va boshqalar rus dizayni manbaida turganlar.

Bizning mamlakatimizda so’nggi vaqtga qadar «dizayn» tushunchasini nafis san’at asari, go’zal naqqosh ishi, chiroyli xontaxta, badiiy bezakli ustun, chiroyli o’ymakorli chovgun, go’zal kashtachi, mohir Kulol, Naqqosh kabilar bilan cheklanganlar. Dizayn tushunchasini xalqqa tushuntirish uni anglatish uchun quyidagi terminlardan foydalanganlar: «badiiy asar badiiy»-loyihalash jarayoni, «sanoat san’ati», «texnik estetika»-faoliyat doirasi. Mutaxassis-dizaynerlar «rassom-konstruktor» dizayn instituti etakchisi-«Butunjaxon ilmiy-tadqiqot instituti texnik estetikasi», XX-asrning 60-80 yillarida esa eng ommabop dizayn bo’yicha mamlakat jurnali «Texnik estetika» kabi nomlangan.

Dizayn badiiy-loyihalash faoliyatining boshqa turlaridan farqli o’laroqlik va qulaylik kabi shunday tushunchalar bilan chambarchas bog’liq. Sanoat ishlab chiqarish sharoitida seriyali chiqarilgan va uning uchun uncha qimmat bo’lmagan buyum paydo bo’lib, dizayn o’zining paydo bo’lishi paytidan asosan estetik va foyda ko’rish no’qtai nazaridan ommaviy xaridorlar talabi o’rtacha etarli bo’lishiga yo’naltirilgan. O’sha nima ommaviy sanoat ishlab chiqarishda dastlab etishmagan hissoblansa-bir necha martta chiqarilayotgan buyumning tashqi shakllari takrorlanishi-dizayn yordamida u o’zgarishi va obro’si bo’lishi lozim edi. O’sha nimani o’ziga ravo ko’rmagan xunarmand donabay maishiy narsalar tayyorlashda dizaynning kasbi mazmuni bo’ldi-buyum qism shakllarini izlanishda estetik did va undan foydalanishning eng qulay vaziyati mashinada ishlab chiqarish, o’zida ikki shunday muxim sifatni mujassamlashtirib, xuddi arzon buyumday va qismlarda o’ylangan uning shakllari, sanoat shakllanishida xunarmandchilik ishlab chiqarish bilan raqobatbardosh bo’la oldi.

Uzoq vaqt texnik estetikada hammasi ichki xis va sog’lom fikrda asoslanadi, biroq buyum me’yorining murakkablashishi va xaridor talabining o’sishi jarayonida hammasi ancha shakllandi. Ko’pgina dizaynerlik bo’limlarida bugun mutaxassislar «inson omili» bo’yicha ishlamoqda-sanoat psixologiyasi, mol va xaridor o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni e’tibor bilan o’rganmoqdalar

SHunday yirik kompaniya «Maykrosoft Korporeyshn» kompyuter «sichqoni» yangi modelni ishlab chiqarishga kirishishdan oldin, muxandis psixolog va dizaynerlarni jalb qilgan holda keng izlanishlar olib bordi. O’lcham shakllarini klavishni sozlash va tashqi ko’rinishining o’nlab model variantlarini yaratdilar. Psixologlar modelni sinab ko’rdilar xaridorlarni nazorat gruppasini jalb qilgan xolda, undan keyin dizaynerlarga o’z tavsiyalarini berdilar. Kompaniya fikricha tikka (yuqoriga) ko’tarilish, u yarim yilda o’tgan yilga isbatan bir necha marta ko’proq mahsulot sotdi.

Dizaynerlik loyixalash jarayoni kelajakdagi buyumning (eskiz) xomaki nusxasidan boshlanadi. Keyin u taqqoslanadi va anchagina muvoffaqiyatliligi tanlab olinadi, keyinchalik u taqqoslash tahlilidan, shuningdek modeldan va namunali tajribadan o’tadi. Namunalarni tekshiruv jarayonida, iste’molchi talabi taxliliga tuzatishlar kiritiladi. Biroq tekshiruvlar bu bilan tugamaydi. Ular davom etadi va buyumning birinchi partiyasi (to’pi) chiqqandan keyin ham, undan keyin sanoat namunasi modernizatsiyasi olib boriladi. Bunday chuqur tahlil marketing bilan turli loyihalash bosqichida chambarchas bog’liq dizaynni boshqa loyihalash-badiiy faoliyatidan ajratib turadi.

Buyumning tashqi ko’rinishi, uning estetik sifati bevosita uning raqobatbardoshligi bilan bog’liq. Ular qisman bozorda sotilishda hal qiluvchi rol o’ynaydilar. Ma’lumki xoxlagan badiiy bezatish buyumni qo’shimcha qimmatlashuviga olib keladi, shunday ekan ma’lum darajadagi raqobatbardoshlikda u arzonlashadi. Agar bezak elementi mashina usulida minglab nusxada tayyorlansa o’zining noyobligini, shu bilan birga badiiy qiymatini yo’qotadi. Bu dizayn sanoati tarixida yaqqol namoyish etiladi. Mashinada ommaviy ishlab chiqarish dastlab ilgari xunarmandlar yaratgan buyum shaklidan nusxa ko’chirish orqali olib borildi. Biroq endi ishlab chiqarish texnologiyasi anchagina boshqacha bo’ldi: mashinada ishlab chiqarilgan buyum faqat xunarmand buyumni eslatadi, ammo yasama, yaxshi didni haqorotlovchi ko’rinishda bo’ladi.



Lagan va choydishlar (sariq mis)

Dizaynerlar ilojsiz vaziyatning ham yo’lini topdilar, shunga o’xshash buyumni «bezatish» dastlabki rasmdagi naqsh kabi bezakli bo’lmadi, balki funksional zarur detali va geometrik shakllarigina bo’ldi. Mahsulot shakli dastlab alohida sinchiklab qayta ishlandi, dizaynerning eskiz va modelida ko’pgina jixatlari mayda chuydasigacha texnologik va funksional qurilmasini birga atroflicha o’ylab chiqildi. Shakllar go’zalligini uning tektonik va funksional o’ziga xosligida ko’rdilar.

Funksionallik va maqsadga muvofiqlik-dizayn falsafasida asosiy nuqtai nazardan biri-kamroq harajatda ko’proq samaraga erishish. Tasodifiy emas dizaynni tarixiy tadqiqotda bizning XX asrimiz xukmron mamlakatlari qatorida «funksionalizm» me’morlik uslubi bilan chambarchas bog’lab ko’rib chiqmoqdalar. Uning yorqin namoyondalari. Zamonaviy o’smir (yosh)lari xisoblanadi. Prezidentimiz yoshlarga berayotgan e’tiborlari bejiz emas. CHunki, hamma ishni davomchilari bu kelajak avlod yoshlarimizdir.

Bauxauz direktorlaridan biri Xans mayer yozgan edi «Erdagi xamma buyumlar tejamkorligini yaratib, funksiyasini bir-biriga qo’shishdir» (7. 359-bet). Materiallar va konstruktorlar tejamkorligi, muxitdan maqsadga muvofiq foydalanish VXUTEMAS nomli mashhur zamonaviy arxitektura va dizayn maktabida o’qitish qoidalarida etakchi bo’lgan.

Masalan studentlarga berilgan masalalar orasida shundaylari bo’lgan: mavjud buyumni soddalashtirish (undan bezagini olib tashlash, konstruksiyasini aniqlash, ishlamaydigan qismlarini olib tashlash va hokozo), mavjud buyumni yaxshilash (uni ancha qulay funksional qilish.

Zamonaviylikni o’tkir his qilish va o’ziga xoslikda dizaynerning muvaffaqiyatli ishida albatta bajarilishi kerak bo’lgan shartlar hisoblanadi. Dizayn xuddi amerika mutaxassislari belgilaganidek, nafaqat sonlar xususiyatini-o’lchami, tezligi, mustahkamligi, tannarxi, anchagina nozik sifat qirralarini-foydalanishda o’ng’ayligini, har jihatdan qulay, uslubni yoritishga qodir. Odamlar «Fort-Taurus» avtomobilini nafaqat shunchaki sotib oladilar, nima u tezligini soatiga bir necha kilometrga oshadimi? Va bir necha litr benzinni sarflaydimi? Miqdoriy xususiyati bilan u bozorda bo’lgan boshqa modellardan unchalik ajralib turmaydi, «Taurus»ni noyob shakldaligi uchun sotib oladilar, bevosita egasi ma’lum qiladi, u qanaqa odam yoki kim bo’lib ko’rinmoqchi?

Zamonaviy dizayn rivoji asosida modaga ko’ra qandaydir anchagina muhim narsa yotadi: eng avvalo insoning ma’naviy ehtiyojlari va buyumni sifat go’zalliligi bilan shakl-shamoyilining boshqa buyumlardan ko’ra o’ziga xos latofat uslubi bilan ko’rinishidadir. Inson yaratgan narsa faqatgina go’zal ko’rinishda emas, aniqlikka intilish. Bugungi sharoitda bizning xayotimizda texnikaning xukmronlik qiluvchi roli har holda oldingiga qaraganda buyumga ega bo’lishi muxim bo’lib qolmoqda, «o’zaro til topib» ketish mumkin, buyum, shunday loyihalanganki, darrov tushunarli bo’lib qoladi, bu nima o’zi? undan qanday foydalanish kerak? undan qanday ma’no bor?

Dizaynerlik masalasi xar doim ham shunday bo’lgan, ammo bugungi kunda ular muhim ahamiyatga ega bo’lmoqda. Bizning asbob-uskunalarimizning ichki mexanizmlari, o’lchovi shunchalik kichiklashdiki (qisqardiki) buyumlar shaklini belgilamay qo’ydilar. Buyumlarni mikroelektronikadan foydalanib tayyorlanishi, hoxlagan tashqi ko’rinishda bo’lishi mumkin. Bu dizaynerni ko’ngliga kelganini qilishidir. Bunday buyumlar o’lchovi endi ichki mohiyati bilan emas, balki tashqi faktori-ergonomikasi bilan, buyumni joylashtirish (kompanovka) sharoiti va hokozo.

Ishlab chqarish tarmoqlari uchun masalan durodkorlik bilan tanishish munkin.



Yog‘och odamlar uchun turli maqsadlar uchun foydalaniladigan asosiy ta’biy materiallardan xisoblanadi. Yog‘ochdan juda qadim zamonlardan buyon turar joylar qurishda, turli mehnat qurollari, ro‘zg‘or buyumlar va shukabilar yasashda, hamda qattiq yoqilg‘i turi sifatida foydalanilmoqda. Shu bilan birga yog‘och qog‘oz, karton tayyorlash turli qismlar va boshqa kimyoviy moddalar olish hamda ayrim dori-darmonlar olish uchun ham asosiy material hisoblanadi.

Yog‘och chiqindisiz material hisoblanadi. Chunki ulardan turli narsalar yasash uchun arralash, yo‘nish, qirqish, randalash va boshqa usullarda ishlov berish jarayonida hosil bo‘ladigan poyraxalar, qirindi, qipiq va boshqa mayda bo‘laklardan iborat chiqindilarga maxsus mashinalarda tegishli ishlov berib, yelim aralashtirib turli shakl va o‘lchamlarda presslab quritish orqali yog‘och–qipiqli materiallar tayyorlanadi. Ular ham turli buyumlar tayyorlashda tabiiy yog‘och o‘rnida ishlatiladi. Yog‘och maxsulotlaridan doimo foydalanishga ko‘nikib ketganmiz. Bular imoratlarning eshik, derazalar, stol, stul, sandiqlar, yaxshi xar xil asbob – uskunalar, qog‘oz qalamlar va boshqalardan iborat. Yog‘och materiallari turli daraxtlardan olinadi. Yog‘och olish uchun turli sifatlardagi yog‘och beradigan daraxtlarni ekib, parvarish qilib o‘stiriladi. Har bir daraxt turi o‘ziga xos sifatlarga ega yog‘och hosil qiladi. Daraxtlarni turlarga ajratishda mevali yoki mevasizligi, tez yoki sekin o‘sishi, ya’ni qancha yilda ishga yaroqli yog‘och berishi hamda qanday sifatli yog‘och berishi hisobga olinadi. Yog‘ochning sifati deganda uning qattiq-yumshoqligi, og‘ir-yengilligi, turli ta’sirlarga chidamliligi, ya’ni undan tayyorlangan maxsulotning uzoq vaqt ishga yaroqli holda saqlanishi, turli asboblar bilan ishlov berishga qulayligi, qanday maqsadlar uchun foydalanish mumkinligi tushuniladi. Bundan tashqari daraxtlarning o‘sish shakli va bargining tuzilishiga qarab ham farqlanadi. Bunda daraxtlarning tik o‘sib, to‘g‘ri yassi bargli yoki igna bargli, doim yashil yoki kuzda bargini to‘kadigan turlarga ajratiladi. Yog‘och beruvchi daraxt turlari ko‘p bo‘lib, ular yeryuzini turli qismlariga tarqalgan. O‘zbekistonda o‘sadigan daraxt turlaridan har turli sifatlarga ega yog‘ochlar olish mumkin.

Bular: terak, tol, archa, yong‘oq, qayrog‘och, chinor, nok, tut, o‘rik, eman, qarag‘ay, lipa va boshqalardan iborat.

Saksavul yog‘ochi asosan o‘tinga ishlatiladi. Kerakli yog‘ochlarni yetishtirish uchun har bir daraxt turini ekish va parvarish qilib o‘stirish qoidalarini o‘rgangan mutaxassislar mehnat qilishadi. O‘stirib yetishtirgan daraxtni kesish, ularni kerakli joylarga tashib keltirish va zarur o‘lchamdagi taxtalar, to‘sinlar, reykalar shaklida arralash ishlarini bajarishda bir qancha turdagi mashina-mexanizm va stanoklardan foydalaniladi. Ularning xar birini tegishli mutaxassislar boshqaradi. Ular o‘rmon kesuvchilar, traktorchilar, shafyorlar, yuk tashish, ortish mexanizxmlari xaydovchilardir.

Taxta tilish arralash stanoklarini boshqaruvchilar hamda boshqa muxandis-texnik xodimlardan iborat. Ularning mehnatlari natijasida turli o‘lchamdagi taxtalar, to‘sinlar, reykalar hamda fanerlar tayyorlanadi. Bular yarim tayyoryog‘och maxsulotlari deb ataladi. Bunda asosiy ish jarayoni yog‘och gullarni bo‘yiga, ko‘ndalangiga, arralash va randalash hamda faner tayyorashdan iborat bo‘ladi. Yog‘ochsozlik sanoati soxasida turli kasb egalari xizmat qiladilar. Yog‘ochdan maxsulot tayyorlash kasblarining turlari ko‘p bo‘lib, ularni duradgorlik degan umumiy nom bilan aytiladi. Xar bir duradgor ustasining kasbi uning tayyorlaydigan maxsulotiga asosan nomlanadi. Masalan imoratsoz, eshiksoz, yog‘och o‘ymakori, mebelchi, sandiqchi, dastgoxsoz, aravasoz, egarchi, kemasoz va boshqalar.

Yog‘och tayyor qurilish materiali bo‘lib , u xalq xo‘jaligining turli soxalarida keng ko‘lamda ishlatiladi. Yog‘och duradgorlikda ishlatiladigan asosiy material xisoblanadi. Undan qurilish va inshoatlarda, avtomabilsozlikda, vagonsozlikda , kemasozlikda, ximiya va ko‘mir sanoatida, qog‘oz-sellyuloza, sanoatida, faner, mebel, sport inventarlari, gugurt tayyorlashda va boshqa soxalarda foydalaniladi.

Yog‘ochning keng ko‘lamda ishlatilishiga sabab uning texnik xossalarining yuqoriligidadir. Yog‘ochni ishlash oson, vazni yengil, puxtaligi yuqori, issiqlik va elektrni yomon o‘tkazadi, kislota va ishqorlar ta’sirida tez yemirilmaydi, ko‘pchilik yog‘ochlarning tashqi ko‘rinishichiroyli bo‘lib, puxta yelimlanuvchi bo‘ladi va yaxshi pardozlanadi. Ammo yog‘ochning ayrim kamchiliklari ham bor: temperatura, namlik o‘zgarishi natijasida yog‘och qurib tob tashlaydi, nam totib shishadi, eshilib-toblanadi, yoriladi va xokazo.

Yog‘ochning puxtaligi, kattaligi va boshqa mexanik xossalari, metallardagi singari, turli yo‘nalishda turlichadir, yog‘ochning mexanik xossalari nam ta’sirida keskin kamayadi. Yog‘och oson alangalanadi, chirishga, xashoratlarning yemirishiga qarshilik ko‘rsata olmaydi. Bundan tashqari yog‘ochda ayrim nuqsonlar ham bo‘ladi, bular yog‘och sifatining pasayishiga olib keladi.

Hozirgi kunda yog‘och ishlash korxonalarida tabiiy yog‘och o‘rnini olodigan yangi tur yog‘och materiallar ishlab chiqarilmoqda. Yog‘och ishlash korxonalarida hosl bo‘ladigan chiqiidilardan: arra tuponi va payraxalarni presslash yo‘li bilam tayyorlanayotgan yog‘och materiallar tabiiy yog‘ochlarda uchraydigan xar qanday nuqsonlardan, kamchiliklarda xoli, puxtalik jixatdan ustun bo‘lib, ayrim xollarda metall o‘rnini ham olmoqda (presslangan yog‘och matoriallardan xatto podshipnik va mashina detallari tayyorlanadi). Sanoatda ishlab chiqilayotgan ayrim presslangan yog‘och materillar qurilishda, mebel korxonalarida keng ishlatilmoqda.

Ishlab chiqarishda har qanday buyum tayyorlshda materialdan to‘g‘ri va tejamkorlik bilan foydalanish, tayyorlangan buyumning sifatini, ishlab chiqarishning samaradorligini oshirish uchun ishlatiladigan materialning turini, xususiyatini, unga ishlov berish texnologiyasini bilish talab etiladi.

Shunga ko‘ra o‘quvchilarni xalq xujaligini turli soxalarida ishlatiladigan yog‘och materiallarinng tuzilishi, turlari, xossalari, ularga ishlov berish usullari bilan tanishtiriladi.mashinasozlik ishlab chiqarishda tayyorlanuvchi maxsulotlarni-buyumlarni va ularning aniq turlarini yig’ish, ularning detallarini tayyorlashni texnologik jarayonlarini tuzish va texnologik operatsiyalarni loyihalash, dastgoh va jihozlarni, moslama va asboblarni tanlash, operatsiyalarning unumdor variantlarini ishlab chiqish, samarador texnologik yaratishishni o'rganib, amaliy va tajribaviy ko'nikmalarni hosil qilish vazifasini o'z ichiga oladi.

Bunday vazifalarni echish uchun ishlab chiqarishdagi buyum va detallarini tasnifini bilish, bu tasnifga kiruvchi buyum va detallarining ba'zi birlarini tayyorlash texnologik jarayonlari bilan tanishib chiqish zarur bo'ladi. Buyum yoki detallarning texnologik jarayonlarni tuzilishi va operatsiyalar variantlari bilan tanishib va ularni o'rganib, o'zlari mustaqil ravishda progressiv texnologik jarayonlarning texnologiyasini tuzishni va unumdor operatsiyalarni loyihalarini yaratishni bilishi, samarador dastgoh, jihoz, moslama va asboblarni to'g’ri tanlash ko'nikmalarini hosil qilishdan iboratdir.

Metallarga ishlo berishda mashinasozlik ishlab chiqarishda tayyorlanuvchi maxsulotlarni-buyumlarni va ularning konkret turlarini yig’ish, ularning detallarini tayyorlashni texnologik jarayonlarini tuzish va texnologik operatsiyalarni loyihalash, dastgoh va jihozlarni, moslama va asboblarni tanlash, operatsiyalarning unumdor variantlarini ishlab chiqish, samarador texnologiyalar yaratishishni o'rganib, amaliy va tajribaviy ko'nikmalarni hosil qilishga yordam beradi.Mashinasozlikning tipoviy detallarini tasnifini bilish, bu tasnifga kiruvchi tipoviy detallarining ba'zi birlarini tayyorlash texnologik jarayonlari bilan tanishib chiqish zarur bo'ladi. Buyum va detallarning texnologik jarayonlarni tuzilishi va operatsiyalar variantlari bilan tanishib va ularni o'rganib, o'zlari mustaqil ravishda progressiv texnologik jarayonlarning texnologiyasini tuzishni va unumdor operatsiyalarni loyihalarini yaratishni bilishi, samarador dastgoh, jihoz, moslama va asboblarni to'g’ri tanlash ko'nikmalarini hosil qilishdan iboratdir.

Nazorat uchun savollar:


  1. Texnologiya va dizayn fanining maqsad .

  2. Texnologiya va dizayn fanining vazifasi.

  3. Ishlab chiqarish jarayovlarini amalga oshirish va jamiatning turmush talablarini qondirishga nima hizmat qiladi.

  4. Nima uchun ishlab chqarish tarmoqlari uchun alohida texnologiya ishlab chqiladi.

  5. Nima uchun «Dizayn» so’zi chizma, tasvir, loyiha ma’nosini bildiradi.

Testlar

  1. Texnika qaysi tildan olingan va qanday manoni bildiradi.

  1. Yunon tilidan,techue-sanat,mahorat manosin bildiradi.

  2. Ingliz tilidan , sanat manosini bildiradi.

  3. Nems tilidan, sanat,mahorat manosin bildiradi.

D.Rus tilidan , mahorat manosin bildiradi.

2.Texnika nima asosida rivojlana boradi.

A.Texnika ilmiy natijalar asosida rivojlana boradi.

B.Texnika chizmalar natijalar asosida rivojlana borada

C.Texnika matematika fani asosida rivojlana boradi.

D.Texnika matematika fani asosida rivojlana boradi.

3.Texnikani rivojlanish darajasi qanday sharoitlar bilan aniqlanadi.

A.Texnikani rivojlanish darajasi ijtimoiy iqtisodiy sharoitlar bilan aniqlanadi.

B.Texnikani rivojlanish darajasi ijtimoiy sharoitlar bilan aniqlanadi.

C.Texnikani rivojlanish darajasi iqtisodiy sharoitlar bilan aniqlanadi.

D.Texnikani rivojlanish darajasi ma’naviy va marfiy sharoitlar bilan aniqlanadi.


Download 10,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish