Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogoka instituti mustaqil ish



Download 21,02 Kb.
bet1/2
Sana18.02.2022
Hajmi21,02 Kb.
#451839
  1   2
Bog'liq
mustaqil ish DHN


Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogoka instituti


MUSTAQIL ISH

Mavzu: Davlat tushunchasi belgilari va mohiyati


Bajardi: Nurimov A.


Tekshirdi: Mirholiqov B.

Chirchiq – 2019
Davlat tushunchasi belgilari va mohiyati
Davlat – jamiyat rivojlanishining mahsuli. Jamiyat rivojlanishining muayyan bosqichida alohida siyosiy institut – davlat yuzaga keladi va rivojlanadi. Davlat jamiyatga tashqaridan kiritilgan kuch emas, u jamiyatning o‘zidan kelib chiqqan, uni o‘ziga bo‘ysundiruvchi va boshqaruvchi kuchdir.
“Davlat” va “jamiyat” tushunchalari aynan bir xil tushunchalar emas. “Jamiyat” keng qamrovli hodisa, voqelik bo‘lib, “davlat” jamiyatning tarkibiga kiruvchi bir qism, alohida elementdir. Jamiyat va davlat o‘rtasidagi nisbat nafaqat ularning bir-biridan farqi, balki tarkibiy (strukturaviy) tuzilishi va bajaradigan ijtimoiy vazifalari bilan izohlanadi. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, jamiyat mamlakat aholisining hammasini qamrab oluvchi murakkab ijtimoiy organizm bo‘lib, insonlarning o‘zaro aloqalari mahsuli, eng avvalo, ular hayotining ishlab chiqarish, moddiy ne’matlarni o‘zaro ayirboshlash va iste’mol qilish bilan bog‘liq tashkiliy tuzilmadir. Davlat esa jamiyat ichidan ajralib chiqib, uni boshqarish uchun vujudga keltiriladigan siyosiy tashkilotdir.
Davlat – hokimiyat tepasidagi siyosiy kuchlarning alohida tashkiloti.
Davlat ibtidoiy tuzumdagi urug‘doshlik tashkilotidan quyidagi belgilarga ko‘ra farq qiladi. Birinchi – davlatdan ajralgan butun aholi bilan bir bo‘lmagan ijtimoiy-siyosiy hokimiyat. Bu hokimiyat qurollangan kishilarning alohida otryadlariga – dastavval qirol askarlariga, keyinchalik armiya, politsiya, turmalar va boshqa majburlov muassasalariga va nihoyat, odamlarni boshqarish bilan maxsus shug‘ullanadigan amaldorlarga tayanadi.
Ikkinchi belgi – jamoa a’zolarining qondoshlik belgisiga ko‘ra emas, balki hududiy belgiga ko‘ra bo‘linishi, ya’ni davlat fuqaroligining o‘rnatilishi. Monarxlar (qirollar, knyazlar va h.k.)ning devor bilan o‘ralgan saroylari atrofida savdo-sotiq va hunarmandchilik bilan shug‘ullanuvchi aholi joylashgan shaharlar rivojlangan. Boy zodagonlar ham shu yerda joylashgan. Aynan shaharlarda odamlar qarindoshlik emas, balki, avvalo, qo‘shnichilik munosabatlari bilan bog‘langan. Vaqt o‘tishi bilan qishloqda ham qarindoshlik aloqalari o‘rnini qo‘shnichilik munosabatlari egalladi.
Ommaviy (ijtimoiy-siyosiy) hokimiyatni va uning apparatini (amaldorlar, armiya, politsiya, turmalar va h.k.) saqlab turish uchun aholidan urug‘doshlik tuzumi davrida ma’lum bo‘lmagan soliqlar yig‘iladi. Bu davlatning uchinchi belgisidir.
Davlatning vujudga kelishi sabablari va asosiy qonuniyatlari yer yuzidagi barcha shaharlar uchun deyarli o‘xshash bo‘lgan. Biroq jahonning turli mintaqalarida, turli xalqlarda davlatning tashkil topish jarayoni ba’zan juda muhim o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lgan. Ular geografik muhit, u yoki bu davlat tashkil topishining muayyan tarixiy shart-sharoitlari bilan bog‘liq edi. Afina davlatining vujudga kelishi davlat tashkil topishining klassik shakli hisoblanadi. Ya’ni, u ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning zaruriy qonuniyatlari asosida paydo bo‘lgan. Keyinchalik boshqa xalqlarda ham davlatning shakllanishi shu yo‘ldan bordi. Afinaliklar davlatining vujudga kelishi, umuman, davlat tashkil topishiga yorqin namunaviy misoldir, chunki u, bir tomondan, sof ko‘rinishda, tashqi yoki ichki tazyiqsiz yuz bergan, boshqa tomondan, ayni holda davlatning ancha rivojlangan shakli – demokratik respublika bevosita urug‘doshlik tuzumidan kelib chiqqan. Bu davlat tashkil topishining barcha muhim tafsilotlari bizga yaxshi ma’lum. Rimda urug‘doshlik jamiyati bu jamiyatdan tashqaridagi haq-huquqsiz, biroq majburiyatlarga ega bo‘lan ko‘p sonli plebeylar qurshovidagi mahdud aristokratiyaga aylangan; plebeylarning zodagon – patritsiylar ustidan g‘alabasi eski urug‘doshlik tuzumini ag‘darib tashladi va uning vayronalarida davlat bunyod etdi. Ko‘p o‘tmay bu davlat bag‘rida aristokratiya va plebs chatishib ketdi. Keyinchalik Rim imperiyasini zabt etgan german qabilalarida davlat o‘zgalar hududini bosib olishning bevosita natijasi sifatida vujudga keldi. Urug‘doshlik tuzumi bu hududlarda hukmronlik qilish imkoniyatiga ega emas edi. Binobarin, davlatning shakllanish jarayoni ba’zan mazkur jamiyat uchun tashqi omillar, masalan, qo‘shni qabilalar yoki mavjud davlatlar bilan urush ta’sirida tezlashar edi. German qabilalari quldorlik tuzumi amal qilgan Rim imperiyasining hududlarini bosib olishi natijasida g‘oliblarning harbiy demokratiya bosqichidagi urug‘doshlik tashkiloti o‘rnida ko‘p o‘tmay feodal davlat tashkil topdi.
Tarixan olib qaraganda davlatni dastlabki siyosiy tashkilot deb hisoblash mumkin. “Siyosat” iborasi ruscha “politika” – yunoncha “polis”, ya’ni shahar – davlat degan so‘zlarning tarjimasi ma’nosida ishlatiladi. Davlatning siyosiyligi shundaki, u hukmronlikka intilgan va erishgan ijtimoiy guruhlarning (sinflarning) manfaatini ifodalovchi tashkilot sifatida maydonga keldi. Keyinchalik ijtimoiy (guruhlar, qatlamlarning) manfaatlarni ifoda etuvchi boshqa uyushmalar, tashkilotlar, partiyalar vujudga kelib, o‘ziga xos siyosiy tashkilotlar yig‘indisi, majmui, tizimi hosil bo‘ldi.
So‘nggi asrlardagi sinfiy va demokratik jamiyatlarda davlatdan tashqari muayyan ijtimoiy kuchlarning, guruhlar va qatlamlarning manfaatlarini ifodalovchi turli siyosiy partiyalar, kasaba uyushmalari, ayollar va yoshlarning jamoat birlashmalari, sanoatchilar va fermerlarning tashkilotlari kabilar faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Ayni vaqtda ular siyosatga muayyan ta’sir o‘tkazmoqda. Biroq shunga qaramasdan davlat jamiyatning siyosiy tizimida markaziy o‘rinni egallaydi.
Buning sababi quyidagi omillar bilan izohlanadi:
1. Davlat manfaatlari o‘zaro sig‘ishmaydigan turli ijtimoiy guruhlar, qatlamlar, sinflar bemahsul ziddiyati va o‘zaro qaramaqarshiligining muqobili sifatida yuzaga keldi va faoliyat ko‘rsatadi.
2. Davlat birgalikda hayot kechirish maqsadida uyushgan insonlarning ittifoqi, turmush faoliyatining tashkiliy shakli hisoblanadi. Insonlarning davlat bilan bo‘ladigan tarixiy, mafkuraviy, ijtimoiy-iqtisodiy aloqalari “fuqarolik” degan kategoriyada o‘zining mujassam siyosiy-huquqiy ifodasini topadi. “Davlat jamoasi”ning har bir a’zosi davlatning mavjud bo‘lishidan manfaatdor. Chunki, davlat vositasida shaxsiy daxlsizlik va erkinlik, oila va mulk muhofazasi, shuningdek, shaxsiy hayot xavfsizligi kafolatlanadi. Shu tariqa individ (shaxs) dastlabki barqaror siyosiy sifatlarga ega bo‘lib, mamlakat siyosiy hayotining ishtirokchisiga aylanadi.
3. Davlatning vujudga kelishida jamiyatning ijtimoiy – sinfiy tabaqalanishi muhim rol o‘ynaydi. Bundan shu ma’no chiqadiki, davlat iqtisodda hukmron sinfning siyosiy tashkiloti sifatida namoyon bo‘ladi.
4. Davlat o‘z ijtimoiy manfaatlarini qondirish uchun birlashgan insonlar dastlabki siyosiy faoliyatining mahsulidir. Bu siyosiy voqeliklarning umumuniversalligi bilan bog‘liq. Siyosiy hayot ommaviy hokimiyat faoliyati va mamlakatning butun hududi miqyosida kechadi. Shu bois davlat siyosiy hayotni tashkillashtirish shakli sifatida maydonga chiqadi. Davlat qonunchilik hujjatlari yordamida “siyosiy o‘yin qoidalarini” belgilaydi. Davlat mamlakat miqyosida siyosiy hayotning shakli sifatida jamiyat siyosiy tizimi bilan aynan mos keladi. Davlat o‘zining vazifasi va funksional xususiyatlari (tavsifi) bilan siyosiy tizimning bir qismi sifatida namoyon bo‘ladi.
5. Davlat – jamiyatning siyosiy tizimi bilan fuqarolik jamiyati o‘rtasidagi bog‘lovchi va muvofiqlashtiruvchi muhim bo‘g‘indir. U jamiyat manfaati uchun zarur umumijtimoiy funksiyalarni bajaradi. Masalan, transport, aloqa, uy-joy qurilishi, energetika ta’minoti, ekologiya sofligini ta’minlash, ta’lim tizimini tashkil etish, va h.k. sohalarda davlat amalga oshiradigan faoliyat butun jamiyatning umumiy manfaatlarini aks ettiradi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq, xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbayidir. Xalq bu hokimiyatni vakillik demokratiyasi (saylab qo‘yiladigan davlat hokimiyati organlari orqali) va bevosita demokratiya yo‘li bilan amalga oshiradi. Bevosita demokratiya shakllariga fuqarolarning davlatni boshqarishda, referendumda ishtirok etish huquqi, shuningdek, jamoat birlashmalariga uyushish huquqi kiradi. Fuqarolar bu huquqlarni
turli jamoat tashkilotlariga uyushish yo‘li bilan amalga oshirishi mumkin. Bunday tashkilotlar qatoriga siyosiy partiyalar, kasaba uyushmalari, yoshlar tashkilotlari va har xil ijodiy uyushmalar kiradi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi I bobining mazmunidan kelib chiqib, siyosiy tizimga O‘zbekiston xalqi siyosiy faoliyati tashkiliy shakllarining majmui, deb ta’rif berish mumkin. Bunda davlatga xalq siyosiy faoliyatini tashkil etishning oddiy shakli emas, balki asosiy shakli sifatida qaraladi, chunki boshqa shakllar davlatga nisbatan yordamchi xususiyatga egadir. Ular davlat oldida turgan vazifalarni hal qilishga nodavlat tuzulmalar vositasida yordam beradi, jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda barcha fuqarolar ishtirok etishiga imkoniyat yaratadi, davlat hayotida demokratiya asoslari yanada kengayishiga ko‘maklashadi. Jamiyat siyosiy tizimida davlatning asosiy o‘rni va roli davlat tizimining asosiy unsuri deb aytish imkonini beruvchi bir qancha xususiyatlar bilan belgilanadi.

Download 21,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish