Toshknt moliya instituti



Download 72,66 Kb.
bet3/13
Sana30.12.2021
Hajmi72,66 Kb.
#195957
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Bank ishi kurs ishi


1. O’zbekistonda bank tizimining tashkil qilinish va rivojlanish bosqichlari


Bank tizimi bozor iqtisodiyotining muhim va ajralmas qismidir. Tovar pul munosabatlarining keng miqyosda rivojlanishi banklar oldida yangidan-yangi operatsiyalar bajarishga imkoniyatlar ochib beradi.

Shuning uchun ham respublikamizda bozor iqtisodiyoti talablariga mos keluvchi zamonaviy bank tizimi yaratish zaruriyati tug’ildi. O’zbekiston respublikasi bank tizimining bosh maqsadi jahon talabiga mos keluvchi, rivojlangan milliy kredit tizimiga ega bo’lish, xo’jaliklar va aholining bo’sh turgan mablag’larini jalb qilish va uni samarali taqsimlash asosida aholining talablarini qondirish uchun zamin yaratish va yashash sharoitini yaxshilashga erishishdan iborat. Bu maqsadga erishishni ta’minlash uchun davlatimiz tomonidan mamlakatimiz bank sektorining rivojlanishini ta’minlovchi zaruriy makroiqtisodiy sharoitlarni hamda bank tizimi barqarorligini ta’minlash, shuningdek, bank nazorati tizimini va banklar faoliyatini boshqarish usullarini takomillashtirish, banklarning depozit, kredit, va investistiya faoliyatini yanada rivojlantirishga erishish va banklar o’rtasida raqobat bo’lishini ta’minlashga asos yaratishdan, nobank tashkilotlari faoliyatini rivojlantirish, moliya-kredit sektorining xuquqiy bazasini yaxshilash, ularning moddiy-texnik jihatdan samarali ta’minlanganligiga erishish kabi choralarni amalga oshirish ko’zda tutilgan.

Bank tizimini qayta tashkil qilishni amalga oshirish quyidagi tamoyillarga asoslangan holda olib borilishi mumkin:

  • xorijiy va mahalliy investorlarning ishonchini qozonish maqsadida bank-moliya tizimi barqarorligiga erishish;

  • bank tizimidagi islohatlar umumiqtisodiy islohatlarning o’tkazilishi bilan mos kelishi;

  • bank-moliya tizimini bosqichma-bosqich takomillashtirish yo’li bilan jahon bank tizimiga yaqinlashtirish;

  • pul-kredit siyosatini olib borishda mamlakatning ichki ehtiyojini va uning iqtisodining xususiyatini hisobga olish;

  • banklar faoliyatida mijozlar manfaatini ustun ko’yish va boshqalar.

Bizning zaminimizda mavjud bo’lgan banklarning rivojlanishini ikki yirik davrga bo’lib qarash mumkin.

Bank tizimi rivojlanishining ikkinchi davri asosan O’zbekiston mustaqillikga erishgandan keyingi davrni o’z ichiga oladi. Bu davrni quyidagi bosqichlarga bo’lib taxlil qilish mumkin:

— mustaqil O’zbekiston bank tizimini tashkil qilishning birinchi bosqichi. Bu 1991-1994 yillarni o’z ichiga oladi. Bu davrda 1992 yilning sentyabrgacha O’zbekiston davlat banki sobiq SSSR Davlat bankining Respublika bo’limi sifatida faoliyat ko’rsatdi va u kredit resurslarni davlat korxonalari miqyosida taqsimlash, emission operatsiyalarni olib borish bilan shug’ullandi. Qolgan tarmoq banklar ham davlat mulkiga asoslangan edi.

O’zbekistonda ikki zvenoli bank tizimini tashkil qilishga 1988-yildan boshlab kirishilgan bo’lsada bu maqsadning to’liq amalga oshirilishiga sharoit 1994-yildan boshlab yuzaga keldi. Bu davrga kelib Markaziy bankning tashkiliy tarkibiy asosi faoliyat olib borish uslubi o’zgardi, tijorat banklarning soni va ular bajaradigan operatsiyalar salmog’i oshib bordi.

Bank tizimini tashkil qilishning birinchi bosqichida markazlashgan rejalashtirishda Markaziy bankning roli hali ham yuqori edi, sohalarning deyarli hamma qismi davlat tasarrufida edi.

O’zbekiston Respublikasida ikki bosqichli bank tizimini tashkil etishga real asos bo’lib 1991-yil 15 fevraldagi “Banklar va bank faoliyati to’g’risidagi” qonun xizmat qildi. Bu qonunga binoan davlat boshqaruv organlari respublika Markaziy banki faoliyatiga aralashmasliklari kerak, u faqat Respublika Oliy Majlisiga hisobot berishi o’rinli ekanligi belgilab berildi. Bu qonunni amalga tatbiq. etish asosan Respublikamiz o’z mustaqilligini qo’lga kiritgandan so’ng boshlandi.

O’zbekistonda bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o’tish yo’lini tanlanganligi bois, 1-bosqichdagi kredit-pul siyosati sohasidagi asosiy vazifalar quyidagilardan iborat qilib belgilandi:

Markaziy bank boshchiligida keng tarmoqdi tijorat va xususiy banklarni ikki bosqichli bank tizimi shaklida vujudga keltirish;

Respublika hududida yirik chet el banklarining bo’limlari va vakolatxonalarini ochish uchun qulay sharoit yaratish;

Barqaror pul muomalasini ta’minlash, kredit va naqd pul emissiyasini asossiz o’sishini keskin cheklash;

O’zbekiston Respublikasining milliy pulini muomalaga kiritish uchun zarur iqtisodiy va tashkiliy shart-sharoitlar hamda imkoniyatlarni yaratish va boshqalar.



Qayta tashkil etish jarayonining birinchi bosqichida davlat banklarini yangi strukturasini tashkil etish boshlandi. Qayta tashkil etish modeli quyidagilarni o’z ichiga oldi:

- ikki bosqichli bank tizimini vujudga keltirish;

- Markaziy emission bank va bevosita xo’jaliklarga xizmat ko’rsatuvchi ixtisoslashgan banklarni tashkil qilish;

- ixtisoslashgan banklarni to’laligicha xo’jalik hisobiga va o’z-o’zini moliyalashga o’tqazish;

- iqtisodiy tizim doirasida xuquqiy va jismoniy shaxslar bilan bo’ladigan kredit munosabatlari uslublari va shakllarini takomillashtirish vaho kozalar.

Bank tizimini takomillashtirish jarayoni davomida davlat banki o’zining kredit tizimidagi markaziy o’rnini saqlab qolgan holda korxona va tashkilotlarga kredit berish va ular bilan hisob-kitoblarni olib berish funksiyasini maxsus ixtisoslashgan banklarga topshiradi, ya’ni bankning emission faoliyati, kreditlash faoliyati bilan birga olib borish funksiyasiga chek qo’yildi. Davlat banki ixtisoslashgan banklar faoliyatini boshqaruvchi, barcha banklar uchun bir xil pul-kredit siyosatini olib boruvchi muassasalarga aylanadi.

Bank tizimining takomillashtirilishi natijasida vujudga kelgan maxsus ixtisoslashgan banklar: Sanoat qurilish banki, Komunal qurilish va Sotsial taraqqiyot banki, Agrarsanoat banki, Tashqi iqtisodiy faoliyat banki, Jamgarma banki xo’jaliklar bilan banklar o’rtasidagi aloqalarni tobora yaqinlashtirishda ixtisoslashtirilgan davlat banklari o’zlarida ma’lum darajada boshqaruvchilik ro’lini saqlab qoladilar. Bank tizimini takomillashtirish jarayonida juda muhim natijalarga erishildi, lekin tashkil qilingan banklar iqtisodiy munosabatlarining xususiyatlarini to’liq ifoda qilolmasdi. Shuning uchun ham bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida bank tizimini takomillashtirishning 2-bosqichi ob’ektiv zaruriyatga aylandi.

O’zbekistonda bank tizimini tashkil qilishning ikkinchi bosqichi 1994 yildan keyingi davrni o’z ichiga oladi. Bu davrda bank tizimimizning takomillashgan faoliyatini belgilab beruvchi bank qonunlari: 1995 yil 21 dekabrda “O’zbeksiton Respublikasi Markaziy banki tug’risida”gi va 1996 yil 25 aprel-da “Banklar va bank faoliyati tugrisida”gi qonunlar qabul qilindi. Bu qonunlarga asosan banklar faoliyatining xuquqiy asoslari belgilab berildi va ularning ishlash usullarini takomillashtirish choralari ishlab chiqildi.

Tijorat banklarining samarali faoliyatini ta’minlash maqsadida bank nazorati va monitoringini amalga oshirish, tijorat banklari faoliyatini boshqarish usullarini takomillashtirish va xalqaro talablarga moslash, yangi schotlar tizimiga o’tish, chet el banklarining shubalarini ochish, to’lov tizimini takomillashtirish, tijorat banklarining qimmatbaxo qog’ozlar bilan operatsiyalarini rivojlantirish, pul va valyuta bozorida banklarning aktiv faoliyatini ta’minlash kabi dolzarb masalalar hozirgi kunda mustahkam bank tizimining rivojlanishi tufayli o’z echimini topmoqda.

Respublikamizda ikki pog’onali bank tizimini jaxon tajribasida qabul qilingan tamoyillarga muvofiq shakllantirish ko’zda tutilgan. Ixtisoslashish va kredit-investitsiyalarni xalq xo’jaligi tarmoqlari bo’yicha taqsimlash Respublikamizdagi bank muassasalarining o’ziga xos xususiyati hisoblanadi. Ularning faoliyati asosan ustuvor tarmoqlar: qishloq. xo’jaligi va uning maxsulotlarini qayta ishlovchi korxonalar, uy-joy qurilishi, avtomobilsozlik, savdo va boshqa sohalarni rivojlantirishga qaratilgan. Hozirgi banklar aksiyador-tijorat banklari sifatida tashkil qilingan bo’lib, bozor iqtisodiyoti sharoitlarida ishlashga moslashtirilgan va ular ixtisoslashgan banklar bo’lsada boshqa tarmoqlardagi mijozlarga ham kredit va hisob-kitoblar bo’yicha xizmat ko’rsatishlari mumkin. Banklar faoliyatining universallashuvi ular o’rtasida raqobatning yuzaga kelishiga bu esa ularning bozor iqtisodiyotiga barqaror kirib borishini ta’minlaydi.

Mustahkam bank tizimini vujudga keltirishning ikkinchi bosqichining xususiyatlaridan biri shundaki, 1995 yildan bosh-lab O’zbekistonda maxsus nobank kredit tashkilotlari tashkil qilina boshlandi. Bozor iqtisodiga o’tishni tezlashtirish, korxona va tashkilotlar faoliyatini rivojlantirish maqsadida maxsus moliya-kredit institutlari — “Biznes-fond”, “Madad” sug’urta kompaniyasi, “O’zbekinvest” milliy sug’urta kompaniyasi, xususiylashtirish investitsion fondlari va boshqalar tashkil qilinishi respublika bank-moliya tizimining zamonalashuvini tezlashtirmoqda.

Hozirda respublikadagi keng tarmoqdi banklar zamonaviy talablarga javob beradigan shaklda xo’jaliklar, tashkilotlar va aholiga xizmat ko’rsatmoqda.



Download 72,66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish