Tovar-moddiy zaxiralari harakati bilan bog 'liq muo malalar auditining uslubiy muammolari reja



Download 20,5 Kb.
Sana29.03.2023
Hajmi20,5 Kb.
#923099
Bog'liq
активлар аудити


TOVAR-MODDIY ZAXIRALARI HARAKATI BILAN BOG 'LIQ MUO MALALAR AUDITINING USLUBIY MUAMMOLARI
Reja:

  1. Tovar-moddiy zaxiralari auditining asosiy me’yoriy hujjatlari. Tekshiruv maqsadi, vazifalari va axborot manbalari

  2. Tovar-moddiy zaxiralari harakati bilan bog‘liq muomalalar auditining uslubiyoti

  3. Tovar-m oddiy za x ira la m i inventarizatsiyadan o'tkazish tartibi, sifati va toliqligini tekshirish

Sub’yektlar ishlab chiqarish faoliyatlarini amalga oshirish uchun ma’lum miqdorda tovar-moddiy zaxiralariga ega bo'lishi kerak. Tovar-moddiy zaxiralari xo'jalik yurituvchi subyektlaming ishlab chiqarish faoliyatini normal davom etishini ta’minlaydi. Ulaming tarkibiga materiallar, xomashyo, ehtiyot qismlar va h.k lar kiradi. Tovar-moddiy zaxiralarini auditorlik tekshiruvidan o'tkazishning maqsadi-ulaming saqlanishi, tejamli va oqilona ishlatilishi, hisobga olishning to‘g‘ri tashkil etilishini aniqlashdan iborat. Shuningdek hisobot ko'rsatkichlarining ishonchliligini va tovar-moddiy zaxiralar bilan bogiiq muomalalar hisobi va soliqqa tortish uslubining O'zbekiston Respublikasida amal qilayotgan qonunchilik hamda me’yoriy hujjatlarga muvofiqligini aniqlash lozim. Ushbu maqsadga muomalalar mohiyatini, hamda nazorat tuzulmasi va buxgalteriya hisobi tizimini tekshiruvdan o'tkazish varisklami baholash orqali erishiladi. Zaxiralarni tekshirish, ular hajmi katta bo'lgan subyektlarda auditning asosiy qismi deb qaraladi. Tovar-moddiy zaxiralar bo'yicha hisobot ko'rsatkichlarining haqqoniyligini tekshirishda boshqa audit obyektlaridagi kabi, dastavval, balansning «ishlab chiqarish zaxiralari» (150-satr), «Tugallanmagan ishlab chiqarish (160-satr)», «Tayyor mahsulot» (170-satr), «Tovarlar» (180-satr) moddalari, Bosh daftar, jumal-orderlar va boshqa hisob registrlari orasidagi tenglikni aniqlash zarur (5.1-jadval). Shu bilan birga, sintetik va analitik hisob ma’lumottlarining muvofiqligiga ishonch hosil qilish muhimdir. Moddiy qiymatliklami ishlab chiqarish xarajatlariga olib borish va ulaming baholarini tekshirish, ishlab chiqarishga sarflash me’yorlari va boshqalarni tekshirish zarur. Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga da’vo qo'zg'atishning o'z vaqtidaligi va to'g'riligi hamda yo'ldagi (subyektga yetib kelmagan) materiallar qoldig'ining haqqoniyligini ham tekshirish kerak. Yo'ldagi moddiy qiymatliklami tekshirishning vazifalari: yo'ldagi moddiy qiymatliklar sifatida hisobda turgan har bir jo'natishning asosliligini aniqlash, yuklami yetkazib berishi muddatlarining o'tib ketmaganligini aniqlash, xo'jalik tomonidan yuklami qidiruv choralarining ko'rilishini aniqlash, bosh buxgalter va ta’minot xodimlari tomonidan


Tekshiruvjarayonida auditor quyidagilami aniqlashi lozim:

  • zaxiralaming haqiqatda mavjudligi;

  • zaxiralar bilan bog'liq barcha muomilalaming bugalteriya hisobi schyotlarida to'liq va to'g'i aks ettirilganligi;

  • barcha zaxiralar subyekt mulki ekanligi, ya’ni ularga mulkiy huquq mavjudligi, qarz sifatida aks ettirilgan summalar esa majburiyat ekanligi;

  • zaxiralami va ular bilan bog'liq majburiyatlarni baholashning to'g'riligi;

  • tovar-moddiy zaxiralarini hisobga olish tamoyillari to'g'ri tanlanilganligi va qo'llanilishining to'g'riligi.

Tovar-moddiy zaxiralarni tekshirishda quyidagi ma'lumot manbalaridan foydalaniladi:

  • moddiy qiymatliklami qabul qilish, hisobga olish, saqlash va berishga aloqador me’yoriy hujjatlar;

  • hisob siyosati to'g'risidagi buyruq;

  • tovar-moddiy zaxiralar bilan bog'liq muomalalami rasmiylashtirishga doir dastlabki hujjatlar;

  • tashkiliy-huquqiy hujjatlar va materiallar;

  • tovar-moddiy zaxiralami hisobga olishga doir buxgalteriya hisobi registrlari va buxgalteriya hisobotlari;

  • moddiy javobgar shaxslar bilan to‘Iiq moddiy javobgarlik to'g'risida tuzilgan shartnoma.

Auditor tekshiruv mobaynida tekshiruvning ushbu sohasi bo'yicha tanlangan hisob yuritish usullari va uslublari to‘g‘risida axborotga ega bo'lishi lozim. 4-sonli «Tovar-moddiy zaxiralar» nomli buxgalteriya hisobi milliy standarti talablariga muvofiq subyektning hisob yuritish siyosati to‘g‘risidagi buyrug‘ida tovar-moddiy qiymatliklami hisobga olishning uslubiy jihatlari, xususan quyidagilar haqidagi axborotlar aks ettirilishi lozim:


  • asosiy vositaiar bilan inventar va xo‘jalik ashyolari o‘rtasidagi chegaralar;

  • tovar-moddiy qiymatliklami sotib olish (tayyorlash) ni hisobga olish;

  • tovar-moddiy qiymatliklami ulaming turlari bo'yicha hisobdan o'chirish mobaynida baholash usullari.

Mijoz-subyekt rahbariyati, u yoki bu hisob yuritish tamoyili moliyaviy natijaga ta’sir qilishini bilsada, hisob siyosatiga kiritilgan ma’lumotlaming zarurligiga ko'p hollarda yetarli ahamiyat bermaydi. Mana shuning oqibatida har xil qoidabuzarliklar kelib chiqadi. Ulardan eng ko'p tarqalgani tanlangan hisob yuritish usullariga yoki ulami qo'llashda izchillikka rioya qilinmasligi hisoblanadi.Tovar-moddiy zaxiralami hisobga olishda qo'IIaniladigan dastlabki hujjatlar shakllari subyektdagi moddiy qiymatliklarning turlari va guruhlariga bog'liq. Qo'IIaniladigan dastlabki hujjatlarda barcha zarur rekvizitlar bo'lishi shart. Bunday dastlabki hujjatlarga quyidagilar kiradi: moddiy qiymatliklami olish uchun ishonchnomalar, kirim orderlari, materiallar, inventar va xo'jalik ashyolarini kirimga olish va hisobdan o'chirish dalolatnomalari, limit-zabor kartalari, talabnoma-nakladnoylar, tovar-transport nakladnoylari, ombor hisobi kartochkalari yoki daftari.Tashkiliy-huquqiy hujjatlar va boshqa ma’lumot manbalariga quyidagilar kiradi:

  • subyekt rahbarining buyrug'i (yoki farmoyishi), direktor kengashi majlisining bayonnomalari, ta’sischilar va boshqa hay’at yig'ilishi qarorlari. Agar subyekt ustav kapitalining miqdorini shakllantirish yoki o'zgartirish mobaynida ulush sifatida materiallar, inventar va xo'jalik ashyolari, tovarlar qo'shilgan bo'Isa, shuningdek agar dividendlar yoki daromadlar moddiy qiymatliklar bilan to'lansa ushbu hujjatlami o'rganish auditor uchun o'ta muhim ahamiyat kasb etadi;

  • subyektda o'tkazilgan auditorlik fekshiruvlari o'tgan yillardagi hisobotlari;

  • tovarlar, materiallar, xomashyolar va hokazolami yetkazib berish shartnomalari.

Auditoming subyekt xodimlari bilan rahbariyat tarkibidagi, buxgalteriya hisobi va ichki nazorat tizimidagi o'zgarishlar to'g'risidagi suhbatlari tekshiruv uchun zarur qo'shimcha axborotlar berishi mumkin. Bunday o'zgarishlaming natijalari ishchi hujjatlarda rasmiylashtirilgan bo'lishi lozim.
Tovar-moddiy zaxiralami hisobga olishga doir buxgalteriya registrlari xilma xil bo'lishi mumkin. Ular subyektda qo'lanilayotgan buxgalteriya hisobi shakli va usullariga, hamda mavjud tovar moddiy zaxiralaming turlari va guruhlariga bog'liq. Ammo, har qanday holatda ham auditor 1010 - «Xomashyo va materiallar», 1080 «Inventar va xo'jalik jihozlari», 1510 - «Materiallami tayyorlash va xarid qilish» va 1610 - «Materiallar qiymatidagi farqlar» schyotlar bo'yicha analitik va sintetik hisob registrlarini, saldo vedomostlari, omborxona hisobi kartochkalari, daftarlar, inventarizatsiya materiallarini hamda tugallanmagan ishlab chiqarishlar (2010, 2110, 2310 schyotlar) bo'yicha hisob registrlarini tahlil qilib chiqishi lozim.
Tovar-moddiy zaxiralar bilan bog'liq xo'jalik muomalalarini auditorlik tekshiruvidan quyidagi ketma-ketlikda o'tkazish maqsadga muvofiq mazkur tekshiruv uchastkasining yo'nalishlari bo'yicha hisob siyosatining qoidalarini o'rganish;

  • tovar-moddiy zaxiralariga doir ichki nazorat tizimining ishonchlilik darajasini baholash. Buning uchun ombor xo'jaligi va omborxonalaming holatini tekshirib chiqish;

  • moddiy javobgar shaxslar tomonidan tovar hisobotiarini tuzish va belgilangan muddatlarda buxgalteriyaga topshirilishini o'rganish;

  • tovar-moddiy qiymatliklarning hisobot sanasiga tarkibini tahlil qilish;

  • tanlab inventarizatsiya qilinadigan obyektiami va inventarizatsiya o'tkazish pozitsiyalarini aniqlash;

  • tovar-moddiy zaxiralar harakatini tahlil qilish;

Download 20,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish