Tovushlar va harflar



Download 300,17 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/16
Sana25.03.2022
Hajmi300,17 Kb.
#509571
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
fotima kurs ishi



Mavzu: 1-sinflarda “Tovushlar va harflar” bo’limini o’rgatish orqali fonetik 
bilimni shakllantirish . 
Reja: 
I Kirish:
Boshlang’ich sinflarda ona tili darslarining qo’llanilishidan maqsad. 
II Asosiy qism: 
1.
Fonetika va grafika asoslarini o’rganish metodikasi. 
2.
Savod o’rgatish davri. 
3.
Tovushlar va harflar, unli va undosh tovushlarning xususiyatlari bilan 
tanishtirish. 
4.
O’quvchilar fonetik bilimlarini tekshirish metodlari.
III Xulosa. 
IV.Foydalanilgan adabiyotlar. 


Kirish 
Boshlang’ich sinflarda ona tili darslarining qo’llanishidan maqsad. 
O’zbek xalqi juda qadim zamonlardanoq ilm-fanga katta e’tibor bilan 
qaragan va uni rivojlantirishga harakat qilgan. Ibn-Sino, Beruniy, Al-Xorazmiy, 
Amir Temur, Ulug’bek va boshqa ko’plab allomalar ilm-fanni dunyoga tanitganlar. 
Ilm-fan, ma’rifatga beqiyos hurmat bilan qaragan xalqimiz qanday qiyinchilik va 
to’siqlar bo’lmasin, o’z farzandlarining savodli bo’lishini orzu qilganlar, ularni 
yoshligidanoq maktabga o’qishga berganlar. Maktabdor domlalar o’z usullari va 
tajribalariga asosalanib bolalarga saboq berganlar. 
Demak, O’zbekistobda o’qitishning o’ziga xos usullari mavjud bo’lgan va 
ular rivojlanib borgan. Bu jarayon silliq kechmgan, ba’zi xato va kamchiliklarga 
yo’l qo’yilgan. Chunonchi, XX asrning 20-yillarida maktabni rivojlantirishda juda 
jiddiy xatolarga yo’l qo’yildi. Keyinchalik, 1931-yil 5-sentabrda qabul qilingan 
“Boshlang’ich va o’rta maktab haqida”gi , 1932-yil 25-avgustda qabul qilingan 
“Boshlang’ich va o’rta maktab o’quv dasturlari rejimi haqida”gi qarorlar 
yuqoridagi kabi yo’l qo’yilgan xato va kamchiliklarni bartaraf qilishda va o’quv 
mashg’ulotlari tizimini ishlab chiqishda maktabga va o’qituvchilarga yordam 
berdi. Tezlik bilan savod o’rgatishda analitik-sintetik tovush metodi qayta tiklandi. 
Grammatik, orfografik materiallarni izchil o’rgatishga, o’quvchilarning har 
tomonlama savodli bo’lib, madaniy nutqni egallashlariga katta ahamiyat berila 
boshlandi. O’quvchilar va o’qituvchilarning o’quv mehnatini tashkil etishning 
asosiy shakli bo’lgan dars metodikasi muvaffaqiyatli ishlana boshlandi.
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach, ta’lim sohasida ham katta islohotlar 
amalga oshirildi. Mustqillikning dastlabki yillaridanoq ona tili o’qitishga katta 
ahamiyat berila boshlandi. Bunda 1989-yil 21-oktabrda “O’zbektiliga Davlat tili 
maqomini berish haqida”gi qaror alohida o’rin tutadi. Ta’lim tashkilotlarida 
o’qitish tilidan foydalanish tartibi “ Davlat tili haqida”gi O’zbekiston Respublikasi 
Qonuni bilan tartibga solinadi . ( 33 – modda “Ta’lim berish tili ” )
1
1
“ Ta’lim to’g’risiga”gi qonun 4-bob Ta’lim faoliyatini tashkil etish va uning nazoratini amalgam oshirish 33-
modda 2020 - 19-bet . 


 Jumladan, “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” 
qabul qilindi, “Davlat tili to’g’risida”gi Qonun qaytadan ko’rib chiqildi, Davlat 
ta’lim standartlari ishlab chiqildi, ona tili dastulari va darsliklari yangilandi. 
“ Ta’lim to’g’risida”gi qonunda ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy 
printsiplari quyidagilardan iborat: 
-
ta’lim ustuvorligining tan olinishi ; 
-
ta’lim olish shaklini tanlash erkinligi ; 
-
ta’lim sohasida kamsitishlarga yo’l qo’yilmasligi ; 
-
ta’lim olishga doir teng imkoniyatlarni ta’minlanishi ; 
-
ta’lim va tarbiyaning insonparvarlik , demokratik xususiyati ; 
-
ta’limning uzluksizligi va izchilligi ; 
-
o’n bir yillik ta’limning hamda olti yoshdan yetti yoshgacha bo’lgan 
bolalarni bir yil davomida umumiy o’rta ta’limga tayyorlashning 
majburiyligi ; 
-
davlat ta’li standartlari va davlat ta’lim talablari doirasida ta’lim 
olishning hamma uchun ochiqligi ; 
-
o’quv dasturlarini tanlashga doir yondashuvning yagonaligi va 
tabaqalashtirilganligi ; 
-
insonning butun hayoti davomida ta’lim olishi ; 
-
jamiyatda pedogoglarning ijtimoiy himoya qilishning kafolatlanganligi ; 
-
ta’lim tizimining dunyoviy xususiyatga egaligi ; 
-
bilimlilik , qobiliyatlilik va iste’dodning rag’batlantirilishi ; 
-
ta’lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvining uyg’unligi ; 
-
ta’lim faoliyati sohasidagi ochiqlik va shaffoflik . ( 4- modda )
2
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 13-maydagi 
“O”zbekiston Respublikasida umumiy o’rta ta’limni tashkil etish to’g’risida”gi 
203-sonli qarorida umumiy o’rta ta’lim ikki bosqichdan iborat qilib belgilandi: 
1.
Boshlang’ich ta’lim 
2.
Umumiy o’rta ta’lim. 
2
O’zbekiston Respublikasi “Ta’lim to’g’risida”gi qonuni // I-bob Umumiy qoidalar // - Toshkent 2020- 4-bet.


Respublikada umumiy o’rta ta’limning standarti yaratildi.Unda boshlang’ich 
bosqich va umumiy o’rta ta’lim nihoyasida o’quvchilar egallashi lozim bo’lgan 
bilim, ko’nikma va malakalarning minimal darajasi belgilab berildi. Jumladan, 1-4 
sinflarda o’quvchilar ona tili va o’qish predmetlaridan o’qish texnikasi, matn 
mazmunini va o’zgalar fikrini anglash malakasi, fikrini yozma shaklda bayon etish 
malakasi bo’yicha bilim, ko’nikma va malakalarning minimal darajasi belgilab 
berildi. Bu o’rinda ona tiliga katta vazifa yuklatildi: ona tili ta’limiga o’quv fani 
sifatidagina emas, balki butun ta’lim tizimini uyushtiruvchi ta’lim jarayoni sifatida 
qaraldi. Ona tili bo’yicha minimal talablar uch parametrli standart o’lchovi orqali 
aks ettirildi: o’qish texnikasi, o’zgalar fikrini va matn mazmunini anglash, fikrini 
yozma shaklda bayon etish malakasi. Bu talablarni amalda bajarish ta’lim 
jarayoniga yangicha o’qitish texnologiyalarini tatbiq etishni taqozo qiladi. 
Hozirda o’quvchilarga bilim berish, bilimlarini oshirishda mustaqil ishlarni 
uyushtirish, bilimlarni hisobga olish kabi metodik tavsiyalar tizimi ishlab 
chiqilmoqda, texnik vositalardan unumli foydalanish, grammatik ta’limiy 
o’yinlarni joriy etish keng tus olmoqda, ta’lim jarayonida test topshiriqlaridan, turli 
boshqotirma va jadvallardan keng foydalangan holda mashg’ulotlar 
uyushtirilmoqda. Yuqoridagilardan ko’rinib turibdiki, ona tili o’quv fani sifatida 
shakllanib, rivojlanishning murakkab yo’lini bosib o’tmoqda.
Til fikrni shakllantirish va bayon etish, taassurot, his-kechinmalarni 
ifodalashda muhim o’rin tutadi. Til jamiyat a’zolarining bir-biri bilan o’zaro 
aloqasi uchun xizmat qiladigan vositadir. Tilning aloqa vositasi sifatidagi 
ahamiyati uzluksiz ortib boradi. Til borliqni oqilona, mantiqiy bilish vositasidir. 
Til birliklari yordamidagina bilish jarayonida umumlashtirish, tushunchani 
muhokama va xulosa bilan bog’lash amalga oshadi.
Til va nutq tafakkur bilan uzviy bog’lanadi. Tilni egallash va nutq o’stirish 
bilan o’quvchining fikrlash qobiliyati ham o’sib boradi. Maktabning vazifasi tilni 
kishilar orasidagi munosabatning rivojlangan nozik quroliga aylantirish 
hisoblanadi. Demak, kishilarning o’zaro munosabati, his-tuyg’ulari, kechinma va 


holatlari til vositasida aniqlashadi. Maktabda ona tilini chuqur o’rganish zarurati 
tilning bajaradigan asosiy vazifalaridan kelib chiqadi. 
K. D. Ushinskiy boshlang’ich maktab o’quv predmatlari tizimida ona tiliga 
katta ahamiyat berib, uni markaziy va yetakchi predmet hisoblagan. 
“Ajoyib o’qituvchi bo’lgan ona tili bolaga ko’p narsani o’rgatadi... 
Bola ikki-uch yil ichida shuncha ko’p narsa o’rganadiki, ko’p narsa bilib oladiki, 
yigirma yil qunt bilan metodik jihatdan juda to’g’ri o’qiganda ham uning yarmicha 
o’rgana olmaydi. Ona tilining ulug’ pedogogligi ham ana shundadir”
3
, _ deydi u. 
Shuning uchun ham boshlang’ich sinflarda ona tilini o’rganishga katta 
ahamiyat beriladi. Boshlang’ich sinf o’quvchilari ona tili darslarida ongli o’qish va 
savodli yozishga o’rganadilar, og’zaki va yozma nutqning qonun-qoidalarini 
egallaydilar. Ona tili sohasidagi ko’nikma-malakalar ( nutq, o’qish va yozishga oid 
malakalar) o’quvchilarning o’quv mehnatining zaruriy sharti va vositasidir. 
O’quvchi o’qish ko’nikmalarini egallash bilan bir qatorda, birinchi navbatda, 
o’zining ona tilini o’rganishi zarur, chunki ona tili bilimdonlikning, aql-idrokning 
kalitidir.
Ona tili boshqa fanlarni o’qitish vositasi hamdir: jamiyat tarixi ham, tabiiy 
fanlar ham ona tili yordamida o’rganiladi. Demak, ona tili bolaning umumiy kamol 
topishida ham, bilim va mehnatga havasini uyg’otishda ham alohida o’rin tutadi. 
Ona tili boshlang’ich sinflarda asosiy o’rinni egallar ekan, har bir o’quvchida 
ona tiliga qiziqish va muhabbatni tarbiyalab borish zarur. Boshlang’ich sinflarda 
ona tili mashg’ulotlari turi va mazmuni quyidagilarni o’z ichiga oladi: 
1.
O’qish, yozuv, grammatik materialni o’rganish, kuzatishlar hamda 
o’quvchilarning ijtimoiy faoliyatlari bilan bog’liq holda, ularning og’zaki va 
yozma nutqini o’stirish. 
2.
Birinchi sinfga kelgan bolalarga savod o’rgatish, ya’ni ularni elementar 
o’qishga va yozishga o’rgatish, bu ko’nikmalarni malakaga aylantirish. 
3
Ushinskiy K. D. Tanlangan pedagogik asarlar , - Toshkent:”O’zdavnashr”, 1959 – 49 – bet. 


3.
Adabiy til me’yorlarini, ya’ni imloviy va tinish belgilariga rioya qilingan 
savodli yozuvni, to’g’ri talaffuzni o’rganish, nutq va ulubiy elementlarni 
egallash. 
4.
Grammatika, fonetika, leksikologiyadan nazariy materiallarni o’rganish, 
tildan ilmiy tushunchalarini shakllantirish. 
5.
O’quvchilarni o’qish va grammatika darslari orqali badiiy, ilmiy-ommabop 
va boshqa adabiyotlar namunasi bilan tanishtirish, ularda badiiy asarni idrok 
etish ko’nikmasini hosil qilish. 
Bu vazifalarning hammasini boshlang’ich sinflarda ona tili predmeti hal etadi va 
ular ona tili dasturida aks etadi. Dastur davlat hujjati bo’lib, unda o’quv 
predmetining mazmuni va hajmi, shuningdek, shu predmetdan bilim, ko’nikma va 
malakalar darajasiga qo’yilgan asosiy talablar belgilangan bo’ladi.
O’qituvchi va o’quvchilar dastur talablari asosida ish olib boradilar. 
Boshlang’ich sinflarning ona tili dasturi ikki qismdan iborat: 

Download 300,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish