Transport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida



Download 24,97 Kb.
bet1/3
Sana09.06.2022
Hajmi24,97 Kb.
#646861
  1   2   3
Bog'liq
xisobot 25-19


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 1 fevraldagi “Transport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–5647-son Farmoniga muvofiq va O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi faoliyatini samarali tashkil etishni ta’minlash maqsadida:

1. Quyidagilar:

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining boshqaruv xodimlari cheklangan soni 152 nafardan iborat bo‘lgan markaziy apparati tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Transport vazirligi tuzilmasi, viloyatlar va Toshkent shahar transport boshqarmalarining namunaviy tuzilmasi 3 va 3a-ilovalarga muvofiq;

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi hududiy bo‘linmalari va davlat boshqaruvi organlari xodimlarining cheklangan soni 4 va 5-ilovalarga muvofiq;

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 68 nafardan iborat tuzilmasi 6-ilovaga muvofiq;

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi hududiy boshqarmalarining namunaviy tuzilmasi 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. O‘zbekiston Respublikasi transport vaziriga:

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi (keyingi o‘rinlarda – Vazirlik) markaziy apparati va hududiy bo‘linmalari, shuningdek, Vazirlik huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tuzilmasiga zarur hollarda boshqaruv xodimlarining belgilangan cheklangan umumiy soni doirasida o‘zgartirishlar kiritish;

davlat organlari va boshqa tashkilotlar, yetakchi loyiha institutlari, ilmiy va ta’lim muassasalari yuqori malakali mutaxassislarini, shuningdek, xalqaro tashkilotlar, xorijiy kompaniyalar va ekspertlarni konsultantlar sifatida jalb etish;

malakali xorijiy mutaxassislarni ishga qabul qilish va ularga ish haqi miqdori hamda boshqa to‘lovlarni chet el valyutasida belgilash huquqi berilsin.

3. Belgilansinki:

O‘zbekiston Respublikasi transport vaziri O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri taqdimiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tasdiqlanadi va lavozimdan ozod etiladi;

O‘zbekiston Respublikasi transport vaziri o‘rinbosarlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi;

Vazirlik huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktori, Temir yo‘llarda yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi hamda Yo‘l-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyasi boshliqlari O‘zbekiston Respublikasi transport vaziri taqdimiga ko‘ra Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi;

Vazirlik huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisining, Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktorining, Temir yo‘llarda yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi hamda Yo‘l-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyasi boshliqlarining o‘rinbosarlari ularning rahbarlari taqdimiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi transport vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi transport vaziri va uning o‘rinbosari – Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi transport vaziri bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi;

viloyatlar va Toshkent shahar transport boshqarmalari boshliqlari va ularning o‘rinbosarlari – viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi transport vaziri bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi;

Vazirlik va uning hududiy bo‘linmalari shtat birliklarini shakllantirish O‘zbekiston avtomobil transporti agentligi shtat birliklari, Vazirlik huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi, Fuqaro aviatsiyasi agentligi, Temir yo‘llarda yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi, shuningdek, Vazirlikka o‘tkazilayotgan ilmiy-tadqiqot institutlari, ta’lim muassasalari va boshqa tashkilotlarning vakolatlari va shtat birligini optimallashtirish hisobidan amalga oshiriladi;

Vazirlik hududiy bo‘linmalari xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 9 yanvardagi PQ–2722-son “Davlat boshqaruvi hududiy organlari faoliyatini yanada takomillashtirish va xodimlarini moddiy rag‘batlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining 1-bandida nazarda tutilgan mehnatga haq to‘lash shartlari tatbiq etiladi;

Vazirlik, uning hududiy bo‘linmalari va idoraviy bo‘ysunuvidagi davlat boshqaruvi organlarining ta’minoti xarajatlarini moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.

4. O‘zbekiston avtomobil transporti agentligining Avtomobil transportini rivojlantirish jamg‘armasi negizida, mablag‘larining shakllantirish manbalari saqlangan holda, yuridik shaxs tashkil etmasdan O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etilsin.

Shahar, shahardan tashqari, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlarda avtomobil transportida yuk va yo‘lovchilar tashishni amalga oshirish uchun litsenziya berish va ularning amal qilish muddatini uzaytirishdan tushadigan davlat boji mablag‘larining 40 foizi O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjetiga Vazirlik va uning hududiy bo‘linmalarini ta’minlash xarajatlarini moliyalashtirish uchun yo‘naltirilishi belgilansin.

Vazirlik Moliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga quyidagilarni nazarda tutuvchi hukumat qarori loyihasini kiritsin:

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomni, uning mablag‘larini shakllantirishning qo‘shimcha manbalarini belgilagan holda tasdiqlash;

Transport va logistikani rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan Vazirlik va uning idoraviy tashkilotlari xodimlarini mehnatga haq to‘lash fondining 200 foizgacha bo‘lgan miqdorda qo‘shimcha moddiy rag‘batlantirish tartibi.

5. Vazirlik Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi va Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga:

bir oy muddatda mazkur qaror talablarini inobatga olgan holda, Vazirlik huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi, Temir yo‘llarda yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi hamda Yo‘l-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi hukumat qarori loyihasini;

ikki oy muddatda tartibga solish funksiyalarini istisno qilish, investitsiyalarni jalb etish, shuningdek, raqobat muhitini shakllantirish va temir yo‘l transportida yuk va yo‘lovchilar tashishda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ va boshqa tadbirkorlik sub’ektlari – O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari uchun teng sharoitlarni yaratish maqsadida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha takliflarni;

ikki oy muddatda transport va yo‘l xo‘jaligi sohasida ta’lim, xodimlarni qayta tayyorlash, malakasini oshirish tizimini va ilmiy-tadqiqot ishlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflarni;

ikki oy muddatda Vazirlik tizimiga kiruvchi tijorat tuzilmalarini O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga o‘tkazish to‘g‘risidagi hukumat qarori loyihasini;

uch oy muddatda xorijiy mutaxassislarni jalb qilgan holda avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va foydalanish tizimini takomillashtirish bo‘yicha, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining davlat va tijorat funksiyalarini ajratishni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasini kiritsin.

6. O‘zbekiston avtomobil transporti agentligi va uning hududiy bo‘linmalari tugatilayotganligi munosabati bilan bo‘shayotgan bino va xonalarga Vazirlik va uning hududiy bo‘linmalari joylashtirilsin.

7. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:

mazkur qaror talablaridan kelib chiqqan holda 2019 yilda Vazirlikning asoslangan hisob-kitoblari bo‘yicha Vazirlikni ta’minlash xarajatlari uchun zarur bo‘lgan byudjet mablag‘lari ajratilishini ta’minlasin, 2020 yildan boshlab esa har yili zarur byudjet mablag‘larini O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti parametrlarida nazarda tutsin;

Vazirlik markaziy apparati va hududiy bo‘linmalarining jami 21 ta, shu jumladan, 19 ta shaxsiy biriktirilgan, shundan 14 tasi Vazirlikning hududiy bo‘linmalari uchun, xizmat avtomobillari ta’minoti uchun limit belgilansin.

8. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Vazirlikni telefon aloqasi, shu jumladan, hukumat aloqasi bilan belgilangan tartibda ta’minlasin.

9. Vazirlik:

O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining statistika axborotlarini tarqatish majburiy bo‘lgan tashkilotlar ro‘yxatiga;

Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 7 oktyabrdagi 336-son qarori bilan tasdiqlangan Rahbarlari xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish to‘g‘risida iltimosnoma kiritishi mumkin bo‘lgan davlat hokimiyati organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlari ro‘yxatiga kiritilsin.

10. Vazirlik O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga:

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi to‘g‘risidagi nizom loyihasini;

mazkur qaror qoidalaridan kelib chiqqan holda, davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining transport sohasidagi takrorlanuvchi vazifalari, funksiyalari, vakolatlari va tuzilmalarini tugatish bo‘yicha takliflarni;

qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish
va qo‘shimchalar to‘g‘risidagi takliflarni kiritsin.

11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh.Nizomiddinov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi o‘rinbosari B.M.Mavlonov zimmasiga yuklansin.

O'zbekiston Respublikasi Avtomobil davlat yo'llari qo'mitasi

Avtomobil yo'llarini boshqarish bo'yicha maxsus vakolatlarga ega bo'lgan davlat organi sifatida Davlat qo'mitasining asosiy vazifalari va faoliyat yo'nalishlari etib quyidagilar belgilandi: 


avtomobil yo'llari sohasida yagona texnik siyosatni olib borish; 
avtomobil yo'llari tarmoqlarini rivojlantirish va takomillashtirish istiqbollarini belgilash; 
avtomobil yo'llarining xalqaro tranzit yo'laklarini shakllantirish; 
zamonaviy transport oqimi sharoitida avtomobil yo'llaridan foydalanuvchilarning manfaatlarini hisobga olib, avtomobil yo'llarini moliyalashtirish, loyihalashtirish, qurish, ta'mirlash va ulardan foydalanish masalalari kompleks hal etilishini ta'minlash hamda buyurtmachi xizmatining samarali faoliyatini tashkil etish; 
xo'jaliklararo qishloq avtomobil yo'llarining, shaharlar, shahar posyolkalari, qishloqlar va ovullar ko'chalarining mavjud tarmog'i saqlanishini ta'minlash ishlarini muvofiqlashtirish, ulardan transportda foydalanish darajasi yuqori bo'lishini ta'minlash; 
ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, avtomobil yo'llarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish, ta'mirlash va saqlash sohasida innovatsion texnologiyalar va zamonaviy standartlarni joriy etish
umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish, ta'mirlash va saqlash sohasidagi shaharsozlik normalari va qoidalari, sifat standartlariga rioya etilishini ta'minlash; 
avtomobil yo'llari sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni, jumladan, chet ellarda o'quv-amaliyot kurslari va seminarlar tashkil etish. 
Farmonda, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Yo'l-qurilish ishlarining sifati ustidan nazorat olib boradigan Davlat inspeksiyasini tashkil etish nazarda tutilgan. 
Quyidagilar Davlat inspeksiyasining asosiy vazifalari va faoliyat yo'nalishlari hisoblanadi: 
yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan yo'l qurilishi ishlarida, yo'l-qurilish materiallari, mahsulotlar va konstruksiyalarni ishlab chiqarishda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga rioya etilishini nazorat qilish
qurilishi tugallangan yo'l obyektlarini foydalanishga qabul qilish bo'yicha komissiyalar ishida qatnashish; 
yo'l qurilishi bo'yicha shaharsozlik qonunchiligiga rioya qilinishi ustidan nazorat qilishni tashkil etish borasida texnik jihatdan tartibga solish sohasida normativ hujjatlarni takomillashtirishga doir takliflar kiritish va unda ishtirok etish; 
yo'l-qurilish materiallari, mahsulotlar va konstruksiyalarni standartlashtirish va sertifikatlashtirish ishlarini olib borish. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 1 fevraldagi “Transport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5647-son Farmoni bilan O‘zbekiston avtomobil transporti agentligi negizida O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi tashkil etildi.


Vazirlik avtomobil, temir yo‘l, havo, daryo transportlari, metropoliten, shuningdek, yo‘l xo‘jaligini rivojlantirish sohasidagi yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha davlat boshqaruvi organi hisoblanadi;
Vazirlikning vakolatlari va vazifalari yuqoridagi qayd etilgan Farmon, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 1 fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasi transport vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi PQ-4143 sonli qarori hamda bilan belgilab berilgan.
Vazirlik unga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bevosita hamda uning tuzilmasiga kiruvchi hududiy bo‘linmalar va idoraviy mansub tashkilotlar orqali amalga oshiradi.

Download 24,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish