Transport tizimlari



Download 7,65 Mb.
bet2/32
Sana20.06.2022
Hajmi7,65 Mb.
#679847
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
Bog'liq
Behzod B.Orginal

Urganch–2018 yil.
MUNDARIJA
Kirish...............................................................................................................
I.ADABIYOTLAR TAHLILI..........................................................................
1.1.Gurlan tumani MTP ni tuzilishi vazifasi va tarkibi....................
1.2.Gurlan tumani MTP ni ta’mirlash ustaxonasi faoliyati..................
1.3. Toblashning ahamiyati va toblash usullari.....................................
1.4.Qishloq xo’jaligi mashinalarining toblanadign asosiy ishchi organlari…………
1.5. Bitiruv malaka ishi mavzusini asoslash……………………………
II.LOYIHAVIY-TEXNOLOGIK QISM

2.1.Toblash uchastkasida bajariladigan ishlarni mehnat hajmini


hisoblash ………………
2.2. Uchastkaning ish rejimi va vaqt fondini hisoblash……………………
2.3. Uchastkadagi ishchilar va boshqa xodimlar sonini hisoblash…………..
2.4. Uchastkaning ishlab chiqarish maydonini aniqlash………………………
2.5. Lemexlarni toblash texnologik kartasi..............................………………
III. IQTISODIY QISM
3.1.Lemexlarni toblash narxini kalkulyasiyasini tuzish…………………..
3.2.Toblash uchastkasining texnik iqtisodiy ko‘rsatkichlarini aniqlash…………………………………………………………………………..
IV. MEHNATNI MUHOFAZA QILISH QISMI
4.1.Detallarni toblashda xavfsizlik texnikasi va sanoat sanitaryyasining asosiy qoidalari.……………………..................................
4.2.Yong‘indan ximoyalanish.…………………………......................................
4.3.Ishlab chiqarish xonalarini shamollatish…………………………….
4.4.Baxtsiz hodisalar ro‘y berganda dastlabki tibbiy yordam ko‘rsatish.....
Xulosa……………………………………………………………………………..
Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………………
Internet ma’lumotlar…………………………………………………………….
Ilovalar……………………………………………………………………………
KIRISH
Respublikamizda qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishini yanada yuksaltirish uchun unda amalga oshirilayotgan islohatlarni yanada chuqurlashtirish, jumladan ishlab chiqarishni tashkiliy forma va shakllarini doimiy takomillashtirib borish, ilg’or-serunum texnologiyalarni joriy etish, qishloq xo‘jalik texnikalaridan samarali foydalanish, ularga bo‘lgan munosabatlarni tubdan yaxshilash, mexanizatsiyalashtirilgan jarayonlarni sifatli amalga oshirilishiga, ular bilan ishlovchi mexanizator va muxandis-mutaxassislarning malakalarini muntazam mukammallashtirib borilishiga e’tiborni yanada kuchaytirilishi talab etiladi.
Bugungi kunda fermer xo‘jaligi haqli ravishda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining yetakchi bo‘g‘iniga, uni tashkil etishning asosiy shakliga aylandi. Hozirgi vaqtda fermerlik xarakati o‘z tarkibida 66 mingdan ziyod fermer xo‘jaligini birlashtirmoqda. Mamlakatimizdagi jami haydaladigan erlarning 85 foizidan ortig‘i, yetishtiriladigan qishloq xo‘jaligi mahslotlarining asosiy qismi aynan fermerlar xissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
Qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishining to‘xtovsiz rivojlanib borishini ta’minlovchi asosiy omillardan biri, uning zamonaviy, serunum, yuqori quvvatli va mustaxkam texnikalar bilan qurollanish darajasini to‘xtovsiz o‘sib borishidir.
Bugungi kunda tarmoqda 172 mingdan ortiq texnikaga talab bo’lgani holda, 16 mingta texnika mavjud yoki 26 mingta texnika yetishmaydi.
Fermer xo’jaliklarining yuqori unumli haydov traktorlari bilan ta’minlanishi 75% ni, g’alla o’rish konbayinlari 86% , paxta terish mashinalari -28% , qo’shqator chigit ekish seyalkalari – 60% , don ekish seyalkalari bilan ta’minlanishi 25 % ni tashkil etadi. Umuan, yetishmaydigan va eskiran texnikani hisobga olganda, jami 82 mingta yangi qishloq xo’jaligi texnikasiga talab mavjud.

O’zbekiston Respublikasi prezidentining 2018-yil 29-may “Qishloq xo’jaligi maxsulotlari ishlab chiqaruvchilarga mexanizatsiya va servis xizmatlarini ko’rsatish samaradorligni oshirish bo’yicha qo’shimcha chora tadbirlar to’g’risida”gi qaror qabul qilindi.


Qarorga muvofiq:


-2018-yil 1-iyuldan “o’zagroservis” AJ “O’zagrotexsanoatxolding” AJ tuzilmasidan chiqariladi.
-2018-yil 1-noyabrdan quyidagilar orqali mashina traktor parklarini boshqarishning eng samarali shaklini tanlash bo’yicha ekspriment o’tkaziladi :
-“O’zagrosevis” AJning 26-ta mashina traktor parkini tadbirkorlik subyektlariga sotish;
-“O’zagroservis” AJning 3 ta mashina traktor parkini davlat unitar korxonalariga – “tuman MTP” DUKka aylantirish.
-2018-yil 1-iyundan yakka tartibdagi tadbirkorlarga qishloq xo’jaligi maxsulotlarini ishlab chiqaruvchilarga mexanizatsiya va servis xizmatlari ko’rsatish faoliyatini amalga oshirishga ruxsat berildi .
-“O’zagroservis” tizimidagi mashina traktor-parklarining mamlakatimiz bo’yicha jami mexanizatsiya xizmatlardagi ulushi 2016-yil 14 foizni tashkil etgan bo’lsa, 2 017-yilda 26 foizga yetgan, joriy yilda 41 fioiz bo’lishi kutilayotir.
Fermer-qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishining tashkilotchisi , dehqonchilikda hosildorlikni oshirish, ko‘p va arzon maxsulot tayyorlash uchun qishloq xo‘jalik ishlarining o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini hamda ishlatiladigan materiallar sarfini nazorat qiladi. Traktor ishlarining texnologik kartasini tuzadi, agregatlarning marshrutini belgilaydi, qishloq xo‘jalik ishlari texnologiyasining bajarilishini ta’minlaydi. Xo‘jalikdagi mashinalarning ta’mirlash sifatini tekshirish va kadrlar tanlash ishlarini bajaradi. SHu sababli malakali fermer faqat agronomiya va biologiya bilimlarini chuqur o‘zlashtirish bilan birga, mashinalar tuzilishi, ishlashi, texnik xizmat ko‘rsatish ishlarini ham bilishi lozim.
Ana shu talabni amalga oshirish maqsadida Gurlan MTP MCHJ da quyidagi ishlar amalga oshirish rejalashtirilgana:
-Mavjud texnika va ta’mirlash ustaxonalarini to‘liqqkuvvat bilan ishlatish;-Xizmat ko‘rsatish turlarini yangi texnikalarni xarid qilish evaziga ko‘paytirish;
-Xizmat ko‘rsatish turlarini ko‘paytirish bilan birga Mashina-Traktor Parkida faoliyat ko‘rsatayotgan ishchi-xizmatchilarning ishlashlari hamda dam olishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish;
-Ish haqini doimiy ravishda olinadigan foyda va daromadlarni ko‘paytirish evaziga mutanosib oshirib borish;
-Olinadigan sof foydani ko‘paytirish evaziga jamiyat uchun kerakli bo‘lgan ish muhitini yaratish , bunda jamiyatni zamonaviy kompyuterlar bilan jihozlash, tegishli idoralar bilan axborot almashinishni yo‘lga qo‘yish uchun lokal kompyuter tarmog’ini o‘rnatish;
Ushbu vazifalarni bajarilishi orqali jadal rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, zarur texnika vositalari bilan ta’minlash, ularga xizmatlar ko‘rsatish darajasini oshirish va pirovard natijada iqtisodiy rivojlantirishga, ishlovchilarning turmush darajasini oshirishga, qishloq xo‘jaligi maxsulotlarining tannarxini kamayishiga xizmat qiladi.



Download 7,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish