Tsz: Tabiiy resurslar / Er] O‘zbekiston respublikasining yer kodeksi



Download 173,02 Kb.
bet22/62
Sana31.03.2022
Hajmi173,02 Kb.
#520868
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   62
Bog'liq
Yer kodeksi

28-modda. Yer uchun haq to‘lash
O‘zbekiston Respublikasida yerdan foydalanganlik uchun haq to‘lanadi.
O‘z egaligida va foydalanishida hamda mulkida yer uchastkalari bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar yer uchun haq to‘laydilar. Yer uchun haq har yili to‘lanadigan yer solig‘i shaklida olinadi, uning miqdori yer uchastkasining sifatiga, joylashishiga va suv bilan ta’minlanish darajasiga qarab belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Yer solig‘ining stavkalari, uni hisoblash va to‘lash tartibi qonunchilik bilan belgilanadi.
(28-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining XVI bo‘limi (Yer solig‘i).
Oldingi tahrirga qarang.
Yer uchastkalari ijaraga berilganda yer uchun haq ijara haqi shaklida olinadi. Ijara haqi yer solig‘iga tenglashtiriladi. Yer uchastkalarini ijaraga olgan shaxslar yer uchun ijara haqini yer solig‘i to‘lovchilar uchun belgilangan tartibga muvofiq budjetga to‘laydilar.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 544-moddasining birinchi, ikkinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi XVI bo‘limi (Yer solig‘i), 287-moddasining ikkinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasi “Ijara to‘g‘risida”gi Qonunining 12-moddasi.
(28-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 28-dekabrdagi O‘RQ-138-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 52-son, 533-modda)
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Erdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.15.00 Er uchastkalariga bo‘lgan huquqlarning cheklanishi (er uchastkalarini saqlash vazifasi)]
29-modda. Yer uchastkasini saqlash vazifasi
Oldingi tahrirga qarang.
Egalik qilishga, foydalanishga, ijaraga berilgan yoki boshqa asoslarga binoan olingan yer uchastkasini saqlash vazifasi qonunchilikka muvofiq quyidagi majburiyatlar bilan ta’minlanishi mumkin:
(29-modda birinchi qismining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
yer uchastkasini sotish yoki o‘zgacha tarzda boshqalarga o‘tkazishni taqiqlash;
yer uchastkasini ikkilamchi ijaraga va yordamchi pudratga, ushbu Kodeks 51-moddasining o‘ninchi qismida nazarda tutilgan holatda esa, ijaraga berishni taqiqlash;
yer uchastkasidan asosiy foydalanish maqsadini o‘zgartirishni taqiqlash;
faoliyatning ayrim turlarini taqiqlash;
belgilangan tartibda kelishuvsiz ko‘chmas mol-mulkning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishni, imorat, bino, inshootni rekonstruksiya qilish yoki buzishni taqiqlash;
yer unumdorligini saqlash va oshirish, irrigatsiya va melioratsiya tizimlarini soz holatda saqlash chora-tadbirlarini amalga oshirish;
yer uchastkasida qurilish qilishni yoki uni o‘zlashtirishni belgilangan muddatlar mobaynida boshlash va tugallash;
Oldingi tahrirga qarang.
tabiatni muhofaza qilish talablariga rioya qilish yoki muayyan ishlarni bajarish, shu jumladan yer uchastkasidagi tuproq qatlamini, noyob o‘simliklarni, davlat tabiat yodgorliklarini, shuningdek moddiy madaniy meros obyektlarini asrash.
(29-modda birinchi qismining to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 4-yanvardagi O‘RQ-278-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 1-2-son, 1-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Yer uchastkasini saqlash vazifasi qonunchilikda belgilangan boshqa majburiyatlar, cheklashlar yoki shartlar bilan ham ta’minlanishi mumkin.
(29-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Yer uchastkasini saqlash vazifasi shartlari uning huquqiy maqomiga kiritilib, davlat ro‘yxatiga olinishi lozim va u yer uchastkasi boshqa shaxsga o‘tganida saqlab qolinadi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksi 81-moddasining ikkinchi, uchinchi qismlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 31-dekabrdagi 543-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat yer kadastrini yuritish tartibi to‘g‘risida”gi nizom 15-bandi, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-dekabrdagi 1060-son qarori bilan tasdiqlangan “Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizom.
Oldingi tahrirga qarang.
Yer uchastkasini saqlash vazifasining tartibi qonunchilik bilan belgilanadi.
(29-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.07.00 Boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.07.06 Servitutlar (shuningdek, 11.03.08.07ga qarang);
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Erdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.08.00 Erga nisbatan mulk va boshqa huquqlar / 11.03.08.07 O‘zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) (shuningdek, 03.08.07.06ga qarang)]

Download 173,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish