Tuelbaev Sultanbekning



Download 0,72 Mb.
Sana27.02.2021
Hajmi0,72 Mb.
#60063
Bog'liq
Qаhrаmоnlаr unutilmаydi.


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI ALOQA AXBOROTLASHTIRISH VA TELEKOMMUNIKATSIYA VA KOMMUNIKATSIYALARNI RIVOLANTIRISH VAZIRLIGI

Muxammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnalogiyalari universiteti Nukus filiali

“Kompyuter injiniringi” mutaxassisligi 1-kurs 105-19 gurux talabasi

Tuelbaev Sultanbekning

“Akademik yozuv” fanidan



MUSTAQIL ISH

TOPSHIRGAN: Tuelbaev Sultanbek

QABULLAGAN: F.F.N Jaksimova U. _______

Nukus-2020

Mavzu: Qаhrаmоnlаr unutilmаydi.

Reja:


  1. Hesh kim hech qachon unutilmaydi.

  2. Tinchlik – buyuk ne’mat


Yurtdoshlarimizning qahramonligi unutilmaydi

 

TelegramFacebookTwitterOdnoklassniki

Eshonqul Ismoilov 1912 yil Payariq tumanining Kichik turk qishlog‘idagi dehqon oilasida tug‘ilgan. Dastlab sobiq Karl Marks nomidagi kolxoz tabelchisi, brigadir va ferma mudiri, rais muovini vazifalarida ishlagan. 1942 yil tuman harbiy komissariyati tomonidan armiya safiga chaqirilgan. Dastlab Belorussiya frontida, keyin Ukraina frontida fashistlar bilan bo‘lgan shiddatli janglarda qatnashdi.

Urush oxirlarida sovet armiyasi Polshaning Proznan shahrini ozod etishda qatnashib, ko‘rsatgan jasorati uchun gvardiyachi askar E.Ismoilov “Sovet ittifoqi qahramoni” unvoniga sazovor bo‘lgan. Bu yerdagi janglarda mardlik ko‘rsatgan jangchi qurshovda qolgan 400 nafarga yaqin yarador askar va ofitserlar davolanayotgan gospitalni ozod etish ishlarida qatnashdi.

Urushdan o‘z yurtiga qaytgan E.Ismoilov G‘allaorol tumanidagi “Qizil kuch” kolxozida mehnat faoliyatini davom ettirdi - ferma mudiri, ombor mudiri, rais muovini, ittifoq qishloq soveti raisi bo‘lib ishladi.

1975 yilda g‘alabaning 30 yilligi Polsha Respublikasida katta tantanalar bilan niishonlandi. Ushbu tadbirlarga Proznan shahri meridan Eshonqul Ismoilovga taklifnoma kelgan. Lekin ayrim sabablar bilan qahramon bu marosimlarga borolmagan. Oradan ko‘p vaqt o‘tmay Polshadan maxsus vakillar E.Ismoilov xonadoniga kelib, orden va medallarni tantanali topshirishgan.

E.Ismoilov 1990 yilda vafot etdi. U tug‘ilib o‘sgan qishloq maktabi  Eshonqul Ismoilov nomi bilan atalardi. Hozirda qahramonning nabirasi ushbu maktabda direktor sifatida faoliyat yuritmoqda.

Urushning birinchi kunlaridayoq frontga ketganlar orasida Bog‘ishamol tumani rahbar xodimlaridan Ziyoboyev, Samarqand shahar yoshlar qo‘mitasining sobiq kotibi R.Karimov, Samarqand davlat universitetining sobiq rektori A.Valiyev, shu oliygoh ilmiy xodimlari M.Burnashev, T.Xoliqov bor edi. 1941 yil 1 avgustgacha samarqandliklar frontga ko‘ngillilar qatorida jo‘natishlarini so‘rab, tuman, shahar harbiy komissariatlariga 3 mingdan ko‘proq ariza berdilar.



"Hamma narsa front uchun" shiori ostida boshlangan harakat tufayli 1941 yilning dekabrida Samarqand viloyatidan 6751 kilogramm kishmish, 22 ming 309 kilogramm quruq meva, 1 034 kilogramm guruch, 5 914 kilogramm sabzavot va 2 475 so‘m naqd pul frontga yuborildi. 1942 yil davomida yordam yanada kuchaytirilib, oziq-ovqat va kiyim-kechak ortilgan 85 vagon frontga jo‘natildi.

Samarqandlik xotin-qizlar tashabbusi bilan 3 000 ta kalta po‘stin, 8 000 ta piyma, 7 000 ta telpak, 9 000 juft qo‘lqop, 5 000 ta paxtali shim va 17 ming juft paypoq jangchilarga yetkazib berildi.

Samarqand mehnatkashlarining yuksak fazilatlaridan biri shu bo‘ldiki, urush tufayli vayron bo‘lgan shahar va qishloqlardan 165 ming kishini, shuningdek, ota-onasiz qolgan 20 mingdan ziyod bolani o‘z bag‘riga oldi. Jumladan, Kattaqo‘rg‘on shahrida yashayotgan Hamid Samatovning oilasi 13 nafar yetim bolani o‘z familiyasiga olib tarbiyaladi.

Sobiq ittifoqning turli hududlaridan ko‘chirib keltirilgan, ota-onasidan ajralib qolgan bolalarni joylashtirish uchun viloyatda 8 ta bolalar uyi, 50 dan ziyod qo‘shimcha sinflar tashkil etildi.

Urushdan ozod qilingan yerlarga ham O‘zbekiston xalqi tomonidan katta yordam ko‘rsatildi. 1943 yilda Rossiya, Ukraina va Belorusiya shahar va qishloqlariga Samarqand viloyatidan 31 ming 600 bosh qoramol, 1 200 ta ot, 800 bosh ho‘kiz, 8 000 qo‘y va echki yuborildi.

Urush yillarida samarqandlik jangchilar oilasiga yordam ko‘rsatish bo‘yicha katta tadbirlar amalga oshirildi. "Lenin yo‘li" (hozirgi "Zarafshon") gazetasining 1942 yil 28 noyabrdagi sonida yozilishicha, 1942 yilning avgust-noyabr oylarida Bulung‘ur tumanida 1238 harbiy xizmatchi oilasi uyi ta’mirlangan. Ularga 10 tonna g‘alla, 12 tonna arpa, 11 tonna jo‘xori berildi. 89 oilaga sigir va 469 oilaga echki ajratilgan.

O‘sha davrga oid hujjatlarda qayd etilishicha, 1943 yilda Samarqand viloyatida 32 ming 512 nafar harbiy xizmatchi oilasi nafaqa bilan ta’minlangan. Ulardan 10 ming 551 nafari keksayib qolgan ota-onalar, 15 ming 527 nafarini bolalar tashkil qilardi.

Ikkinchi jahon urushida o‘zbekistonliklardan 85 nafari janglarda ko‘rsatgan jasorati uchun sobiq ittifoq qahramoni bo‘ldi. Jumladan, samarqandlik Bois Ergashev, Eshonqul Ismoilov, Ochil Qodirov, Aliboy Qaraboyev, Toganboy Kaumboyev, Ahmadjon Qurbonov, Rovshan Maxmudov, Bakir Mustafoyev, Pirimqul Nurmonov, Qudrat Suyunov, Astonqul Xushnazarov ana shunday yuksak mukofotga sazovor bo‘ldi.

Yuqoridagi va boshqa ma’lumotlar O‘zbekiston xalqi, jumladan, samarqandliklar ham Ikkinchi jahon urushi yillarida janglarda jasorat, mehnatda fidokorlik ko‘rsatganligi, bag‘rikenglik qilganidan dalolat berib turadi. Ushbu jarayonlarda faol qatnashgan, fidoyilik ko‘rsatgan yurtdoshlarimiz – Ikkinchi jahon urushi va mehnat fronti faxriylari bugun davlatimiz va xalqimiz e’zozida hayot kechirmoqda. Bugun barchamiz ana shu insonlarga ta’zim qilamiz, ulardan cheksiz minnatdormiz.

Tinchlik – buyuk ne’mat




Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari hamda Vatanimiz ravnaqi yo‘lida fidokorona mehnat qilgan faxriylarga yuksak hurmat-ehtirom ko‘rsatilayotgani mamlakatimizda inson sha’ni va qadr-qimmati oliy qadriyat darajasiga ko‘tarilganidan dalolatdir.

O‘tganlar xotirasini e’zozlash, keksalarga izzat-hurmat ko‘rsatish xalqimizga xos ezgu fazilatlardan. Davlatimiz rahbarining 2014-yil 18-aprelda qabul qilingan "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi farmoni mamlakatimizda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va keksa avlod vakillariga ko‘rsatilayotgan ehtiromning yana bir yorqin ifodasi bo‘ldi.



Poytaxtimizning Hamza tumanidagi Umid mahallasida yashovchi Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Uzoqboy ota Ahroyev ana shunday tabarruk insonlardan.

Uzoqboy Ahroyev urushdan qaytgach, Toshkent temir yo‘l transporti muhandislari institutida o‘qidi. Institutni bitirgach, uzoq yillar temir yo‘l sohasida mehnat qildi. Turmush o‘rtog‘i Muhabbat aya bilan besh farzandni tarbiyalab, el-yurt koriga yaraydigan insonlar safiga qo‘shdi.

Bugun mahallada bu oilani kattayu kichik hurmat qiladi. Piru badavlat otaxon va onaxonni ziyorat qilishga, ularning duosini olishga intiladi.



Uzoqboy ota nevara-chevaralari, mahalla yoshlarini yoniga chorlab, hayot yo‘li, turmush saboqlari haqida hikoya qilishdan charchamaydi. Ularni bebaho boyligimiz bo‘lgan bugungi tinch-osoyishta, farovon kunlarning qadriga yetishga, Vatanimizni ko‘z qorachig‘idek himoya qilish, vijdonli va mard bo‘lishga, yuksak ta’lim-tarbiya olish uchun yaratilgan shart-sharoitlardan unumli foydalanishga da’vat etadi.

El-yurt tinchligi va osoyishtaligi yo‘lida fidoyilik ko‘rsatgan insonlarning Vatan oldidagi xizmatlari hech qachon unutilmaydi. Uzoqboy Ahroyevning ham bu boradagi jonbozligi e’tirof etilib, istiqlol yillarida Prezidentimiz farmonlariga binoan “Jasorat” va “Shuhrat” medallari, “O‘zbekiston mustaqilligining 20-yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandi.

– Ikkinchi jahon urushi yillarida qanchadan-qancha yurtdoshlarimiz el-yurtimiz tinchligi va osoyishtaligi yo‘lida jon fido qildi, – deydi Uzoqboy ota. – Mudhish urushning asoratlari xalqimiz yodidan o‘chgani yo‘q. Bu bugun har bir odamdan doim sergak va hushyor bo‘lishni, tinchlik-osoyishtalikni asrashni talab qiladi. Istiqlolimizni ko‘z qorachig‘idek asrash har bir yurtdoshimizning muqaddas burchidir.

Prezidentimiz o‘tgan yili 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan poytaxtimizdagi Xotira maydonida ommaviy axborot vositalari vakillari bilan suhbatda ta’kidlaganidek, tinch va osoyishta hayot, barqarorlik o‘z-o‘zidan bo‘lmaydi. Buning uchun barchamiz shu musaffo osmonni saqlash, asrash uchun kurashishimiz, fidoyilik ko‘rsatishimiz darkor. Buning uchun hamisha sezgir, ogoh va hushyor bo‘lishimiz, beparvolikka, beg‘amlikka yo‘l qo‘ymasligimiz zarur.

Foydalanilgan adabiyotlar:



  • http://zarnews.uz/uz/post/yurtdoshlarimizning-qahramonligi-unutilmaydi

Download 0,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish