Turkistonda arxiv ishi tarixi (1917-1924)


Arxivlarni markazlashtirish. YADAF faoliyati



Download 70,13 Kb.
bet2/4
Sana24.03.2022
Hajmi70,13 Kb.
#508435
1   2   3   4
Bog'liq
1917-1924 TURKISTONDA ARXIV ISHI TARIXI

2. Arxivlarni markazlashtirish. YADAF faoliyati. 1917 yilgi oktyabr voqealariga qadar hujjatlar har bir idorada va tashkilotning o‘zida saqlangan. Arxivlar tarqoq holda bo‘lib, hujjatlar bir joyda yig‘ilmagan, markazlashmagan edi. Hukmat manbalarini saqlash va ulardan har tomonlama foydalanish maqsadida RSFSR Xalq Komissarlari Sovetining 1918 yil 1iyunda “RSFSRda arxiv ishini qayta qurish va markazlashtirish haqida” deb atalgan dekreti e’lon qilindi. Shu chiqarilgan dekretga asosan RSFSRda Davlat arxiv fondi (DAF) tashkil etildi. Keyinchalik bu DAF tarkibiga inqilobgacha bo‘lgan davr va inqilobdan keyingi barcha sovet tashkilotlari faoliyati, muassasalar va ayrim shaxslar, shuningdek tarixiy yozma yodgorliklar, huquq, san’at, adabiyot va SSSR xalqlarining maishiy, ma’naviy madaniyati, kino foto hujjat fondlari kinofilm negativlari, fotosuratlari, ularni to‘latuvchi pozetivlar, grammafon, potifon, plastinkalari va yozib olingan ovoz materiallari, ilmiy-tarixiy va amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan: illyustratsiyalar, qo‘l yozma negativlar, shunigdek, ogitatsiya va propoganda maqsadida nashr qilingan plakatlar, varaqalar, chaqiriqlar, e’lonlar va boshqalar, mikrofoto hujjatlar kiritilgan.
Shundan kelib chiqqan holda Turkiston Respublikasi Markaziy Ijroiya Komiteti (MIK) 1919 yil 5 noyabrda “Arxiv ishini qayta qurish va markazlashtirish to‘g‘risida” qaror qabul qildi. Bu qarorga asosan 1917 yilga qadar bo‘lgan barcha idoraviy arxivlar tugatildi, arxiv hujjatlari Turkiston Respublikasining Yagona davlat arxiv fondi (YADAF) ni tashkil qiladi, deb e’lon qilindi. YADAFni boshqarish uchun Turkiston Respublikasi Arxiv ishi bosh boshqarmasi tashkil qilindi. YADAFga 1917 yil 25 oktyabrgacha bo‘lgan barcha hujjatlar topshirilishi kerak edi.
Yuqorida ta’kidlangan qarorda arxiv hujjatlarini yo‘q qilish tartibi o‘rnatildi. Davlat idoralari Arxiv ishi bosh boshqarmasi ruxsatisiz o‘z hujjatlarini yo‘q qilish huquqiga ega emas, deb ko‘rsatilgan.
Sovet idoralarida tashkil bo‘lgan hujjatlar YADAFning tarkibiy qismi deb qayd qilingan. Bu hujjatlarni Arxiv ishi bosh boshqarmasiga nazorat qilib turish topshirilgan. Bu boshqarma Maorif xalq komissarligi huzurida tashkil qilingan.
YADAF 8 ta seksiya va 4 ta bo‘limdan iborat edi. Bo‘limlar quyidagilardan iborat bo‘lgan:
1-bo‘lim. Ma’muriy-diplomatik (yuridik seksiyalarni birlashtiradi);
2-bo‘lim. Harbiy seksiya;
3-bo‘lim. Maorif va iqtisodiyot seksiyalari;
4-bo‘lim. Tarixiy-inqilobiy, sharq va matbuot seksiyalaridan iborat bo‘lgan.
Davlat arxivi fondiga faqat 1917 yildan oldingi tashkilotlar arxiv hujjatlarigina emas, balki sovet tashkilotlari arxiv hujjatlari ham qabul qilingan. Tashkilotlarda hujjatlar 5 yil saqlanishi va keyin davlat arxiviga topshirilishi belgilangan.
Shu davrdan boshlab YADAF tarkibidagi arxiv hujjatlari ekspertiza qilinib, doimiy saqlash uchun ajratilgan hujjatlar tartibga solindi va ro‘yxatlashtirildi. 1920-1922 yillarda YADAFda 150 mingga yaqin hujjatlar ro‘yxatga olingan. 1924 yilga kelib butun saqlanayotgan arxiv materiallarining uchdan bir qismi tartibga solingan edi.
Arxiv hujjatlarini tartibga solish ulardan ilmiy va amaliy maqsadda foydalanish imkonini berdi. Arxivning ilmiy xodimlari bir necha ilmiy ishlar tayyorlashdi. Masalan, A.A. Galperin “1918 yil martda Kolesovning Buxoroga yurishi” asarini yozgan edi.
Arxiv ma’lumotlarini bosmadan chiqarish say-harakatlari 1922 yilda “Qizil arxiv” deb nomlanuvchi jurnalning nashr qilinishi bilan boshlangan. Uning birinchi galdagi vazifasi hech qanday Yashirin sirning yo‘qligini ko‘rsatish edi. Jurnalda imperiyadagi mavjut korrupsiYa va tengsizliklarni takidlaydigan izohlar bilan birgalikda chor Rossiyasi hujjatlari ham nashr qilingan. Ba’zi maqollalar esa masxara qilish uchun nashr qilingan. O‘rta Osiyo qo‘zg‘olonining yigirma yilligiga bag‘ishlangan, 1936 yilda nashr qilingan maqolada Farg‘ona viloyat harbiy gubernatori general-letenant Gippiusning tartibsizliklarni bostirish yo‘lidagi say-harakatlari aks yettirilgan2.
1920-1924 yillarda metodik qo‘llanmalar ham yozildi. Masalan, arxiv fondlarini bayon qilish, tashkilotlarda joriy arxialar ishlarini olib borish tartibi, joriy arxivlarni nazorat qilish va hisobga olish, hujjatlarni ajratish hamda yo‘q qilish to‘g‘risida yo‘riqnomalar tuzildi.
Shunday qilib, oktyabr to‘ntarishidan keyingi dastlabki yillarda Turkiston arxivchilari respublika markazlashgan arxivni tashkil qilish uchun bor kuchlarini ayamadilar. Arxiv hujjatlarini tashish uchun transport va mablag‘ bo‘lmagan hollarda ularni arxivchilarning o‘zlari tashidilar, saqlab qolish uchun qo‘ldan kelgan barcha choralarni ko‘rdilar. O‘sha yillar og‘ir yillar bo‘lib, maoshlar Yarim yillab berilmas edi. Lekin arxivchilar isitilmaydigan sovuq xonalarda, och holda ishlasalar ham ishni tashlamay davom yettirganlar.
Turkiston Respublikasining arxiv xodimlari oktyabr to‘ntarishidan oldingi tashkilotlarning, ya’ni Turkiston general-gubernatorligi tashkilotlarining arxivlarini saqlab qolish uchun katta ishlarni bajardilar. Yagona davlat arxiv fondining tashkil etilishi natijasida arxiv hujjatlarini yig‘ish bilan birgalikda ularni tartibga solish, bayon qilish, ulardan foydalanishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ham ko‘pgina ishlar amalga oshirildi.

Download 70,13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish