Tursunov Bunyod ning Biznes rejalashtirish fanidan “ Ishlab chiqarish rejasi


Yem-xashak rejasi va yem-xashak balansini tuzish



Download 1,27 Mb.
bet4/5
Sana16.03.2022
Hajmi1,27 Mb.
#496522
1   2   3   4   5
Bog'liq
Biznes rejalashtirishdan SLAYD

4. Yem-xashak rejasi va yem-xashak balansini tuzish
Turli chorva mollarini boqish tartibi mamlakatimizning u yoki bu hududidagi mavjud yem-xashak turlari, ularni yetishtirish usullari, chorva mollarini asrash, hamda tarmoqning intensivlik darajasiga ko`ra belgilanadi. Chorvachilikda foydalaniladigan yem-xashak bir necha turga bo`linadi. Yem-xashak, asosan, qishloq xo`jaligi mahsulotlari, yoki uni qayta ishlashdan hosil qilinadi. Hayvon mahsulotlaridan tayyorlanadigan ozuqaqa Asut va uning chiqindilari go`sht, baliq, suyak unlari va boshqa chorvachilik chiqindilaridan tayyorlangan ozuqalarga suyak uni, fosfor har xil tuzlar va turli mikroelementli yemlar kiradi.
Har bir qishloq xo`jaligi hududi va korxonasida yem-xashak yetishtirishni to`g`ri tashkil etsh va chorvaning ozuqa bazasini mustahkamlash, chorva mollarini ozuqalantirishni maqsadga muvofiq tashkil etishning asosiy sharti chorva ratsionida mollar o`zlashtirishi uchun zarur hamma moddalar mavjud yem-xashaklarning optimal tartibini tanlab olish va mahsulot birligiga eng kam ozuqa birligi sarflashdir. Ozuqa ratsioni chorva mollariga beriladigan yem-xashak turlari va ularning ozuqa me’yoridagi salmog`ini ifoda etadi. Ozuqa ratsioni har bir chorva turi bo`yicha har qaysi korxonaning o`ziga xos xususiyatlari, ya’ni yem-xashak turlari, ularni yetishtirish usul va yo`llari hisobga olingan holda belgilanadi.
Ozuqa ratsioni chorva mollarining biologik ehtiyojlarini to`la qondirish va yem-xashak sarfiga chorva mollarini asrash usullari va mollar mahsuldorligi katta ta’sir etadi. Mahsuldorlik qancha katta bo`lsa, mahsulot birligiga shuncha kam yem-xashak sarflanadi. Chunki chorva mollarining hayotini saqlab turish uchun talab qilinadigan yem bo`lsa, u shuncha ko`p mahsulot o`sishiga taqsimlanadi. Masalan, sigirlardan 2000 kg sut olinganda, 1kg sut yetishtirish uchun 1,4 kg ozuqa birligi , 125 gr oqsil modda, 3000 kg sut olinganda, 1,14 kg ozuqa birligi sarflanadi.
Ayrim turdagi yem-xashak, shirali ozuqa, suvli, dag`al va ko`k ozuqaqa talab shu turdagi chorva moli uchun qabul qilingan ratsiondagi uning salmog`iga ko`paytiriladi. Yuqoridagi misolda sigirlar uchun qabul qilingan ratsiondagi shirali ozuqalar 22 foizni tashkil etishi kerak bo`lganda rejalashtirilgan mahsulot uchun talab etiladigan shirali ozuqalarning umumiy hajmi 9029 s ni (41041 x 22) : 100 tashkil etadi.
Rejalashtirilayotgan yilning hosilidan kelasi yilning hosiligacha bo`lgan davrga aniqlash o`simlikchilik ishlab chiqarish dasturini ya’ni yem-xashak ekin maydonlari tuzilishi va hosildorligini to`g`ri rejalashtirish, o`simlikchilik bilan chorvachilik tarmoqlari o`rtasida to`g`ri nisbatni belgilash uchun zarur. Chorvachilikning rejalashtirilayotgan kalendar yilga yem-xashakka talabini aniqlashda chorva mollari va parrandalarning rejalashtirilgan o`rtacha yillik bosh soni yoki yetishtiriladigan mahsulot hajmi asos qilib olinadi. Hosildan hosilgacha bo`lgan davrga talabni aniqlashda chorva mollari va parrandalarni rejalashtirilayotgan yilning oxiriga bo`lgan bosh soni va kelasi yilning birinchi yarmida mollar bosh sonida bo`ladigan o`zgarishlar hisobga olinadi (olinadigan buzoqlar).
Chorvachilikning yem-xashakka talabi chorva mollarining o`rtacha yillik soni va boqish me’yorlariga ko`ra aniqlanadi. Yirik chorva mollarini boqishni tashkil etishda ratsionga qo`yiladigan zootexnika talablari to`la hisobga olinishi kerak. Xo`jalikda qo`llaniladigan ratsion ham zootexnika talablari hamda iqtisodiy talablar, ya’ni chorva mollarining yuqori mahsuldorligini ta’minlash uchun turli-tuman va to`yimli bo`lishi bilan birga ratsion qiymati arzon bo`lishini ta’minlash kerak.
O`simlikchilik tarmoqlari bilan chorvachilikni to`g`ri bog`lash, o`simlikchilik tarmoqlari chorvachilikda yem-xashakka bo`lgan talabni qay darajada qondirayotganini aniqlash, agar yem-xashak ishlab chiqarish bilan unga bo`lgan talab o`rtasida biror-bir farq sodir bo`lsa, uni bartaraf etish tadbirlarini belgilash uchun yem-xashak balansi tuziladi. U ikki qismdan iborat bo`lib, birinchi qismida talab etiladigan yem-xashaklar, ikkinchi qismida yetishtiriladigan yem-xashaklar va farq ko`rsatiladi. Agar ayrim yem-xashak turlari bo`yicha biror-bir farq sodir bo`lsa, uni bartaraf etish choralari ko`riladi.
Bunga korxonaning ichki imkoniyatlarini ishga solishga asosiy e’tibor qaratilishi kerak. Buning uchun birinchi navbatda boqish ratsioniga rioya qilgan holda o`zaro o`rnini qoplaydigan ekinlarning hosildorligiga ko`ra ekin maydonlarini qayta ko`rib chiqish, kam hosilli ekinlarni yuqori hosilligi bilan almashtirish yoki ekinlarning hosildorligini oshirish tadbirlarini ko`rish talab etiladi.
Xulosa
Biznes-rejaning «Ishlab chiqarish rejasi» bo’limi vazifasi korxonaning belgilangan muddatda kerakli mahsulotni kerakli miqdorda ishlab chiqarish imkoniyatlarini asoslab berishdan iborat. Ishlab chiqarish rejasi ishlab chiqarish jarayonini bayon qilish, korxonaning ishlab chiqarish quvvatlari va resurslar ta’minotini asoslab berish, ishlab chiqarish rejasi ko’rsatkichlarini hisob-kitob qilishni qamrab olishi lozim.
Ishlab chiqarish rejasini ishlab chiqarish quvvatlari bilan ta’minlanganligini asoslab berish, ishlab chiqarish muddatining davomiyligi, ishlov beriluvchi detallar hajmi va operatsiyalar yig’indisi kabi hisob-kitoblarni nazarda tutadi.
Ishlab chiqarish dasturining asoslanganligi moddiy va xom ashyo resurslariga ehtiyojlar bilan mustahkamlanadi. Bunday hisob-kitoblarni ulardan foydalanish samaradorligini, shuningdek, xarid qilish va moliyalashtirish manbalarini hisobga olgan holda amalga oshirish zarur.

Download 1,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish