2. Mahsuldorlik darajasiga ta’sir qiluvchi omillar
Qoramolning go'sht mahsuldorligiga ta’sir qiluvchi asosiy omil hayvonning
zoti hisoblanadi. Ayniqsa go'sht yo'nalishidagi qoramollar yuqori go'sht mahsuldorligiga ega bo'ladi. Ular o'zlarining tez yetiluvchanligi, so'yim chiqimining yuqori bo'lishi va ajoyib go'sht sifati bilan ajralib turadi. Ularnig tirik vazni 600-1000 kg, so'yim chiqimi 65% bo'lib, yaxshi bo'rdoqilanib, 1kg vazn ortishi uchun kam oziqa sarflaydi. O'zbekistonda asosiy go'sht yo'nalishidagi zotlar qozoqi oqbosh, santa-gertruda, aberdin anguss zotlari bo'lib ularning go'shtining to'yimliligi yuqori bo'lib mazaligi jihatdan yuqori baholanadi.
Ko'pgina sut va ayniqsa sut-go'sht yo'nalishidagi qoramollarning ham yuqori go'shtdorlik imkoniyatlari borligi aniqlangan. Jadal o'stirilgan yosh qoramollar 15 oyligida 450-500kg vaznga ega bo'lishi va 1kg tirik vazni ortishiga 6,5-7,0 oziqa birligi sarflaydi.
Bu imkoniyatlardan oqilona foydalanish go'sht yetishtirishni ko'paytirishda asosiy omil bo'lib hisoblanadi.
Qoramollar go‘sht mahsuldorligiga ta’sir qiluvchi omillar
Qoramollarning go'sht mahsuldorligiga ularnint yoshi ta‟sir qiladi. Buzoqlar nimta go'shti tarkibida suyak va biriktiruvchi to'qimalar nisbati yuqori bo'lib, muskul to'qimasi kamroq bo'ladi, yosh ortishi bilan bu nisbati muskul va yog' to'qimasi foydasiga hal bo'ladi. Bundan tashqari voyaga yetgan hayvonlar go'shtining tarkibida suv kam bo'lib yog'ning ko'p bo'lishi uning to'yimlilik darajasi yuqori bo'lishini ta‟minlaydi. Yosh qoramollar 12- 15 oyligigacha muskul to'qimalari yaxshi rivojlanadi, shu davrda jadal o'stirilib, bo'rdoqilanib so'yilgan hayvonlar muskul va yog' to'qimalarining nisbati talablar darajasida bo'ladi. Yosh ulg'ayishi bilan muskul to'qimasi nisbati kamayib, yog' to'qimasi nisbati ortib boradi, bu esa go'sht sifatiga salbiy ta‟sir ko'rsatib, 1 kg semirish uchun ko'proq oziqa sarflashga olib keladi.
Qoramollar go'sht mahsuldorligiga oziqlantirish va saqlash sezilarli ta’sir qiladi. Yetarli oziqlantirilmagan, yomon saqlangan hayvonlar o'sishdan qoladi, yaxshi rivojlanmaydi bo'rdoqilash muddati uzayib, 1kg semirishga oziqa sarfi keskin ortib boradi. Jadal o'stirilgan yosh qoramollar tez yetilib ular yuqori go'sht mahsuldorliga ega bo'libgina qolmay, go'sht tarkibida ijobiy nisbatga, kimyoviy tarkibga ega bo'ladi, hamda nimtada qimmatli bo'laklar ko'payadi. Yosh qoramollarni yoshligidan hajmli oziqalar- dag'al, shirali oziqalarga o'rgatish ulardan ko'proq samara olish, sifatli qoramol go'shti olishni ta‟minlaydi. Bu holda qoramollarning 18-20 oyligiga bo'rdoqilab vaznini 500-550 kg ga
yetkazib go'shtga so'yish maqsadga muvofiq. Yem oziqlarni ko'p foydalanib go'shtga boqish hayvonlarni yetilish davrini qisqartiradi, bu usulda ularni 14-15 oyligida go'sht uchun so'yish mumkin. Qoramol go'shti yetishtirishda hayvonlarni yaylovda semirtirish alohida o'rin tutadi. Bunday hayvon go'shti sifati bilan ajralib turadi va u ancha arzonga tushadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |