Tuzuvchilar: Maxmudov A. M


Ekskavator va zaboyning o’zaro joylashishi bo’yicha



Download 12,98 Mb.
bet24/37
Sana15.04.2022
Hajmi12,98 Mb.
#554085
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   37
Bog'liq
metodichka gor mash

Ekskavator va zaboyning o’zaro joylashishi bo’yicha ekskavatorlar pastdan qamrovchi (zaboy ekskavator harakatlanayotgan tekislikdan pastda bo’ladi) va yuqoridan qamrovchi (zaboy ekskavator harakatlanayotgan tekislikdan yuqorida bo’ladi).
Ishchi organining konstruksiyasi bo’yicha ekskavatorlar: cho’michli zanjiri mustahkam (qattiq) yo’naltirilgan, cho’michli zanjiri pastki tarmog’i erkin osilgan va kombinatsiyalashgan bo’lishi mumkin.
Ishchi organini zaboyga uzatish usuli bo’yicha zanjirli ekskavatorlar buklama yoki parallel qamrashli bo’lishi mumkin. Zamonaviy ekskavatorlarda cho’michli ramasining konstruksiyasi bo’yicha har ikkala usulda ham ishlay oladi.
Yuk tushirish qurilmasining konstruksiyasi bo’yicha ekskavatorlar to’gridan – to’g’ri transport vositasiga yuklovchi markaziy yuk tushirish bunkeriga ega bo’lishi yoki lentali yuk tushirish konveyeri joylashtirilgan konsolga ega bo’lishi mumkin. Keyingi vaqtlarda to’g’ridan-to’g’ri ag’darmaga yuk tushirishga mo’ljallangan 60-100 m li konsolli zanjirli ekskavatorlar ishlab chiqarilmoqda.
Ishchi uskunalarining yuruvchi telejka bilan bog’lanish usuli bo’yicha ekskavatorlar burilmaydigan va buriladigan turlariga bo’linadi. Birinchi holda ekskavator ishchi uskunalari korpus va yurish qismlari bilan qattiq bog’langan bo’lib, ekskavator harakati cho’michli ramaning ishiga qattiy bog’liq. Ikkinchi holda esa yuqorigi platforma ishchi organi bilan gorizontal tekislikda ma’lum burchakka, ayrim hollarda 3600 ga buriladi. Zamonaviy ekskavatorlarning barchasi buriluvchi ishchi organiga ega.
Yurish uskunalarining turi bo’yicha ekskavatorlar relsda harakatlanuvchi, gusenitsali va rels-gusenitsali va qadamlovchi xillariga ajratiladi.

36-rasm. Zanjirli ekskavator




Rotorli ekskavator
Rotorli ekskavator tog’ jinsini rotor g’ildiragida o’rnatilgan cho’michlari yordamida uzluksiz qazib oluvchi o’zi yurar mashina bo’lib, bir vaqtning o’zida qazib olish va ma’lum masofaga tashishga mo’ljallangandir.
Zanjirli ekskavatordan farqli ravishda tog’ jinsini rotor cho’michlari yordamida massivdan ajratib olgandan keyin rotor strelasida o’rnatilgan lentali konveyer yordamida tashib beradi.
Ish bajaruvchi organ – rotor g’ildiragi (rotor) gorizontal va vertikal yo’nalishlarda harakatlanadi. Rotorning asosiy ish harakati vertikal tekislikdagi aylanishi va rotorli strelaning platformadagi gorizontal harakatidir. Cho’michning surilish trayektoriyasi kesish va uzatish tezliklari orqali belgilanadi.
Rotorli ekskavatorlarning quyidagi asosiy texnologik belgilari bo’yicha sinflarga ajratiladi:
- yumshatilgan massivdagi maksimal nazariy unumdorligi bo’yicha: kichik (630 m3/soat gacha); o’rtacha (2500 m3/soat gacha); katta ( 5000 m3/soat gacha); quvvatli (10000 m3/soat gacha); yuqori quvvatli ( 10000 m3/soat dan oshiq);
- hisobli nisbiy qazish kuchining o’lchami (va ishga belgilanishi) bo’yicha: me’yordagi – 0,7MN/m2 gacha (vskrishnie); kuchaytirilgan – 1,4 MN/m2 gacha va yuqori - 2,1 MN/m2 gacha (dobichnie);
- zaboyni ishlash usuli bo’yicha: yuqoridan va pastdan qamrovchi;
- ishchi organini zaboyga uzatish usuli bo’yicha: harakatlanuvchi va harakatlanmaydigan strelali.
Rotorli ekskavator tog’ jinsini rotor g’ildiragida o’rnatilgan cho’michlari yordamida uzluksiz qazib oluvchi o’zi yurar mashina bo’lib, bir vaqtning o’zida qazib olish va ma’lum masofaga tashishga mo’ljallangandir.
Rotorli ekskavator (2-rasm) quyidagi asosiy qismlardan tashkil topgan: rotor g’ildiragi 1 (yuritmasi bilan), rotor strelasi 2 (konveyer bilan birga), yuk tushirish strelasi 3 (konveyer bilan), ko’tarish mashinalari joylashgan konsol 4 (bir vaqtning o’zida muvozanatlashtiruvchi qism), buriluvchi platforma, metall qurilmalar 6, rotor va yuk tushirish strelalari osmalari 7 va 8, tayanch burilish qurilmasi 9 va gusenitsali harakatlanish organi 10.
Ish bajaruvchi organ – rotor g’ildiragi (rotor) gorizontal va vertikal yo’nalishlarda harakatlanadi. Rotorning asosiy ish harakati vertikal tekislikdagi aylanishi va rotorli strelaning platformadagi gorizontal harakatidir. Cho’michning surilish traektoriyasi kesish va uzatish tezliklari orqali belgilanadi.

37-rasm. ER-1250 rotorli ekskavatorining konstruktiq sxemasi: 1-rotor, 2 va 3– rotor va yuk tushirish strelalari, 4–og’irlik konsoli, 5-buriluvchi platforma, 6-yuqorigi qurilma, 7 va 8–rotor va yuk tushirish strelalari osmalari, 9-tayanch-burilish qurilmasi, 10-gusenitsali harakatlanish organi.


Rotorli ekskavatorlar ishchi qismlariga ishchi organ – cho’michli rotor g’ildiragi, rotor g’ildiragining qabul qilish-uzatish qurilmasi va strelasi kiradi.


Rotor g’ildirakli ishchi organ yukni o’zidan bo’shatish usuli bo’yicha gravitatsiyali va inersiyali tuzilishga ega bo’ladi.
Yonidan yuk bo’shatuvchi gravitatsiyali rotorlar kamerali I, kamerasiz II va yarim kamerali III bo’lishi mumkin. Eng ko’p tarqalgani kamerasiz rotorlardir.
Inersiyali rotorlarda gravitatsiyali rotorlarga nisbatan bir muncha ishchi organ massasi yengilroq bo’ladi. Kamchiligi yuqori energiya sarfi, tishlarining tez yedirilishi va ko’p chang ko’tarilishidir. Bunday markazdan qochma rotorli ekskavatorlar markalariga «TS» harfi qo’yiladi, masalan: ER-1250 – OTS.
Rossiya davlatida ishlab chiqarilgan rotorli ekskavatorlarning cho’michlari hajmi 125-1600 l, rotor g’ildiragining diametri esa 3,2-16 m ni tashkil etadi.
Rotor g’ildiragining yuritmasi tishli reduktor va dvigateldan tashkil topgan. Quvvatli ekskavatorlar yuritmalarida bir nechta reduktor va dvigatel o’rnatigandir. Rossiya davlatida ishlab chiqarilgan rotorli ekskavatorga quyidagicha belgilashlar kiritilgan: ekskavator markalaridagi bosh harflar, masalan ERSHR, ER, ERP – ekskavator tipini (ER – ekskavator rotorli), yurish qurilmasi xilini (SHR – shagayushee-relsovoe), ishga belgilanishini ( D – dobichnie, V – vskrishnie, P – cho’michlari kesuvchi qirralarining kesish kuchi kuchaytirilgan); undan keyingi sonlar – ekskavatorning nazariy unumdorligi (m3/soat).



38-rasm. Rotorlar sxemalari


Zamonaviy rotorli ekskavatorlar Germaniya, Chexoslovakiya, Polsha, AQSH, Yaponiya kabi mamalakatlarda ham ishlab chiqariladi.


Respublikamizda ham Angren ko’mir koni ochish ishlarida Germaniyadan keltirilgan Sch Rs 200/0,5*11 rusumli rotorli ekskavator ishlatilmoqda.
SchRs200/0,5*11 rotorli ekskavatorining texnik tavsifi
Nazariy unumdorligi 2000 m3/ch
Cho’michlari sig’imi 200l
Cho’michlari soni 21
Yuk tushirish sikllari soni bir minutda 168 ta
Rotor g’ildiragi diametri 6,8 m
Rotor g’ildiragi quvvati 550 kvt
Rotorli strela uzunligi 12,7 m
Rotor strelasining ko’tarilish balandligi 11 m
Yuk tushirish strelasi uzunligi 22.0 m
Ishchi organining burilish burchagi 2*90°=180°
Ishchi og’irligi 312 t

Download 12,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish