€œU bolalarning sirdoshi, chin do‘sti edi”. Adabiyotshunos Umarali Normatov — do‘sti Xudoyberdi To‘xtaboyev haqida — «Daryo»



Download 0,74 Mb.
bet1/2
Sana08.11.2022
Hajmi0,74 Mb.
#862062
  1   2
Bog'liq
“U bolalarning sirdoshi, chin do‘sti edi”. Adabiyotshunos Umarali Normatov — do‘sti Xudoyberdi To‘xtaboyev haqida — «Daryo»


From: Snapshot-Content-Location: https://daryo.uz/2021/04/05/u-bolalarning-sirdoshi-chin-dosti-edi-adabiyotshunos-umarali-normatov-dosti-xudoyberdi-toxtaboyev-haqida/ Subject: =?utf-8?Q?=E2=80=9CU=20bolalarning=20sirdoshi,=20chin=20do=E2=80=98sti=20?= =?utf-8?Q?edi=E2=80=9D.=20Adabiyotshunos=20Umarali=20Normatov=20=E2=80=94?= =?utf-8?Q?=20do=E2=80=98sti=20Xudoyberdi=20To=E2=80=98xtaboyev=20haqida?= =?utf-8?Q?=20=E2=80=94=20=C2=ABDaryo=C2=BB?= Date: Mon, 7 Nov 2022 17:09:45 -0000 MIME-Version: 1.0 Content-Type: multipart/related; type="text/html"; boundary="----MultipartBoundary--0624SBucaBd70YJnmEz9nmFWiZs1r3ANhWppYAbVqw----" ------MultipartBoundary--0624SBucaBd70YJnmEz9nmFWiZs1r3ANhWppYAbVqw---- Content-Type: text/html Content-ID: Content-Transfer-Encoding: binary Content-Location: https://daryo.uz/2021/04/05/u-bolalarning-sirdoshi-chin-dosti-edi-adabiyotshunos-umarali-normatov-dosti-xudoyberdi-toxtaboyev-haqida/ “U <a href="/amaliy-mashgulot-7-musiga-bolalarning-kundalik-hayotida-reja-b.html">bolalarning sirdoshi</a>, chin do‘sti edi”. Adabiyotshunos Umarali Normatov — do‘sti Xudoyberdi To‘xtaboyev haqida — «Daryo»

O'zb
ЎзбЎзбекча
EngEnglish
O'zb
ЎзбЎзбекча
EngEnglish

Mahalliy
46752

“U bolalarning sirdoshi, chin do‘sti edi”. Adabiyotshunos Umarali Normatov — do‘sti Xudoyberdi To‘xtaboyev haqida



O‘zbekiston xalq yozuvchisi Xudoyberdi To‘xtaboyev 22-mart kuni 88 yoshida vafot etdi. Rasmiylar tili bilan ta’kidlaganda, “o‘zbek adabiyoti og‘ir judolikka uchradi”, uning o‘lmas asarlari bilan katta bo‘lgan avlod vakillari ta’biri bilan aytganda, “bolaligimizning yana bir bo‘lagi bizni tark etdi”. Taniqli adabiyotshunos va munaqqid Umarali Normatov “Daryo” iltimosiga ko‘ra do‘sti Xudoyberdi To‘xtaboyev haqidagi xotiralari bilan o‘rtoqlashdi.



Xudoyberdi To‘xtaboyev.
Foto: O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi axborot xizmati / Ahmad To‘ra

O‘zing yaqindan bilgan yozuvchi do‘sting haqida yozish ham oson, ham qiyin bo‘larkan. Har gal Xudoyberdi to‘g‘risida yozishga chog‘langanimda shunday holga tushar edim. Bu galgisi – do‘stim bilan vidolashuv onlarida, ayriliq hissi ko‘ngilni o‘rtab turganda, qo‘lga qalam olish juda og‘ir bo‘ldi.
Xudoyberdi ikkimiz deyarli tengdoshmiz, hamqishloqmiz, bir-birini Katta Farg‘ona kanali ikkiga ajratib turadigan qo‘shni qishloqlarda tug‘ilib katta bo‘lganmiz, ikkalamiz ham bir vaqtda qishloqdan chiqib, garchi ikki shaharda bo‘lsa-da, bir tur bilim yurtida o‘qidik, universitetda ham bir fakultetda oldinma-keyin ta’lim oldik.
Reklamani yopish

Xudoyberdi tabiatan yozuvchi bo‘lib tug‘ilgan edi; u yozuvchilikni, jurnalistikani kasb-hunar tarzida tanlagani yo‘q, qalbidagi sehrli tug‘yon, mehr-ishtiyoq uni shu sohaga boshladi. Xudoyberdi bolaligidayoq qandaydir mashrabona tabiati, xayolparastligi bilan ajralib turardi, universitetda o‘qigan yillari eng jiddiy ilmiy muammolarni ham obrazli qabul qilar va boshqalarga ham obrazli qilib tushuntirib berar edi. Hali u yozuvchi bo‘lishni xayoliga ham keltirmagan, ilm-fan ishtiyoqida yurgan kezlari ulkan bir psixolog murabbiymiz uning fikrlash tarziga qarab, ilk ilmiy mashqlari bilan tanishib “Bu yigitda bir gap bor” deb qo‘yar, hazillashib “shoir” deb atardi. Biz badiiy iste’dod tabiati haqida ko‘p gapiramiz, iste’dod tarbiyaga, madadga muhtojligini bot-bot takrorlaymiz. Shaxsan men badiiy iste’dodning ibtidosi mehr-ishtiyoqdan boshlansa kerak deb o‘ylayman. Aslo so‘nmaydigan, hech qanaqa kuch-tazyiq yo‘ldan ozdirmaydigan fidoyi mehr-ishtiyoqdan!
Xudoyberdini adabiyot dargohiga hech kim qo‘lidan yetaklab olib kirgani yo‘q. Qanday qilib yozuvchi bo‘lib qolganini o‘zi ham aniq aytib berolmas edi. Goho undan: “Yozuvchilikni qanday boshlagansiz?” deb so‘rasalar: “Yozgim kelgan edi, yozaverdim” deb javob berardi hazillashib. Ehtimol, Xudoyberdi hayotida ko‘rgan taqchillik, qahatchilik mashaqqatlari boshqa biror kimsa boshiga tushganida jurnalistikani, yozuvchilikni yig‘ishtirib qo‘yib, o‘zga – yog‘liroq sohaga o‘tib ketgan bo‘lardi...
Adabiy muhit tashnaligida yurgan Xudoyberdiga birdan omad kulib boqdi, uni respublika poytaxtiga tahririyatga ishga taklif etishdi. U zo‘r quvonch bilan Toshkentga otlandi, endi u o‘z ishidan mamnun, ajoyib tajribali jurnalist, ijodkorlar, mehribon murabbiylar davrasida edi. Ammo u paytlar, ya’ni o‘tgan asrning 50-yillarda shaharda uy-joy muammosi nihoyat tang ediXudoyberdining ijaraga uy qidirib sarson-sargardon yurganini, deyarli har oyda yashash manzili o‘zgarib, ikki yil ichida o‘n uch joyga ko‘chganini eslasam, ham xo‘rligim keladi, ham kulgim qistaydi. U ko‘ch ko‘tarib yurganida ham, og‘ir dard azobida bag‘rini yostiqqa bosib yotganida ham biror kun qo‘lidan qalam tushgan emas. Men do‘stimdagi tengsiz ijodiy ishtiyoq, matonat va mehrga o‘shanda tan berganman, badiiy ijod alohida sharoit tanlamasligiga o‘shanda iqror bo‘lganman.
U mohir tashkilotchi sifatida ham tanildi, ancha vaqt “Yosh gvardiya” nashriyotida bosh muharrir lavozimida ishladi, bir necha yillar “Gulxan” jurnaliga muharrir, so‘ng “Sharq yulduzi”da muharrir o‘rinbosari, “Yosh kuch”ga bosh muharrir bo‘ldi. Bu orada u bolalar yozuvchisi sifatida katta dovrug‘ qozondi – “Sariq devni minib”, “Sariq devning o‘limi”, “Besh bolali yigitcha”, “Qasoskorning oltin boshi” romanlari keng kitobxonlar ommasiga manzur bo‘ldi. Qator asarlari jahonning 30 dan ortiq mamlakatlari tillariga o‘girildi, chet ellarda nashr etildi, ular haqida ko‘p iliq gaplar aytildi, asarlari bir talay mukofotlarga sazovor bo‘ldi, maktab adabiyot darsliklaridan o‘rin oldi. Shu tariqa Xudoyberdi o‘zbek bolalar nasrining darg‘asi, aniqrog‘i, milliy sarguzasht adabiyotimizning sardoriga aylandi.
Xudoyberdi chin ma’noda bolalar yozuvchisi edi. Xudoyberdining bolalar yozuvchisi ekani faqat uning bolalar, o‘smirlar hayotidan asarlar yozganligidami?
Darhaqiqat, Xudoyberdi bir qator hikoyalarida, “Sariq devni minib”, “Besh bolali yigitcha” asarlarida kichkintoy va o‘smirlarning jozibador, esda qoladigan obrazlarini yaratgan, ularning o‘ziga xos, rangin dunyosini chuqur ochib bergan. Ammo Xudoyberdi kattalar hayoti haqida ham ko‘p yozgan, aniqrog‘i, kattalar hayotiga bag‘ishlangan asarlari ancha, felyetonlari, ocherklari, “Jonginam, shartingni ayt” qissasi, “Konizar yulduzlari” kitobi, “Qasoskorning oltin boshi”, “Yillar va yo‘llar” romanlari qahramonlari, asosan, kattalardir, bevosita bolalar hayotidan olib yozilgan asarlarida ham bir talay kattalar obraziga duch kelamiz. Biroq shunga qaramay, Xudoyberdini, bari bir, bolalar yozuvchisi deb bilamiz. Chunki u, boya aytilganiday, kattalar hayotini bolalar nigohi orqali idrok etib qog‘ozga tushirardi, zotan bolalar adabiyotining vazifasi nuqul kichkintoylar hayotini qalamga olishdan iborat emas, bolalarni kattalar hayoti, xalq tarixi, xalq orasidan chiqqan ulkan allomalar taqdiri, katta hayot muammolari bilan tanishtirish ham bolalar adabiyotining burchidir. Xudoyberdi, xususan, o‘tgan asrning 80-yillarda yozgan asarlarida shunday yo‘ldan bordi. Tabiiyki, bu yo‘lda u ayrim qiyinchiliklarga, badiiy jumboqlarga ham duch keldi. Kattalar hayoti, jiddiy muammolar, chigal insoniy taqdirlar haqida bolalarbop qilib yozish, asar davomida bola va o‘smir kitobxon psixologiyasi mezoniga birdek rioya etish nihoyatda mushkul vazifa. Bu borada yaxshi tajribalar, dono maslahatlar ko‘p, ammo tayyor andaza yo‘q, bo‘lishi mumkin emas, chinakam yozuvchi har gal bu muammoni o‘zicha hal etadi, yangidan kashf qiladi.
Xudoyberdi do‘stim keksalik yillarida ham bir daqiqa bo‘lsin hayot va ijod ustida o‘ylashdan, yozishdan to‘xtagani yo‘q; “Shirin qovunlar mamlakati”, “Mungli ko‘zlar”, “Jannati odamlar”, “Quyonlar saltanati”, “Qiz talashgan o‘smirlar” kabi romanlar ustida ishladi. Jamoat ishlarida faol qatnashdi. “Iste’dod”, “Oltin meros” xayriya jamg‘armalariga rahbarlik qildi, jamg‘armalar yetakchisi sifatida respublika o‘quvchilararo san’at, adabiyot bo‘yicha musobaqalarni yo‘lga qo‘ydi; xususan, “Oltin meros” uyushmasidagi nafosat gurunglari, mamlakatimizning taniqli olimlari, san’at va adabiyot namoyandalari ishtirokida o‘tkazilgan bahs-munozaralar og‘izga tushdi; ma’lum muddat O‘zbekiston Milliy universiteti qoshidagi Oliy adabiyot kursida faxriy professor lavozimida faoliyat olib bordi, kurs tinglovchilari huzurida badiiy mahorat, sarguzasht, detektiv, fantastik adabiyot muammolari bo‘yicha ma’ruzalar o‘qidi; do‘stim uyushtirgan ijod laboratoriyasiga doir maroqli mashg‘ulotlar tinglovchilarda benihoya katta qiziqish uyg‘otdi. U keksa yoshida ham bir daqiqa bo‘lsin o‘z dunyosi – bolalarsiz, maktab o‘quvchilarisiz turolmadi, haftasiga kamida ikki bor Toshkent yoki Toshkent atrofidagi tumanlar maktablarida o‘quvchi bolakaylar bilan adabiy uchrashuvlar o‘tkazmasa ko‘ngli to‘lmas edi; iloji bo‘lmaganida, mahalla bolajonlarini uyida yoki bog‘ida to‘plab, ular bilan dilkash suhbatlar qurardi. Respublika televideniyesi orqali muntazam olib boradigan jo‘shqin adabiy gurunglarini, yosh iste’dodlar bilan olib borgan dilkash muloqotlarini tinglab, tomosha qilib ko‘plar qatori unga havasim kelardi.
Hayot nuqul to‘y-u tantanalar, quvonchli daqiqalardan iborat emas. Do‘stim goho og‘ir judolik musibatlarini, xastalik iztiroblarini chekdi. Tanidagi beqiyos iroda, hayotsevarlik, matonat tufayli o‘shanday alam, og‘riq, iztiroblar olovidan omon chiqa oldi. Asarlari qahramonlariga – Hoshimjon, Akramjon, Salimjon, Orifjon, xususan, Namoz botirlar siymosiga o‘z bisotidan ko‘chib o‘tgan qat’iyat, matonat, el-yurtga cheksiz mehr-muhabbat, odam zotiga cheksiz muruvvat tuyg‘ulari keksalikda o‘ziga qaytib, uning kuchiga kuch, g‘ayratiga g‘ayrat, shijoat baxsh etar edi.
U so‘nggi nafasigacha ijoddan, ezgulik ulashishdan to‘xtamadi, yuqorida sanalgan xislatlar qalbini bir zum bo‘lmasin tark etmadi. Tilagim, uning asarlari kitobxonlar ko‘nglida tug‘dirgan ezgu tuyg‘ular do‘stim ruhoniyatiga savob-u duolar bo‘lib yo‘llansin! Do‘stimning oxirati obod bo‘lsin!

Download 0,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish