Uchburchakning yuzi



Download 1,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/7
Sana08.06.2022
Hajmi1,36 Mb.
#643588
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
kurs ishi MOM



O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS 
TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI 
FIZIKA-MATEMATIKA FAKULTETI 

MATEMATIKANI OʻQITISH METODIKASI
” 
FANIDAN
KURS ISHI
MAVZU

8-SINF GEOMETRIYASIDA “UCHBURCHAKNING YUZI”NI 
OʻQITISH METODIKASI. 
BAJARDI:
302-MOʻM – guruh talabasi ISROILOV AKBAR
KURS ISHI RAHBARI: MATEMATIKA VA UNI OʻQITISH METODIKASI
KAFEDRASI DOTSENTI F.X.SAYDALIEVA 
TOSHKENT 2022 



MUNDARIJA
KIRISH
I BOB. GEOMETRIK SHAKLLAR UCHUN YUZA TUSHUNCHASI. 
UCHBURCHAK YUZASINI HISOBLASH USULLARI.
1.1.
Yuza tushunchasining paydo boʻlish tarixi va geometrik shakllarning 
yuzasini hisoblashga boʻlgan ehtiyoj.
1.2.
Uchburchak yuzasini hisoblash usullari.
II BOB. “UCHBURCHAK YUZASI” MAVZUSINI OʻQITISH METODIKASI.
2.1. Umumiy oʻrta ta’lim maktablarida “uchburchak yuzasi” mavzusini 
oʻqitishning oʻziga xosliklari, kuzatilishi mumkun boʻlgan muammoli jihatlar va 
ularning yechimlari.
2.2. “Uchburchak yuzasi” mavzusini oʻqitish metodikasiga qoʻyiladigan talablar
metodikaning oʻziga xosliklari va afzalliklari.
2.3. Umumiy oʻrta ta’lim maktablari 6-sinflarida “Uchburchak yuzasi” mavzusi 
boʻyicha tuzilgan namunaviy dars ishlanmasi.
XULOSA
ILOVALAR
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI



KIRISH
Ma’lumki oxirgi yillarda mamlakatimizda ta’limga boʻlgan e’tibor salmoqli 
kuchaygan. Xususan, aniq fanlarning eng yetakchisi sanalgan matematika fanini 
oʻqitishga aloxida e’tibor qaratilmoqda. Viloyatlarda “matematika maktablari”ning
tashkil 
etilayotganligi, 
ta’lim 
dasturlarining 
isloh 
etilayotganligi, 
mukammallashuvi va zamonaviy matematika fanining yangi, zamon bilan birga 
rivojlanayotgan 
yangi 
sohalari 
haqidagi 
dastlabgi 
tushunchalar 
bilan 
boyitilayotganligi, bu boradagi ilgʻor chet el mamlakatlarining oʻqitish tizimlari 
oʻrganilayotganligi va ular bilan hamkorliklar yoʻlga qoʻyilganligi kabi bir qancha 
ishlarni yuqoridagi fikrimizga misol tariqasida keltira olamiz.
Olib borilayotgan ishlarning barchasi bir maqsadni, ya’ni matematika fanini 
chuqur oʻzlashtirgan, fanning eng soʻngi yangiliklaridan va yutuqlaridan xabardor 
boʻlgan, shuningdek bu yutuqlarni ishlab chiqarish, foydali qazilmalarni qayta 
ishlash, ijtimoiy soha, texnika va texnologiyalar, informatika va axborot xavfsizligi 
va yana koʻplab boshqa sohalarda qoʻllay oladigan, yetuk, salohiyatli, izlanuvchan 
va teran fikrlovchi kadrlarni tayorlashni nazarda tutadi.
Olib borilayotgan har bir isloxot, sohaga kiritilayotgan har bir yangilik albatta 
koʻzlangan maqsadga erishish yoʻlida alohida ahamiyat kasb etadi. Oʻzining 
“effekt”ini ya’ni samarasini koʻrsatmay qolmaydi. Yuksak natijalarni qoʻlga 
kiritish uchun yana shu narsani ham e’tiborga olish kerakki, “matematikani 
oʻqitish” deganda avvalo umumiy oʻrta ta’lim maskanlari (bundan keyingi oʻrinda 
maktablar deb yuritiladi), maktablar koʻz oldimizda gavdalanadi. Sohadagi ilk 
yutuqlar ham, ilk muammolar ham aynan maktablardan boshlanadi. Chunki 
oʻquvchilarga matematika boʻyicha boshlangʻich bilimlar aynan umumiy oʻrta 
ta’lim maktablarida beriladi.
Matematika fanini oʻqitishning maktablarda isloh qilinishi, ta’lim sifatini 
yanada yaxshilash tizimdagi ba’zi masalalarni isloxot qilish zaruratini oldimizga 
qoʻyadi. xususan, yuksak bilimli va salohiyatli kadrlar masalasi, ta’lim dasturi va 
darsliklar masalasi, ta’limni tashkil etish va boshqa masalalar.
Yuqori bilimli, saloxiyatli va ishida ba’zi yutuqlarni qoʻlga kiritayotgan 
pedagoglarni ragʻbatlantirish ishlari, maktab darsliklarining isloh qilinayotganligi, 
darsliklardagi afzalliklar va kamchiliklar tahlil qilinayotganligi, yanada 
boyitilayotganligi, qayta ishlangan nashrlar targʻib etilayotganligi bu borada 
oʻzining samarasini bermay qolmaydi.



Shu bilan birga ta’lim deganda yana bir muhim jihat borki, u har bir pedagog 
oldiga katta mas’uliyat yuklaydi, aynan shu jihati ta’limning natijasini belgilab 
beradi. Bu jihati, boshqacharoq qilib aytganda bu masala – “metodika” ya’ni uslub
masalasidir. Ya’ni oʻquvchiga faqatgina nimani oʻrgatish masalasi emas, balki 
oʻquvchiga buni qanday qilib oʻrgatish masalasi har doim pedagoglar oldidagi 
tuganmas masaladir. Mavzuning oson yoki murakkab boʻlishidan qat’iy nazar, 
ta’lim dasturida nazarda tutilgan barcha mavzular uchun, darsni tashkil etish uchun 
pedagogga birinchi navbatda toʻgʻri metodikani tanlash kabi mas’uliyati fazifa 
yuklatiladi. Tanlangan metodika darslarni oʻquvchilarga ularning mavzuga boʻlgan 
qiziqishlarini yanada oshiruvchi motivatsiyalar berishi, matematik qonuniyatlarni 
ularning yoshiga va dunyoqarashiga mos keluvchi, ular tasavvur qila oladigan 
misollar keltirgan holda soddalik bilan mazmunan ochib bergan holda tushuntirish, 
mavzuning inson hayotidagi oʻrnini kengroq yoritib berish, ularda fan haqida 
“oson” yoki “tushunarli” kabi fikrlarni uygʻotishi zarur.
Yuqorida keltirilgan mavzularning dolzarbligini inobatga olgan holda, ushbu 
kurs ishida “Uchbuchak yuzasini oʻqitish metodikasi” mavzusi yoritiladi.
Kurs ishi tadqiqot obyekti umumiy oʻrta ta’lim maktablari geometriyasini 
oʻqitish jarayoni. Tadqiqot predmeti uchburchak yuzini oʻqitish metodikasi.
Ushbu kurs ishida uchburchak yuzasi tushunchasining aniq, sodda va 
tushunarli misollar bilan yoritilishi, oʻquvchilarga qiziqish uygʻotadigan savollar 
qoʻyilishi, mavzuning oʻquvchilar xotirasida yaxshiroq saqlanib qolishi uchun 
qoʻllaniladigan usullar, shuningdek mavzu boʻyicha tashkil etilgan bir soatlik 
ochiq dasr ishlanmasi keltiriladi.
Ishdan 
maqsad 
tanlangan 
mavzu 
boʻyicha 
oʻquvchilar 
bilimini 
shakllantirishning samarali usullarini, metodlarini ishlab chiqish va bu boradagi 
muammolarni tahlil qilishdan iborat.



I BOB. GEOMETRIK SHAKLLAR UCHUN YUZA TUSHUNCHASI. 
UCHBURCHAK YUZASINI HISOBLASH USULLARI.
1.1.
Yuza tushunchasining paydo boʻlish tarixi va geometrik shakllarning 
yuzasini hisoblashga boʻlgan ehtiyoj.
Ma’lumki geometriya matematikaning fazoviy shakllarni oʻrganadigan 
boʻlimidir. Geometriya fani tabiatda mavjud boʻlgan jismlarning shakllarini 
oʻrganish va ularning xususiyatlarini kashf etishdan iborat. Ma’lumki biror 
mahsulot yoki buyum ishlab chiqarilayotganida yoki yasalayotganida uning 
qanday shaklda ishlab chiqarilishi yoki yasalishi ta’lab va estetik jihatdan 
nihoyatda muhim masaladir, tanlangan shaklda ishlab chiqarish uchun qancha 
xomashyo sarf etilishi esa iqtisodiy jihatdan juda muhim. Shu va shunga oʻxshash 
masalalarni hal qilishda faqatgina geometrik bilimlar ta’lab etiladi. Bundan 
tashqari arxitektura va qurulish, dizayn, yer osti va usti transporti, texnika, 
mexanika va mashinasozlik kabi koʻplab sohalar borki, bu sohalardagi har bir 
yutuq, har bir natijada geometriya fanining salmoqli oʻrni bor. Qisqaroq qilib 
aytganda “qayerdaki shakl bor, oʻsha yerda geometriya bor”.
Geometriyaga oid dastlabki tushunchalar qadimgi Misrda paydo boʻlgan. 
Oʻsha kezlarda Nil daryosining suvi har yili toshib, ekin maydonlarini yuvib
turgan. Shuning uchun, ekinzorlarni qayta taqsimlash va soliq miqdorini aniqlash 
uchun bu maydonlarda belgilash va oʻlchash ishlarini bajarishga toʻgʻri kelgan 
va bu geometriya fanining shakllanishi sabab boʻlgan. (1-rasm).

Download 1,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish