Uchinchi kitob



Download 57,25 Mb.
bet157/164
Sana09.07.2022
Hajmi57,25 Mb.
#761542
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   164
Bog'liq
НАРЗУЛЛА ЖЎРАЕВ O\'zbekiston tarixi 3 kitob Milliy Istiqlol davri

Birinchidan, 0‘zbekiston awal boshdan MDH tarafdori bo‘lib chiqdi. Chunki sobiq Ittifoq davridagi respublikalararo an’anaviy munosabatlar yangi vaziyatga mos ravishda davom ettirilishi kerak edi.
Ikkinchidan, bunday Hamdo‘stlik mamlakatlararo iqtisodiy aloqalami yanada mustahkamlab, bu davlatlaming siyosiy musta- qilligiga daxl qilmasligi lozim. MDHga a’zo barcha davlatlar o‘tish davrining qariyb bir xil murakkabliklarini boshdan kechirdi. Shuning uchun iqtisodiy bo‘hronlami bartaraf etish, bozor munosabatlarini shakllantirish jarayonida yillar mobaynida bir-biriga o‘zaro cham- barchas bog‘liq ishlab chiqarish va xo‘jalik munosabatlarini yanada yaxshilash zarur edi. MDH Nizomining qabul qilinishi munosabati bilan unga a’zo davlatlar rahbarlarining Bayonotida ham shu nar- sa ko‘zda tutilgan. 1993-yil sentabrda imzolangan MDH davlatlari o‘rtasidagi «Iqtisodiy Ittifoq» haqidagi shartnoma ham ana shu maqsadlami nazarda tutdi. Bu me’yoriy hujjatlami ishlab chiqish va joriy etishda 0‘zbekiston alohida o‘ringa ega bo‘ldi.
Uchinchidan, 0‘zbekiston MDHga a’zo davlatlar bilan o‘zaro ikki taraf uchun ham foydali hamkorlik qilishga hamisha tayyor va o‘z tashqi siyosatida shunga intilib kelyapti. MDHga a’zo ko‘p mamlakatlar bilan ana shunday hamkorlikda ish olib borilyapti.
0‘zbekiston MDHdagi barcha mamlakatlaming o‘z mustaqil­ligini mustahkamlash yo‘lidagi intilishlarini qo‘llab-quwatlamoqda va bu sobiq ittifoqdosh respublikalar o‘rtasidagi har taraflama ham­korlikni yanada kuchaytiradi, deb hisoblaydi. 0‘zbekiston barcha mustaqil davlatlar hududiy butunligini va ulaming chegaralari daxl- sizligini tan oladi. Ichki hududiy janjallarga aralashmaydi va bularga o‘sha mamlakatlaming ichki ishlari, deb qaraydi. Bundan tashqa­ri, u MDHga a’zo ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlardan chetga chiqadigan masalalami MDH miqyosida ko‘rib chiqish tarafdori. 0‘zbekistonning yana bir nuqtayi nazari shundan iboratki, MDH ichida hech bir davlatning qo‘li baland kelishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Bu O‘zbekiston hukumati, uning rahbariyatining qat’iy yo‘li, О‘zbekiston xalqining xohish-irodasi.
Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligining vujudga kelishi tabiiy va ayni chog‘da tarixiy hodisa. U yangi mustaqil davlatlar suvereni­tetini saqlagan holda yagona iqtisodiy makonni vujudga keltirish, sobiq ittifoq davrida bir-biriga chirmashib ketgan, o‘rgimchak ini- dek chuvalashgan ishlab chiqarish tizimini saqlagan holda teng hu­quqli hamkorlar sifatida jahon bozori me’yorlari va qonun-qoidalari bo‘yicha hisob-kitob qilishni taqozo etadi. Bu dunyo tan olgan haqi- qatga tayangan mezon bo‘lib qolmog‘i kerak.
Biroq, ayrim mamlakatlar allaqanday nufuz va ortiqcha imti- yozlarga erishishni orzu qilib qolishdi. Teng huquqli mustaqil dav­latlar hamkorligi tamoyillaridan chekinish, o‘zlariga ko‘proq va kengroq imkoniyat yaratish, aniqrog‘i, katta og‘achilik singari yaqin o‘tmishdagi nufuzlami yo‘lga qo‘yishga intilishlar bo‘ldi. Bularga erishishning turli-tuman yo‘llarini izlashdi. Jumladan, mustaqillik­ning endigina ikkinchi yili nishonlanayotgan paytdayoq Rossiyaning ayrim siyosatdonlari ikki fuqarolik muammosini ko‘tarib chiqdilar. Emishki, sobiq ittifoq tarkibidan ajralib chiqqan mamlakatlarda rus millatiga mansub aholi yashayotgan ekan, ularga o‘z mamlakati qa- torida Rossiya fiiqaroligi ham berilishi zarur emish. Vaholanki, jahon davlatchiligi tarixi, xalqaro inson huquqlari tajribasi bunday hodisani ko‘rmagan. Bu bevosita ma’lum bir davlat mustaqilligini mensimas- lik, uning Konstitutsiyasini tan olmaslik, qolaversa, ichki ishlariga aralashish hamda millatlararo nizolami keltirib chiqarishdan boshqa narsa emas.
Baxtga qarshi Markaziy Osiyodagi ayrim mamlakatlar mav­jud iqtisodiy tanglik va yuz berayotgan qiyinchiliklami osonlik bilan hal etish maqsadida ikki fuqarolik singari betayin siyosatni ochiqdan ochiq qo‘llab-quwatladilar. Jumladan, Qirg‘iziston va Qozog‘iston shu yo‘l bilan mamlakatdagi iqtisodiy tanglikni barta­raf etmoqchi bo‘ldilar. Mazkur siyosat oqibatlari naqadar og‘ir va ayanchligini aniq his qilgan Islom Karimov bunday g‘oya asossiz va bir hovuch siyosiy lo‘ttibozlaming nayranglari ekanligini aytib, «Agar fuqarolik milliy tamoyilga qarab belgilansa, insonga milla­tiga qarab turli xil huquqiy maqom berilsa, bu oxir-oqibatda jami­yat barqarorligining buzilishiga olib keladi. Ikki davlat fuqaroligiga mansublik achinarli holdir. Bu bevatanlik bilan barobardir», - deb masalaning ham siyosiy-huquqiy, ham ma’naviy-ruhiy jihatlari- ni lo‘nda qilib ochib berdi. U 0‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilingan kunning bir yilligi munosabati bilan 1993-yil 6-dekabrda bo‘lib o‘tgan tantanali yig‘ilishda hamda 0‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining sessiyasida so‘zlagan nutqlarida ham o‘z mu- nosabatini aniq-ravshan bildirdi. Jumladan, u «Ikki davlat fuqarosi qaysi Yatanga, qaysi zamin, qaysi tuproqqa o‘z mehrini, sadoqatini, vatanparvarligini izhor etishi kerak? Agar vaziyat talab qilsa, qaysi mamlakatga jonini ham fido etmoqqa tayyor bo‘lishi kerak? Eng yaxshisi - 0‘zbekistonda yashayotgan fuqarolar o‘zlarining nasl-u nasabi, irqi, millati va diniy e’tiqodidan qat’i nazar teng huquqli bo‘lishi kerak», - dedi.
Bu 0‘zbekistonning qat’iy siyosatidan, Hamdo‘stlik doirasidagi qat’iy faoliyatidan dalolat beradi. 0‘zbekiston istiqlolning dastlab­ki kunlaridanoq teng huquqli hamkorlik yo‘lini tutdi va bu yo‘lda qat’iy turdi.

  1. yil 0‘zbekiston tashqi siyosatida muhim voqea- lar davri bo‘ldi. Prezident I. Karimov YevrAzES doirasida Minsk Sank-Petrburg shaharlarida, MDH doirasida Moskva va Minsk shaharlarida,KollektivXavfsizlikShartnomasiTashkilotidoirasidaSochi- da ko‘p tomonlama uchrashuvlar o‘tkazildi. MDHga a’zo davlatlar rahbarlari bilan uchrashuvlarda ikki tomonlama va ko‘ptomonlama hamkorlik, tinchlik va xavfsizlik masalalariga doir qator bitimlarga imzo chekdi, diniy fundamentalizm, aqidaparastlik, xalqaro terrorizm va narkobiznesga qarshi kurashda hamda buyuk davlatchilik shovi- nizmning turli ko‘rinishlariga barham berishda kuchlami birlashti- rishga doir qator takliflami o‘rtaga tashladi. Shuningdek, Ukraina Prezidenti V. Yushchenko (2006-yil 28-noyabr) va Ukraina Bosh va- ziri V. Yanukovich (2006-yil 16-avgust) bilan muzokaralar olib boril- di.

Shunday qilib 0‘zbekistonning tashqi siyosati 2000-2007- yillarda XXI asming global muammolarini qamrab olgan odam va olam Yer shari va butun insoniyat taqdiriga bog‘liq bo‘lgan butun muammolarini qamrab oldi. 0‘zbekiston o‘zini jahon hamjamiyati- ning eng faol, eng hozirjavob subyekti sifatida namoyon qila bildi. Bu holat MDH doirasida ayniqsa aniq, lo‘nda, dadil va qat’iyatli siyosat qudratini ko‘rsata oldi.


  1. Download 57,25 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   164




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish