Uchinchi kitob



Download 57,25 Mb.
bet7/164
Sana09.07.2022
Hajmi57,25 Mb.
#761542
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   164
Bog'liq
НАРЗУЛЛА ЖЎРАЕВ O\'zbekiston tarixi 3 kitob Milliy Istiqlol davri

Quyosh - davlatimizning yo‘li hamisha nurafshon bo‘lishi bil- dirilgan yaxshi niyat, ayni paytda u 0‘zbekistonning noyob iqlimga ega mamlakat, serquyosh o‘lka ekanligini bildiradi.
Boshoq - rizq-ro‘zimiz timsoli, to‘kin-sochinlik ifodasi.
Oppoq paxta - 0‘zbekiston dong‘ini dunyoga taratgan bebaho boyligimiz ramzi.
Bug‘doy va paxta chanoqlarini Davlat bayrog‘i lenta bo‘lib o‘raganligi 0‘zbekistonda yashayotgan xalqlar do‘stligi va yakdilligi ifodasi hisoblanadi.
Gerb rangli tasvirda bo‘lib, humo qushi kumush rangda, quyosh, boshoqlar, paxta chanog‘i va «O‘zbekiston» degan yozuvlar tilla rangda, g‘o‘za shoxlari, barglari va vodiylar yashil rangda, tog‘lar havo rangida, chanoqdagi paxta, daryolar, yarim oy va yulduz oq rangda, 0‘zbekiston Respublikasining davlat bayrog‘i tasvirlangan lenta to‘rt xil rangda berilgan.
0‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992-yil 10- dekabrida bo‘lib o‘tgan XI sessiyasida «0‘zbekiston Respublikasi­ning Davlat madhiyasi to‘g‘risida»gi qonun qabul qilindi. Sessiyada shoir Abdulla Oripov va bastakor Mutal Burhonov tomonidan tay- yorlangan quyidagi madhiya varianti tasdiqlandi:
Serquyosh hur o‘lkam, elga baxt najot,
Sen o‘zing do‘stlarga yo‘ldosh, mehribon. Yasbnagay to abad ilm-u fan, ijod,
Shuhrating porlasin toki bor jahon!
N a q о r a t:
Oltin bu vodiylar - jon 0‘zbekiston Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug‘ xalq qudrati jo‘sh urgan zamon Olamni mahliyo aylagan diyor!
Bag‘ri keng o‘zbekning o‘chmas iymoni,
Erkin, yosh avlodlar senga zo‘r qanot!
Istiqlol mash’ali, tinchlik posboni,
Xalq sevar, ona yurt, mangu bo‘l obod!
N a q о r a t:
Oltin bu vodiylar - j on 0‘zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug‘ xalq qudrati jo‘sh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor.
0‘zbekiston mustaqil davlat maqomiga ega bo‘lgan kundanoq dastlab mustaqillikka erishgan Boltiqbo‘yi respublikalari bilan teng huquqli davlat sifatida munosabat o‘matish uchun harakat boshladi.

  1. yilning 30-sentabrida respublika Oliy Kengashi Latviya, Lit- va va Estoniya respublikalari mustaqilligini e’tirof etish to‘g‘risida qaror va shu respublikalar Oliy Kengashlariga Murojaatnoma qabul qildi. Jumladan, Latviya Respublikasining Oliy Kengashini, butun xalqini Latviya to‘la davlat mustaqilligiga erishganligi, u xalqaro ko‘lamda keng tanilganligi va Birlashgan Millatlar Tashkilotiga qa­bul qilinganligi bilan tabrikladi. Tabriknomada, jumladan, shunday so‘zlar bitilgan edi:

«Latviya bilan 0‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlar an’anaviy do‘stlik ruhida bo‘lib, xayrixohlik va ikkala respublikaning suvere­nitetini tan olish prinsiplariga asoslanadi. Mustaqil 0‘zbekiston bun- dan buy on teng huquqlilik va o‘zaro hurmat asosida har tomonlama iqtisodiy va madaniy aloqalami sifat jihatidan yangi darajada davom ettirish niyatida.
Latviya xalqiga mustaqil demokratik davlat qurilishida katta muvaffaqiyatlar, baxt va ravnaq tilaymiz».
Xuddi shu mazmundagi murojaatnomalar Litva va Estoniya Respublikalari Oliy Kengashlari nomiga ham yuborildi. Mustaqil­lik qo‘lga kiritilgan davrdan boshlab 0‘zbekiston tarixida mutlaqo yangi davr boshlandi.
0‘zbekiston o‘z suverenitetini qo‘lga kiritgandan so‘ng bu haq- da respublika ichkarisida ham, uning tashqarisida ham ayrim kishilar turlicha qarashlarni ilgari surdilar. Jumladan: «0‘zbekiston osongi- na, kurashsiz mustaqil bo‘lib oldi», - degan fikrlar paydo bo‘ldi. To‘g‘ri, 1991-yilning o‘rtalariga kelib sobiq SSSRning yemirilishi, Ittifoq hukumati esa boshqaruv jilovini qo‘ldan chiqarib yuborgan- ligi tufayli mustaqillikka erishish uchun qulay tarixiy shart-sharoit paydo bo‘ldi. Biroq, tarixiy tajriba shuni isbotladiki, o‘ta murakkab rahbarlik siyosatining muhim jihatlaridan biri hal qiluvchi qadamni to‘g‘ri belgilash va qat’iy harakat boshlashdan iborat.
0‘zbekiston rahbariyati ana shunday donolik bilan harakat qildi, eng qulay paytdan dadillik bilan foydalanib, respublikaning davlat mustaqilligini e’lon qildi.
Mustaqillik bu in’om emas, balki butun xalqning, millionlaming uzoq yillik intilishi tufayli qo‘lga kiritilgan tarixiy kurashning nati­jasi - buyuk g‘alaba. Zotan, 0‘zbekistonning davlat mustaqilligiga ega bo‘lganligi buyuk tarixiy ahamiyatga ega voqea hisoblanadi. Chunonchi:

Download 57,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   164




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish