Uchun yozgan mustaqil ishi


Shanxay hamkorlik tashkiloti va O‘zbekiston



Download 192 Kb.
bet3/5
Sana22.01.2023
Hajmi192 Kb.
#901332
1   2   3   4   5
Bog'liq
22-22-2022 tarix

3. Shanxay hamkorlik tashkiloti va O‘zbekiston.
Shanxay Hamkorlik Tashkiloti - submintaqaviy xalqaro O‘zbekiston va SHanxay tashkilot bo‘lib, uning tarkibiga dastlab asoschilar sifatida 6 ta davlat (Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston) kirdi. SHHTning rasmiy tili rus va xitoy tili ramzi esa oq bayroq bo‘lib, uning markazida tashkilotning gerbi joylashgan. Tashkilotning shtab-kvartirasi Pekinda joylashgan.
Hozirgi vaqtda SHHTda 8 ta a’zo-davlat, 4 ta kuzatuvchi-davlat va 6 ta muloqot uchun hamkor-davlat faoliyat yuritmoqda. Boshqacha aytganda, u Evroosiyoning beshdan uch qismini va dunyo aholisining qariyb yarmini qamrab olgan. Buni raqamlarda ifoda etadigan bo‘lsak, SHHT tarkibidagi mamlakatlarning umumiy maydoni 34 mln. kvadrat kilometrdan iborat. Bu ulkan makonda 3,2 milliard aholi yashaydi. SHu tariqa ushbu tashkilot jug‘rofiy jihatdan va aholi soni borasida jahonning eng yirik tuzilmalaridan biriga aylandi. O‘tgan davrda SHHTga a’zo davlatlar turli sivilizatsiyalar to‘qnashuvi, “sovuq urush” va boshqa har xil salbiy yondashuvlardan voz kechdi. Tashkilotning barcha a’zolari o‘zaro hurmat, teng huquqlilik, adolat va manfaatli amaliy hamkorlik tarafdoridir. Eng muhimi, mazkur mintaqaviy tashkilot barqaror va sog‘lom ruhda rivojlanmoqda. Bugungi kunda Xitoy bilan SHXTga a’zo boshqa davlatlar o‘rtasidagi savdo aylanmasi 20 barobar ortgan. Bu ko‘rsatkich 2018 yil yakunlari bo‘yicha 12 milliard AQSH dollaridan 255 milliard dollarga etdi. Jahon yalpi ichki mahsulotining 20 foizdan ziyodi SHHTga a’zo davlatlar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda6.
1996 yil Shanxayda Xitoy, Rosssiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston davlat rahbarlarining sammiti bo‘lib o‘tdi. Sammitda chegara hududlari bo‘yicha harbiy sohada o‘zaro ishonchni mustahkamlash bilan bog‘liq shartnomani imzolanishi natijasida Shanxay Hamkorlik Tashkiloti vujudga keldi. 1997 yil Moskvada yuqorida nomlari ko‘rsatilgan besh davlat rahbarlarining ishtirokida sammit bo‘lib o‘tgan. Sammitda chegara hududlarida qurolli kuchlarni qisqartirish to‘g‘risida Bitim (1997-yil 24- aprel) imzolanadi. Almati (1998), Bishkek (1999)da bolib o‘tgan sammitlarda «Shanxay beshligi»ning holati yanada mustahkamlanib, o‘zaro ishonch va hamkorlik munosabatlari yangi bocqichga ko‘tarildi. 2000-yil 5-iyun Dushanbeda «Shanxay beshligi» davlatlari boshliqlarining uchrashuvi boTgan.Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi birinchi marta kuzatuvehi sifatida ishtirok etgan.Shuni aytish lozimki, «Shanxay beshligi» Dushanbeda «Shanxay forumi»ga aylantiriladi7.
SHHHT ning 2005-yil 5-iyul SHHTning Ostona sammitida Eron, Pokiston, Hindiston va Mo‘g‘iliston kuzatuvchi maqomga ega bo‘lib tashkilot tarkibiga kirdi. Oliy darajadagi bu uchrashuvda mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash masalalari, jumladan, Afg‘onistondagi vaziyatni barqarorlashtirish, uning iqtisodiy infratuzilmasini birgalikda tiklash yuzasidan fikr almashilgan.
SHanxay Hamkorlik Tashkilotining asosiy maqsad va vazifalari:
- a’zo davlatlar o‘rtasida o‘zaro ishonch, do‘stlik va yaqin qo‘shnichilik aloqalarini mustahkamlash;
- mintaqada tinchlik, xavfsizlik va barqarorlikni saqlash hamda mustahkamlash, yangi demokratik, adolatli va oqilona siyosiy hamda iqtisodiy xalqaro tartibni shakllantirishga ko‘maklashish maqsadida turli yo‘nalishlarda hamkorlikni rivoj­lantirish;
- terrorizm, separatizm va ekstremizmning barcha ko‘rinishlariga qarshi bir­galikda kurash olib borish, giyohvand moddalar va qurol-yarog‘ning noqonuniy savdosi hamda transmilliy jinoiy faoliyatning boshqa turlari, jumladan, noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish:
- siyosiy, savdo-iqtisodiy, mudofaa, huquq-tartibotni saqlash, tabiatni muhofaza etish, madaniy, ilmiy-texnikaviy ta’lim, energetik, transport, moliya-kredit va boshqa sohalarda samarali mintaqaviy hamkorlikni qo‘llab-quvvatlash;
- a’zo davlatlar xalqlari turmush darajasi va sharoitlarini uzluksiz yaxshilash maqsadida teng sherikchilik asosida mintaqada har tomonlama va barqaror iqtisodiy o‘sish, ijtimoiy hamda madaniy taraqqiyotga ko‘maklashish;
- jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuvda yondashuvlarni muvofiqlashtirish;
- a’zo davlatlarning xalqaro majburiyatlari hamda milliy qonunchiligiga mos ravishda insonning huquq va erkinliklarini ta’minlashga ko‘maklashish;
- boshqa davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan munosabatlarni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish;
- xalqaro nizolarning oldini olish hamda ularni tinch yo‘l bilan hal etilishida o‘zaro aloqalarni mustahkamlash;
- XXI asrda vujudga keladigan muammolarning echimini birgalikda izlab topish8.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antonio Guterres, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Ijroiya qo‘mitasi raisi — Ijrochi kotibi Sergey LebedevKollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti Bosh kotibi o‘rinbosari Amanjol JanqulievASEAN Bosh kotibi Le Liong Min ishtirok etdi9.
Tashkilotning 2016 yilgi Toshkent sammitida Hindiston Respublikasi va Pokiston Islom Respublikasining SHHTga a’zo davlat maqomini olish yo‘lidagi majburiyatlari to‘g‘risidagi memorandumlar imzolangan edi.
Sammitda Hindiston va Pokiston tashkilotga a’zo sifatida qabul qilindi. Hindiston va Pokistonning SHHT a’zosi maqomiga ega bo‘lishi tashkilot imkoniyatlarini kengaytirib, xalqaro maydonda dolzarb muammolarni hal etish, mintaqa va dunyoda xavfsizlik va barqaror taraqqiyotni ta’minlashda ko‘p tomonlama mexanizm sifatida tashkilot rolini yanada oshirishga xizmat qiladi.
Sammit ishtirokchilari SHHT ishbilarmonlar kengashi va banklararo birlashmasi faoliyatiga oid axborotlarni tinglab, ularning faoliyatini ijobiy baholadi. Ushbu tuzilmalarga Tashkilot doirasida barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash borasida, xususan, makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlikni ta’minlash, iqtisodiyotning yuqori texnologik tarmoqlarini jadal rivojlantirish, sanoat infratuzilmalarini modernizatsiyalash, sarmoyaviy loyihalarni moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish, ishbilarmon doiralar va moliyaviy tuzilmalar o‘rtasida bevosita aloqalarni rivojlantirish orqali amaliy ko‘mak berishga yo‘naltirilgan faoliyatni kengaytirish bo‘yicha o‘zaro aloqalarni faollashtirishni tavsiya etdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev o‘z nutqida sammit ishtirokchilari e’tiborini Afg‘onistondagi vaziyatni yaxshilash zarurligiga qaratib, u erda sodir etilayotgan davomli teraktlar dunyoning barcha mamlakatlari uchun xavf solayotganini alohida ta’kidladi. Ushbu tahdidlarga hamkorlikda, jahon hamjamiyati harakatlarini birlashtirgan holda qarshi kurashish zarurligini qayd etdi.
Yoshlarni turli yot g‘oyalardan asrash, ularning zamonaviy ta’lim-tarbiya olishi, komil inson bo‘lib voyaga etishida davlatlararo hamkorlikning ahamiyati katta.
Samarqand shahrida Islom hamkorlik tashkiloti  Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining tashqil etilishi millatlararo, madaniyatlararo munosabatlarni mustahkamlashda muhim qadam bo‘ladi, - dedi Mirziyoev.
O‘zbekiston SHHTga a’zo davlatlar o‘rtasida savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada mustahkamlash, bir makon-bir yo‘l  loyihasi doirasida transport-kommunikatsiya sohasini jadal rivojlantirish tarafdori ekanini qayd etdi. Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temir yo‘lining  qurilishi mamlakatimizning jahon bozoriga chiqishida alohida ahamiyatga ega. SHavkat Mirziyoev SHHT davlatlari temir yo‘l sohasi rahbarlarining uchrashuvlarini tashqil qilish zarurligini ta’kidladi. SHHTning doimiy faoliyat yurituvchi xalq diplomatiyasi markazini tashqil etish g‘oyasini ilgari surdi.
Davlat rahbarlari kengashi majlisi yakunlari bo‘yicha qabul qilingan Ostona deklaratsiyasida amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirishga oid asosiy yondashuvlar, ko‘p tomonlama hamkorlikni kengaytirish va chuqurlashtirish uchun barcha sa’y-harakatlarni yo‘naltirishga qaratilgan mushtarak intilishlar o‘z ifodasini topgan10.
SHHHT ning keyingi uchrashuvi 2018 yil 9-10 iyun kunlari Xitoyning Sindao shahrida bo‘lib o‘tdi. Unda Hindiston Respublikasi Bosh vaziri N. Modi, Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti N. Nazarboev, Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin, Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti S. Jeenbekov, Pokiston Islom Respublikasi Prezidenti M. Husayn, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti V. Putin, Tojikiston Respublikasi Prezidenti I. Rahmon va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH. Mirziyoev ishtirok etdilar. Majlisga Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin raislik qildi.
“SHHT roli va mavqeini yanada mustahkamlash bizning “SHanxay ruhi” hamda tashkilot tamoyil va qadriyatlariga nechog‘li amal qilishimizga bog‘liq bo‘ladi”. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev 2019 yilning 13-14 iyun kunlari Qirg‘izistonning Bishkek shahrida bo‘lib o‘tgan SHanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining o‘n to‘qqizinchi majlisida so‘zlagan nutqida shunday deb ta’kidladi.
Ushbu muhim mintaqaviy tadbir doirasida SHanxay hamkorlik tashkiloti tashqil topganining 18 yilligi nishonlandi.
O‘z navbatida, Bishkek sammiti – SHHT doirasidagi hamkorlik jarayonlarida yana bir muhim marrani zabt etish nuqtasi sifatida e’tirof etildi. Bunday amaliy muloqotlar, Prezidentimiz SHavkat Mirziyoev qayd etganidek, “mintaqamizda zamonaviy taraqqiyotning eng muhim masalalari bo‘yicha yondashuvlarni moslashtirishga xizmat qiladi”.
Davlatimiz rahbari o‘z nutqida, shuningdek, bugungi kunda SHHTga a’zo davlatlar uchun, bir tomondan, xavfsizlikni ta’minlashda kelishilgan siyosatni yuritish, ikkinchi tomondan, davlatlarimiz barqaror taraqqiyoti va ravnaqi uchun qulay sharoitlarni shakllantirish muhim ekaniga to‘xtaldi.
Sammit yakunlari bo‘yicha SHHTga a’zo mamlakatlar o‘rtasida turli sohalardagi sheriklikni rivojlantirishga doir 22 ta hujjat imzolangani juda muhim. Jumladan, O‘zbekiston Prezidentining taklifi asosida Hududlararo hamkorlikni rivojlantirish dasturi qabul qilindi.
SHuni alohida ta’kidlash kerakki, bugun SHHT o‘z taraqqiyotining yangi bosqichiga qadam qo‘ydi. Ilk bosqichda asosiy e’tibor chegara muammolarini hal qilishga qaratilgan bo‘lsa, endilikda o‘zaro hamkorlikning ko‘lamlari va miqyoslari tubdan kengaydi.
O‘zbekiston Prezidenti “SHHTni rivojlantirish konsepsiyasi”ni ishlab chiqish g‘oyasini ilgari surdi. Bunda, beshta ustuvor mezonga tayangan holda, SHHT doirasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikning asosiy yo‘nalishlarini belgilab olish maqsadga muvofiq ekaniga e’tibor qaratildi.
Ikkinchidan, SHHT doirasida tashqil etiladigan turli maqomdagi uchrashuvlarga, asosli ravishda, o‘z strategik maqsadlarini ro‘yobga chiqarish uchun qulay maydon sifatida yondashadigan O‘zbekiston uchun SHHT mintaqasidagi transport kommunikatsiyalari mamlakatimizning jahon bozoriga chiqishida muhim omil hisoblanadi.
Uchinchidan, Bishkek anjumani kun tartibidagi dolzarb ahamiyatga molik mavzular qatorida transport-kommunikatsiya sohasidagi hamkorlikni faollashtirish, xususan, SHHT makonidagi mavjud transport yo‘laklaridan foydalanishning samaradorligini oshirish va yangi transport yo‘laklarini barpo etish istiqbollari ham atroflicha muhokama qilindi.
SHHT doirasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikning uchinchi mezoni – axborot sohasi. Davlatimiz rahbari SHHT makonidagi barcha mamlakatlarning axborot texnologiyalari rivojlanishiga mas’ul idoralari rahbarlarining muntazam uchrashuvlari mexanizmini joriy etish taklifi bilan chiqdi.
Hozirgi vaqtda SHHTga a’zo davlatlar Afg‘oniston bilan asosan ikki tomonlama bitimlar negizida hamkorlik qilmoqda. Bir qancha loyihalar bo‘yicha ushbu mamlakatning energetika va infratuzilmalar tizimlarini tiklash hamda rivojlantirishga ko‘maklashilmoqda. Kelgusida Afg‘oniston bilan hamkorlik aloqalarini kengaytirishda ko‘p tomonlama shartnomalarga tayanish muhim samaralar berishi tayin.
SHu nuqtai nazardan, Bishkek sammiti yakunida qabul qilingan “SHHT – Afg‘oniston” Muloqot guruhining harakatlariga doir “Yo‘l xaritasi” alohida diqqatni tortadi. Ushbu mamlakat bilan yaqin hamkorlikda ustuvor infratuzilma loyihalarini ilgari surish orqali Afg‘onistonni mintaqaviy hamkorlikka jalb qilish rejasi ham muhim ahamiyatga ega. Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, “O‘zbekiston afg‘on muammosini tinch yo‘l bilan hal etish jarayonini to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi”11.


  1. Download 192 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish