Uchun yozgan mustaqil ishi



Download 192 Kb.
bet4/5
Sana22.01.2023
Hajmi192 Kb.
#901332
1   2   3   4   5
Bog'liq
22-22-2022 tarix

O‘zbekiston va MDH.

Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) 1991-yil 8-dekabrdagi MDH tuzish to‘g‘risida bitim va 1991-yil 21-dekabrdagi mazkur Bitim Protokoli asosida tashkil qilingan. Ozarbayjon Respublikasi, Armaniston Respublikasi, Belarus Respublikasi, Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iz Respublikasi, Moldova Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Tojikiston Respublikasi, Turkmaniston, O‘zbekiston Respublikasi va Ukraina MDH ishtirokchi davlatlari hisoblanadi.
Ular bu bitimda davlatlarining hududiy butunligini tan olish, amaldagi chegaralar, ularning ochiqligi, fuqarolarning harakati erkinligiga, xalqaro tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash, harbiy xarakat va kurol-yarog‘ tarqatishning oldini olishda birgalikda xarakat qilishga kelishib oldilar.
O‘zbekiston Respublikasi MDHning asosiy nizomiy va tarmoq organlari faoliyatida ishtirok etadi. O‘zbekiston Hamdo‘stlik tashkil etilgandan boshlab uning doirasida iqtisodiy integratsiyani chuqurlashtirish va yangicha asosda xo‘jalik aloqalarini jarayonlarga siyosiy tus bermagan holda amalga oshirish tarafdori bo‘lgan davlatlar qatoriga kirgan.
O‘zbekiston MDH doirasida amaldagi o‘zaro savdo tartibini yomonlashtirmaydigan tamoyillarga asoslangan, to‘laqonli erkin savdo hududini tashkil etish tarafdoridir. Bu MDH hududida barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni ta’minlashda muhim omil bo‘lmoqda.
O‘zbekiston tomoni jahondagi jadal o‘zgarishlar sharoitida MDHni davlatlararo hamkorlik tizimi sifatida doimiy muzokaralar, oliy darajada siyosiy muloqotlar, vujudga kelayotgan yangi tahdid va xavf-xatarlarga qarshi kelishilgan yondoshuvlar ishlab chiqish, xalqaro xavfsizlikka oid ko‘plab dolzarb masalalarni hal etishning muhim mexanizmi deb hisoblaydi12.
1991-2020 yillarda MDX davlatlari rahbarlarining 40 ga yaqin kengashlari bo‘lib o‘tdi va muhim hujjatlar imzolandi. Ular orasida xavfsizlik masalalari, tinchlikni saqlash, iqtisodiy hamkorlikni yo‘lga kuyib olish uchun davlatlararo iqtisodiy qo‘mita tuzish, iqtisodiy integratsiyani tulatsonli amalga oshirish, bojxona va ittifok to‘lovi masalalarini izga solib olish kabilar muhim o‘rin egalladi. O‘zbekiston MDX doirasida siyosiy, iqtisodiy, madaniy sohalar bo‘yicha shartnoma hamda kelishuvlarni Rossiya, Ukraina, Belorussiya, Moldaviya va boshqa mamlakatlar bilan imzolab, o‘zaro manfaatli hamdo‘stlik aloqalari uchun mustahkam asos yaratdi13.
Bugungi kunda MDHning tarkibi 10 ta a’zo davlatlar: Rossiya, Ukraina, Belorussiya, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Ozarbayjon, Armaniston, Moldaviya va bitta kuzatuvchi Turkmaniston kiradi.
SHunday bo‘lsa-da, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi hozirgi kunda ham ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q. MDH yon-atrofdagi voqealarga munosabat bildirishda yakdillik ko‘rsatish, xususan, terror, narkobiznes, uyushgan jinoyatchilik, ekstremizm kabi balolarga qarshi turishda hamjihatlikni mustahkamlash, bahamjihat harakat qilishda muhim o‘ringa ega.
Transport va kommunikatsiyalar hamkorlikning strategik muhim yo‘nalishi hisoblanadi. O‘zaro integratsiyalashgan transport tizimlarini rivojlantirish, Hamdo‘stlik mintaqasining ulkan tranzit salohiyatidan to‘la foydalanish barcha uchun manfaatli. Ma’muriy jarayonlarni takomillashtirish va o‘zaro imtiyozlar berish bu borada muhim ahamiyat kasb etadi. 
Turizm sohasidagi imkoniyatlar ham to‘la ishga solinmagani, bu imkoniyatlarni tahlil qilish va aniq chora-tadbirlar ishlab chiqish zarurligi ta’kidlandi. 
Afg‘onistondagi vaziyatga ham e’tibor qaratildi. Jinoiy daromadlarni legallashtirish, korrupsiya, terrorizm, narkobiznes kabi xavf-xatarlarga qarshi birgalikda kurashish masalalari muhokama qilindi14
Majlisda Hamdo‘stlik mamlakatlarining Parlamentlararo assambleyasi faoliyatini takomillashtirish, Tashqi ishlar vazirlari kengashi va Iqtisodiy kengashini rivojlantirish, kelgusi yillarda MDHning madaniy poytaxtlarini belgilash kabi masalalar muhokama qilindi. MDHga a’zo mamlakatlar davlat rahbarlarining Oila instituti va an’anaviy oilaviy qadriyatlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha bayonoti, Hamdo‘stlikda 2019 yilni Kitob yili, 2020 yilni 1941-1945 yillardagi ulug‘ Vatan urushida qozonilgan g‘alabaning 75 yilligi yili, deb e’lon qilish haqida qaror qabul qilindi. 
Rossiya O‘zbekistonning muhim savdo-iqtisodiy sheriklaridan. Mamlakatimizda Rossiyaning etakchi kompaniya va banklari ishtirokida yirik investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda. Eksport va importning barcha ko‘rsatkichlari bo‘yicha o‘sish kuzatilmoqda. Yil boshidan buyon o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 3 milliard dollardan oshgan. 
SHu asosda 2019 yil 7 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi xavfsizlik organlari va maxsus xizmatlari rahbarlari kengashining Toshkentdagi yig‘ilishida ishtirok etadigan delegatsiyalar boshliqlarini qabul qildi. Ushbu tadbirda Prezidentimiz O‘zbekistonda MDH doirasidagi ko‘p qirrali munosabatlarni, jumladan, zamonaviy tahdid va xatarlarga qarshi kurash borasidagi hamkorlikni kengaytirishga muhim ahamiyat qaratilayotganini ta’kidladi. Xavfsizlikni ta’minlash sohasidagi amaliy hamkorlikni yanada mustahkamlash mamlakatimizning Hamdo‘stlikda 2020 yilgi raisligining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekani qayd etildi. Tashkilotga a’zo davlatlar maxsus xizmatlari o‘rtasidagi yaqin hamkorlikni davom ettirish, shu jumladan tezkor axborot almashish hamda terrorizm, ekstremizm, narkotrafik va uyushgan jinoyatchilikni bartaraf etish bo‘yicha qo‘shma tadbirlar o‘tkazish zarurligiga alohida e’tibor qaratildi. Kiberjinoyatchilikka qarshi kurashda, internet va boshqa axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan zo‘ravonlik va radikal qarashlarni targ‘ib qilish maqsadida foydalanishga chek qo‘yish borasida sa’y-harakatlarni birlashtirish muhimligi ta’kidlandi15.
Hamdo‘stlikning yana bir ahamiyatli tomoni shundaki, globalizatsiya jarayonlari jadallashib borayotgan hozirgi sharoitda dunyoda yuz berayotgan iqtisodiy va siyosiy o‘zgarishlarga tayyor turish, turli inqirozlarni engishda barcha a’zo davlatlar uchun kerakli va foydali tashkilotdir.

Download 192 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish