Umumiy entomologiya va zoologiya


II-bob. Hashoratlarning qishloq xo’jaligidagi o’rni



Download 14,35 Kb.
bet4/4
Sana06.07.2022
Hajmi14,35 Kb.
#745071
1   2   3   4
Bog'liq
“Umumiy entomologiya va zoologiya” fanidan kurs ishi mavzu no’x-fayllar.org

II-bob. Hashoratlarning qishloq xo’jaligidagi o’rni

2.1. Qishloq xo’jaligiga zarar keltiruvchi hasharotlar.

Hasharotlar oziqlanishiga qarab tasniflanadi. Jumladan, barg va uning qismlarini zararlash. Qo‘pol zararlash, bunda kemiruvchi hasharot bargning hammasini eydi. Bularga chigirtkasimonlar, ko‘pchilik kapalaklar lichinkasi, arrakashlar va ba’zi bir qo‘ng‘izlar kiradi. Tanlab zararlash—kemiruvchi hasharot barg chetini esa — chetidan zararlanish; bargni teshib, o‘yib esa—teshikli zaralanish deyiladi. Misol, ko‘pchilik bargxo‘r qo‘ng‘izlar, ba’zi bir kapalak qurtlar. Hasharot barg tomirlariga tegmay etini va terisini esa barg skeletlanishi; hasharot bargning ayrim uchastkalarini esa-yu, ammo eyilgan joyning ustki yoki ostki pardasiga tegmasa, bunday zararlanish darchasimon zararlanish deyiladi. Ko‘pchilik bargxo‘r qo‘ng‘izlarning lichinkalari, arrakashlarning soxta qurtlari va boshqalar bunga misol bo‘la oladi. Hasharot bargning bir joyidan epidermasini teshib kirib, parenximani eb, epidermasiga tegmay zararlasa, bunday zararlash minalash deb aytiladi. Misol, lavlagi pashshasi lichinkalari minali pashshachalar oilasiga kiradi.


Ba’zi bir so‘ruvchi hasharotlar, bitlar, qandalalar, tripslar va boshqalar barg shirasini so‘rish natijasida, bargda turli xil qo‘ng‘ir, sariq, oq va boshqa rang dog‘lar hosil qiladi.
O‘simlik skelet qismlari—tana, novda va shoxlarni zararlash.
O‘simlikning yog‘och, lub yoki po‘stlog‘ida uzun mo‘ylov qo‘ng‘izi, po‘stloqxo‘r qo‘ng‘izining lichinkalari turli xil murakkab yo‘llar hosil qiladi.
Hasharot lichinkalari o‘simlikning novda, tana va shoxlari ichida ovqatlanishi natijasida o‘simlikning Shu qismlari shakli o‘zgaradi. Bunday zararlanishga, novda, tana va shohlar deformatsiyasi deb aytiladi.


2.2. Hashoratlarga qarshi kurash.

Antropogen omillar deganda (grekcha antropos — odam) tabiatga va hasharotlarga inson xo‘jalik faoliyatining ta’siri tushuniladi. Bu ta’sir katta, uning roli to‘xtovsiz ortib bormoqda. Qo‘riq erlar o‘zlashtirilganda (haydalganda), o‘rmonlar kesilganda, erlar sug‘orilganda hasharotlarning tur tarkibi birmuncha o‘zgaradi, ayrim turlar sonining nisbati va ularning xo‘jalikdagi ahamiyati ham o‘zgaradi. Shunnng uchun asosiy vazifa ekologik qonunlarni tan olib, tabiatda ulardan to‘g‘ri foydalanishdir.


Agrotexnik va tashkiliy xo‘jalik usulini qo‘llashni ekin turlari bo‘yicha tabaqalashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu erda har bir agrotexnik tadbirni zararli organizmlarning qaysi turiga konkret ta’sir etishiga ahamiyat beriladi. Agrotexnik tadbirlarni noto‘g‘ri qo‘llash zararli organizmlarning miqdorini ko‘payishiga ham olib kelishi mumkin. Agrotexnik tadbirlar tashkiliy xo‘jalik tadbirlarni to‘g‘ri tashkillashtirish zararli organizmlarni yoppasiga ko‘payishini oldini olish asosini tashkil etadi.
O‘zbeqiston hududida, MDH davlatlarida, umuman jaxon miqyosida zararli organizmlarga qarshi kurashda chidamli navlar yaratishiga alohida e’tibor qaratiladi. Seleksioner olimlar oldiga qo‘yilgan vazifalardan biri ham ekinlarni zararkunanda va kasalliklarga chidamli navlarni yaratishdan iborat.


Xulosa
Har yili Respublikamiz qishloq xo’jaligi zararkunanda hayvonlar, kasalliklar va begona o’tlardan ulkan miqdorda zarar ko’radi.
Qishloq xo’jaligi sohasiga ko’plab bir yillik, ko’p yillik, parazit va zaharhli begona o’tlar zarar yetkazadi. Jahon mamlakatlari o’rtasida savdo a’loqalarining kuchayishi, yuk tashish hajmining ortishi foydali yuklar va maxsulotlar bilan birga zararkunanda hashorotlar va begona o’tlarning ham tarqalishiga sabab bo’lmoqda. Begona makonga tushgan o’simliklar ko’pincha tabiiy dushmanlaridan xalos bo’ladilar va yoppasiga ko’payib ketishlari mumkin. Bularga ko’plab misollar keltirish mumkin. Xususan Amerika qit’asiga Xorazm vohasidan yantoqning borib qolishi va begona o’t sifatida tarqalganligi hammaga ma’lum.
Ularga qarshi ananaviy kimoviy va agrotexnik kurash serxarajat va ko’pincha kam samaralidir. Bundan tashqari qo’llanilgan kimyoviy moddalar tuproqda yig’iladi va buning oqibatida ko’plab foydali organizmlar nobud bo’ladi, biotsenotik aloqalar buziladi, oziq-ovqat mahsulotlari, hayvonlar va insonlar zaharlanadi. Begona o’tlarga qarshi mexanik va agrotexnik usullarni qator holatlarda masalan pichanzorlar, yaylovlar va boshqa kam ishlatiladiga yerlarda qo’llash iqtisodiy samara bermaydi. Ba’zi holatlarda esa begona o’tlar bevosita dorivor o’simliklar bilan yonma-yon o’sadi va bu ularga qarshi ananaviy usullarning birortasini ham qo’llashga imkon bermaydi.

Shunday holatda begona o’tlarga qarshi biologik usul ya’ni ularning tabiiy dushmanlarini gerbifaglarni qo’llash yaxshi samara berishi mumkin. Qator olimlar tomonidan o’tkazilgan tadqiqotlar natijasida begona o’tlarning sonini tabiiy ravishda cheklaydigan biologik agentlar: viruslar, soda hayvonlar, zamburug’lar, nematodalar, kanalar, hashorotlar kabi fitofaglar borligi aniqlandi. Bu organizmlar o’zining hayoti davomida ko’pincha bir yoki bir-biriga yaqin turlarga bog’liq holda yashaydi. Ular faqat ushbu o’simliklarning to’qimalari bilan oziqlanishga moslashgan va madaniy o’simliklarga zarar yetkazmaydi.




http://fayllar.org
Download 14,35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish