Umumta’lim maktablarida fizika fanini o'qitishning sifat va samaradorligini oshirish omillari zarifa Shukurova



Download 23,61 Kb.
Sana29.12.2021
Hajmi23,61 Kb.
#78285
Bog'liq
maqola fizika


UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA FIZIKA FANINI O'QITISHNING SIFAT VA SAMARADORLIGINI OSHIRISH OMILLARI
Zarifa Shukurova – Termiz shahri 8-umumiy o’rta ta’lim maktabi fizika fani o’qituvchisi

Tel:+998915882940

Email:zarifashukurova82@gmail.com
O'qitish jarayonida o'qituvchi va o’quvchi o'rtasida yo'naltirilgan, izchil o'zgarib turadigan o'zaro munosabatlar yuzaga keladi, shu sabab bu jarayonda uchta muhim ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadni aniq belgilab olishi lozim.

Har bir o'qituvchi o'z o'quvchilarini va ularning individual xususiyatlarini, kuchli tomonlarini va fikrlashning zaif tomonlarini yaxshi biladi, lekin shu bilan birga, o’quvchining o'rgangan va o'rganmagan narsalarni bilish bilan chegaralanib bo'lmaydi.

O'quvchilarning individual xususiyatlarini aniqlash kerak. Har bir pedagog o'z faoliyatimda o'quvchilari tafakkurini rivojlantirish va shakllantirishga katta e'tibor bermog’i lozim.

O’quvchilarning yangilik (yangi mavzuga oid tushuncha, yangi formula va uning birliklari) ni qabul qilish darajasi turlicha. Shu sababli, past o’zlashtiruvchi o’quvchi bilan individual ishlash kerak. Binobarin, o'quvchilarning bilim darajasining pastligi ularning aqliy qobiliyatlarini to'liq rivojlantirish, ular tomonidan o'quv materiallarini to'liq o'zlashtirishga intilish zaruriyatidan ozod qilmaydi.

Ushbu toifadagi o’quvchilar uchun eng yaxshisi, umumiy qoidalarni kengroq, visual ko’rsatish (vizual (lot. visualis -koʻrish...) — biron bir hodisa (mas., oy tutilishi)ni oddiy koʻz bilan (qora shisha orqali) yoki asbob (mas., durbin) orqali bevosita kuzatish) va og'zaki konkretlash (konkretlashtirish - umumiy, mavhum belgi va xususiyatlarni yakka, yolg`iz ob’ektlarga tatbiq qilish bilan ifodalanadigan fikr yuritish operatsiyasi insonning barcha faoliyatlarida aktiv ishtirok etadi. Voqelik qanchalik konkret (yaqqol) shaklda ifodalansa, inson uni shunchalik oson anglab yetadi.

Kishilar dastavval tevarak-atrofni konkret belgilariga asoslanib, konkret holda aks ettirganlar, yaqqol obrazlarga suyanib, tasavvur  qilish imkoniyatiga ega bo`lganlar. Shu boisdan to hozirgi kunga qadar konkretlik belgisi har qanday inson zoti uchun eng yaqin belgi bo`lib hisoblanadi), ko'plab hayotiy misollar yordamida biroz sekinroq o'rganishdir.

Asta-sekin, o’qituvchi tashqi yordamni kamaytirishga, shuningdek, vazifalarning qiyinchilik darajasini oshirishga harakat qilish lozim.

Buning uchun o'qitishning motivatsion va ko'ngilochar tomoniga katta e'tibor beraman, kognitiv qiziqishlarni rivojlantirishni rag'batlantirish maqsadga muvofiq bo’ladi.(Kognitiv qiziqish nafaqat jarayon va faoliyat natijalariga, balki aqliy jarayonlarga - bilimga qiziqish ta'siri ostida ma'lum faoliyat va yo'nalishga ega bo'lgan fikrlash, tasavvur, xotirjamlik, e'tiborni ijobiy ta'sir ko'rsatadi).

Asosiysi: ba'zi bir o’rtamiyona bilimga ega o'quvchilarda, qobiliyatsiz o’quvchilar va hattoki bilim darajasi past bo’lgan ayrim o’quvchilarda mavjud ishonchga qarshi fikr uyg’otish va o’quvchilarni o'quv jarayonining asta-sekin jadal va tobora kuchayib borishiga moslashtirish kerak. Bu masalada ularga zamonaviy pedagog, o’z o’quvchilarini fanga ijodkorlik nuqtai nazari bilan qarashini tashkil qiladigan, ularda izlanuvchanlik xususiyatlarini shakllantiradigan va albatda, yangi pedagogik texnologiya usullaridan foydalangan holda darslarni tashkil eta oladigan malakali mutaxassisi yordam berishi kerak.

Shiddat bilan rivoj topayotgan bugungi kunda hayot talablariga to`la javob beradigan va o`z zamonasiga munosib kishilarni tarbiyalashdek ma'suliyatli vazifani amalga oshirish biz ustozlarning asosiy vazifamizdir.

Ta'lim tizimi bitiruvchining quyidagi yangi fazilatlarini: innovatsionlik, harakatchanlik, moslashuvchanlik, dinamiklik, konstruktivlikni shakllantirishi kerak. Kelajagimiz egalari butun hayoti davomida o'zini o'zi o'qitish istagiga ega bo'lishi, yangi texnologiyalarga ega bo'lishi va ulardan foydalanish imkoniyatlarini tushunishi, mustaqil qarorlar qabul qilishi, ijtimoiy va kelajakdagi professional sohada moslashishi, muammolarni hal qila olishi va jamoada ishlashi, haddan tashqari og'irliklarga, stressli vaziyatlarga tayyor bo'lishi va qobiliyatli bo'lishi kerak.

Shu sababli, maktabda fizikani o'qitishning samaradorligi va sifatini oshirish ko'p jihatdan o'quvchilarning bilim faolligini oshirish usullarini muvaffaqiyatli tanlash va amalga oshirishga bog'liq. O'quv jarayonini takomillashtirishga qaratilgan ko'plab g'oyalar orasida o’quvchlarning bilim qiziqishini shakllantirish g'oyasi eng muhimlaridan biri hisoblanadi. O’quvchilarni kognitiv faollikni, chuqur bilimlarni egallashga undovchi eng muhim rag'bat - bu fizikani o'rganishga bo'lgan qiziqishni uyg’otishdir. Zero, "Hech qanday qiziqishsiz va faqat majburlash evaziga qabul qilingan ta'limot talabaning o'qishga bo'lgan xohishini o'ldiradi, va u uzoqqa bormaydi", deb yozgan edi K.D. Ushinskiy.

O’quvchi yoshlarning fanga bo'lgan qiziqishiga asoslangan doktrina (doktrina (lot. doctrina) — taʼlimot, ilmiy yoki falsafiy nazariya, siyosiy tizim, bosh nazariy yoki siyosiy prinsip) oson va samaraliroq bo'lib, ular tomonidan ongli va kuchli bilimlarni faol ravishda egallashga yordam beradi. Qiziqish - o'rganishning samarali, haqiqiy kalitidir. Zamonaviy ta’limda o'quvchilarning fizikaga qiziqishini oshirish muammosi dolzarb bo'lib qoldi. Fizika o'quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini, ularning dunyoqarashi va e'tiqodlarini shakllantiradi, ya'ni yuqori axloqiy fazilatli shaxsni tarbiyalashga yordam beradi. Ushbu maqsadga o'quv jarayonida bilimga bo'lgan qiziqish shakllantirgandagina erishish mumkin. Mavzuga bo'lgan bilim qiziqishini shakllantirish muammosi ko'plab o'qituvchilar tomonidan o'rganilgan va o'rganilmoqda.

Bunday muammo bilan fan o’qituvchisi darsga kelgan paytdan boshlab shug'ullanmog’i lozim. Bu vaqtga kelib, har bir o’quvchi ma'lum bir bilim bazasiga ega. Kimdadir yetarli, kimdadir pastroq. Har bir darsda har bir o'quvchi uchun kompetentsiyaga asoslangan yondashuvni shakllantirish kerak, shuning uchun men darslarni qiziqarli o'yin shaklida yoki dam olish daqiqalari bilan tashkil etishga harakat qilaman. Bu esa har doim o’quvchilarning fanimga bo’lgan qiziqishlarini oshiradi.

Sinf o'quvchilarni ikkita jamoaga bo'lish mumkin (o'g'il va qiz bolalar), shunda bilim darajasi turlicha bo’lgan o'quvchilardan tashkil topgan jamoalar hosil bo’ladi. O'yin mavzusini oldindan belgilab, kerakli ma'lumotni turli manbalarda topishni yoki dars davomida kerakli ma'lumotni darslikdan topishni talab qiladigan topshiriq berish mumkin. O’quvchilar kerakli ma'lumotlarni «olish» jarayonida faol ishtirok etadilar. Dars juda qiziqarli va ko'ngilochar bo'lib, o’quvchilar kelgusi darsni sabrsizlik bilan kutishadi. Bu bilan esa o’quvchilarda o'qilgan yoki eshitilgan ma’lumotlarning asosiy mazmunini ajratib olish qobiliyatlari shakllanadi.

Oldindan tayyorlangan topshiriqlarni taqdim etish paytida yana bir ta'lim qobiliyatini shakllantirish amalga oshiriladi: fikrlarni shakllantirish, berilgan savol yoki mavzu bo'yicha har kim o’z fikrini isboti sifatida amaly yondoshadi. Jamoalar muhokamaga qo'yilgan savolga javob berish uchun tayyorgarlik ko'rayotganlarida har bir guruh a’zosi o'z yechimini taklif qiladi, ana shu vaziyatda esa muammolarni hal qilishning turli variantlarini o'rganish va eng to’g’risini tanlash ta'limiy kompetensiya shakllanadi.

Aytaylik, dars bosqichida, yangi atamalar va tushunchalar paydo bo'lganda, siz o'quvchilarga atamalar va ta'riflar o'rtasidagi munosabatni ko'rsatishni so'rashingiz, ta’rifga mos yangi formulalar tuzishni yoki formulani berib, fizik qonuniyatni olishda harakatlarning mantiqiy ketma-ketligini o'rnatishni taklif qilishingiz mumkin. Shunday qilib, darslik bilan ishlashda o’quvchilar o'rganilayotgan materialni chuqur tushunishni talab qiladigan savollar darajasini mustaqil ravishda tanlaydilar.

Shunday qilib, o'quvchilarning sifatli ta'lim olishlari haqida jon ko’ydirayotgan har bir pedagog o’z ustida muntazam ishlab, mahoratini oshirib borishi kerak.



Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Sh.Kurbonov, E.Seytxalilov. Тa’lim sifatini boshqarish. Т.: "Тuron-Ikbol".



2. Jurnal "Innovatsiya v obrazovaniye". Moskva.

3. Angelovskiy K. "Uchitel i innovatsii". Kiyev.
Download 23,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish