Умумтаълим мактабларида график таълимни ривожлантириш омиллари


Chizmachilikni o’qitishning hozirgi ahvoli



Download 7,38 Mb.
bet4/10
Sana13.06.2022
Hajmi7,38 Mb.
#662441
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
58 mavzu Kurs ishi

1.2. Chizmachilikni o’qitishning hozirgi ahvoli
Grafikaning hayotning hamma sohalarida turli ko‘rinishlarda keng qo`llanilayotganiga juda ko‘plab misollami keltirish mumkin. Demak, har qanday inson qaysi kasb egasi bo'lishidan qat’iy nazar ma’lum bir grafik bilimlarni o‘rganib, ulami amalda qo`llay olish ko‘nikmalarini egallagan bo`lishi kerak. Kasbi bevosita muhandislik yoki badiiy grafika faoliyati bilan bog`liq bo`lmagan har bir kishining grafik savodxonligini texnik Arxitektura qurilish chizmachiligining amaliy foydali bo‘lgan mavzulari: «Ko‘rinishlar, qirqimlar, kesimlar», «Eskizlar», «Yig'ish chizmalari», «Yoyilmalarni qurish», «Aksonometrik proyeksiya va texnik rasm» mavzularidan turmushda foydalana olishi belgilaydi. Kishining grafik madaniyati uning umumiy grafik savodxonligi, «Perspektiva» bo‘limi va badiiy grafika (rasm solish) bilan tanishligi, kompyuter grafikasi asoslarini bilishi hamda grafika tarixining umumiy masalalari va uning hozirgi ahvoli haqida tushunchalarga egaligi bilan baholanadi. Grafik savodxonlik kishilarda obrazli va mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini rivojiantiradi. Jamiyat a’zolarining grafik madaniyati darajasi jamiyatning texnik rivojlanganlik darajasiga bog'liqligi aniqlangan. Shuning uchun ham O‘zbekiston hududida maktablarda talim tizimi shaklllanib boshlagan davrdanoq o‘quvchilarga Arxitektura qurilish chizmachiligi asoslari o‘rgatila boshlangan.
O‘zbekiston hududida grafik madaniyat tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, tarixiy arxitektura obidalari, xalq amaliy san’ati va hunarmandchiligi na’munalaridagi tasvirlar bu yerda grafik madaniyat qadimdan ham yuqori darajada rivojlanganligini isbotlaydi. So‘nngi ming yillikdagi geometrik va o‘simliksimon naqshlarning yetakchi o‘ringa chiqishida islom dinining ta’qiqlari va chegaralashlari aks etgan bo‘lsa ham, ularda xalq badiiy ijodiyoti namunalari hunarmandchilik, qurilish ishlari va amaliy fanlaning yuksak yutuqlari namoyon bo‘lgan. Jism, figura va chiziqlarni arxitektura naqshlarida geometriyalashtirish metodi o‘z davrining ilmiy va texnik g‘oyalariga asoslangan. Lekin shu davrdagi arxitektura naqshlarini «muhandislik» san’ati namunaiari sifatida qaralishi ham to‘g‘ri emas. Chunki nazariy hisob-kitoblar va matematikadan ko‘p sonli xalq ustalari amaliy foydalanish darajasiga yetishmaganlar.
Murakkab hisob-kitoblarsiz chizg‘ich va sirkuldan foydalanib amaliy usullar bilan bajariladigan naqsh shakllari ommaviy tarqalgan. Umuman XX asrgacha amaliy grafika elementlari O‘zbekiston hududida asosan amaliy ahamiyatga ega bo`lib, xalq ustalari, me’morlari va quruvchilari faoliyatining ajralmas qismi sifatida rivojlanib kelgan. Maktabda o‘quvchilarga grafik bilim berishda gumanitar, politexnik, ijodiy va umummadaniy yo‘nalishlarni Arxitektura qurilish chizmachiligi fani bilan bir qatorda xalq amaliy-bezak san’ati, texnik ijodkorlik, badiiy loyihalash hamda texnik va badiiy loyihalash kabi to‘garaklardagi mashg'ulotlarda ham amalga oshirib borish kerak. Shunda o‘quvchilarda puxta grafik bilimlar bilan birgalikda yuqori grafik madaniyat ham shakllanadi.
Umumiy o’rta ta’lim maktablarida chizmachilik ta’limi rivojlanib borayotgan mustaqil davlatimiz xalq xo’jaligining barcha tarmoqlarida yangi texnologiyaning yaratilishi va joriy qilinishida, zamonaviy ishlab chiqarish, fan-texnika taraqqiyotining jadalashtirilishida hamda inson amaliy faoliyatida tutgan o’rni bilan belgilanadi. Maktab chizmachilik kursi ta’limning umumiy maqsadlarini amalga oshirishga xizmat qilib, o’quvchilarning tabiat va texnikani ko’rgazmali idrok etishga, predmetlarning tuzilishini va fazoviy munosabatlarini chuqurroq bilishga, ko’z bilan ko’rib bo’lmaydigan jarayonlar va hodisalarni sinchiklab o’rganishga yordam beradi. Shuningdek, chizmalarni o’qish va bajarish orqali bolalarni fazoviy tasavvuri va mantiqiy tafakkurini texnikaviy ijod, bunyodkorlik, loyihalash kabi sifatlarni rivojlantiradi.
Texnikaviy informatsiyani o’z ichiga olgan asosiy hujjat bu chizmadir va birorta ham ishlab chiqarish sohasi uningsiz mavjud bo’la olmaydi. Sanoatning turli sohalarida ishlatiladigan chizmalar o’ziga xosliklarga, yani qoidalarga, shartliliklarga ega.
Chizmachilik o’qtuvchisi chizmachilik sohasidagi butun kompleks bilimlarga ega bo’lishi kerak: grafik tasvirlarning nazariy asoslariga, geometrik yasashlarga, GOST tomonidan qabul qilingan chizmani bajarish va taxt qilish umumiy qoidalariga va hakazo.
Barcha fanlar singari, chizmachilik fani ham ishchi dastur asosida olib boriladi. Ishchi dasturda mavzular, ularni o’tish soati va o’tish vaqti ko’rsatib qo’yiladi.
Umumiy o’rta ta’lim maktablarida chizmachilik ta’limining asosiy vazifalari;

  1. O’quvchilarda chizmalarni taxt qilish qoidalarini va chizma asboblaridan o’z o’rnida foydalanish malaka va ko’nikmasini hosil qilish.

  2. Bolalarda ish o’rnini to’g’ri tashkil etish, intizom va ijtimoiy mulkni asrab-avaylash kabi fazilatlarni tarbiyalash.

  3. Geometrik yasashlar, sirkul va lekalo yordamida bajariladigan egri chiziqlar bo’yicha ko’nikmalar hosil qilish.

  4. Proyeksiyalash usullarini o’rganish, murakkab bo’lmagan detallarning to’g’ri burchakli hamda aksonometrik proyeksiyalarini bajarish ko’nikmalariga ega bo’lish.

  5. Chizmalar tarkibini tahlil qilish va o’qish malakalarini hosil qilish.

  6. O’quvchilarning fazoviy tasavvuri hamda grafik tafakkurini rivojlantirish.

  7. Chizmalarda kesim, qirqim shartliliklar va soddalashtirilishlardan foydalana olishga o’rganish.

  8. Grafik redaktor yordamida oddiy chizmalar yasash ko’nikmalari shakillantirish.

  9. Ajraladigan va ajralmaydigan bo’linmalar, yig’ish chizmalari boyicha umumiy tushunchalar berish.

  10. Qurilish va sxema chizmalarining asoslari bilan tanishtirish.

  11. Ma’lumotnoma adabiyotlardan foydalana bilishga o’rganish.

Chizmachilik darslarida o’quvchilar chizmalar, eskizlar, yaqqol tasvirlar, texnik rasmlar va sxemalar o’qish hamda chizishni o’rganadilar. Bularni umumiy nom bilan grafik tasvirlar deb ataladi. Chizmalar mazmun mohiyatiga ko’ra detall chizmalar, yig’ish chizmalari, umumiy ko’rinishdagi chizmalar, montaj chizmalar va hokazolarga bo’linadi.
Maktab o’quvchilariga chizmalarni o’qish malakasini hosil qilish va grafik tasvirlar yasashning keng tarqlgan usullari haqidagi nazariy asoslarini berish masalalari bilan to’liq chizmachilik fani shug’ullanadi. Bu fan o’quv dasturiga binoan 8-sinfda quyidagi mavzular o’rganiladi. Chizmalar chizish va ularni taxt qilish, geometrik yasashlar, tutashmalar, proyeksilash usullari, ko’rinishlar, aksonometrik proyeksilar va eskizlar. 9-sinf o’quv dasturi yana ham ko’proq o’quv materialini o’z ichiga oladi yani kesimlar, qirqimlar, chizmada zaruriy va yetarli tasvirlar sonini aniqlash, tarkibida ijodiy loyihalash elementlari bo’lgan grafik masalalar, kompyuter grafikasi yig’ish chizmalari, sxemalar, qurilish chizmalari va hokazo.
O’quv dasturining maqsadi bo’yicha o’rta maktab bitiruvchisining grafik tayyorgarligi uni ishlab chiqarishdagi faoliyatida bevosita tadbiq qila oladigan bo’lsin.
Bir vaqtlar chizmachilik 7-8-9-10 sinflarda o’qitilar edi. So’ngra chizmachilik 7-8 sinflarda o’qitiladigan bo’lib qolgan edi. Hozirda esa chizmachilik, o’quv fani sifatida 8-9 sinflarda haftasiga bir sinfdan o’tiladi xolos.

Download 7,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish