Universitetining pedagogika instituti maktabgacha


OSHIRISHDA INNOVATSION RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR



Download 12,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet274/502
Sana29.11.2022
Hajmi12,46 Mb.
#874711
1   ...   270   271   272   273   274   275   276   277   ...   502
Bog'liq
Анжуман БухДУПИ.11.05. 2022

OSHIRISHDA INNOVATSION RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR 
R.X.Jumayev, 
BuxDU katta o‘qituvchisi 
Mizrobova Mohigul, 
BuxDU talabasi 
 
Anotatsiya: 
Ushbu maqolada ta’lim sifatini baholash boʻyicha xalqaro tadqiqotlar, maktabgacha 
va boshlangʻich ta’limning butungi kundagi oʻrni haqidagi fikrlar yoritilgan. 
Kalit so‘zlar: 
xalqaro, PISA, PIRLIS, TIMS, tadqiqot, mamlakat, islohot, farmon. 
Bugun yangi Oʻzbekiston hayotining barcha sohalarida chuqur islohotlar olib borilmoqda. Shu 
jumladan, ijtimoiy sohaning asosi hisoblangan ta’lim tizimidagi oʻzgarishlar haqida toʻlqinlanib 
soʻzlamaslikning iloji yoʻq, albatta. Mamlakatimizda soʻnggi yillarda ta’lim tizimining barcha 
bosqichlarini zamonaviy talablar asosida tashkil etish boʻyicha turli amaliy ishlar olib borilmoqda. Bunga 
yaqqol misol tariqasida Maktabgacha taʼlim muassasalarida taʼlim sifatini yaxshilash maqsadida, 
quyidagi ishlar amalga oshirilayotganini koʻrishimiz mumkin. Ilg‘or xorijiy mamlakatlar tajribalaridan 
kelib chiqqan holda bolalarni har tomonlama intelektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish 
sharoitlarini yaratish maqsadida, taʼlim muassasalarining tashqi va ichki koʻrinishlariga, shu jumladan 
bolalarni maktabga sifatli tayyorlashni tubdan yaxshilash, ularning kichiklik davridanoq fikrlash 
qobiliyatini rivojlantirish, turli koʻrgazma va multimedialardan foydalanish kabi birqancha ishlar amalda 
qoʻllanilayotganini koʻrishimiz mumkin. 
Aslida maktabgacha taʼlim bizga nega kerak? Nima deb o‘ylaysiz bog‘chada o‘qimagan va 
bog‘chaga bormagan bolalar orasida farq bo‘larmikan? Ha, albatta, juda katta farq boʻladi. 
Mutaxassislarning ilmiy xulosalariga koʻra inson umri davomida oʻrganadigan narsalarning 70 foizini 5 
yoshgacha qabul qiladi. Demak, shundan kelib chiqib aytsak bogʻchada bolalar tengqurlari atrofida 
oʻzgaradi. Yana bunga alohida izoh berib oʻtsak, maktabgacha taʼlim bolaning sogʻlom, har tomonlama 
kamol topib, shakllanishini taminlaydi, bolalarda oʻqishga intilish, mehr qoʻyish kabi hislarni uygʻotadi. 
Uni muntazam taʼlim olishga tayyorlaydi. Undan tashqari bolalarning qiziqishlari, iqtidori, ruhiy 
jismoniy, madaniy ehtiyojlarini inobatga olgan holda, boladagi ma’naviy meʼyorlarning shakllanishini 
koʻzda tutgan har tomonlama bolani rivojlantirishga qaratilgan jarayon hisoblanadi. Bolalarda oʻz 
tengqurlari bilan muloqot qilish natijasida fikrlash qobiliyati kengayadi. Yana bu davrda bolalar oʻqish, 
yozish va hisoblash kabi koʻnikmalar bilan bir qatorda muloqot qilish va tanqidiy fikrlash koʻnikmalari 
muhim, chunki busiz yoshlar yanada yuksak darajadagi fikrlashni talab qiladigan kelgusi taʼlimga va ish 
joyiga ega boʻla olmaydi. Natijada turli raqobatlarga bardoshsiz kadrlar yetishib chiqadi. 
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 30-sentabrda “Maktabgacha 
taʼlim tizimini boshqarishni takomillashtirish toʻgʻrisida”gi farmonni imzoladi. 2017-yilda O‘zbekistonda 
4916 ta maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyat yuritgan. Oxirgi yigirma yil davomida bog‘chalar soni 
45%ga kamaygan ayni damda bog‘chaga borayotgan bolalar umumiy bolalar sonining 30%ni tashkil 
qiladi. 
Prezidentimiz takidlaganidek: “Farzandlarimiz maktabdan qanchalik bilimli boʻlib chiqsa, yuqori 
texnalogyalarga asoslangan iqtisodiyot tarmoqlari shuncha tez rivojlanadi, koʻplab ijtimoiy muammolarni 
yechish imkoni tugʻiladi. Shunday ekan yangi Oʻzbekiston ostonasi maktabdan boshlanadi desam
oʻylaymanki, butun xalqimiz bu fikrni qoʻllab quvvatlaydi. Chindan ham bogʻchadan soʻng ilk bor dilda, 
ehtiros bilan jajji bolajonlarimiz maktabga qadam qo‘yadi. Ular uchun bu dargoh go‘yo nurli 
maskandek. Yangi do‘stlar, yangi sinf xonasi bolalarni quvontirsa, prezident sovg‘asi bolajonlarni 
bundanda ko‘proq quvontiradi. Yurtimizda yoshlarga bo‘lgan e’tibor va talablar kundan-kunga ortib 
bormoqda. Buning yaqqol misoli yuqorida ko‘rib o‘tganimizdek bolajonlarga prezident sovg‘alarining 


274 
ulashilishi, o‘quvchilar o‘rtasida turli tanlovlar tashkillashtirilishi, fan to‘garaklari tashkillashtirilishi 
kabilar. Prezident sovg‘asi ichida turli o‘quv qurollarini, maktabda yaratilgan imkoniyatlar, ularga 
bo‘lgan e’tiborni ko‘rgan bolalar nafaqat maktabi, o‘qituvchisi balki yurti va yurtboshisiga bo‘lgan mehri 
yanada oshadi. O‘zbekiston respublikasida boshlang‘ich ta’lim 1‒ 4-sinflardan iborat bo‘lib, bu davr 
ularni ma’naviy kamol toptirishning boshlanish davri hisoblanadi. O‘quvchilar maktabga 7-8 yoshidan 
qabul qilinadi. Ularga birinchi o‘rinda “Alifbo” kitobidan harflar asta-sekinlik bian o‘rgatiladi. So‘ng 
bugungi kunda yangilanib o‘qish va ona tili kitobarining jamlangan shaklidagi ummumiy kitob “Ona tili 
va o‘qish savodxonligi” kitobi, matematika, tarbiya, texnologiya va yana bir qancha fan o‘rgatiladi. Bular 
orasidan yangi kiritilgan Ona tili va o‘qish savodxonligi darsligiga to‘xtaladigan bo‘lsak. Bu kitobni 
tayyorlashdan maqsad shuki, o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini kengaytirish, mustaqil fikrlashga 
o‘rgatishdan iborat. Ko‘rinib turibdiki o‘quvchilarga faqat qoidalarni yodlatish bilan ularning fikrlashini 
kengaytirib bo‘lmaydi. Shuning uchun ko‘proq berilgan mavzu doirasida o‘z fikrini bildirib, gapirishga 
undash lozim. 
Hozirgi kunda ta’lim sohasida bo‘layotgan o‘zgarishlarning asosiy mohiyati shundaki, O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apredagi O‘zbekiston Respubikasi xalq ta’limi tizimini 2030- 
yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risidagi 5712-son farmonida 2030-yilga kelib PISA 
xaqaro dasturi reytingida jahonning birinchi 30 ta ilg‘or mamlakatlari qatoriga kirishiga erishish, hamda 
xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish asosida 
o‘quvchilarning o‘qish matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan savodxonlik darajasini baholashga 
yo‘naltirilgan ta’lim sifatini baholashning milliy tizimini yaratish vazifalari belgilangan. Xalqaro 
baholash tizimining PISA, PIRLS, TIMS va yana bir qancha turlari mavjut. The Programme for 
International Student Assessment (PISA) — 15 yoshli o‘quvchilarning o‘qish, matematika va tabiiy 
yo‘nalishdagi fanlardan savodxonlik darajasini baholash. Shu kunga qadar 78 ta mamlakatda o‘tkazilib 
kelinmoqda. Har bir mamlakatda 4500 dan 10000 nafargacha o‘quvchi test sinovlariga jalb etilgan. Bu 
baholash tizimini o‘rganishdan maqsad shundaki yoshlar kelajakda duch keladigan muammolarni tahlil 
qila bilishi va ularga yechim topish ko‘nikmasini shakillantirishdan iborat. 
Progress in International Reading and Literacy Study (PIRLS) — boshlang‘ich 4-sinf 
o‘quvchilarining matnni o‘qish va tushunish darajasini baholash. Bu baholash turi bo‘yicha yurtimizdagi 
ko‘p maktablarda amaliy ishlar olib borimoqda. 4-sinflar va ulargacha yetishib kelayotgan sinf 
o‘quvchilari bilan PIRLS teslari o‘tkazilib, ularning matinni o‘qib tushinishlari uchun qo‘shimcha 
mashg‘ulot sifatida ertak kitoblaridan ham foydalanilmoqda.PIRLS tadqiqotida shu paytgacha 50 dan 
ortiq davlatlar ishtirok etib kelmoqda. Biz boshlangʻich sinf oʻqituvchisi sifatida, oʻquvchilarning oʻy- 
fikrlarini kengaytirish maqsadida darsda foydalangan har bir jumlamiz, gaplarimizni tahlil qilishga, 
qanday ma’no mazmun ifodalayotganini oʻrganishga oʻrgatishimiz kerak. 

Download 12,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   270   271   272   273   274   275   276   277   ...   502




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish