Urbanizasiya jarayoni va shaharlar geografiyasi



Download 75 Kb.
bet1/3
Sana19.04.2022
Hajmi75 Kb.
#563779
  1   2   3
Bog'liq
Urbanizasiya jarayoni va shaharlar geografiyasi..


Urbanizasiya jarayoni va shaharlar geografiyasi


R e j a:
1. Urbanizatsiyaning ijtimoiy-iqtisodiy jihatlari
2. Urbanizatsiya jarayoni va uning tiplari
3. Urbanizatsiyaning jahondagi xususiyatlari
4. Urbanizatsiyaning О‘zbekistondagi xususiyatlari
5. Viloyat shaharlarining tasnifi hamda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi
6. Viloyatda urbanizatsiya jarayonlarining ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik muammolari

“Urban” (urban) –shahar, “zatsiya”-jarayon demakdir. Shu ma‘noda urbanizatsiya mamlakat yoki boshqa hududlarning shaharlashuvini anglatadi. U o’ta murakkab, ijtimoiy-iqtisodiy va butun dunyoga xos global jarayondir. Biroq uning geografik jihatlari kam emas, chunki urbanizatsiya turli mamlakat va rayonlarda o’zgacha sodir bo’ladi.


Urbanizatsiya murakkab hodisa ekanligi tufayli uni faqat bitta mezon, ko’rsatkich bilan ifodalash, o’lchash mumkin emas. Ammo shunday bo’lsada, barcha uchun qulay bir o’lchov kerak. U ham bo’lsa, mamlakat va boshqa hududlar aholisining qanchasi, qancha qismi shahar joylarda yashashi,ulushi, nisbiy hissasidir. Masalan, O’zbekiston respublikasida bu ko’rsatkich 38 %, Tojikistonda 32 %, Afg’onistonda 19 %, Turkmanistonda 48 % va h.k. rivojlangan mamlakatlarda urbanizatsiya koeffitsienti 90 va undan ortiq foizni tashkil etadi.
Urbanizatsiyaning umumiy ko’rsatkichi bilan mamlakat iqtisodiyotining rivojlanganlik darajasi va uning tarkibiy tuzilishi orasida ma‘lum aloqadorlik bor. Chunonchi, agar urbanizatsiya koeffitsienti taxminan 70-75 va undan ortiq bo’lsa, u xolda mamlakat sanoat jihatdan yuksak darajada rivojlangan industrial mamlakat hisoblanadi. 50-70 % -bu ham rivojlangan, milliy iqtisodiyoti industrial-agrar, 30-50 % -rivojlanayotgan agrar-industrial va 30 % dan past bo’lsa, sust rivojlangan agrar mamlakat holatida bo’ladi.
Ammo, shuni alohida ta‘kidlash joizki, urbanizatsiyaning yuqoridagi ko’rsatkichi hamma vaqt va hamma joylarda ham real hududiy-iqtisodiy vaziyatni aks ettirmaydi. Masalan, Rossiya Federatsiyasining Chukotka o’lkasida yoki Kamchatka, Magadan viloyatlarida, o’zimizning Qoraqalpog’istonda urbanizatsiya ko’rsatkichi nisbatan yuqori. Biroq, bu hududlar iqtisodiy jihatdan uncha rivojlanmagan.
O’zbekiston bilan Turkmanistonni olaylik, urbanizatsiyaning demografik ko’rsatkichi Turkmanistonda biznikidan ko’ra ancha yuqori, vaholanki, iqtisodiyotda bunday xulosa chiqarish noto’g’ri bo’lardi.
Demak, u yoki bu mamlakat urbanizatsiya darajasini boshqa mamlakat bilan qiyoslaganda quyidagilarga e‘tibor berish lozim:
-shahar tashkil qilish mezonlari (masalan, Turkmanistonda buning uchun 5 ming aholi kerak, O’zbekistonda- 7 ming);
-shaharlarning umumiy soni va zichligi;
-yirik shaharlarning mavjudligi;
-shahar aglomeratsiyalarining rivojlanganligi;
-qishloq-shahar va mayatniksimon migratsiya;
-aholining bandlik darajasi va tarkibi;
-qishloq joylar urbanizatsiyasi, qishloqliklarda shaharchasiga yashash tarzining mavjudligi va h.k.
Yuqoridagilar urbanizatsiyaning naqadar murakkab ijtimoiy-iqtisodiy hodisa ekanligidan dalolat beradi.
Albatta, urbanizatsiya-bu ob‘ektiv va umuman loganda ijobiy jarayon. Ammo, uning salbiy tomonlari ham yo’q emas. Chunonchi, ekologik va sotsial muammolarning keskinlashuvi hozirgi zamon urbanizatsiyasining eng ko’zga ko’rinarli salbiy “yo’ldoshlaridir”.
O’rta Osiyo va O’zbekistondagi urbanizatsiya sharqona xususiyatga ega. Binobarin, bu yerda urbanizatsiya ko’rsatkichini yaqin kelajakda 70-80 % bo’lishini tasavvur qilish qiyin va bunday aslo bo’lmaydi ham. Sababi, bizda shaharlar rivojlanio’i qishloq xo’jaligi bilan qadimdan an‘anaviy xolda bog’liq.
Qolaversa, bunday mamlakatlarda qishloq urbanizatsiyasi ham katta ahamiyatga ega. Boz ustiga, respublikamiz rahbariyati qishloq joylarda ijtimoiy-iqtisodiy tub o’zgarishlarni amalga oshirish, qishloq industriyasi va infrastrukturasiga jiddiy e‘tibor qaratmoqdaki, bu ham urbanizatsiyani ichkaridan rivojlanishidan darak beradi.
Urbanizatsiya – bu murakkab ijtimoiy-iqtisodiy, demografik va geografik jarayon bо‘lib, bu jarayon uchun dunyoda yoki muayyan bir davlatda shaharlarning va shahar aholisi sonining oshib borishi muhim о‘rin tutadi. Urbanizatsiya jamiyat taraqqiyotida shaharlar mavqeining oshib borishi, aholi va ishlab chiqarish kuchlarining joylashishidagi о‘sish kо‘rsatkichlari, insonlar yashash tarzining, fan va madaniyatning rivojlanishi kabi xususiyatlar bilan xarakterlanadi. Davlatning urbanizatsiyalashganlik darajasi umumiy aholi tarkibida shaharlarda istiqomat qilayotgan aholi miqdorining salmog‘i bilan baholanadi. Shaharlarning rivojlanishi esa jamiyat iqtisodiy va ijtimoiy sohalarning ham taraqqiyotida hamda aholi turmush darajasi va hayot tarzini yaxshilashga xizmat qilishi bilan tavsiflanadi. Turli davlatlarda shaharlarning taraqqiy etishi, urbanizatsiya jarayonining rivojlanishi ishlab chiqarish, iqtisodiyot, moliya, transport, infratuzilma va boshqa sohalarning о‘zaro aloqadorligi natijasida ham yuzaga keladi. Bizning hududimizda esa shaharlar dehqonchilik, hunarmandchilik, savdo va shu kabi milliy an’analar negizida rivojlanib kelgan. Aholining kо‘proq ana shu sohalarda band bо‘lishi, tovar ishlab chiqarish miqdorining hamda miqyosining oshib borishi shaharlashuv jarayonining yuzaga kelishiga va rivojlanishiga zamin bо‘lib xizmat qilganligi tarixiy manbalardan ma’lum.
Hozirgi kunda dunyo miqyosida kechayotgan demografik jarayonlar va ularning urbanizatsiyalashuv jarayoni, shahar va qishloq aholisi dinamikasi, shaharlarning о‘sish sur’atlariga ta’siri dolzarb masalalardan biri bо‘lib, kо‘plab mutaxassislarning e’tiborini о‘ziga tortmoqda. Ma’lumki, Birlashgan Millatlar Tashkilotining mazkur masalalar bilan maxsus shug‘ullanuvchi aholishunoslik jamg‘armasi (UNFPA) mavjud bо‘lib, ushbu jamg‘arma tomonidan dunyoning kо‘plab mamlakatlarida aholi bilan bog‘liq masalalar о‘rganilib kelinmoqda. Mazkur tashkilotning 2005 yildagi ma’lumotlariga kо‘ra, dunyo aholisining 47 %i shaharlarda istiqomat qilayotgan bо‘lib, mutaxassislarning taxminlariga qaraganda, 2030 yilga kelib bu kо‘rsatkich 60 %ga yetishi mumkin. Lekin, urbanizatsiyalashuv darajasi dunyo miqyosida bir xil emas, ya’ni bu kо‘rsatkich rivojlangan davlatlarda 76 % bо‘lsa, rivojlanayotgan davlatlarda 41 %ni tashkil qiladi. Urbanizatsiya darajasining yuqoriligi shaharlar soni va ularda istiqomat qiluvchi aholining kо‘p-ozligi bilan belgilanib, ijtimoiy taraqqiyot, madaniyat, fan, san’at kabi sohalardagi ahvol va о‘zgarishlarni ifodalaydi.
Urbanizatsiya jarayonlarining paydo bо‘lishiga shaharlarda sanoatning о‘sishi, shaharlarning jamiyat hayotida madaniy va siyosiy rolining oshishi, hududiy mehnat taqsimotining kuchayishi sabab bо‘ldi. Quyidagilarni urbanizatsiya jarayonlarining omillari sifatida kо‘rsatishimiz mumkin:
a) shahar aholisining tabiiy о‘sishi;
v) qishloqdagi aholi yashaydigan mintaqalarda shaharlarning bunyod bо‘lishi;
s) shahar atrofida yangi aholi yashaydigan joylarning paydo bо‘lishi;
d) qishloq aholisining shaharga migratsiyasi.
Urbanizatsiyaning hozirda asosiy xususiyatlari birinchidan, qishloq aholisining shaharlarga kо‘chishida, ikkinchidan, aholining kо‘proq yirik shaharlarda tо‘planishida, uchinchidan, mayatniksimon migratsiyaning о‘sishida, tо‘rtinchidan, shahar megapolislarining paydo bо‘lishida namoyon bо‘lmoqda.
Insoniyat о‘z tarixining kо‘p qismini qishloqlarda, agrar mehnat qilib о‘tkazdi. Ammo insoniyatning hozirgi tarixida shaharlar, shaharlashuv jarayonlari kuchayib ketdiki, bu jarayon о‘z navbatida ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni keltirib chiqarmoqda. Shuning uchun urbanizatsiya muammolari turli mutaxassislar tomonidan о‘rganib kelinmoqda.
Yer yuzida eng qadimgi shahar Rim bо‘lgan. 1800 yilda Pekin millioner shahar bо‘ldi. Keyinchalik esa Nyu-York va London shaharlari ham bu rо‘yxatdan joy oldilar. XIX asrning boshlarida faqatgina 4 % dunyo aholisigina shaharlarda istiqomat qildi. Urbanizatsiya jarayonlarining kuchayishiga sanoatning о‘sishi katta turtki bо‘ldi. Shaharlarda kо‘plab sanoat korxonalarining paydo bо‘lishi oqibatida yollanma bо‘lib ishlash uchun asosan qishloqlardan dehqonlar, boshqa davlatlardan emigrantlar kela boshladilar. Natijada 1950 yilda yer yuzi aholisining 30 %i shaharlarda yashay boshladi, dunyoda 83 ta aholisi 1 mln.dan ortiq bо‘lgan shaharlar paydo bо‘ldi. Bu davrda dunyoning eng yirik shaharlari Nyu-York, London, Tokio, Parij, Moskva, Chikago va Essen deb e’tirof etilgan.
XX asrda urbanizatsiya jarayonlari yanada kuchaydi va bu davrga kelib BMTning ma’lumotlariga qaraganda, dunyo aholisining 74 %i shaharlarda yashay boshladi. Rivojlangan davlatlar aholisining 76 %i, rivojlanayotgan davlatlar aholisining 40 %i shaharliklarni tashkil etdi. Uchinchi dunyo mamlakatlari aholisining 1,7 mlrd. qismi shaharlarda yashamoqda. 2001 yilda yer yuzining eng yirik shaharlari Tokio (26,5 mln.), San-Paulu (18,3 mln.), Mexiko (18,3 mln.), Nyu-York (16,8 mln.), Bombey (16,5 mln.).
BMT hisoblariga qaraganda, 2025 yilda dunyodagi shahar aholisining hissasi 63 %ni tashkil etar ekan. Bundar tashqari, yer sharidagi butun aholining yarmiga yaqin qismi Sharqiy va Janubiy Osiyoda jamlanar ekan. Bu davrga kelib Afrika va Janubiy Amerikaning shahar aholisi son jihatdan Yevropa shaharlari aholisining sonidan ortib ketadi. (www.demoskope.ru)
Urbanizatsiya, ya’ni mamlakat yoki boshqa hududlarning shaharlashuvi, yuqorida keltirilganidek, shahar aholisining nisbatan tez о‘sishi va uning salmog‘ini oshib borishi, yirik shaharlar, xususan shahar aglomeratsiyalarining tez rivojlanishi murakkab ijtimoiy-iqtisodiy jarayondir. Ushbu jarayon qishloq-shahar yо‘nalishida aholi migratsiyasining kuchayishi, qishloq xо‘jaligi bо‘lmagan tarmoqlarning ustuvor rivojlanishi, shaharlarga xos hayot tarzining qishloq joylarda tarqalishi va boshqalarda о‘z aksini topadi. Binobarin, uni ijtimoiy taraqqiyotdan ajratgan holda talqin qilish mumkin emas.
Hozirda jahon urbanizatsiyasini quyidagicha ifodalash mumkin:

Download 75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish