Urganch davlat universiteti «ilmiy izlanish asoslari» fanidan



Download 1,95 Mb.
bet3/54
Sana01.11.2022
Hajmi1,95 Mb.
#858983
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54
Bog'liq
Ilmiy izlanish qo`llanma

Fanning asosiy maqsadi –xolis dunyoni ya’ni borliqning nazariy aksini bilish va tabiatga jamiyat uchun foydali natijalar olish maqsadida ta’sir ko’rsatishdan iboratdir.
Postulatlar va aksiomalar ilmiy bilishning boshlang’ich holati hisoblanadi, ular tizimlashtirishning boshlang’ich shakli bo’lib, ta’limot, nazariya va h.k. larning asosini tashkil qiladi.
Ta’rif ilmiy bilimni umumlashtirish va tizimlashtirishning oliy shaklidir. U mavjud ob’ektlar, jarayonlar va hodisalarni umumlashtirib idroklashga, shuningdek, yangilarini oldindan aytib berishga imkon beruvchi tadqiqotlarning ilmiy tamoyillari, qonunlari va usullarini ifodalaydi.
Ilmiy bilim tarkibida ilmiy qonunlar muhim ahamiyatga ega. Ular tabiat, jamiyat va tafakkurdagi eng ahamiyatli, barqaror va takrorlanuvchi ob’ektiv ichki bog’liqliklarni aks ettiradi. Odatda, ilmiy qonunlar umumiy tushunchalar va kategoriyalar jumlasiga kiradi. Agarda ilmiy natijaga erishishda vosita sifatidagi dalil materiallari etarlicha bo’lmasa, unda faraz (gipoteza)dan foydalanadi. Faraz ilmiy taxmin bo’lib, tajribada tekshirishni talab etadi va nazariy jihatdan ishonchli ilmiy nazariya bo’lishi uchun asoslanishi lozim.
Faraz o’zining rivojlanish jarayonida uch bosqichni bosib o’tadi:

  1. Dalilli materialning to’planishi.

  2. Farazning shakllanishi.

  3. Amalda sinalishi va tasdiqlanishi.

Shu tarzda faraz ilmiy nazariyaga aylanadi. Oddiy farazda ob’ektning fizik xossalari xaqida taxminlar qilinadi, keyin esa uning matematik nazariyasi beriladi.
Faraz ushbu xollarda asosli hisoblanadi:

  1. Bilish tamoyillariga zid bo’lmasa.

  2. Avvaldan fanga ma’lum bo’lgan qonunlarni e’tiborga olsa, ammo yangilarini ularga yaqinlashtirib qurmagan bo’lsa.

  3. Ilgari surilgan barcha omillarni tushuntirib bersa.

  4. Uni tekshirish mumkin bo’lsa.

  5. U mumkin qadar soddalik asosida qurilgan bo’lsa, (ya’ni o’zida kerak bo’lmagan elementlarni saqlamasa).

  6. Mantiqqa zid bo’lmasa.

Ma’lumki, bitta xodisa uchun odatda bir emas, balki bir nechta farazlar ilgari suriladi. Ayrim xolarda ularning ba’zilari bir-birini inkor etadi. Bu esa noxush xolat hisoblanmaydi, chunki turli farazlarning mavjudligi turli soxalar bo’yicha tahlil qilishni talab qiladi, bu esa ilmiy umulashtirish jarayonini jiddiy tarzda amalga oshirish uchun zamin yaratadi. Ma’lumki ma’lum bir narsani isbotlab yoki inkor etib, olim yangilikni qidiradi. Faraz tasdiqlanadimi yoki yo’qmi, bunga bog’liq bo’lmagan xolda, u xaqiqatni izlanishiga yordam ko’rsatadi. To’g’ri bo’lmagan faraz ham foyda beradi, chunki uni inkor etish jarayonida xaqiqatga olib boruvchi yo’llar torayadi va qisqaradi. Agar faraz tasdiqlansa, u ilmiy nazariyaga aylanadi.
Har qanday bilim ham ilmiy bo’lmaydi. Ilmiy bilim xodisalarning o’zaro bog’lanish va sodir bo’lish qonunlarini ochib beradi va ularning kelgusidagi taraqqiyoti haqida bashorat qiladi. Ilmiy bilimning haqqoniyligi amaliyotda mutlaqo tekshirish bilan kafolatlanadi.
Ilmiy nazariya deb nazariy bilimlarni tashkil qilishning eng yuqori shakliga aytiladi. U ma’lum bir sohadagi asosiy g’oya va gipotezalarni yagona bir tizimga birlashtiradi.
Nazariyaning haqqoniylik mezoni – bu amaliyotdir. Tabiat va jamiyatning ob’ektiv qonunlarini bilishga asoslangan ilmiy nazariyalar ushbu qonunlar natijasida kelgusida vujudga keladigan xodisalarni oldindan ko’ra olish imkoniyatini beradi.
Ilmiy nazariya – bu ma’lum bir xodisalar yig’indisini tushuntirib beruvchi va ilgari surilgan barcha qonuniyatlarni asoslovchi va shu soxada ochilgan qonunlarni yagona bir asosga birlashtiruvchi bilimlar tizimidir. Masalan: nisbiylik nazariyasi, kvant nazariyasi, davlat va xuquq nazariyasi va x.k.
Ilmiy nazariyaning asosiy belgilariga quyidagilar kiradi:

  1. Ilmiy nazariya-ma’lum bir predmet yoki juda aniq va organik tarzda bir-biriga bog’langan xodisalar guruxi haqidagi bilimlardir;

  2. Nazariyaning asosiy belgisi sifatida dalillarning ma’lum yig’indisini tushuntirish, uni oddiy tarzda tasvirlash emas, balki undagi qonuniyatlarning kechishi va rivojlanishini ochib berish xisoblanadi;

  3. Nazariya bashorat qilish kuchiga ega bo’lishi, jarayonlarning kechishini oldindan aytib berishi kerak;

  4. Rivojlangan nazariyada uning barcha bosh qonuniyatlari yagona bir muqaddimaga birlashtirilishi, yagona asosga ega bo’lishi kerak.

  5. Nazariya tarkibiga kiruvchi barcha qonuniyatlar asoslanini kerak.

Ilmiy nazariyaning strukturasi nazariyaning asosidan, uning yakuni hisoblangan qonunlardan, nazariyaning asosiy mazmunini ochib beradigan tushunchalardan va ob’ektiv borliq tasviri bilan insonlar oldida turgan amaliy vazifalarni birlashtiruvchi g’oyadan tashkil topadi.



Download 1,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish