Urganch davlat universiteti «ilmiy izlanish asoslari» fanidan


ILMIY TADQIQOTNI MUVAFFAQIYATLI BAJARISH SHARTLARI



Download 1,95 Mb.
bet6/54
Sana01.11.2022
Hajmi1,95 Mb.
#858983
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54
Bog'liq
Ilmiy izlanish qo`llanma

ILMIY TADQIQOTNI MUVAFFAQIYATLI BAJARISH SHARTLARI


Tayanch so’z va iboralir:
Fan, ijod, postulat, aksioma, dalil, tamoyil, ta’rif, ilmiy qonunlar, faraz, amaliyot, nazariya, metodologiya, metod.
Nazоrat savоllari.

  1. Ilm-fan dеganda nimani tushunasiz?

  2. Ilmiy bilimlar qanday tasniflanadi?

  3. Ilmiy faоliyatga nimalar kiradi?

  4. Fan va tехnikaning ishlab chiqarish rivоjiga qanday ta`sir ko`rsatadi?

  5. Zamоnaviy muхandis qanday bilimlarga ega bo`lishlari kеrak?

  6. Zamоnaviy ilm-fan qanday o`ziga хоs хususiyatlarga ega?

  7. Zamоnaviy ilm-fanning bеsh asоsiy хususiyatlariga (chizgilari) nimalar kiradi?

  8. Insоn va jamiyatning rivоjlanishida ilm-fan qanday o`rniga ega?

Dissertatsiya va O`zbyekistonda ilmiy muassasalar turlari
Reja:

  1. Dissertatsiya va unga qo‘yilgan talablar

  2. Magistrlik dissertatsiyasini mazmuni, tarkibiy qismlari va rasmiylashtirish qoidalari

  3. O`zbyekistonda ilmiy muassasalar turlari va ularning asosiy vazifalari

Dissertatsiya va unga qo‘yilgan talablar
Dissetatsiya (lot dissertatio – mulohaza, tadqiq) – bu ilmiy kengash majlisida himoya qilinadigan ilmiy tadqiqotning maxsus shaklidir. U fan doktori va magistrlik akademik darajasini olish maqsadida bajariladi.
Dissertatsiyaning ilmiy va amaliy darajasi ta’lim dasturiga to‘liq javob berishi, ilm-fanning hozirgi zamon muammolarini yechishga, ilmiy-texnik taraqqiyot va ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga xizmat qilishi kerak. Bu dissertatsion tadqiqot oldiga qo‘yilgan asosiy vazifa va talabdir.
Dissertatsiya mavzusi muassasaning ilmiy ishlar rejasiga kiritiladi, oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasi Ilmiy kengashi tomonidan tasdiqlananadi.
Dissertatsiyani yozishda muallifdan mustaqil ilmiy izlanishlar olib borish, kasbiy masalakasini shakllantirish, ilmiy va kasbiy muammolarni hal qilishning qoida va usullarini bilish, olingan natijalarni amaliyotga tatbiq qila olishga doir ko‘nikmalarga ega bo‘lish talab etiladi.
Magistrlik dissertatsiyasi oldiga qo‘yilgan talabni muhim jihati ishni yozishdan maqsadda o‘z ifodasini topadi. Dissertatsiyani tayyorlashdan maqsad-mavzu bo‘yicha magistrantning shaxsiy kuzatishlari, tajriba natijalari jamlangan ilmiy va amaliy ma’lumotlar va dalillarni to‘plash, tartibga keltirish, muammo tahlili va qilingan ijodiy, hamda, ilmiy-uslubiy yechimni bayon qilish, tadqiqot natijalarini amaliyotga tatbiq qilish bo‘yicha tavsiya va takliflar berishdan iboratdir.
Texnika sohasidagi muammolarga bag‘ishlangan dissertatsiyalar oldiga zamonaviy postnoklassik fan va texnologiya darajasida turgan texnologik jaaryonlarni o‘rganish va ishlab chiqish, yuqori unumdorlikka ega bo‘lgan mashina va uskunalar kompleksini yaratish, yangi materiallarni olish, ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va kompyuterlashtirish, hamda, texnikaning muhim nazariy va funksional muammolarini hal etish kabi vazifalar qo‘yiladi.
Tadqiqotdan kutilayotgan samaradorlikni inobatga olib, yuqorida qayd qilingan vazifalarni yanada konkretlashtiramiz:
- tanlangan mavzu dolzarbligini asoslash;
- sohaga doir ilmiy muammo holatini tahlil qilish;
- muammoning samarali yechimini ilmiy, konstruktorlik, texnologik va texnik-iqtisodiy jihatdan asoslab berish;
- muammo yechimining patentga loyiqligini aniqlash va patent sofligini belgilash;
- tadqiqot natijalari bo‘yicha xulosalar va takliflarni ishlab chiqish, hamda, ularni iqtisodiyot va ishlab chiqarishning tegishli tarmoqlarida tatbiq qilish imkoniyatini aniqlash kerak.
Magistrlik dissertatsiyasiga nisbatan belgilangan vazifa va talablarni to‘la, yuqori saviyada bajarish umum qabul qilingan xalqaro talablar va standartlarga javob beradigan ilmiy ishni tayyorlash va himoya qilish imkoniyatini beradi.
Dissertatsiyani rasmiylashtirish doktorant yoki mustaqil izlanuvchining xohishiga ko‘ra o‘zbek, rus, qoraqalpoq va ingliz tillarida yoxud O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attesta-siya komissiyasi bilan kelishgan holda boshqa tilda amalga oshiriladi.
Dissertatsiyaning titul varag‘i mazkur Qoidalarning I va 1a-ilovalariga muvofiq shaklda rasmiylashtiriladi.
Dissertatsiya quyidagi tarkibiy qismlardan iborat bo‘lishi lozim:
mundarija;
kirish (dissertatsiya annotatsiyasi);
asosiy qism;
xulosa;
foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati;
shartli belgilar va atamalar ro‘yxati (mavjud bo‘lsa);
ilovalar (mavjud bo‘lsa).
Dissertatsiyaning mundarijasida boblar va para-graflarning nomlanishi hamda ularning beti ko‘rsatiladi.
Dissertatsiyaning kirish qismi tadqiqotning mohiyati to‘g‘risida qisqa, lekin yaxlit tasavvur hosil qilishga imkon berishi kerak. Mazkur qismda dissertatsiya tadqiqoti mohiyatini tavsiflaydigan asosiy ma’-lumotlar puxta tahrir qilingan, qisqa, aniq va ravon bo‘lishi kerak.
Dissertatsiyaning kirish qismida quyidagilar yoritib berilishi kerak:
dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati;
tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlariga mosligi;
dissertatsiya mavzusi bo‘yicha xorijiy ilmiy tadqiqotlar sharhi (faqat fan doktori (DSs) dissertatsiyasi uchun);
muammoning o‘rganilganlik darajasi;
dissertatsiya tadqiqotining dissertatsiya bajarilgan oliy ta’lim yoki ilmiy-tadqiqot muassasasining ilmiy-tadqiqot ishlari rejalari bilan bog‘liqligi;
tadqiqotning maqsadi;
tadqiqotning vazifalari;
tadqiqotning ob’ekti;
tadqiqotning predmeti;
tadqiqotning usullari;
tadqiqotning ilmiy yangiligi;
tadqiqotning amaliy natijalari;
tadqiqot natijalarining ishonchliligi;
tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati;
tadqiqot natijalarining joriy qilinishi;
tadqiqot natijalarining aprobatsiyasi;
tadqiqot natijalarining e’lon qilinganligi;
dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi.
Dissertatsiyaning asosiy qismida ishning mazmun-mohiyati bayon qilinadi. Asosiy qism — boblar va paragraflardan tashkil topadi. Falsafa doktori (RO) dissertatsiyasining asosiy qismi kamida uchta bobdan, fan doktori (05s) dissertatsiyasining asosiy qismi esa, kamida to‘rtta bobdan iborat bo‘lishi lozim.
Dissertatsiya xulosasida dissertatsiya tadqiqoti bo‘yicha umumlashtirilgan xulosa, fikr, taklif hamda tavsiyalar qisqa va aniq keltiriladi. Xulosa tahririy jihatdan puxta, qisqa, aniq va ravshan ifodalanib, bandlangan (raqamlangan) holda rasmiylashtiriladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ruyxati dissertatsiya matnida havola qilingan barcha ilmiy va boshqa nashrlar ro‘yxatidan iborat bo‘lishi kerak. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati quyidagi uch qismdan iborat bo‘ladi: normativ-huquqiy xujjatlar va metodologik ahamiyatga molik nashrlar;
monografiya, ilmiy maqola, patent, ilmiy to‘plamlar;
foydalanilgan boshqa adabiyotlar.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati alifbo, sistematik yoki matnda havola qilinishi ketma-ketligi tarzida keltiriladi.
Dissertatsiyada foydalanilmagan va havola qilinmagan adabiyotlarni ro‘yxatga kiritishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Dissertatsiyada foydalanilgan materiallar manbai, uning muallifi va nomi to‘liq ko‘rsatilishi lozim. Dissertatsiyada ilmiy ish yozishda ishtirok etgan hammualliflarning g‘oya yoki ishlanmalaridan foydalanilgan taqdirda, ular dissertatsiya va dissertatsiya avtorefeatida qayd etilishi shart.
Dissertatsiyaning shartli belgilar va atamalar ro‘yxati qismida dissertatsiya matnida nisbatan ko‘p uchraydigan maxsus belgilar va qisqartma so‘zlarga izoh berilishi kerak.
Dissertatsiyaning ilovalari dissertatsiyaning asosiy matni bilan birga bitta jildga jamlangan yoki alohida jild shaklida rasmiylashtirilishi mumkin. Ilovalarga dissertatsiya matnini to‘ldiradigan va tasvirlaydigan yordamchi materiallar kiritilishi mumkin. Ilovalarning ketma-ketligi dissertatsiya matnida ularga havola qilish tartibiga mos kelishi kerak.

Download 1,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish