Urganch davlat universiteti tarix fakulteti


Ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlari. Kushon podsholigining barham topishi



Download 109,73 Kb.
bet3/6
Sana31.12.2021
Hajmi109,73 Kb.
#253160
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
milodiy III asirda yashagan ko'chmachilar

2. Ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlari. Kushon podsholigining barham topishi.

Kushon podsholigi iqtisodiyotining asosini sug‘orma dehqonchilik, savdo va hunarmandchilik tashkil qilgan. Ushbu sohalar yuqori darajada rivojlangan. Hindiston, Xitoy va Rim saltanati bilan savdo hamda elchilik munosabatlari o‘rnatilgan. Savdo munosabatlarining rivojlanishida Buyuk ipak yo‘lining ahamiyati katta bo‘lgan. Termizdan Rim tangalari xazinasi, O‘rta еr dengizi atrofi hududlaridan esa Kushon davlati tangalari topilgani buning isbotidir. Aynan ana shu davrda hunarmandchilik xo‘jaligi yuksak darajada rivoj topib, ushbu sohaning‘ kulolchilik, metallsozlik, qurolsozlik, to‘qimachilik, shishasozlik kabi turlari ancha yuksalgan. Hatto Baqtriya shishasozlari 420 yilda Xitoy poytaxtida turfa rangdagi shishalar tayyorlab xitoyliklarni lol qoldirganlar.



Kushon davlati ijtimoiy tuzumida qullar ikkiga: xususiy egalikdagi, ya’ni patriarxal oila qullari va davlat qullariga bo‘lingan. Xususiy qullardan asosan dehqonchilik, xonadon ishlarida, ov, chorvani boqishda foydalanilgan. Qullarning jamiyat hayotidagi mavqei juda past bo‘lib, ular hech qanday huquqiy imtiyozga ega bo‘lmagan. Shuning uchun ularni urish, o‘ldirish, sotish va birovga hadya qilish mumkin bo‘lgan. Davlat qullari esa jamoada askarlik xizmati bilan bog‘liq ishlarni bajargan. Ularning mehnati bilan yangi shaharlar bunyod etilgan. Kanishka davrida Hindistondan tarqalgan budda dini davlat diniga aylanadi. Bu paytda oromiy va yunon yozuvlari bilan birga kushon yozuvi ham mavjud bo‘lgan, me’morchilik va tasviriy san’at yuksak darajada rivojlangan. Ayritom, Ko‘hna Termiz, Qoratepa budda ibodatxonalari, Fayoztepa, Xolchayon, Dalvarzintepa va boshqa joylardan qazib olingan arxeologik topilmalar buning dalilidir. Afg‘oniston xududidagi (Baglan provinsiyasi) yirik ibodatxonalari-Surxko‘tal, Rabatak, Janubiy Tojikistonda(Kofirgixonning quyi oqimi) Taxti-Sangin ibodatxonalari topilgan. Kushon davlat boshqaruvi shakli yakkahokimlikka asoslangan monarxiya edi. Davlat boshqaruvida markazlashtirish siyosatini ko‘proq podshoh Kanishka olib borgan. davlat satraplarga bo‘lingan.Davlat boshlig‘i – podshoh juda katta mavqe va vakolatga ega bo‘lgan. U oliy kohin hisoblanib, podshoh huzuridagi oqsoqollar kengashi maslahat beruvchi organ sifatida faoliyat yuritgan. Oqsoqollar kengashida podshohning yaqin qarindoshlari, ishonchli kishilari va urug‘ boshliqlari ishtirok etsa-da, shaxsan uning o‘zi qonun va farmonlarni mustaqil qabul qilgan. Kushon davlati hududining kengayib, siyosiy-harbiy salohiyatining o‘sib borishi bilan birga tangalarda «shoh», «shohlar shohi» atamasi ko‘p uchraydi. Bunday o‘zgarishlar davlatning harbiy qudrati ko‘pchilik mamlakatlar tomonidan tan olinganini bildiradi. Davlatni boshqarish san’ati ko‘proq podshoh Kanishka tomonidan takomillashtirilgan. U o‘zidan oldingi boshqaruv an’analarini davom ettirdi. Viloyat va shaharlar davlat boshlig‘ining noiblari tomonidan boshqarilgan. Ular oliy hukmdorga so‘zsiz itoat etib, doimiy ravishda davlat xazinasiga o‘lpon to‘lab turgan.Kushonlar davlatining siyosiy, iqtisodiy, madaniy va harbiy hayotida alohida o‘ringa ega bo‘ladi. Bundan tashqari Kampirtepa, Zartepa, Hayitobodtepa8 kabi shaharlar ham mavjud bo‘lib, ushbu shaharlar mudofaa devorlari bilan o‘rab olingan. Viloyat hududida kushonlar davriga oid 130 ta yodgorlik mavjud bo‘lib, shundan 80 tasi qishloklar ko‘rinishidagi manzilgohlar hisoblanadi. Kushonlar davrida markazlashgan davlatning qaror topishi xo‘jalikning ravnaqiga sabab bo‘lgan. 1936 yilga kelib M.E.Masson boshchiligida tashkil etilgan TAKE kushon davri tarixi va madaniyati masalalarini izchil tadqiq etishni o‘z oldiga maqsad qilib quydi. Xususan, Termiz shahrining rivojlanish pallasi kushoshtar davriga to‘g‘ri kelishi va uning tarixiy topografiyasi aniklandi. TAKE ishlari Ayritom, Chingiztepa va qoratepada olib borildi hamda tadqiqotlarda M. I. Vyazmitina, G.A.Pugachenkova, B.B.Piotrovskiy singari olimlar ishtirok qildilar. Ayritom peshtokdarining topilishi Shimoliy Baqtriyaning antik davr musiqa san’ati haqida ham so‘z yuritish hamda ularni Afg‘oniston, Hindiston va Sharqiy Turkiston haykaltaroshligida uchraydigan shularga aynan o‘xshash musiqa asboblari bilan qiyoslash imkonini berdi. Tadqiqotlar natijasida Termiz yaqinida daryo kechuvlari mavjud bo‘lib, daryoning o‘zi Yuqori Panj va Xorazm vohalarini bog‘lovchi qulay suv yo‘li bo‘lganligi aniklandi. Ko‘xna shahar hududlaridan kushon podsholari Kadfiz II, Kanishka, Xuvishka va Vasudevalarning ko‘plab tangalari topildi. TAKEning tashkil etilishi Ayritom va Eski Termiz yodgorliklarining dastavval va qa^ tomonlama o‘rganilishida muhim ahamiyat kasb etdi. Usha yillari bu yodgorliklarning joylashgan o‘rni, ularga asos solingan vaqg, ularning boshqa hududlar bilan munosabatlari hamda moddiy madaniyati masalalariga aniqdiklar kiritildi.

Shimoliy Baqtriyaning tarixi va madaniyatini o‘rganishda Hamza nomidagi O‘zbekiston san’atshunoslik ekspeditsiyasi (O‘zSE) tadqiqotlarining o‘rni va ahamiyati masalalari ham ko‘rib chiqildi. 1959 yidda GL.Pugachenkova tashabbusi bilan tashkil qilingan ushbu ekspeditsiya izlanishlarida turli davrlarda E.V.Rtveladze, B.A.Turg‘unov, A.S.Sagdullaev, Z.A.Hakimov, Ye.Nekrasova, V.A.Luneva, S.V.Levushkina, T.V.Belyaeva, S.A.Savchuk, D.Ilyosov singari olimlar ishtirok etdilar. Shimoliy Baqtriya hududidagi Dalvarzin, Xolchayon, Ko‘hna Termiz, Kampirtepa, Zartepa, Ayritom kabi yodgo^liklarda arxeologik tadqiqot ishlari olib borildi. UzSE xodimlari tomonidan baqtriya yozuvi yodgorliklarining topilishi, ayniqsa muhimdir. Bu borada 1977 yilda Ayritomdan topilgan haykal qoldiqlari va uning ostidagi olti qatorli baqtriya yozuvi fan olamida muhim voqea bo‘ldi. Bu Surxkutal (qiziltog‘) yozuvlaridan keyingi ikkinchi o‘rinda turuvchi, aniq tarixiy mazmundagi Kushon-Baqtriya yozuvi bo‘lib, unga ko‘ra, inshoot majmuini o‘rab turuvchi to‘siq Shodiya (shaxsi noma’lum) tomonidan qayta tiklangan va bu voqea Kushon podshosi Xuvishka hukmronligining to‘rtinchi yilida sodir bo‘lgan. Yozuv va haykal Mirzod ismli usta tomonidan amalga oshirilgan.

II asrda Kushon davlati budda dinini Hindistondan Markaziy Osiyo va Sharqiy Turkistonga tarqatib, uni davlat dini darajasiga ko‘targan. Sh asrda Eronda moniylik dini vujudga keladi, lekin u Eronda uzoq tura olmaydi, uning tarafdorlari Markaziy Osiyo va Sharqiy Turkistonga qochib o‘tadi, ko‘proq savdo yo‘li ustidagi shaharlarda bu dinni tarqatadilar. Ba’zi arxeolog olimlar Markaziy Osiyoda topilgan ko‘plab suratkashlik, rassomlik xamda haykaltaroshlik yodgorliklaridagi syujetlarning murakkabligiga qarab, ularni moniy dini bilan bog‘lashga harakat qiladilar. Aslida bu xrl Kushon imperiyasi davri (IIII asrlar) quldorlik tuzumining Markaziy Osiyo sharoitida eng rivojlangan davri bo‘lganligi bilan bog‘liqsir. Bu davrda, birinchidan, ko‘chmanchi qabilalarning‘ sug‘oriladigan еrlarda joylashishi kuchaygan bo‘lsa, ikkinchkdan, quldor zodagonlar jamoalar еrini tortib olib, o‘zlashtira boshlaydilar. Shu tariqa jamoalar o‘zichidan buzilib, butunbutun qishlokdar quldor zodagon dehqonlarga tobe bo‘lib qoladi. Dalvarzintepaning chekkaroq joyidan 1 asrda tiklangan Budda ibodatxonasi, shahristonidan Buddaning boshi, Bodxisatvaning mahorat bilan ishlangan mahobatli haykali, fil suyagidan tayyorlangan shaxmatning‘ ikki donasi topildi. Buddaning boshi loy va gipsdan yasalgan bo‘lib, balandligi 39 sm, eni 25 sm keladi. Bodxisatvaning (o‘sha davrga oid) haykali ham loy va gipsdan yasalib, rang bilan bo‘yalgan. Uning balandligi 2 metr 18 sm, eni 89 sm. U bir paytlar Budda butxonasida turgan haykallar guruhidan biridir. Bu ko‘hna topilmalar boshqa yodgorliklar bilan birgalikda 1988 yili Yaponiyaning Nara shaqridagi «Ipak yo‘li Naraga boradi» deb nomlangan xalqaro ko‘rgazmada namoyish etilgan edi. 1995 yili esa ular Parijdagi muhtasham «GrandPales» («Katta saroy»)9ning nodir galereyasida muvaffaqiyat bilan namoyish etildi. Kampirtepaning o‘rganilishi natijasida yozma manbalarda qayd qilingan Oks bo‘yidagi Paradagvi Kampirtepa o‘rnida bo‘lganligi taxmin qilindi. Bu borada Kampirtepadan Markaziy Osiyoda yagona bo‘lgan iskandar tangasining topilishi muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Xullas, uzoq yillar fanga noma’lum bo‘lgan antik davr, xususan, kushon davri tarixi va madaniyati O‘zSEning tadqiqotlari tufayli dunyoga mashhur bo‘ldi hamda tarix faniga ulkan hissa bo‘lib qo‘shildi.

O‘sha davrga oid yana bir yodgorlik Xolchayon bo‘lib, bu yodgorlik Surxondaryo viloyatining Denov tumanida topildi. 1959 yilning bahorida Xolchayon jamoa xo‘jaligining texnik ta’mirlash joyi kengaytirilayotganda buldozer kichik bir tepalikning chetini qirqqanida uchta tosh ustun bo‘laklarini sudrab chiqargan, topilgan narsalar to‘g‘risida arxeologlarga xabar berilgan. 1960 yilda San’atshunoslik institutining professori G.A. Pugachenkova rahbarligidagi ekspeditsiya Xolchayon tepaligini tekshira boshlaydi. Bu еrdan topilgan yodgorliklar olimlarning har qanday tasavvuridan oshib tushdi, fanga yana bir tarixiy boylik Baqtriya badiiy madaniyatining ajoyib yodgorligi qo‘shildi. Xolchayon topilmalarini ilmiy tekshirish jarayonida Xonaqohtepa, qorabog‘tepa, Maslahattepa kabi tepaliklar ochib o‘rganildi. Xonaqohtepadash saroy poydevori toshdan, devori esa qalin (1,04 2,30 m) xom g‘ishtdan ishlanganligi aniklandi. Xolchaendagi tekshirishlar BaqtriyaKushon zamonining binokorlik texnikasi to‘g‘risidagi ma’lum tasavvurni yanada kengaytirdi. Xolchayon saroyi arxitektura jihatidan g‘oyat muhimdir. Asosiy zalining uch devori 3 m balandlikda oq ganch bilan suvalgan, undan yuqori qismlarda mahobatli haykallar joylashtirilgan. To‘rtinchi devorning to‘q qizil fonida oq ganchdan barg, gul, bir bosh uzum tasvirlanib, naqsh solingan.Termiz yaqinidagi Ayritomda topilgan toshga o‘yilg‘an bo‘rtma suratlar, haykallar va devoriy rasmlar hamda Denovdagi Xolchayon va Dalvarzintegtadan topilgan loy va ganchdan yasalgan ko‘pdanko‘p turli haykallar Surxon voxasida qadimda o‘ziga xos yuksak tasviriy san’at madaniyati yaratilganligini isbotlaydi. Surxondaryoda topilgan qadimg‘i san’at obidalari Markaziy Osiyo xalklari madaniyati bilan Eron, Hindiston, Yaqin Sharq va Kavkaz10 xalqlari madaniyatining birbiriga ta’sir ko‘rsatganidan hamda dune xalqpari madaniyatining yaratilishida Markaziy Osiyo xalqyaari ham faol qatnashganligidan darak beradi. qoratepadagi budda ibodatxonalaridan chiqqan qimmatbaho haykallar va boshqa tasviriy san’at obidalari, ayniqsa nodir va noyobdir. Bunday tasviriy san’at va haykaltaroshlik yodgorliklari o‘z davrining hayotiy, mafkuraviy va diniy e’tiqodlari, madaniy va maishiy hayoti to‘g‘risida ma’lumot beruvchi qimmatbaho manba hisoblanadi. 1998 yilda qoratepadagi budda ibodatxonalari guruhini o‘rganish bo‘yicha Sh.R.Pidaev rahbarligida o‘zbek-yapon qo‘shma ekspeditsiyasi tashkil etilib, hozirga qadar faoliyat ko‘rsatmoqda. Mustaqillik yillarida olib borilayotgan hamkorlikdagi tadqiqotlar natijasida antik davrda Surxon vohasida ro‘y bergan tarixiymadaniy jarayonlar aniqlanib, fanga tatbiq etilmoqda.



Kushon davri arxeologik yodgorliklaridan biri Fayoztepa, Eski Termiz devorlarining shimolig‘arbida, qoratepa tekisligining shimolig‘arbidan janubisharqqa yo‘naltirilgan holda qurilgan Budda ibodatxonasidir. Bu to‘rtburchakli ziyoratgohning ichkari hovlisi ikki tomondan tirgak vazifasini o‘tavchi yo‘g‘on ustunlar bilan ko‘tarilgan bo‘lib, maxsus ayvon bilan o‘ralgan imoratdir. Ushbu Budda obidasining qurilgan payti uysozlik, binokorlik, haykaltaroshlik, tasviriy san’at, umuman, shaharsozlik va me’morchilik rivojlangan Kushon-Baqtriya davlati davriga, ya’ni milodning 111 asrlariga to‘g‘ri keladi. Iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayotda yuksak rivoj­langan kushonlar saltanati Kanishkaning vorisi Xuvishkadan keyin asta-sekin inqirozga yuz tuta boshlaydi. 226 yilda kushonlar saltanatidan g‘arbda- Parfiya davlatining urnida Sosoniylar davlati paydo buldi. Bu davlatning asoschisi Artashir 1 Parfiyaga qaragan, lekin har xil sabablar bilan undan ajralib ketgan viloyatlarni qaytarishga kirishdi. Bunday vaziyat kushonlarni befarq qoldirmadi. Kushon podshosi Vasudeva sosoniylar tomonidan buladigan xavfga qarshi ittifoq qidirib, 230 yilda Xitoyga elchi yubordi. Lekin kushonlar sosoniylar bilan qattiq jang bulishini kutardi. 242-243 yillarda ikki urtada bulgan jangda sosoniy Shopur 1 ning qo‘shini Kushonlar ustidan g‘olib chiqadi. Shu jangdan sung sosoniylar Sharqiy Xuroson hududla­rida «kushonshoh» unvoniga ega buldilar. 252 yilga kelib esa ular «Kushion shohlarining ulug‘ shohi» degan unvonni ham oladilar. Xuddi shu yillarda kushonlar Hindistondagi katta еrlaridan ayriladilar. Masalan, bir budda matnida (III asr o‘rtalariga oid) «dunyo uch qismga (Xitoy, Rim va Kushon) bo‘lingan, ammo «os­mon ug‘lonlari» (imperaratorlari) turtta: Xitoy, Rim, Kushan va hind» deb xabar beriladi.Hind manbalariga ko‘ra III asr o‘rtalarida Hindistonda Kushonlardan mus­taqil davlat tarkib topgan11. Lekin Kushonlar boshiga tushgan bu qiyinshiliklar Kushon davlatini batamom yo‘q qilib yubormadi. Kushon davlati O‘rta Sharqning yirik davlatlaridan biri sifatida yana 100 yildan ortiq vaqt yashadi. Soson podsholarining kushayishi Kushon­larning RIM imperiyasi bilan aloqasini yanada mustahkamlashga olib keldi. Kushon elchilari 274 yilda Rim Imperatori Avrelinning Palmir ustidan g‘alabasiga bagishlangan tantanalarda qatnashdi. Sosoniylar Rim ­Kushon dustligidan xavfsirab, endi Kushonlar bilan aloqani yaxshilash yo‘lida siyosat olib bora boshlaydilar. Sosoniylar shohi Xormuzd II (301-309) Kushonlar ma­likasiga uylandi. IV asrning urtalarida kushonlar va sosoniylar urtasidagi munosabatlar yana yomonlashdi. Shopur II (309-379) kushonlarga qattiq zarba berib, Shimoliy Baqtriya еrlarini tortib oldi. Ammo kushonlar bu zarbaga ham bardosh berdilar. IV asrning oxirida Balxda sunggi kushonlar sulolasi sifatida kidariylarni taxtga o‘tirishi tantanalari buldi. Shundan boshlab tarix sanasiga yangi kushonlar chiqdi. Bu kushonlar o‘z vaqtida Kumonlar imperiyyasi tarkibiga kirgan ko‘chmanchilar bulib, ular bu buyuk imperiyaning tarix sahnasida chiqishiga olib keldi.

Kushon podsholigi va kushonlar davri - O‘zbekiston, Tojikiston, Afg‘oniston, Pokiston, Hindiston tarixida muhim o‘rin tutadi. Bu davrda O‘rta Osiyo shaharlari hayotida yuksak ri­vojlanish ruy berdi. Dehqonchilik vohalarida qator yangi shaharlar qad kutardi. Eski shaharlar taraqqiyoti yangi bosqishlarga kutarildi. Kushon podsholigining dastlabki yillaridanoq O‘rta Osiyoga Baqtriya orqali budda dini kirib keldi. Surxondaryo viloyati va Tojikiston hududlarida olib borilgan arxeologig izlanishlarning guvohlik berishicha, bu zaminda buddizmga xos memoriy va haykaltaroshlik sanati uzining klassik darajasiga kutarilgan. Arxeologlar bu еrlardan bud­dizmga doir kuplab yodgorliklarni oshib urganganlar. Ulardan biri, Ayritom yodgorligidir. Bu yodgorlik Termiz yaqinida, Amudaryo bo‘yida qad kutargan. Ayritomdan topilgan memoriy sanat asarlarida qadimgi musiqa sbobi - arfa shalib utirgan musiqashilar tasviri berilgan. Eski Termiz shahri hududida Qoratepa yodgor­ligi oshilgan. Arxeologlar bu yodgorlikni budda dinining ibodatxonasi ekanligini aniqlaganlar. Qoratepa tabIIy tepa bulib, uning shor atrofida qazib qurilgan unlab galereyalar - budda va badisatvalar haykallari turgan. Qoratepa yaqinida Fayoztepa nomi bilan yana bir bud­da yodgorligi urganilgan. U еrda olib borilgan arxeolo­gig izlanishlar shuni kursatdiki, Fayoztepa budda dini ibodatxonasi va o‘quv maktabi ekan. Talabalar bu еrda yashab budda ta’limoti buyisha talim olganlar. Buddizm davriga oid yodgorliklar Surxondaryo viloyatida yana Dalvarzintepa, Zartepa, Kuyovqo‘rg‘onda ham oshib urganildi. Bu yodgorliklarning ko‘pshiligi II-IV asrlarga oid bulib, ular kushon davriga oid o‘tmish madaniyatimizning durdonalari hisoblanadi.




Download 109,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish