Urganch davlat universiteti tarix fakulteti


Kushon davlatining Hududi,Siyosiy hayoti



Download 109,73 Kb.
bet2/6
Sana31.12.2021
Hajmi109,73 Kb.
#253160
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
milodiy III asirda yashagan ko'chmachilar

1. Kushon davlatining Hududi,Siyosiy hayoti

Milodiy I-III asrlarda hukmronlik qilgan Kushon podsholigi nafaqat Surxondaryo tarixida, balki butun Osiyo xalqlarining iqtisodiy va madaniy taraqqiyotida muhim rol o‘ynagan davlatlardan biri sanaladi. Uning eng rivojlangan davri Kanishka davri bo‘lib, milodiy 78—123 davrlar hisoblanadi3. Xududi- Janubiy O‘zbekiston, Janubiy Tojikiston, Pokiston, Afg‘oniston, Hindiston.



Xorazm xududlari kirmagan. Kushon davlatining shimoli-g‘arbiy chegarasi Darband devori bilan himoyalangan. Bu Sug‘d bilan chegara hisoblangan. Bu devor XX asrning 90 yillari aniqlangan. U Surhondaryo va Qashqadaryo o‘rtasidagi Darband qishlog‘idan o‘tgan. 1,5 km uzunlikda, eni 6-6,5 m bo‘lgan. Devorlar orasida minoralar bo‘lgan. Janubiy qismida qa’asi joylashgan. Vima Kadfiz tomonidan qurilganligi aniqlangan.

Kushon davlatining tarixi asosan, arxeologik tadqiqotlar va xitoy manbalari asosida yoritilgan. Kushon davlatining keng xududni egallagan:

Kushon davlati tarixi bilan arxeolog olimlardan Ye.Masson, G.A.Pugachenkova, E.Rtveladze, Sh.Pidaevlar tadqiqotlari asosida yoritilgan. Olib borilgan tadqiqotlar natijasida Kushon davlatining iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlanishida 2 xil yo‘nalish kuzatiladi. 1 davr Kanishkagacha bo‘lgan davr va 2 davr Kanishkadan keyingi davr hisoblanadi. Kanishkagacha bo‘lgan davrda uning siyosiy va madaniy hayotida grek yozuvi va madaniyati еtakchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, Kanishkaning olib borgan islohatlari natijasida baktriya yozuvi va maxalliy madaniyat asoslari jamiyatga tatbiq etiladi.

Miloddan avvalgi IV asr oxirlarida, Xitoy yilnomalarida yuedjilar deb atalgan massaget qabilalari Sharqiy Tur­kistondan to Mug‘uliston chegaralarigacha bulgan xudud­larga ketib qolgan edilar. O‘sha vaqtlarda xunlar Bal­xashdan to Xitoygacha bulgan hududda yashab kelardi. Yue-chjilar Sharqiy Turkistonni olishga intilganlar. Bu, ayniqsa mi­loddan avvalgi III asrning ikkinchi yarmidan namoyon bula boshlaydi. Yunon-Baqriya davlati podshosi Evtidem miloddan avvalgi 206 yilda sa­lavkiylar hukmdori Antiox III bilan ularga qarshi xarbiy ittifoq tuzadi. Xunlar yuedjilar ustiga dastlab 206 yilda hujum qilgan. Shu yili Xun shaxzodasi Mode Yue-chjilar qulidan garovdan qochib, uz otasini xokimiyatdan agdarib, katta qo‘shin bilan yuedjilar ustiga xarbiy yurish boshlaydi. Miloddan avvalgi 176 yilda, xunlar Yue-chjilar ustiga ikkinchi marta yurish qiladi. Nixoyat, miloddan avvalgi 165 yilda xunlarning qo‘li baland kelib, yuedjilarni g‘arbga uloqtirib tashlaydilar. Ular maglub bulgan Yue-chjilar podshosining bosh suyagidan kosa yasab, g‘alaba uchun sharob ichadilar.

Bu to‘qnashuv oqibatida yuechji (toxarlar) ikki guruhga bo‘linib ketadi, qabilalardan bir guruhi Sharqiy Turkiston tomon ketsa, ikkinchi ko‘pchilik bir guruhi janub tomon yo‘l oladi. Bu guruh manbalarda Buyuk yuechji deb nomlangan.

Yuedji qabilalari dastlab qadimgi Farg‘ona xududiga kelib istiqo­mat qila boshlaydilar. Bu davrda Qadimgi Farg‘onada, ayniqsa uning shimoliy xududlarida yue-shjilarning qishloqlari va shaxarlari qad ko‘taradi. Ular endi yagona bir podsho qo‘l ostida bulmay, balki qabila va urug‘ yabgula­ri (qabila oqsoqollari) qo‘l ostida yashaydilar. Masalan, Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on yonidagi Kushon qishlog‘i va Kosonsoydagi Koson shahar xarobasi yuedjilar asos solgan qishloq va shaxar edi. Yuedjilar miloddan avvalgi 140 yili Sug‘d еrlari orqali Baqtriyaga kirib keladi. Yunon-Baqtriya podsholigi esa 100 yillik xukmdorlikdan so‘ng xalokatga uchradi. Shi­moliy Baqtriya еrlarini esa bu еrga yopirilib kelgan 5 ta yue-shji qabilalari egallab, uz yabg‘ulari qo‘l ostida yashay boshlaydilar. Xitoy yilnomalarida yozilishicha, Yue-chjilar Baqtriya­ga kelgandan sung 100 yil mobaynida 5 ta qabilaga bu­linib yashagan. Guyshuan (Kushon) qabilasi (yabg‘usi Kudzula Kadfiz) qolgan turt qabila yabg‘ularini tobe etib, uzini xukmdor deb elon qiladi. U avval Kushon davlati sifatida hozirgi Surxondaryo viloyatining Sho‘r­chi tumanida joylashgan Dalvarzintepani poytaxti qiladi. Sungra u uz davlat chegaralarini kengaytirish va qudratini mustaxkamlash maqsadida Amudaryoning chap sohili xududlarini egallashga otlanadi. Xitoy manbalariga kura, Kushon davlati Par­fiyani, Afg‘onistonni va Kashmirni bosib oladi4. Nixoyat, Kudzula Kadfiz 80 yoshida olamdan utadi. Uning davrida kushonlar uz pullarini zarb etmaganlar. Kudzula Kadfiz tangalari Rim imperatorlari va Parfiya podsholari zarb etgan tangalarga taqlid qilinib chiqarilgan. Shuning uchun podsholik tangalarida Kudzula Kadfiz yabg‘u degan yozuvlar uchraydi. Keyinroq uning, «xukmdor Kadfiz» yozuvi bilan tangalari paydo buladi. Kudzula Kadfizning ulimidan sung uning o‘g‘li Vima Kadfiz (51-78) taxtga utiradi. Uning davrida Kushonlar davlati Pokiston va Hindistonning markaziy viloyatlari hisobiga kengayadi. Vima Kadfiz nomidan tangalar zarb etiladi. Uning tosh xaykali esa Hindistonning Matxura shahrida qad kutaradi. U 30 yil podsholik qiladi. Uning davrida pul islohati o‘tkaziladi. pul islohoti natijasida 8 gramlik oltin tangalar, kumush, bronza tangalar savdo muomalasiga chiqarildi. Madaniy taraqqiyot natijasida yozuvlar ancha takomillashib so‘g‘dcha, xorazmcha, parfiyacha, baqtriyacha yozuvlar mukammallashib, ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy hayotda ijobiy natijalarga erishdi.



Vima Kadfizdan s`ong kushonlar saltanati Kanishka 78-123 qo‘liga o‘tadi. Uning davrida Hindistonning janubiy xududlari, O‘rta Osiyoning Sug‘diyona, Shosh vi­loyatlari kushonlar qo‘liga o‘tadi. Kanishka nomidan «shohlarning shohi-ulug‘ haloskor» yozuvi bilan tanga pullar zarb etila boshlaydi. Bu tangalar Ashgabatdan Xorazmgacha, Toshkent vohasigacha bo‘lgan hududlarda kuplab topilgan. Kanishka davrida Kushon davlati juda gullagan hamda hududi kengaygan edi. U budda dinini rasmiy ravishda davlat dini deb elon qiladi. Budda dini mil. avv. I ming yillik o‘rtalarqda Hindistonda shakllangan. Buddaviylar 1956 yilda o‘z dinlari shakllanganligining 2500 yilligini nishonladilar. Hindlar bu dinning asoschisi Shak’ya Muni, ya’ni hind shahzodasi Siddxartma Gautama Budda deb hisoblaydilar. Buddaviyliqda beshta axloqiy talab (panchashina)ga rioya qilish ilgari surilgan. Ular: bironta ham tirik mavjudotni o‘ldirmaslik, birovning mulkini olmaslik, birovning xotiniga ko‘z olaytirmaslik, yolg‘on gapirmaslik, spirtli ichimlik ichmaslikdan iborat5. Uning xinayama, maxayama, keyinchalik lamaizm yo‘nalishlari vujudga keldi. Kushonlar davrida Termiz shahrining buddaviylik tayanchiga aylangan. Kanishka Kadfiz 78 yilda Panjob viloyatida buddaviylarning umumjahon yig‘ilishini chaqirtiradi va buddaviylikning Maxayama yo‘nalishini targ‘ib qiladi, unga binoan Maxayama «hamma uchun birdek ulug‘ yo‘l» deb biladi. Kushonlar e’tiqod erkinligini joriy etgan bo‘lsalar~da, buddaviylikni kengroq yoyish va uni rivojlantirish uchun turli shaharlarda takyagoh, xonaqoh, ibodatxonalar qurib, buddaviylikning muqaddas kitoblari («Tripitaka»)ni ko‘paytirish, ularni o‘rganish, tarjima qilish va izoxlash, yangi tafsirlar еzish kabi diniy-falsafiy tafakkur rivoji uchun sharoit yaratib berishdi. Bunday siyosat natijasida Tarmita o‘z davrining yirik iqtisodiy, madaniy va buddaviylik dini markaziga aylandi. Kushonlar davrida budda dinining ravnaqiga baqtriyalik rohiblar ham juda katta hissa qo‘shadilar. Xitoy, Tibet manbalarida buddaviylik dini targ‘ibotchilari qatorida tarmitalik Dxarmamitara va toxaristonlik Gxoshakalarning nomlari ham qayd qilingan. Buddaviylik dinining yirik mazhablari sanalgan Xinoyama va Maxayama yo‘nalishlari ham aynan shu zaminda ravnaq topadi. Kanishka davrida poytaxt Baqtriyadan Peshavor(Pataliputra-Pokiston)ga ko‘chiradi. Kanishka saklar bilan ittifoq tuzgan. Uning davrida mamlakat to’liq birlashtirirladi6. 1 asrning 70-80-yillarida Sharqiy Turkiston еr­lari masalasida Xitoy-Kushon mojarolari kelib chiqadi. Kushonlar dastlab xitoyliklarning Sharqiy Turkiston еrlarini egallash uchun qilgan harbiy harakatlarini qo‘llab-quvvatlaydilar. Hatto ular 84 yilda Qashg‘ar hukmdoriga harbiy tomonidan xitoylarga qarshi kurashish uchun yuborgan qo‘shinini tezda chaqirib olishni Qang‘uy podshosiga tavsiya etadi. Shundan sung Qang‘uy podshosi uz qo‘shinini chaqirib oladi, Qashg‘ar hokimligi esa xitoyliklarga taslim buladi, keyin Kushonlar Xi­toyning Turfonni bosib olishiga yordam qiladi. Biroq Xitoy-Kushon aloqalari 2-3 yil o‘tgach buziladi. Bunga Xitoy tomonidan Kushon davlati elchisining qamab qo‘yilishi sabab buladi. Elchi katta sovg‘alar bilan Xitoy imperatorining qizini Kushonlar podshosiga unashti­rish uchun borgan edi. Haqoratlangan Kushon hukmdori 70 ming kishilik qo‘shin bilan Xitoyga yurish qiladi, ammo mag‘lubiyatga uchrab, zo‘rg‘a sharqiy Turkistondan qochib qoladi. 102 yilda Xitoyning еngilmas lashkarboshisi Ban Shao o‘lgach, Sharqiy Turkiston viloyatlari birin-ketin Xitoyga qarshi qo‘zg‘alon kutaradilar. Bundan foyda­langan Kushonlar 102 yilda Sharqiy Turkistonga bos­tirib boradi. Kushonlarning Sharqiy Turkistonda pay­do bulishi bu mamlakatga buddizmning faol kirib bo­rishiga imkoniyat yaratadi. Keyingi yillardagi Xitoy­ Kushon mojarolari kushonlarning Sharqiy Turkistonda o‘z hukmronligini urnatishga imkon bermaydi. Ammo Hindiston yilnomalarida Kanishkaning Tarim havzasini bosib olganligi haqida suz yuritilgan. Soson podshosi Shopur 1 (241-242 yillar) yozdirgan “Zoroastr Kaabasi”da kushonlar imperiyasining hududi haqida: «Kushonlar mamlakati Peshavor, Qashg‘ar, So'g‘d va Shoshgacha chuzilgan»,-deyiladi. Kanishka davrida Kushon imperiyasi chegarasi Baqtriyadan Benaresgacha, Kashmirdan Sindgacha borgan. Kanishka davridagi Kushon tangalari Xorazm, Xo’tan va sharqiy Erondan topilgan7. O‘rta Osiyoda kushonlar asos solgan 3 ta shahar bulgan: Kushon shahri (Ko­son) –Farg‘ona vodiysida; Kushon shahri (Kattaqo‘rg‘on yaqinida)-Zarafshon vohasida; Kushon shahri (Kesh)­Qashqadaryo viloyatida. Kanishka 23 yil poddsholik qiladi. Kanishkadan so‘ng kushonlar taxti uning o‘g‘li Vasishka qo‘liga utadi. Biroq u 4 yilgina podsholik qiladi, xolos. Sung hokimiyat Xuvishka quliga utadi. U 32 hukmronliq qiladi. Undan sung podsholik Vasudeva quliga o‘tadi. Vasudeva esa 34 yil podsholik qiladi. Uning davrida Kushon pod­sholigi ikkiga bulinadi. Mamlakatning bir qismida Vasudeva, ikkinchi qismida esa Kanishka III podsholik qilgan. Bu haqida ularning nomidan zarb etalgan tanga pullar guvohlik beradi. Milodiy III asrning birinchi yarmida, ya’ni Vasudeva va Kanishka III hukmronligi davrida Kushon podsholigida markazdan chetlashgan kuchlarning mavqei ortib, ular o‘zlarini tobora mustaqil hisoblay boshlaydilar. Ikkinchi tomondan esa ular o‘rtasida o‘zaro kurashlar avj oladi. Bundan tashqari, janubi-g‘arbiy hududlarda qudratli Sosoniylar davlati paydo bo‘ladi. III asrning ikkinchi yarmidan boshlab Kushon davlatining ko‘pgina еrlari Sosoniylar qo‘liga o‘tadi.


Download 109,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish