Urganch innavatsion universiteti



Download 36,78 Kb.
bet2/3
Sana21.01.2023
Hajmi36,78 Kb.
#900816
1   2   3
Bog'liq
Egamova Mehriniso Mutaxasislikka kirish

Bitiruv malakaviy ishni tayyorlash jarayonida talabaning majburiyatlari:
Bitiruv malakaviy ishni bajarish jarayonida talaba butun o‘quv faoliyatida olgan bilimlari, egallagan ko‘nikmalari asosida quyidagi kasbiy malakaviy talablarga ega bo‘lishi lozim:

  • Vazirlar mahkamasining ta`lim to‘g‘risidagi me`yoriy hujjatlari bilan ishlay olishi;

  • Davlat ta`lim standartlarida ko‘rsatilgan me`yoriy talablarga to‘liq amal qilishi;

  • o‘quv rejasiga muvofiq tarzda faoliyat yurita olishi;

  • ijodiy izlanish asosida ta`lim mazmuniga tegishli o‘zgartirishlar kirita olishi;

  • elektron darsliklar uchun animatsiyali taqdimotlar yarata olishi;

  • ko‘rgazmali qurollar va tarqatma materiallar tayyorlay olishi;

  • biologiya sohasiga oid zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalari asosda dars o‘ta olishi;

  • muammoli ta`limni amalga oshirish va uning o‘ziga xos xususiyatlarini takomillashtirib borishi;

  • o‘quvchi-talabalar bilan do‘stona munosabatlarni shakllantira olishi;

  • pedagogik madaniyat va kasbiy mahoratga ega bo‘lishi;

  • o‘quvchi-talabalar bilan individual va tabaqalashtirilgan holda ta`limni amalga oshira olishi;

  • iqtidorli o‘quvchilarni izlash va ular bilan individual ishlash rejasini tuza olishi;

  • o‘quvchi-talabalarning mustaqil faoliyat ko‘rsatishini ta`minlay olishi;

  • o‘quvchi-talabalar uchun pedagogik, psixologik va kasbiy yo‘nalishlarda qo‘shimcha mashg‘ulotlar tashkil etishi;

  • mustaqil ta`lim jarayonida o‘quvchilarning ilmiy-ijodiy qobiliyatlarini shakllantirishi;

  • darsni rejalashtirish jarayonida vaqtdan samarali foydalanish uchun auditoriyaga beriladigan axborotni to‘g‘ri taqsimlay olishi;

  • darsda beriladigan axborot hajmi va o‘quvchini o‘zlashtirish darajasini inobatga olgan holda metodika qonuniyatlarini ishlab chiqishi va ulardan eng qulay metodlar va usullarni tanlab tadbiq eta olishi;

  • darsda qo‘yilgan aniq maqsadga erishish uchun belgilangan vazifalar yechimi asosida kafolatli natijani qo‘lga kiritish;

  • erishilgan yutuq va kamchiliklar yuzasidan o‘z-o‘zini tahlil etish va o‘z faoliyatiga tanqidiy baho berishi;

  • o‘qitish jarayonida pedagogik-psixologik usullarni to‘g‘ri tanlay olishi va ularni qo‘llash uchun yangi tavsiyalar berib borishi;

  • texnologik jarayonlarni o‘qitish tamoyillari va metodlari asosida estetik hamda iqtisodiy samaradorlik tomonlarini o‘rganish;

  • biologik fanlarni o‘qitishning umumiy tamoyillari va metodlarini ishlab chiqish;

  • elektron darsliklar asosida ta`lim bera olishi (mavzuni yoritish jarayonida elektron darsliklar imkoniyatlari yordamida taqdimotlar namoyish etishi);

  • ta`lim jarayonida masofadan o‘qitishni tashkil eta olishi (ushbu holatda masofadan o‘qitish metodlari taxlil qilishi va ularni qo‘llash uchun tavsiyalar ishlab chiqishi);

  • o‘quvchilarda tanqidiy fikrlashni yuzaga keltira olishi (auditoriyaga berilayotgan axborotni turli usullar, tarqatma materiallar asosida mavzu bo‘yicha muammoli vaziyatlarni yarata olishi hamda o‘tilayotgan mavzuga o‘quvchilarning tanqidiy fikrini shakllantirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishi);

  • interfaol metodlardan foydalanib o‘qitishni tashkil etishi;

  • auditoriyani psixologik jihatdan boshqara olishi;

  • o‘quvchilarda mavzu bo‘yicha savollar, bahslar sharoitini yaratishi;

  • darsning yutuq va kamchiliklarini aniqlab, barcha o‘z fikrini ifodalash imkonini beruvchi usullarni tavsiya etishi;

  • o‘quvchilarning ijodiy imkoniyatlarini faollashtirish maqsadida auditoriyada psixologik muloqot o‘rnatish uchun kichik guruhlarni shakllantira olish;

  • darsda belgilangan vazifa va muammodan kelib chiqadigan maqsadlarni ifodalay olishi;

  • auditoriyada tashkil etilgan guruhlarda pedagogik g‘oyalar tizimini shakllantira olishi;

  • guruh a`zolari tomonidan tashlangan pedagogik g‘oyalarni tizim holiga keltirib tasniflashi;

  • keltirilgan g‘oyalarni destruktivlashi, ya`ni amalga oshish imkoniyatiga qarab baholashi;

  • o‘quvchilar tomonidan bildirilgan tanqidiy mulohazalarga ob`ektiv baho bera olishi;

  • o‘quvchilarning tanqidiy, tahliliy va aniq mantiqiy fikrlashlarini rivojlatirish uchun ularga o‘z fikrini yozma yoki og‘zaki shaklda ixcham bayon etish va himoya qilishga tegishli shart-sharoitlar yaratishi;

  • ta`lim berish jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qanday qo‘llash va o‘qitish uchun lozim bo‘ladigan me`yoriy hujjatlarni tuza olishi;

  • mavzu bo‘yicha dastur, yordamchi chizmalar, tarqatma materiallar va o‘z fikrini o‘zgalarga etkaza olishi hamda himoya qila olishi;

  • dars yakunida o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilgan bilimlarni tartibga solishi va ularni umumlashtira olishi;

  • ob`ektlar miqdoriy va sifat munosabatlarini ifodalash uchun matematik metodlarni qo‘llashi;

  • eksperiment ma`lumotlarini ishlab chiqishning asosiy usul va yo‘riqlaridan foydalanishi;

  • olingan natijalarning foydalanish chegarasini baholab va ular ierarxik tuzilishini hisobga olib modellarni tadqiq etishi;

  • uzluksiz ta`lim muassasalarida o‘quv jarayonini tashkil etishi va o‘tkazilishiga ko‘maklashishi;

  • tadqiqotlarda ishtirok etishi, ma`lumotlarni to‘plashi, umumlashtirishi va tahlil etishi va x.k.

Bitiruv malakaviy ishni bajarish jarayoniga tayyorgarlik
Bitiruv malakaviy ishni bajarishga tayyorgarlik jarayoni talabaga tanlangan mavzuning o‘rganilganlik darajasini baholashga yordam beruvchi adabiyotlar, monografiya va o‘quv qo‘llanmalar, ilmiy maqolalar bilan tanishishdan boshlanadi.
Manba va adabiyotlar bilan ishlash jarayonida tadqiq etilayotgan u yoki bu muammoga taalluqli bo‘lgan dalil va voqealarni yozib olish tavsiya etiladi.
Yozib olingan ma`lumotlar ko‘pchilik hollarda materialni qayta ishlash va guruhlashda qiyinchilik tug‘dirmasligi uchun bitta varaqqa joylashtirilishi maqsadga muvofiqdir. Buning uchun ma`lumotlar chiqqan manba va adabiyotlarning qaeridan yozib olinganligini aniq ko‘rsatish talab etiladi.
Manba va adabiyotlar o‘rganilib bo‘lgach esa, bitiruv malakaviy ishning to‘liq rejasini tuzishi va uni ilmiy rahbar bilan, zarur hollarda esa ilmiy maslahatchi bilan kelishishi lozim. Ushbu rejaga ish jarayonida aniqlik kiritish mumkin. Uning oxirgi varianti asosiy manba va adabiyotlar bilan ishlab bo‘lgach tuziladi va u ilmiy rahbar tomonidan tasdiqlanib, muhim hujjatga aylanadi, unga kiritiladigan o‘zgarishlarni faqat rahbar roziligi bilan amalga oshirish mumkin.
Bitiruv malakaviy ishni o‘z vaqtida va sifatli bajarish talabaning o‘z mustaqil ishini tashkil etish qobilyatiga bevosita bog‘liq. Malakaviy ishni bajarishni talaba bitiruv malakaviy ish rejasini tuzishdan boshlaydi. Reja asosida boblar va paragraflar bajarilish ketma-ketligi va muddatlari ko‘rsatiladi.
Talaba bitiruv malakaviy ishning kirish va boshqa bo‘limlari hamda xulosalarini tayyorlashi bilan uni ilmiy rahbar va ilmiy maslahatchiga taqdim etadi.
Ular ko‘rsatgan kamchilik va takliflarni bitiruv malakaviy ishni tayyorlash jadvalida ko‘rsatilgan muddatgacha qayta ishlab chiqadi (3-ilova).
Bitiruv malakaviy ishni bajarishda rejalashtirilayotgan asosiy natijalar
Ilmiy tadqiqot olib borishda faolligini namoyon etish
Sabab-oqibat aloqalarini aniqlash
Har xil sohalar bilimlarini jalb qilgan holda muammolarni yechimini topish
Mustaqil va ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini ifodalash
Mustaqil qaror qabul qilish va faoliyati natijalari bo‘yicha mas`uliyatni uz zimmasiga olish
O‘z bilimiga baho berish va ko‘p xajmdagi axborot muhitida o‘zini yo‘qotmaslik
Gurux bilan ishlash ko‘nikmalarini olish
Tadqiqotlar, tajribalar va tahlillarni mustaqil o‘tkazish
Yo‘l qo‘ygan kamchiliklari uchun javob berish
Ilmiy izlanish faoliyati natijalarini tahlil qilib, o‘z yutuqlari va kamchiliklarini aniqlash, vujudga kelgan qiyinchiliklar sabablarini topish, xatolarni tuzatish yo‘llarini aniqlash
Mustaqil faoliyat olib borish huquqidan foydalangan holda o‘z fikrlari va muloxazalarini himoya qilish
Izlanish natijalarining variantlari va ularning sodir bo‘lish ehtimollarini bashorat qilish
Jamoa bo‘lib muhokama qilishda o‘z nuqtai nazarini baholash hamda himoya qilish

Download 36,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish