Urganch innavatsion universiteti



Download 36,78 Kb.
bet1/3
Sana21.01.2023
Hajmi36,78 Kb.
#900816
  1   2   3
Bog'liq
Egamova Mehriniso Mutaxasislikka kirish


URGANCH INNAVATSION
UNIVERSITETI
BOSHLANG’ICH TA’LIM
YO’NALISHI FAKULTETI


MUSTAQIL ISH

MAVZU: Kurs ishi , bitiruv malakaviy ishlar magistrlik va doktorlik dissertatsiyalari, o’quv qo’llanma hamda darsliklar monografiyalari, o’quv qo’llanma hamda darsliklar monografiyalarni taxlilini o’rganish.


Fan nomi:Mutaxasislikka kirish


Qabul qiluvchi : O’razboyeva S


Bajardi: 1-bosqich talabasi


Egamova Mehriniso

REJA:
1 . Kurs ishi , bitiruv malakaviy ishlar magistrlik va doktorlik dissertatsiyalari.


2 . O’quv qo’llanma hamda darsliklar monografiyalari.
3 . O’quv qo’llanma hamda darsliklar monografiyalarni taxlilini o’rganish.

Kurs ishi va bitiruv malakaviy ishiga qo‘yiladigan talablar. Kurs ishi va bitiruv malakaviy ishlar muvaffaqiyatini aniqlaydigan muhim va mas’uliyatli vazifalardan biri – tadqiqot mavzusini tanlashdir. Mavzularga qo‘yiladigan umumiy talab – ularning dolzarbligi bilan bog’liqligidir. Ular hozirgi zamon talablari va bank tizimining rivojlanish tendentsiyalari istiqbollaridan kelib chiqishi zarur.
Kurs ishi va bitiruv malakaviy ish mavzusi keng qamrovli nazariy va amaliy xususiyatga ega bo‘lishi, tijorat banklarini rivojlantirishning eng muhim vazifalarini qamrab olishi va ilmiy-ishlab chiqarish yo‘nalishida tadqiqotlar olib borishni nazarda tutishi lozim. Kurs ishi va bitiruv malakaviy ish mavzusi muammoning zamonaviy holatini va iqtisodiyot, biznes, ishlab chiqarishijtimoiy sohalar, fan, ta’lim va madaniyatning istiqboliy rivojlanishini aks ettirishi kerak.
Mavzuning dolzarbligini asoslashda ushbu masala ustida tadqiqotlar olib borish nima uchun zarurligini, tijorat banklari bilan bog’liq qanday muammolar bunga sabab bo‘lganini va tadqiqot yakunlari bo‘yicha erishilajak natijalar muammoni echishga qanday ta’sir ko‘rsatishini aniq bayon etib berish lozim.
Mavzu tanlashda ayrim talabalarning istiqbolda ilmiy-tadqiqot ishlari olib borishga layoqati borligini nazarda tutgan holda bitiruv malakaviy ishi uchun tanlangan mavzu kelgusida magistrlik va doktorlik dissertatsiyalari tayyorlashda ham davom ettirilishi maqsad qilib qo‘yilishi mumkin.
Shu bilan birga tavsiya qilinayotgan va tanlangan mavzuning o‘quv jarayonida foydalanishini ham nazarda tutmoq lozim. Buning uchun mavzuning o‘qilayotgan ma’ruza yoki olib borilayotgan amaliy mashg’ulot dasturida o‘z ifodasini topishiga erishish lozim.
Kurs ishi va bitiruv malakaviy ishlari mavzulari ixtisoslashgan kafedralar tomonidan belgilanadi va unstitutning ilmiy Kengashi tomonidan tasdiqlanadi, mavzular har o‘quv yilida 20-30 foizga yangilanishi tavsiya etiladi.
Ishlab chiqarish korxonalari buyurtmasi bo‘yicha bajariladigan bitiruv malakaviy ishlar alohida amaliy ahamiyatga egadir. Ayniqsa muayyan ishlab chiqarish korxonasining moliyaviy ko‘magida tahsil olayotgan talabalar bunday yondoshuvdan manfaatdor bo‘lishlari kerak. Bu ularga keyinchalik ishga boradigan korxonaning ishlab chiqarish va moliyaviy holatini chuqurroq tadqiq etishga va muammo va ehtiyojlarini aniqlashga imkon beradi. Talaba yoki talabaning o‘qishi uchun to‘lov-kontarkt mablag’ini to‘lovchi buyurtmachi zaruriy asoslar bilan malakaviy ishlar mavzusi bo‘yicha o‘z variantlarini taklif etishlari mumkin.
Bitiruvchi talabaga bitiruv malakaviy ish mavzusini tanlash huquqi beriladi. Mavzuni tanlash jarayonida talabalarga ish rahbari yordam berishi maqsadga muvofiq. Mavzuni tanlash jarayonida rahbar tavsiya etilayotgan mavzular ro‘yxatini berish bilan cheklanib qolmay, balki tanlanadigan mavzuni mohiyati va ochib berish imkoniyatlari bilan hamda ma’lumotlar manbalari bilan talabani tanishtirishi maqsadga muvofiq.
Rahbar va talaba tanlagan mavzu bo‘yicha nazariy ma’lumotlar etarli bo‘lgani bilan talaba amaliyot o‘taydigan korxonada ushbu mavzuni yoritish bo‘yicha kerakli ma’lumotlar bo‘lishiga ham e’tiborni qaratish lozim. Shu sababdan bitiruv malakaviy ish mavzusi talabaning bitiruv oldi amaliyoti o‘tash uchun boradigan korxona aniq bo‘lgandan so‘ng tanlangani ma’qul.
Kurs ishi va bitiruv malakaviy ishi mavzusini tanlashda rahbar va talaba quyidagilarga e’tibor berishi lozim:
1.Amaliyot o‘tish mo‘ljallangan korxonada ilmiy izlanish olib borish uchun imkoniyatlar mavjudligi.
2.Malakaviy bitiruv ishini yozish jarayonida mavzuni chuqur o‘rganish va tajriba oshirish imkoniyati mavjudligi.
3.Talabaning ilmiy-amaliy izlanishga qobiliyatliligi.
4.Kurs ishi va bitiruv malakaviy ishini bajarish uchun ma’lumotlar, yo‘riqnomalar bilan ta’minlanganlik darajasi.
Kurs ishi, bitiruv malakaviy ishni yozish tartibi.
Bitiruv malakaviy ishni bajarishning maqsad va vazifalari
Bitiruv malakaviy ishni bajarish (keyingi satrlarda malakaviy ish) — oliy o‘quv yurti bakalavriatida talabalarni o‘qitishning yakuniy bosqichidir.
Malakaviy ishni bajarish maqsadi:
Ta`lim bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarni mus-tahkamlash va kengaytirish, olingan bilimlarni muayyan ilmiy, ishlab chiqarish, madaniy vazifalarni hal etishda qo‘llash;
Ijodiy ishlash, ishlab chiqilayotgan masalaning (muammoning) qo‘yilish jarayonidan boshlab, uni to‘la nihoyasiga etkazish bo‘yicha qaror qabul qilishda bo‘lgan mas`uliyatni his etishga o‘rgatish;
Bitiruv malakaviy ishlarning mavzusi
Malakaviy ishlar mavzusi muammoning zamonaviy holatini fan, ta`lim va madaniyatning istiqboliy rivojlanishini aks ettirishi kerak.
Malakaviy ishlar mavzusi mutaxassis chiqaruvchi kafedra tomonidan belgilanadi va oliy o‘quv yurti yoki fakultetning ilmiy kengashi tomonidan tasdiqlanadi hamda uch yilda bir martadan ortiq qayta ko‘rib chiqilmaydi.
Malakaviy ishlar mavzusining yillik ro‘yxati bitiruv amaliyoti boshlanishiga qadar yoki bitiruv kursining boshida e`lon qilinadi.
Talabalarga (reytinglari bo‘yicha kamayish tartibida) malakaviy ishlarning mavzularini tanlash huquqi beriladi. Talaba yoki talabaning o‘qishi uchun to‘lov-kontrakt mablag‘ini to‘lovchi buyurtmachi zaruriy asoslar bilan malakaviy ishlar mavzusi bo‘yicha o‘z variantlarini taklif etishlari mumkin.
Malakaviy ish mavzusi va rahbarni talabaga biriktirish kafedraning taqdimnomasi bo‘yicha rektorning buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi .
Ish rahbari, malakaviy ishning mavzusiga muvofiq talabaga malakaviy ishga tegishli materiallarni to‘plash bo‘yicha (jumladan, malakaviy amaliyot o‘tkazish davrida ham) topshiriq beradi. Topshiriqning shakli oliy o‘quv yurtining o‘quv bo‘limi tomonidan belgilanadi. Topshiriq malakaviy ish bilan birgaliqda Davlat attestatsiya komissiyasiga taqdim etiladi.
Malakaviy ishni bajarishga rahbarlik qilish
Malakaviy ishlarga rahbarlar ushbu oliy o‘quv yurtining professor va dotsentlari yoki ilmiy xodimla-ri boshqa muassasa malakali mutaxasislari safidan tayinlanadi.
Malakaviy ish rahbari:
topshiriq beradi;
malakaviy ishning bajarilish jadvalini rejalashtiradi;
asosiy adabiyotlar, ma`lumot va arxiv materiallarini hamda mavzu bo‘yicha boshqa manbalarni tavsiya etadi;
talabalar bilan muntazam ravishda konsultatsiyalar o‘tkazadi;
malakaviy ishning bajarilish jarayonini nazorat etadi;
talaba bajargan malakaviy ishning sifati va muallifligiga javob beradi, mavzularining qaytarilishiga yoki ko‘chirilishiga yo‘l qo‘ymaydi.
Malakaviy ish rahbarining taklifiga binoan, kafedra malakaviy ishga rahbarlik qilishga ajratilgan vaqt byudjeti hisobidan ishning ayrim bo‘limlari bo‘yicha konsultantlarni taklif etishi mumkin.
Malakaviy ishning bo‘limlari bo‘yicha konsultantlar etib, oliy o‘quv yurtlarining professorlari va dotsentlari, ilmiy xodimlari hamda ilmiy tekshirish institutlarining xodimlari tayinlanishi mumkin. Konsultantlar talaba bajargan ishning muvofiq qismini tekshiradilar.
Mutaxassis chiqaruvchi kafedra malakaviy ishga qo‘yiladigan majburiy talablar hajmini belgilagan holda malakaviy ishni bajarish bo‘yicha uslubiy qo‘llanmalarni ishlab chiqadi va talabalarni ta`minlaydi.
Malakaviy ish berilgan topshiriq asosida shaxsan talaba tomonidan bajariladi.
Malakaviy ishning har bir bo‘limi muvofiq asoslar, qarorlar va xulosalar bilan yoritiladi. Malakaviy ishda, ilgari bajarilgan mustaqil ishlarning natijalari yoki boshqa mualliflarning (ilmiy ma`ruzalar va maqolalari, kurs ishlari va loyihalari, albatta, nomlari ko‘rsatilgan hodda) ishlari aks ettirilishi yoki ulardan foydalanish mumkin.
Tushuntirish qismi (poyasnitel`naya zapiska) malakaviy ishning mazmunini qisqa va muayyan shaklda ifodalashi lozim Zaruriy hollarda tushintirish qismga rasmlar, diagrammalar va boshqalar, shuningdek, zaruriy qo‘shimcha axborot yozilgan disketlar ilova etilishi mumkin.
Tushuntirish qismi qo‘l yozma tarzida rasmiylashtirilgan bo‘lishi shart.
Tushuntirish qismi kamida 10-15 ming so‘z hajmida belgilanadi.
Mavzu bo‘yicha olingan natijalar diagrammalar, rasmlar shaklida DTSlar talablariga qat`iy muvofiq kelishi zarur.
Kafedraning tavsiyasiga binoan malakaviy ish chet tillarning birida bajarilishi mumkin. Chet tilda bajarilgan ishga davlat tilidagi annotatsiya ilova etiladi va himoya vaqtida tarjima ta`minlanadi.
Malakaviy ishning bajarilishi
Malakaviy ish oliy o‘quv yurtining, odatda, ushbu maqsadda maxsus ajratilgan xonalarida bajariladi. Kafedra tomonidan tuzilgan shartonoma asosida O‘zRFA “Botanika” Ilmiy ishlab chiqarish markazi, O‘zRFA “Mikrobiologiya” instituti, O‘zRFA “Biokimyo” instituti, O‘zRFA Fiziologiya va biofizika institutlarida bajarilishi mumkin.
Malakaviy ishning bajarilishi bo‘yicha talabaning hisobot berish muddatlarini dekanat nazorat etadi. Dekanat belgilagan muddatlarda, talaba malakaviy ishning bajarilishi haqida rahbar va kafedra mudiri oldida hisobot beradi. Kafedra mudiri malakaviy ishning tayyorlik holatini belgilaydi.
Talaba ish muallifi, tanlangan qarorning to‘g‘riligiga va uning topshiriqqa muvofiqligiga, malakaviy ishda ko‘chirmachilik holatining yo‘qligiga javob beradi.
Malakaviy ishni himoya qilish
Belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan malakaviy ish talaba tomonidan rahbarga taqdim etiladi. Rahbar, malakaviy ish talab darajasida bajarilganligiga ishonch bildirgandan so‘ng, ishni o‘z taqrizi bilan birga kafedra mudiriga taqdim etadi. Taqrizda talabaning faolligi, qabul qilingan qarorlardagi yangiliklar va malakaviy ishning boshqa ijobiy tomonlari tavsiflanadi. Kafedra mudiri, taqdim etilgan materiallar asosida, malakaviy ishni talaba tomonidan DAK da himoya qilishga kiritish haqida qaror qabul qiladi. Agar, kafedra mudiri talabaning malakaviy ishini himoyaga kiritish mumkin emas deb hisoblasa, masala kafedra majlisida, rahbar ishtirokida muhokama etiladi. Kafedra majlisining bayonnomasi fakultet dekani tomonidan tasdiq uchun rektorga taqdim etiladi.
Himoyaga kiritilgan malakaviy ish taqrizga yuboriladi. Taqrizchilar tarkibi bitiruvchilarni ilmiy yo‘nalishi bo‘yicha mutaxassislari tanlanadi.
Taqrizchilar sifatida oliy o‘quv yurtlarining professor va o‘qituvchilari ham jalb etilishi mumkin.
Fakultet dekani malakaviy ishni taqriz bilan himoya uchun DAK ga yuboradi.
Bitiruv malakaviy ishni himoya qilish tartibi O‘zbekiston Respublikasi oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilarini yakuniy davlat attestatsiyasi to‘g‘risidagi Nizomda belgilangan.
Malakaviy ish himoyadan so‘ng (kamida 10 yil) oliy o‘quv yurtida saqlanadi.
Har xil sabablar bo‘yicha malakaviy ishni boshqalarga topshirish zaruriyati mavjud bo‘lgan holda (tadbiq etish, tanlovlar va hakozo), ishdan nusxa olinadi (ishning asl nusxasi oliy o‘quv yurtida qoldiriladi).
BITIRUV MALAKAVIY ISHINIG MAQSAD VA VAZIFALARI
Bitiruv malakaviy ish talabaning o‘qish davrida egallagan nazariy va amaliy bilimlari asosida bajargan ilmiy-tadqiqot ishlarining natijasi hisoblanadi.
Bitiruv malakaviy ishning maqsadi talabalarning barcha blok fanlari bo‘yicha olingan nazariy va amaliy bilimlarni mustahkamlash va kengaytirish, bu bilimlarni muayyan ilmiy, ishlab chiqarishni hal etishda qo‘llashdan iboratdir. Talaba uzluksiz ta`lim turlari bo‘yicha o‘quv dasturlari, o‘quv rejalari bilan tanish bo‘lishi, mutaxassislik fanlarini o‘qitish metodikasi, pedagogika va psixologiya fanlari, yangi pedagogik texnologiyalarni chuqur bilishi va bilimlarni amalda qo‘llay olishi kerak.
Bitiruv malakaviy ishning vazifasi olib borilgan tadqiqot mavzusi bo‘yicha olingan umumiy axborotni mustahkamlashni, manbalardan to‘plangan ilmiy va amaliy dalillarni tizimli tarzda izchil tartibga solishni nazarda tutadi.
Bitiruv malakaviy ishning muallifi ilmiy tadqiqotni mustaqil olib borishi, ta`limiy muammolarni topishi va ularni hal qilishning umumiy metod va qoidalarini amalda qo‘llay bilishi, tahlil qila olishi, natijaning samardorligini ko‘rsata bilishi kerak.
Bitiruv malakaviy ishning vazifalari sifatida mutaxassislik va biror ixtisos bo‘yicha tayyorlash sohasida ilmiy-tadqiqot va amaliy ishlarda bilimlarni mustahkamlash, mustaqil holda ma`lumotlarni izlash va muayyan muammolarni yechish, tanlangan mavzu bo‘yicha kasbiy, pedagogik va psixologik kategoriyalar, xodisalar va muammolar mohiyatini ochish, mavjud materiallarni tizimlashtirish, taxlil qilish va qayta ishlash, uzluksiz ta`lim tizimida ta`lim sifati va samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqish va h.k.lardan iborat.
Bitiruv malakaviy ishning yozilishi, tayyorlanishi va ochiq himoya qilinishi talabaning mutaxassisligi bo‘yicha tanlagan mavzusi negizida nechog‘lik mustaqil tadqiqot olib borish tajribasiga ega bo‘lganligini aniqlab beradi.
Malakaviy ishlar mavzularini tanlash va tasdiqlash
Bitiruv malakaviy ish uchun materiallar to‘plashga talabaning pedagogik amaliyotini o‘tagan ta`lim muassasasi tadqiqot bazasi bo‘lishi mumkin. Talabaning bitiruv malakaviy ish ximoyasiga tayyorgarlik jarayoni tanlagan mavzu va yo‘nalishi bo‘yicha xal etilayotgan masala xususiyatiga muvofiq bo‘lgan majburiy shartlardan biri xisoblanadi.
Bitiruv malakaviy ish mavzuini tanlash va tasdiqlash jarayoni talaba mavzu va ilmiy rahbar tanlaganidan boshlanadi. Talaba bitiruv malakaviy ish mavzuini tanlashi bilan darhol uni tasdiqlash uchun 1-ilovada ko‘rsatilgan shaklda tayanch kafedra mudiri nomiga ariza berishi lozim. Bitiruv malakaviy ish mavzui va ilmiy rahbarlari oliy ta`lim muassasasi rektori buyrug‘i asosida bitiruvchi kurs o‘quv yilining birinchi yarimida tasdiqlanadi.
BITIRUV MALAKAVIY ISHNI BAJARISHDA TASHKILOTLAR
VAZIFALARI
Universitet tayanch kafedralari vazifalari
Universitet tayanch kafedralari bitiruv malakaviy ishning bajarilish jarayoniga ilmiy rahbarni, fakultet dekanlari esa ma`muriy rahbarlikni ta`minlaydi.
Talaba tayanch kafedralaridan biriga ariza yozgandan keyin u yoki bu kafedraga berkitiladi. Ariza kafedra yig‘ilishida ko‘rib chiqilish jarayonida bitiruv malakaviy ish yoki loyiha mavzui ilk bor aniq ifoda etiladi. Bitiruv malakaviy ishga rahbarlik qilish tartibiga ko‘ra boshqa tashkilot va muassasalardan yuqori malakali amaliyotchi-mutaxassislar, shuningdek, kafedraning ko‘proq tajribali o‘qituvchilari belgilanishi mumkin.
Kafedra mudiri talabalarning pedagogik amaliyotini o‘tash jarayoni va ular tomonidan bitiruv malakaviy ishning bajarilishini doimiy nazorat qilib boradi.
Talaba pedagogik amaliyotini o‘tab bo‘lishi bilan kafedraga amaliyot o‘tagan joyidan o‘z faoliyati bo‘yicha yozma tavsifnoma va olingan tadqiqot natijalari haqida qisqacha hisobot topshiradi.
Ilmiy rahbar, ilmiy maslahatchi vazifalari va talaba majburiyatlari
Bitiruv malakaviy ish ilmiy rahbari:

  • talabaga bitiruv malakaviy ishni tayyorlash jarayonida ilmiy, metodik va amaliy yordam ko‘rsatishi;

  • talabaga mavzuni tanlash, ishni bajarishda bitiruv malakaviy ish mavzui va tarkibiy tuzilmasi tasdiqlangan so‘ng belgilangan vazifalarni ishlab chiqish(2-

  • ilova)ga ko‘maklashishi;

  • talabani mavzu bo‘yicha ilmiy izlanishda zarur bo‘ladigan manba va adabiyotlarni izlashga yo‘naltirishi hamda tadqiqotni amalga oshirishda qo‘llaniladigan metodikalarni tanlashga yordam berishi;

  • talabaga muntazam maslahat berib borishi, «Bitiruv malakaviy ishni tayyorlash jadvali»ni nazorat qilishi (3-ilova), talabaga DAK yig‘ilishida himoya qilish jarayoniga kirish so‘zi va taqdimotlarni tayyorlash uchun zarur bo‘lgan yordamni ko‘rsatishi;

  • belgilangan vaqt davomida bitiruv malakaviy ishning bajarilishini ta`minlash maqsadida ba`zi bir qismlari uchun maslahatchilarni biriktirish bo‘yicha kafedraga taklif kiritishi;

  • bitiruv malakaviy ish xaqida 10-ilovada keltirilgan shaklda yozma xulosa berishi lozim.

Talaba muntazam ilmiy rahbar tomonidan belgilangan hamda «Bitiruv malakaviy ishni tayyorlash jadvali» qayd qilingan vaqtlarda olingan natijalar haqida hisobot berib borishi lozim.
Talabaning ilmiy rahbar ko‘rsatmalarini bajarmasligi yoki besabab maslahatlarga kelmasligi bitiruv malakaviy ishga rahbarlikdan voz kechishga asos bo‘ladi.
Talaba tadqiqotni amalga oshirish jarayonida olingan natijalarning ilmiy ishonchlilik darajasi uchun to‘liq javobgarlikni oladi. Ilmiy rahbar olingan natijalar ishonchliligini baholashda ishtirok etadi.
Talaba bitiruv malakaviy ishni o‘z muddatida bajara olmasa, o‘quv kurslarini yakunlagandan so‘ng uch yil davomida himoya qilish xuquqi beriladi. Berilgan vaqt mobaynida u ilmiy rahbari va ilmiy maslahatchisini almashtirish, shuningdek, unga bitiruv malakaviy ishni tayyorlashda ilmiy va metodik yordam ko‘rsatuvchi boshqa bir kafedrani tanlash xuquqiga ega.
Bitiruv malakaviy ish ilmiy maslahatchisi:
Bitiruv malakaviy ish maslahatchisi kafedrada faoliyat ko‘rsatayotgan ilmiy darajasi bo‘lmagan o‘qituvchiga ilmiy rahbarlik qilishi uchun biriktirilgan ilmiy darajaga yoki ilmiy unvonga ega professor-o‘qituvchilardan tayinlanadi.

  • talabaga bitiruv malakaviy ishni tayyorlash jarayonida o‘z mutaxassisligiga mos qismini tayyorlashga ilmiy, metodik va amaliy yordam ko‘rsatishi;

  • talabani mavzu bo‘yicha ma`lum qismini yoritishda zarur bo‘ladigan manbava adabiyotlarni izlashga yo‘naltirishi hamda tadqiqotni amalga oshirishda qo‘llaniladigan metodikalarni tanlashga yordam berishi;

  • talabaga muntazam umumkasbiy, ixtisoslik va metodik jihatdan maslahat berib borishi, «Bitiruv malakaviy ishni tayyorlash jadvali»ni nazorat qilishi;

  • belgilangan vaqt davomida bitiruv malakaviy ishning bajarilishini ta`minlash maqsadida ba`zi bir qismlari uchun maslahatlarini kafedradagi bitiruv malakaviy ishlarni muhokama qilish jarayonida bayon qilish;

  • bitiruv malakaviy ish xaqida 10-ilovada keltirilgan shaklda yozma taqriz berishi lozim.

Talabaning ilmiy maslahatchi ko‘rsatmalarini bajarmasligi yoki besabab maslahatlarga kelmasligi bitiruv malakaviy ishga maslahatchilikdan voz kechishga asos bo‘ladi.

Download 36,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish